III. Fan dasturlarining mazmuni, yaratilishi, takomillashtirish tamoyillari va tasdiqqa kiritish
6. Fan dasturlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik) tomonidan belgilangan tayanch OTMlari professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh OTMlari va sohaning taniqli mutaxasislarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi. Fan dasturlarining DTS talablariga mos holda ishlab chiqilishiga tayanch oliy ta’lim muassasasi mas’ul hisoblanadi.
7. Fan dasturining kirish qismida o’qitiladigan fanning dolzarbligi, sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishdagi ahamiyati va o’rni ochib beriladi.
8. Fanning maqsadi va vazifalarida o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.
9. Asosiy qism: uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda o’qitish turlari (ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari), o’qitishning interaktiv uslublari va vositalari ko’rsatiladi.
10. Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan mexanizmlari ko’rsatiladi.
11. Ta’lim-tarbiya jarayonida nazarda tutilgan kasbiy (kvalifikasion) amaliyotlarga oid o’quv-uslubiy tavsiyalar belgilanishi lozim.
12. Fan dasturlarida o’quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, axborot-resurs markazidagi tegishli o’quv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar va boshqa moddiy-texnik baza to’g’risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiq.
13. Fan dasturining titul varaqasida Klassifikator bo’yicha tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo’nalish (mutaxassislik)larning shifri va nomlari hamda xarakatdagi o’quv rejaga muvofiq fanning to’la nomi ko’rsatiladi (namuna ilovada keltirildi).
14. Fan dasturini yaratilishiga mas’ul kafedraning nomi, mualliflar va taqrizchilar to’g’risida asosiy ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi ilmiy-uslubiy tuzilmalarning bayonnomasi raqami va sanasi ko’rsatiladi.
15. Foydalaniladigan manbalar ro’yxatiga asosiy darslik va o’quv qo’llanmalardan tashqari qo’shimcha adabiyotlar va Internet manbalaridan foydalanish ham kiritiladi.
16. Fan dasturining matni A-4 formatli, Times New Roman shriftida, 14-chi o’lchamda, chap tomonidan -30, pastidan -20, yuqoridan -20, o’ng tomonidan -15 mm. o’lchamida hoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki qismining markazida joylashtiriladi.
17. Fan dasturida quyidagilar batafsil yortilishi shart:
kirish;
maqsadi va vazifalari;
fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga erishilishiga qo’yiladigan talablar;
fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi;
fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni;
fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar (fanning o’quv mashg’ulotlari loyihalari);
asosiy qismi (ma’ruzalar);
amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarning mavzulari;
mustaqil ta’lim mazmuni;
barqaror rivojlanish ta’limi mohiyatini singdirish;
kurs ishi (loyiha), chizma-hisoblar va ularni bajarilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar;
asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar (vazirlik xuzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan grif berilgan yoki OTM ilmiy kengashi tomonidan tavsiya etilgan o’quv adabiyotlari asosiy adabiyot hisoblanishi) hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.
18. Fan dasturini yaratish va takomillashtirish tamoyillari:
fan dasturi tasdiqlangan davlat ta’lim standarti va o’quv rejasida belgilangan o’quv mashg’ulotlari (ma’ruza, seminar, laboratoriya va kurs
ishlari (loyhalari) va sh.k.), mustaqil ta’lim, ularga ajratilgan vaqt me’yorlariga mosligini ta’minlash shartligi;
tayanch (bazoviy) OTMlarning etakchiligida hamda mas’uliyati ostida yaratilishi;
yaratilishida turdosh oliy ta’lim muassasalari, Fanlar Akademiyasining tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning etuk mutaxassislari jalb etilgan xolda ijodiy guruxlar shakllantirilishi va ruyxati vazirlikka taqdim etilishi shart.
19. Fan dasturlarini o’rnatilgan tartibda tasdiqlanishi uchun quyidagi bosqichlardan o’tadi:
Jumladan, fan dasturlarini:
Fan dasturi davlat ro’yxatiga olingan DTS va o’quv rejalaridagi fanlarga mos holda 1-ilovadagi na’munaga muvofiq ishlab chiqiladi va ular qayta ishlanishida (takomillashtirilishida) mos ravishda o’zgartirishlar kiritish mumkin.
tayanch oliy ta’lim muassasasining taalluqli kafedrasi va OTM Ilmiy kengashining qarori va rasmiylashtirilgan bayonnomalari;
turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv bayonnomasi;
ish beruvchi korxona va tashkilotlardan olingan, taqrizlar, xulosalar va takliflar (modernizasiyalashgan bo’lishi maqsadga muvofiq);
Fanlar Akademiyasining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining taqrizi (xulosasi) va tavsiyanomasi.
Tanqidiy fikrlar bildirilgan taqdirga ularni bartaraf etilganligi.
Ishchi fan dasturlarini:
Tasdiqlangan fanning o’quv dasturi asosida oliy ta’lim muassasalari (keyingi o’rinlarda OTM), joylashgan mintaqaning hududiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, har bir o’quv yili uchun fanlarning ishchi o’quv dasturi 2-ilovadagi shaklga muvofiq ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi yoki ruxsat etilgan Ilmiy kengash qarorlari bilan tasdiqlanadi;
fanning ishchi o’quv dasturi davlat ro’yxatiga olingan fanlarning o’quv dasturlariga mos holda yaratiladi va ular qayta ishlanishida (takomillashtirilishida) tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan o’zgartirishlar kiritish mumkin;
mustaqil ta’lim mazmuni;
oliy ta’lim muassasasining taalluqli kafedrasi va OTM Ilmiy kengashining qarori va rasmiylashtirilgan bayonnomalari;
ish beruvchi korxona va tashkilotlardan olingan taqrizlar, xulosalar va takliflar (modernizasiyalashgan bo’lishi maqsadga muvofiq); Ish beruvchi (buyurtmachi) o’zgartirish kiritish taklifi bilan chiqqsa, belgilangan me’yorlar asosida qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish mumkin:
Fanlar Akademiyasining hududiy filiallarining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining taqrizi (xulosasi) va tavsiyanomasi;
Tanqidiy fikrlar bildirilgan taqdirda ularni bartaraf etilganligi.
20. Fan dasturlari Vazirlik qoshidagi oliy va o’rta maxsus-kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashma yoki o’quv-uslubiy komissiyalarining xulosasiga ko’ra Muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga asosan Vazirlikning buyrug’i bilan tasdiqlanadi va ro’yxatga olinadi.
21. Dasturning bir nusxasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida, bir nusxasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazida etalon sifatida saqlanadi.
22. Tasdiqlangan va ro’yxatga olingan fan bo’yicha o’quv dasturlarining elektron versiyalari yoki nusxasi taaluqligi bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalariga etkaziladi.
23. Dastur ilmiy-metodik ish bo’lib, uning tuzuvchilari mualliflik huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |