O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” FAKULTETI 2-KURS
MMT-82 GURUH TALABASI
TEMIROV SHAROFIDDINNING
FO’O’BOIYT FANIDAN
BAJARGAN ORALIQ NAZORATI
(19-variant)
Вазирлик қанақа ташкилот ва у қандай вазифаларни бажаради?
Vazirlik — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. Vazirlik rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirlik lar qonun chiqaruvchi oliy organlar (masalan, AQShda) yoki davlat rahbari (masalan, Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (masalan, Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismidir.
Asosiy vazifasi — iqtisodiyot muayyan tarmogʻiga, ijtimoiy-madaniy qurilish va maʼmuriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, oʻziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Vazirliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa oid barcha masalalarni oʻz huquqi doirasida hal etadi. Vazirlikni hukumat tarkibiga kiradigan vazir boshqaradi. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenta Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdigʻiga kiritadi ("Oʻzbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi", 93-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;
mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;
yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash choratadbirlarini koʻradi;
sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi,
hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir qator vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1-marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborot-tahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat koʻrsatadi. Quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;
Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti;
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti;
Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti
Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Xalq soʻzi“ — „Narodnoye slovo“ gazetalarining hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gazetalari hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev shu vaqtga qadar qaysi vazirliklar oʻz oʻrnida qolgani, qaysilari isloh etilgani va yangi tuzilgani statistikasini taqdim etdi. Oxirgi yillarda 3 ta vazirlik yangilandi, 11 ta vazirlik yangitdan tashkil qilindi, 10 ta vazirlik avvaldan bor.
Avvaldan mavjud boʻlgan vazirliklar:
1. Tashqi ishlar vazirligi
2. Adliya vazirligi
3. Mudofaa vazirligi
4. Ichki ishlar vazirligi
5. Moliya vazirligi
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
8. Xalq taʼlimi vazirligi
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Yangilangan vazirliklar:
11. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Yangi tashkil etilgan (boʻlingan, ajralib chiqqan) vazirliklar:
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi
15. Suv xoʻjaligi vazirligi
16. Maktabgacha taʼlim vazirligi
17. Madaniyat vazirligi
18. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
19. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
20. Innovatsion rivojlanish vazirligi
21. Qurilish vazirligi
22. Transport vazirligi
23. Energetika vazirligi
24. Mahalla va oila masalalari vazirligi (endi tuziladi)
Bundan tashqari, 10 ta davlat qoʻmitasidan 3 tasi yangi tashkil qilindi.
Shuningdek, 6 ta davlat inspeksiyasi, 4 ta oddiy inspeksiya, 8 ta agentlik (yana bitta Yoshlar masalalari boʻyicha agentlik tuzilishi kutilyapti), 4 ta qoʻmita, 3 ta markaz faoliyat yuritadi.
“Oʻzi iqtisodimiz juda unaqa gullab-yashnab ketmagan va moliyaviy mablagʻ tufayli yechimini kutib yotgan juda koʻp ijtimoiy muammolar turgan bir davrda davlat tashkilotlari ixchamlashish oʻrniga koʻpayib bormoqda. Qiziq tendensiya”, deb yozadi Xushnudbek vazirliklarning koʻpayib ketish holatiga oʻz fikrini bildirib.
Do'stlaringiz bilan baham: |