O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.
Tayyorladi: Rasulova Nozima Rizakulova Muharram
Guruh: 206
Ta'lim yo'nalishi: Maktabgacha ta'lim
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO'LLANISHI FANI MAVZU: “SOHADA ” Reja : Reja : 1.Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari. 2. Mustaqillik davrida rasmi -idoraviy uslubning rivojlanishi. 3. Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro'y bergan leksik, morfologik, sintaktik o'zgarishlar. RASMIY USLUB - Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo’llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro’yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan obrazlilikdan holi bo’ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi- axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa ,buyruqda da’vat etish o’z aksini topadi.
Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi.
Mustaqillik davrida yangicha mazmunda muomalaga qaytgan yoki kirib kelgan prezident, parlament, palata, senat, senator, mahkama, vazirlik, vazir, hokimiyat, hokim, fuqaro, harakat, suverenitet so‘zlarning qo‘llanishiga tilning amalda bo‘lish qonuniyatlariga, uslub talablariga ko‘ra yondashish to‘g‘ri bo‘ladi. Rasmiy uslubda qo‘llaniladigan ayrim so‘z va jumlalarning faolligi shu darajaga yetganki, ularni Rasmiy uslubga xos shtamplar sifatida e‘tirof etishga majbur bo‘lamiz: maqsadida, muvofiq, binoan, belgilamoq, tasdiqlamoq, kuchaytirmoq, nazorat o‘rnatmoq, zimmasiga yuklamoq, taklif kiritmoq, ta‘minlamoq, chora ko‘rmoq, ishlab chiqmoq, joriy etmoq, qabul qilmoq, amalga oshirmoq, tavsiya etmoq, zimmasiga yuklamoq kabilar. Rasmiy ish uslubi, boshqa kitob uslublaridan farqli o'laroq, nisbatan barqarorlik, izolyatsiya bilan ajralib turadi. Vaqt o'tishi bilan, shubhasiz, unda muayyan o'zgarishlar yuz berdi, ammo uning asosiy xususiyatlari o'zgarishsiz qoldi. Ushbu yo'nalish quruqlik, qisqarish va hissiy rangga ega bo'lgan so'zlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi. RASMIY USLUB IKKI TURGA BO’LINADI. -
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |