О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 348,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.05.2021
Hajmi348,49 Kb.
#64626
Bog'liq
malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional



 



 



 

О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О„RTA MAXSUS 

TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

 

Qarshi davlat universiteti 

Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi  

 

 

Pedagogika fakulteti  “Boshlang„ich ta‟lim” yunalishi  

2 kurs 204 gurux talabasi Abduazizova Marhaboning Jismoniy tarbiya  

fanidan «Malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional 

tayyorgarlikning 

o’rni» mavzusida yozgan 

 

 

 

 

 

R E F E R A T I 

 

 

 

 

 

 

 

Topshirdi: _______________Abduazizova M                               

        Qabul qildi:  _____________kat.o„qit. SH.Nurov

 

 

 



 

 

   



 

Qarshi -  2014 yil. 

 


 



Malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional 



tayyorgarlikning 

o’rni 

Reja 

1. Jismoniy sifatlarning mazmuni va dastlabki tayyorgarlik bosqichida tarbiyalash 

uslubiyati 

2. Jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning bog‗liqligi va uni nazorat qilish 

masalalari 

3. Yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli 

oyinlardan foydalanish tajribasini 

o’rganish 

 

Jismoniy 



tayyorgarlik 

tayyorgarlikning 



turlaridan 

biri 


b

o’lib, 


voleybolchining  organizmini  rivojlantirish,  uning  jismoniy  sifat  va  qobiliyatlarini 

takomillashtirishga,  hamda 

oyin  faoliyatini  samarali  amalga  oshirishni 

ta‘minlovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir. 

Zamonaviy voleybol shug‗ullanuvchilardan nihoyatda katta kuch, tezkorlik, 

chaqqonlik, chidamkorlik  va  egiluvchanlik  sifatlarini  talab qiluvchi sport 

oyinlari 

turiga  mansubdir.  Voleybolchining  har  bir  oyin  davomida  ko‘pdan-ko‘p  to‘siq 

qoyish, zarba berish va to‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlar, yugurish, to‘xtash, 

burilish, egilish va boshqa harakatlarlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy 

kuch, o‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik va ruhiy uyg‗unlikni talab qiladi. 

Binobarin,  ushbu  yuklama  (nagruzka)  ta‘siri  shug‗ullanuvchi  organizmining 

funksional jihatdan mukammal shakllangan bo‘lishini taqozo etadi. 

Bugungi  voleybolchi  boyi  jihatdan  185-195  sm,  harakatchan,  tezkor, 

sakrovchan,  ziyrak,  zukko,  tez  fikrlovchi,  o‘tkir  zehnli,  maydonda  roy 

beradigan  vaziyatni  tez  fahmlab  «foydali»  javob  qaytara  oladigan 

ko‘rsatkichlarga  ega  b

ӯlishi  kerak.  Sportchilarning  yoshiga,  tayyorgarligiga, 

malakasiga, hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab  jismoniy 

tayyorgarlikni mazmuni, hajmi va shiddati turlicha b

o’ladi. 



 

Voleybolchi  organizmining  funksional  imkoniyatlari  undagi  jismoniy 



tayyorgarlikning  asosini  tashkil  qiladi.  Funksional  imkoniyatlarning  darajasi 

konkret  sport  ishchanligida  namoyon  bo‘ladi.  Chunonchi,  trenirovkalar  ta‘sirida 

b

o’ladigan  o’zgarishlar  mustahkam  bo‘lishi  uchun  oyinchi  uzoq  vaqt  davomida 



o‘ziga  xos  (spetsifik)  ishni  bajarish  qobiliyatiga  ega  b

o’lishi  lozim.  Trenirovka 

mashg‗ulotlari jarayonida voleybolchiga hajm va intensivligi jihatidan anchagina 

katta  nagruzkani  bajarishga  t

o’g‗ri  keladi.  Ko‘pincha  bu  nagruzka  musobaqa 

nagruzkasidan  ham  ortiqroq  b

ӯladi.  Ma‘lumki,  oyinda  aktiv  ishtirok  etgan 

oyinchi harakatlanadi, sakraydi, zarbli urish qiladi,  to‘siq qoyadi va x.k. Bunday 

sharoitda  bajarilayotgan  ishning  darajasi  organizmning  faqat  energetika 

imkoniyatiga  bog‗liq  bo‘lmay,  balki  ma‘lum  darajada  nerv-mushak 

koordinatsiyasiga, 

texnik 


kamolotga 

va 


harakat 

faoliyatining 

mustahkamligini  hamda  tejamkorligini  ta‘minlab  beruvchi  boshqa  faktorlarga 

ham bog‗liq bo‘ladi. 

Sportchilarning 

funksional 

imkoniyatlari 

mushaklardagi 

energetik 

moddalarni  umumiy  zahirasidan  tashqari  gipoksiya  holatiga  psixik 

tayyorgarlik  bilan  qarshilik  k

o’rsata  bilish,  ya‘ni  toliqishni  chaqiradigan  kislorod 

yetishmasligiga bardosh bera olishiga ham bog‗liq. 

Organizmni haddan tashqari katta ish ta‘sirida toliqishdan saklab qolishga 

subyektiv  toliqish  sezgisi  yordam  beradi.  Toliqish  sportchi  bajargan  ishga  doimo 

adekvat  bo‘lavermaydi.  Trener  sportchini  toliqish  alomatlariga  t

o’g‗ri  baho 

berishga,  o‘z  organizmining  haqiqiy  ishchanligi  chegarasini  bilishga  o‘rgatishi 

kerak.  Shu  bilan  bir  qator,  shikastlanishlar  dastavval  qattiq  toliqishdan, 

nagruzkaning  hajmi  va  intensivligi  juda  katta  b

ӯlishidan,  razminkaning  yetarli 

darajada bo‘lmaganligidan kelib chiqishligini esda tutish kerak. 

Voleybolda  harakat  faoliyati  spetsifik  bo‘lgani  uchun  trenirovkaning  turli 

intensivlikda bajariladigan mashqlari qisqa va aytarli uzoq interval (vaqt passiv va 

aktiv dam olish bilan olib borilishi lozim). 



 

Jismoniy  sifatlarni  rivojlantirishda,  ayniqsa,  dastlabki 



ӯrgatish  bosqichida, 

bolalarni funksional imkoniyati e‘tiborga olinishi kerak. 

Tezkorlik - ma‘lum ishning qisqa vaqt ichida bajarilishini talab etuvchi sifat 

b

o’lib,  uni  samarali  rivojlantirish  ayniqsa  yosh  bolalarda  (7-11  yosh)  yaxshi 



natija  beradi.  12-15  yoshli  bolalarda  tezkorlikning  rivojlanishi  ko‘proq 

ularning mushak kuchini, tezkorlik-kuch sifatini orttirish hisobiga r

oy beradi. 

Tezkorlik - uch tarkibiy qismdan iborat. 

Oddiy  aks  ta‘sir  (tezkorlik).  Masalan:  joyda  o‘tirgan  holda  turli  tashqi 

ta‘sirlarga  (lampochkaning  yonishi,  issiq,  sovuq,  tovush  va  hokazo)  tez  javob 

qaytarish. 

Murakkab aks ta‘sir yoki tana harakati bilan ta‘sirlarga (vaziyatga)  javob 

qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor harakati. 

Siklik harakatning qaytarilishi. Masalan: velosipedchi, suzuvchining tezkor 

harakati. 

Tezkorlikning  ushbu  tarkibiy  qismlari  bir-biri  bilan  uzviy  bog‗liq 

bo‘lmaydi, ya‘ni oddiy aks ta‘sir harakatini qanchalik ko‘p mashq qilinsa ham tana 

harakati yoki siklik harakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha. 

Tayyorgarlikning  boshlang‗ich  bosqichida  tezkorlik  sifatini  tarbiyalash 

quyidagi  vosita  -  mashqlar  yordamida  amalga  oshirilishi  maqsadga 

muvofiqdir: harakatli 

ӯyinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli  estafetalar, 

sakrashga  oid  mashqlar,  gimnastika  va  akrobatika  mashqlari,  qoidasi 

soddalashtirilgan sport oyinlari. Mazkur vositalarni q

ӯllashda kompleks uslubdan 

foydalanish yaxshi samara beradi. 

Jismoniy 

fazilatlardan 

biri 

bo‘lgan 


tezkorlik 

deganda 


biz 

voleybolchilarning  ma‘lum  sharoitda  qisqa  vaqt  ichida  harakatlarni  bajara  olish 

qobiliyatini tushunamiz. 

Tezkorlik namoyon bo‘lishining quyidagi formalari mavjuddir: 

- tafakkur (fikrlash) jarayoniningtezligi; 



 

-  oddiy  va  murakkab  reaksiyalarning  qanday  b



ӯlmasin  biron-bir  tashqi 

ta‘sir yoki kompleks ta‘sirlarga javoban tezligi;  

- yakka harakatni bajarish tezligi;  

- harakatlar chastotasi. 

Oyinchi  harakat  faoliyatining  tezligi  birinchi  navbatda  harakatlarni 

koordinatsiya  qiluvchi  markaziy  nerv  sistemasining  faoliyatiga  munosib 

b

o’lishi  lozim.  Voleybolchining  tezkorligi  konkret  reaksiya  tezligida,  jadal 



siltanishda  hamda  to‘p  bilan,  t

o’psiz  texnik  priyemlarni  bajarish  tezligida  aniq 

ifodalanadi.  Tezkorlikni  rivojlantirish  uchun  yugurishda  qayta  tezlanish, 

velosipedda  uchish  va  shunga  o‘xshash  har  hil  maksimal  chastota  bilan 

bajariladigan  siklik  mashqlardan  foydalaniladi.  Qayta  tezlanishda  maksimal 

darajaga  yetkazadigan  qilib  tezlikni  sekin-asta,  tekis  oshirib  borib,  harakat 

amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan 

yana ko‘pgina mashqlarni keltiramiz: 

- yonboshlab, orqa bilan jadal yugurishni bajarish; 

- tizzani yuqoriroq k

ӯtarib va qadamlarni maksimal chastotada qoyib yugurish; 

-  25-80  m  masofaga  oyoq  uchida  depsinib  tez  sakrab-sakrab  harakat 

qilish; 

-  maksimal  chastotada  aylantirilayotgan  kalta  va  uzun  arg‗amchi  bilan 

sakrash, aylanib turgan arg‗amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish; 

o’rta masofaga yugurayotganda tempni to‘satdan ӯzgartirish; 



-  dastlabki  yugurib  borishda  s

ӯng  20-30  m  masofada  maksimal  tezlikka 

erishish. 

Siltanish  va  tez  yurishlar  har  hil  estafetalarda  musobaqa  uslubi  bilan 

o‘tkazilgani  ma‘qul. Bir  mashg‗ulotga  mo‘ljallangan tezkorlikni  rivojlantirishga 

qaratilgan trenirovka ishining hajmi uncha katta bo‘lmasligi kerak. 




 

Kuch  -  bu  tashqi  qarshilikni  yengish  yoki  «ushlab»  turish  ma‘nosini 



anglatadi. Kuch ikki turga bo‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch - 

bu o‘zgaruvchan kuch. Statik kuch - bu bir hil vaziyatda ijro etiladigan kuch. 

Statik kuch 3 ga bo‘linadi: 

-  «yengib»  olinadigan  statik  kuch:  Masalan:  yerda  yotgan  og‗ir  toshni 

ko‘tarib olib ushlab turish

- bir hil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir 

hil holatda ushlab turish; 

- qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan; shu tosh 

o’ta 

og‗ir bo‘lgani sababli uni ko’tarish imkoniyati yӯq. Lekin mushaklar taranglashadi 



va statik ish bajarib turadi. 

Kuchni  rivojlantiruvchi  mashqlar  ortikcha  zo‘riqish  bilan  bog‗liq 

b

o’lmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. 



Bunday mohiyatga ega bo‘lgan mashqlarni uncha og‗ir bo‘lmagan anjomlar bilan 

katta tezlikda bajargan ma‘qul. 

Qiz  bolalar  guruhida  bunday  mashqlarni  q

o’llash  alohida  nazorat  va 

extiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 

Tayergarlikning  mazkur  bosqichida  chaqqonlikni  rivojlantirish  oyin 

malakalarining texnikasini o‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

Bu  sifatni  tarbiyalash  -  turli  t

o’plar  bilan  mashkq  qilish,  gimnastika, 

akrobatika, sport oyinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi. 

Bunday mashqlarni sekin-asta murakkablashtirib borish zarur. 

Kuch  zamonaviy  sport  trenirovkasi  amaliyetida  sportchining  eng  muhim 

jismoniy  fazilatlaridan  biri  bo‘lib  xisoblanadi.  Chunki  kuch  ma‘lum  darajada 

oyinchining  maydonda  harakatlanish  tezligini,  yuqoriga  sakrashning  balandligi 

darajasini belgilaydi. 

Kuch  o‘z  xarakteriga  k

ӯra:  absolyut kuch, nisbiy kuch,  «portlovchi» va 

«startga oid» bo‘lishi mumkin. 




 

Absolyut kuch - mushak (yoki mushaklar guruhi) o‘z og‗irligidan qat‘iy 



nazar qisqargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi. 

Nisbiy  kuch  –  oyinchi  tanasi  og‗irligining  bir  kilogramiga  to‘g‗ri 

keladigan miqdor. 

Portlovchi  kuch  -  sport  mashqi  yoki 

oyin  harakati  sharoitida 

reglamentlashtirilgan  minimal  vaqt  ichida  katta  kuchlanishga  erishishi 

qobiliyatini  bildiradi.  Bu  kuchni  voleybolchilar  sakrashda,  to‘p  kiritishda,  zarbli 

urishda,  to‘siq  qoyishda  konkret  amalga  oshiradilar.  Shuningdek  «portlovchi» 

kuchning  darajasi  mushakning  reaktiv  qobiliyatiga  bog‗liq  bo‘ladi. 

Ishlayotgan  mushaklar  zarba  bilan  mexanik  cho‘zilgandan  keyinrok  muskul 

qisqarish  samarasi  yordamida  katta  harakat  kuchlanish  xosil  bo‘ladi.  K

o’zgalgan 

mushaklarning elastik o‘zgarishini chaqiradigan dastlabki cho‘zilish ularda kinetik 

energiyani 

ӯziga  olishi  tufayli  bo‘ladigan  ayrim  kuchlanish  potensialining 

jamg‗arilishini ta‘minlab beradi. 

Sport  mashg‗ulotlarida  muskullar  o‘z  uzunligini  o‘zgartirmasdan  (statik, 

izometrik rejim) va uzunligini qisqartirgan holatda kuch ko‘rsatadi. 

Mushaklar  ch

o’zilganda  ustun  keladigan  va  to‘siqsiz  rejimlar 

birgalashib  «dinamik  rejim»  tushunchasini  hosil  qiladi.  Kuchni  tarbiyalash 

jarayonida kuch qobiliyatlarining barcha turlarini rivojlantirish kerak. 

Kuchni  og‗irliklardan  foydalanish  xarakteri  boyicha  rivojlantirishga 

qaratilgan  mashqlarni  ikki  guruhga  b

ӯlish  mumkin:  tashqi  og‗irlanish  yoki 

qarshilanish  va  o‘z  og‗irligi  yoki  badanning  qisman  og‗irligi  orqali 

bajariladigan 

mashqlar. 

Mashqlarning 

birinchi 

guruhi 

voleybolchining 

muskullarini  rivojlantirishda  katta  imkoniyat  yaratadi.  Og‗irlanishlar  va 

qarshiliklardan  (gantellar,  yadrolar,  to‘ldirma  to‘plar,  og‗ir  toshlar,  shtanga, 

raqibning  og‗irligini  va  qarshiligini  yengish,  espanderlar  va  hokazo)  keng 

qo‘llamda  foydalanish  va  ularning  turli-tumanligi  trenirovka  nagruzkasining 

hajmini  va  intensivligini  belgilab  berishga  sharoit  yaratadi.  Bunday  kerakli 



 

mashqlar muskullar gruppasining rivojlanishiga qaratilgan b



o’lib u sportchini tezda 

katta kuchlanishlardan t

ӯliq bushatish qobiliyatiga o‘rgatishga yordam beradi. Shu 

bilan  birgalikda  sherigi  tomonidan  k

ӯrsatiladigan  har  hil  qarshiliklar  orqali 

bajariladigan  mashqlar  sportchilardan  katta  iroda  kuchini  talab  qiladi.  Negaki 

ular  faqat  kuchdagina  musobaqalashib  qolmasdan,  shu  kuchdan  oliy  darajada 

samarali foydalana olishda ham baxslashadilar. 

Ikkinchi  guruh  uchun 

o’ziga  xos  xususiyat,  bu  snaryadda  bajariladigan 

gimnastik  mashqlar,  arqonga  chiqish,  o‘z  vaznini  kuch  bilan  ko‘tarish, 

ӯtirish-


turishlar,  oyoqlar  tizzalari  yarim  bukilgan  holatda  yurish  va  hokazolar 

hisoblanadi. 

O’z og‗irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar oyinchilar 

uchun asta-sekin bajarishdan tez bajarishga, oddiydan murakkabga 

o’tishga imkon 

yaratadi.  Bu  mashqlarni  bajarishda  muskul  gruppalari  ishga  qanchalik  kam  jalb 

qilingan  b

o’lsa,  badanning  siljish  yӯli  qanchalik  qisqa  bo’lsa  va  badanning 

kamroq  qismi  og‗irlik  bo’lib  qarshilansa,  ularni  shunchalik  kuproq  takrorlash 

lozim. 


Oyoq  va  tana  kuchini  rivojlantirish  uchun  katta  kuchlanish  bilan 

bosqichma-bosqich  oshib  boruvchi  rejimda  bajariladigan  mashqlar  samarali 

mashqlar  hisoblanadi.  Ana  shunday  mashqlardan  biri  -  yelkaga  q

oyilgan  shtanga 

bilan 

o’tirib turish - tipik mashqdir. 



Chaqqonlik  -  turli  murakkab  harakatlarni  tez  va  aniq  ijro  etilishi  demak. 

Voleybolda  ushbu  sifat  voleybolchining  maydonda  muayyan  vaziyatga  nisbatan 

to‘g‗ri,  tez  va  aniq  xarakat  qilishi  zarurligini  antlatadi.  Bu  sifat  keng  mazmunli 

tushuncha b

o’lib, o’z ichiga tezkorlik, kuch, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi 

sifatlarni qamrab olgan. 

Chaqqonlikni  bolalik  davridan  boshlab  rivojlantirish  maqsadga 

muvofiq.  Mazkur  sifatni  tarbiyalashda  mashqlarning  eng  oddiysidan  boshlab, 

sekin-asta murakkab mashqlarga 

o’tish zarur. 




 

Chaqqonlikni  rivojlantirishda  gimnastika,  akrobatika,  sport  va  milliy 



oyinlar juda qo’l keladi. 

Egiluvchanlik  -  bu  tana  b

o’g‗imlarining maksimal amplitudada  bukilishi 

va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (ch

o’ziluvchanligi) 

va  tonusiga  bog‗liq.  Egiluvchanlikni  o’stirish,  birinchi  navbatda,  muntazam 

muvofiq mashqlar bilan shug‗ullanishga bog‗liq. 

Chidamkorlik  deb  organizmning  uzoq  vaqt  charchamasdan  faoliyat 

k

o’rsatish  yoki  biror  -  bir  harakatni  yuqori  samarada  uzoq  vaqt  davom  ettira 



olish qobiliyatiga aytiladi. 

Chidamkorlik 

sifatini 

tarbiyalash 

trenirovka 

jarayonining 

asosiy 

vazifalaridan  biridir.  Bu  sifatning  yuqori  darajada  rivojlanganligi  sport 

mahoratining  samarali 

o’sishiga,  uzoq  vaqt  davomida  egallagan  texnik  va 

taktik malakalarning musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin b

ӯladi. 


Chidamkorlik  shug‗ullanuvchi  sportchilarning  yoshiga,  tayyorgarligiga, 

malakasiga  qarab  tarbiyalanishi  kerak  b

o’ladi.  Bunda  harakatli  va  sport 

oyinlari, chopish - krossdan foydalanish qo’l keladi. 

Umumiy chidamkorlik uzoq masofaga chopish, suzish, velosipedda uchish 

kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin. 

Voleybolchilarga  xos  maxsus  chidamkorlikni  tarbiyalash  uzoq  vaqt 

davomida  voleybol  va 

o’zga  sport  oyinlari,  harakatli  oyinlar,  har  hil 

y

o’nalishlarga  –  o’zgaruvchan  yo‘nalishlarga  qayta  -  qayta  chopish, 



charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi. 

Harakat malakalari jismoniy sifat va qobiliyatlar asosida amalga oshirilaldi. 

Binobarin, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik bir-biri bilan uzviy bog‗liqdir. 

Shunday ekan bu ikki turdagi tayyorgarlik jarayonini nazorat qilib turish 

o’quv — 

trenirovka mashg‗ulotlarini to’g‗ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. 




 

10 


Shug‗ullanuvchining  jismoniy  tayyorgarligi  sport  faoliyati  uchun  zarur 

b

o’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir. 



Yosh  voleybolchilar  bilan  ishlashdagi  dastlabki  tayyorgarlik  bosqichida 

har  tomonlama  jismoniy  tayyorgarlikni  egallashga,  sog‗liqni  mustahkamlash, 

hilma-hil  k

o’nikma  va  malakalarni  egallab  olishga,  voleybol  oyini  texnikasi  va 

taktikasining 

boshlang‗ich 

asoslariga 

o’rgatishga 

qaratilgan 

vositalar 

kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Pedagogik  nazorat  shug‗ullanuvchilarning  jismoniy,  texnik  va  taktik 

tayyorgarligini  aniqlashning  asosiy  shaklidir.  Pedagogik  nazorat  trener  va 

shifokor  tomonidan  olib  boriladi.  Bunda 

o’tkazilgan  mashg‗ulotlarning 

mazmuni,  hajmi  va  shiddati  xisobga  olinadi  hamda  trenirovka  rejalarining 

bajarilishi tahlil qilinadi. Quyidagilarni tahlildan 

o’tkazish tavsiya etiladi. 

- jamoalarning trenirovka rejalari va ularning bajarilishi; 

-  mashg‗ulot  vositalari,  shakllari  va  uslubiyati  hamda  ularning 

mashg‗ulotlarda qӯllanilishi; 

-  shug‗ullanuvchilar  jismoniy  sifatlarining  qay  darajada  oshganligi,  texnika 

va taktikasidagi 

o’zgarishlar; 

-  shug‗ullanuvchilarning  sog‗ligi  va  funksional  imkoniyatlarining 

o’zgarishi. 

Mashg‗ulot  rejalarining  bajarilishini  hisobga  olish  jurnallari,  kundaliklari 

konspektlar  boyicha  va  trenirovkalarni  kuzatish  y

o’li  bilan  aniqlanadi. 

Mashg‗ulot  vositalari,  uning  shakli  va  usuliyati  hamda  ularning  qo’llanilishi 

mashg‗ulot  jarayonidagi  pedagogik  kuzatishlar  yo’li  bilan  hamda  tuzilgan 

rejalarni tahlil qilish yordamida aniqlanadi. 

Jismoniy, 

texnik 


va 

taktik 


tayyorgarlikning 

qay 


darajada 

rivojlanganligini nazorat-sinovlar, 

oyin natijalariga qarab aniqlanadi. 



 

11 


Voleybolchilarning  trenirovkasini  pedagogik  jihatdan  nazorat  qilish  uchun 

nazorat  mashqlar komplekslari va testlar tuziladi. Bunda harakat  sifatlarining ham 

umumiy,  ham  maxsus  rivojlanishiga  baho  berish  uchun  bajariladigan  mashqlar 

olinadi. 

Jismoniy  sifatlarning  maxsus  rivojlanishidagi 

o’zgarishlarni  baholash 

uchun olinadigan mashqlar shaklan asosiy sport harakatlariga yaqin b

o’lishi kerak. 

Testlar  bir  muddatda  va  imkon  boricha  bir  sharoitda 

o’tkaziladi.  Testlar 

komplekslari  va  sinovlarini 

o’tkazish  sharoitini  tez-tez  o’zgartirish  tavsiya 

etilmaydi.  Ularni  tez-tez  almashtirish  trener  -  pedagogning  test  davomida 

k

o’rsatilgan natijalarni taqqoslash imkonidan mahrum qiladi.  



Trenirovkaga stimul berish uchun nazorat mashqlar komplekslarini  joriy 

qilish bilan bir qatorda meyoriy talablar ham joriy etiladi. 

Nazorat  mashqlariga  oid  meyorlar  voleybolchilar  yoshiga,  jinsiga  va 

mahorat darajasiga muvofiq ravishda differensiatsiyalanadi. 

Shug‗ullanuvchilarning  texnik  va  taktik  tayyorgarligini  quyidagicha 

kuzatib borish mumkin: 

1. 

Shug‗ullanuvchilarning 



musobaqada 

faollik 


va 

ishchanlik 

k

o’rsatishi.  Musobaqada  bajargan  ishlari  (yugurish,  sakrash,  texnik  va  taktik 



harakatlarning bajarilishi)ga qarab baho beriladi. 

2. 


Harakat  k

ӯnikmalarining  barqarorligini  nazorat  qilish  qӯshimcha 

k

o’nikma  barqarorligining  buzilish  xarakteri,  buzilish  vaqti  va  oqibatlari, 



buzilishga sabab b

o’lgan vaziyat va omillar o’rganiladi. 

3. 

Maqsadga muvofik ravishda bajarilgan harakatlar soni. 



O’quv  trenirovka  jarayonini  samaradorligini  oshirish  uchun  uni  ko’p 

jihatdan kompleks nazorat qilish dasturi ishlab chiqilmog‗i zarur bӯladi. 

Bosqichma  -  bosqich  nazorat  qilish  bu  voleybolchilarning  har  bir 

tayyorgarlik bosqichining boshi va ohiridagi tayyorgarligini baholashdir. 




 

12 


Joriy  nazorat  qilishda  oylik  va  xaftalik  sikllardagi  mashg‗ulotlar  natijasida 

r

oy  beradigan  fiziologik,  bioximik,  psixologik  o’zgarishlar  va  nagruzkalarning 



mikdori hamda y

o’nalishi baholanadi. 

Shug‗ullanuvchilarning  texnik  va  taktik  tayyorgarligi  darajasi  vizual 

kuzatishlar  usuli  bilan  nazorat  qilinadi.  Voleybolchilar  bajargan  texnik  va  taktik 

usullar  balli  tizim  b

ӯyicha  baholanadi.  Oyin  texnikasi  va  taktikasida 

o’zgarishlarni baholash uchun  vizual  yozib  olishdan  foydalaniladi.  Bunda  texnik 

va taktik harakatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ballar q

oyiladi. 

Mashg‗ulot va musobaqa vaqtlarida shug‗ullanuvchilarni muntazam kuzatib 

borish  va  ularni  doimo  taqqoslash  trenirovka  mashg‗ulotlarining  samarasini 

oshiradi va musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishga imkon yaratadi. 

Umumiy 

o’rta  ta‘lim  uchun  jismoniy  tarbiya  boyicha  davlat  ta‘lim 

standartlari  ta‘li  jarayonining  sifatiga,  ta‘lim  va  mazmuniga  doir  talablarni: 

o’quvchilar  tayyorgarligining  zarur  yetarli  darajasi,  ta‘lim  muassasalaridagi 

faoliyati  va  jismoniy  ta‘lim  hamda  tarbiya  sifatiga  baho  berish  tartibi  va 

mexanizmlarini belgilab beradi. 

«Ta‘lim  to’g‗risida»gi  qonun,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 

asosida  ta‘lim  olish  yo’llari  xilma-xilligi  sharoitida  har  bir  ta‘lim  muassasasi 

o’quvchilarning  sog‗ligini  saqlash  va  mustahkamlash  jismoniy  imkoniyatlarini 

rivojlantirish,  ularda  jismoniy  madaniyat  asoslarini  shakllantirishni  kafolotlovchi 

shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. 

«Jismoniy  tarbiya  va  ta‘lim»  kursi  umumiy  o’rta  ta‘limda 

quyidagilardan tarkib topadi: 

1.  Jismoniy tarbiya darslari. 

2.  Harakat  faoliyatining  darsdan  tashqari  shakllari:  darsdan  oldin 

o’tkaziladigan  gimnastika,  jismoniy  daqiqalar,  uzaytirilgan  tanaffuslardagi 

dinamik pauzalar, 

ӯyinlar. 




 

13 


3.  Jismoniy  mashq  mashg‗ulotlarining  sinfdan  tashqari  shakllari:  sport 

seksiyalari, fakultativlar, sport turlari b

oyicha musobaqalar va boshqalar. 

Jismoniy  tarbiya 

ӯquv  dasturiga  sport  oyinlari  materiallari  kiritilgan 

(voleybol, basketbol, q

o’l tӯpi va alohida futbol).  

Voleybol  b

ӯyicha  dastur  materiallarini  ӯrgatish  uchun  zarur  bo’lgan 

mashqlar,  texnik  va  taktik  usullar  hamda 

oyinning  nazariy  va  amaliy  qoidalapri 

kiritiladi.  Mashg‗ulotlarning  samaradorligi  o‘qituvchining  darsni  t

o’g‗ri 

rejalashtirishi  va  tashkil  etishiga,  k

o’proq  foydali  harakatlarni  o’rgatishning 

koeffitsiyentiga  bog‗liq  b

o’ladi.  Jixoz  va  asbob  -  anjomlardan  foydalanish 

muhim rol 

oynaydi. 

Voleybol  b

oyicha  mashg‗ulotni  muvaffaqiyatli  ӯrgatish  uchun  bir  necha 

t

o’p  va  maydoncha  bo’lishi  yetarli  emas.  Albatta,  to’ldirma  to’p,  osib 



q

oyilgan  tӯplar,  amortizatorli  to’p  va  boshqa  shu  kabi  jihozlar  bo’lishi  zarur. 

Dasturda  voleybol  uchun  ajratilgan  soat  (yiliga  20  soat)  harakat  texnikasi  va 

taktikasini  zarur  va  yetarli  darajada 

o’zlashtirib  olishga  yetmaydi.  Shuning 

uchun 


umumta‘lim 

maktablarida 

voleybol 

sporti 


b

oyicha 


seksiya 

mashg‗ulotlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 

Voleybol  sport  seksiyasini  tashkil  etish  yosh  voleybolchilarni 

tayyorlashdan  boshlanadi. 

O’quv  guruhlarida  shug‗ullanuvchilarning  tarkibiy 

uyg‗unligi hamda  yosh  jihatdan bir hilligi  trenirovka  mashg‗ulotlari shakliga  mos 

tushadi. 

Umumiy  faoliyatda  muntazam  ravishda  ishtirok  etish  shug‗ullanuvchilarni 

yagona  jamoa  qilib  jipslashtiradi,  bu  ham  jismoniy  tarbiyaning 

o’quv  hamda 

tarbiya vazifalarini samarali hal etishda muhim omil b

o’lib xizmat qiladi. 

Voleybol  seksiya  mashg‗ulotlarini  o’tkazishda  ham  qabul  qilingan  qator 

umumiy talablarni bajarish kerak b

o’ladi. 



 

14 


Birinchidan,  shug‗ullanuvchilarni 

o’qitish  va  tarbiyalash  butun  mashg‗ulot 

davomida amalga oshirib borilishi kerak. 

Ikkinchidan,  mashg‗ulot  o’tkazishda  har  qanday  yo’llar  bilan  bo’lsa  ham 

usuliy shablonlardan qochish kerak. 

Mashg‗ulot  mazmuni  va  usuliyatini  hilma-hil  qilish  kerakligini 

vazifalarning  doimiy  ravishda  murakkablashib  borishi,  shug‗ullanuvchilarning 

organizmi va psixikasida sodir b

o’ladigan siljishlar dinamikasi, tashqi sharoitning 

o’tkazuvchanligi taqozo etadi. 

Uchinchidan,  shug‗ullanuvchilarning  shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan 

holda  ularni  bir  tekisda 

o’quv  faoliyatiga  jalb  etish  kerak.  Faqat  shu  yo’l 

bilan  shug‗ullanuvchilar  uchun  uzoq  vaqt  davomida  bir  butun  o’quv  -  tarbiya 

jarayoniga  erishish  mumkin  va  shug‗ullanuvchilarning  mashg‗ulotni  tashlab 

ketishlari yoxud qoloqlar paydo b

o’lishini oldi olinadi. 

T

o’rtinchidan,  har  bir  mashg‗ulotdagi  o’quv  faoliyatini  usuliy 



tamoyillarga qat‘iy rioya qilgan holda olib borish kerak. Mashg‗ulotning  ta‘siri 

har tomonlama sog‗lomlashtiruvchi, bilim va tarbiya beruvchi bo’lishi kerak. 

Beshinchidan, mashg‗ulot oldiga mazkur darsda hal etish mumkin bo’lgan 

mutlaqo  aniq  vazifalar  q

oyish  kerak.  O’quv  -  tarbiya  jarayonining  umumiy 

masalalari  (kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik,  chidamlilik,  egiluvchanlik)  hal 

etilishiga alxoida aniq vazifalar tizimini bajarish orqali erishiladi. 

Voleybol  -  mashg‗ulot  darslari  kabi  uch  qismga:  tayyorgarlik,  asosiy  va 

yakuniy  qismlarga  b

o’linadi.  Sӯngra  belgilangan  qismlarning  oldiga  qoyilgan 

vazifalarni  hisobga  olgan  holda  darsning  aniq  ustalashgan  tuzilmasi  ishlab 

chiqiladi. 

Mashg‗ulotning  tayyorgarlik  qismida  boshlanadigan  asosiy  faoliyatga 

funksional  tayyorgarlik  markaziy 

o’rinni  egallaydi.  Bunga  meyorlash  oson, 

tayyorlanish  va  bajarishga  k

o’p  vaqt  ketmaydigan  mashqlar  yordamida  erishiladi. 



 

15 


Yugurish,  sakrash, 

ӯyinlar  va  o’quvchilarga  yaxshi  tanish  bo’lgan  harakatlar 

shular  jumlasiga  kiradi.  Umumiy  rivojlantirish  mashqlari  kompleksini  birin-

ketinlik  tamoyiliga  rioya  qilgan  holda,  k

o’pgina  hollarda  quyidagi  tartibda 

bajariladi:  kirishish  mashqlari;  q

o’l  va  yelka  kamari  uchun  mashqlar;  oyoqlar 

uchun  mashqlar;  ch

o’nqayishlar;  gavda  uchun  mashqlar;  sakrashlar; 

mushaklarni kuchaytirish mashqlari. 

Mashg‗ulotning  eng  murakkab  vazifalari  asosiy  qismda  hal  etiladi. 

Odatda,  yangi  materialni,  koordinatsiyasi  jihatdan  murakkab  harakatlarni 

o’rganish asosiy qismning boshida hal etiladi. 

Voleyboldagi  texnik  va  taktik  harakatlarga 

o’rgatish  vazifalari 

bosqichlariga  qat‘iy  rioya  qilgan  holda  (tanishtirish,  o’rgatish, 

takomillashtirish)  asosiy  qismda  xal  etiladi.  Texnik  va  taktik  harakatlarga 

o’rgatishda  tayyorlov,  yaqinlashtiruvchi  mashqlar  kompleksidan  keng 

foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Mashg‗ulotlarning  yakuniy  qismida  harakat  shiddatini  asta-sekin 

kamaytirish,  bajarilgan  ishni  shug‗ullanuvchilar  tomonidan  tahlil  qila  bilishga 

erishish juda muhimdir. Uy vazifalariga alohida e‘tibor berish kerak. Mashg‗ulot 

mustaqil bajariladigan mashqlar bilan t

o’ldiriladi. 

Voleybol  mashg‗ulotlarini  o’tkazish  joylarini  tanlash  ham  muxim 

ahamiyatga ega. 

Mashg‗ulotlarni  mumkin  qadar  ochiq  havoga  olib  chiqish  imkoniyatidan 

t

o’la  foydalanish  kerak.  To’g‗ri,  ochiq  maydonchada  shug‗ullanuvchilarga 



rahbarlik qilish qiyin b

o’ladi. 


Ba‘zan,  quyosh,  shamol,  shug‗ullanuvchilar  e‘tiborini  chalg‗itadigan 

predmetlar  dars 

ӯtkazishga  halal  berib  turadi.  Ammo  ochiq  havoda  o’tkazilgan 

mashg‗ulotlarda  ish  qobiliyati  oshadi  va  bu  mashg‗ulotlar  chiniqishga,  sog‗liqni 

mustahkamlashga yordam beradi. 



 

16 


Shu  bilan  bir  qatorda  jismoniy  sifatlarni,  ayniqsa  voleybolchilar  uchun 

o’ta  muhim  bӯlgan  tezkorlik  va  sakrovchanlik  sifatlarini  rivojlantirishga 

qaratilgan  mashg‗ulotlarda  doimo  an‘anaviy  standart  mashqlarni  qo’llash 

kutilgan  natijani  bermaydi.  Aksariyat  mutaxassis  olimlarning  tadqiqotlariga 

k

o’ra  qayd  etilgan  sifatlarni  tarbiyalashda  nostandart  oyinsimon  mashqlardan 



foydalanish shugullanuvchilarda juda katta qiziqish 

oygotar ekan.  

Futbol  bо‗yicha  BО‗SM  larda  о‗quv-trenirovka  jarayonini  ilmiy  asosda 

tashkil  qilish,  iste‘dodli  yosh  sportchilarni  tanlash  va  tayyorlash  imkoniyatini 

kengaytiradi.  Kо‗p  yillik  statistik  ma‘lumotlarga  qaraganda  Respublikamizning 

aksariyat  BО‗SM  larida  yuqori  malakali,  raqobatbardosh  sport  zahiralarini 

tarbiyalash  va  О‗zbekiston  yoshlar  terma  jamoalariga  munosib  sportchilarni 

yetishtirib  berish  juda  sust  amalga  oshiriladi.  Hatto  Toshkent  viloyati,  Qibray 

tumanida  ham  faoliyat  kо‗rsatilayotgan  BО‗SMlarda  ham  о‗quv-trenirovka 

jarayonini  tashkil  qilish  va  rasmiy  musobaqalarni  о‗tkazib  turish  talab  darajasiga 

munosib  deb  bо‗lmaydi.  Mashg‗ulotlar  ilmiy  asoslangan  rejalashtiruv  xujjatlari 

asosida  о‗tkazilmaydi,  ularga  uslubiy  jixatdan  kо‗r-kо‗rona  yondoshiladi. 

Dastlabki  о‗rgatish  guruhlarida  (10-12,  13-14  va  13-14  yosh)  shug‗ullanayotgan 

bolalar tarkibi о‗xtin-о‗xtin о‗zgarib turadi. 

Pedagogik  tadqiqotning  pirovard  maqsadi  shug‗ullanishni  endi  boshlagan 

11-12  yoshli  futbolchi  bolalarda  sakrovchanlik  sifatlarini  nostandart 

oyinsimon 

mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini 

o’rganishdan iborat. 

Tadqiqotning  obyekti  nazorat  va  tajriba  guruhlarida  shug‗ullanuvchi  11-12 

yoshli  futbolchi  bolalar  va  ularda  sakrovchanlik  sifatlarini  nostandart 

oyinsimon 

mashqlar ta‘sirida rivojlanish dinamikasi. 

Pedagogik tadqiqotning asosiy vazifalari: 

1. 

Yosh  futbolchilar  mashg‗ulotlarida  sakrovchanlik  sifatini  harakatli 



oyinlar yordamida rivojlantirish tajribasini o’rganish; 


 

17 


2. 

11-12  yoshli  futbolchilarda  sakrovchanlik  sifatlarini  nostandart 

oyin-

simon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash. 



Yosh sportchilarni tayyorlash k

o’p bosqichli murakkab pedagogik jarayon 

b

o’lib,  mashg‗ulotlarni  ilmiy  asosda  tashkil  qilishni  taqazo  etadi. 



Mashg‗ulotlarda  qo’llaniladigan  jismoniy  va  texnik  -  taktik  mashqlar  hajmi  va 

shiddati  shug‗ullanuvchi  bolalarning  yoshi,  jismoniy  va  funksional 

imkoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qo‘llanilishi muhim. Ushbu mashqlar 

hajmi,  shiddati,  qaytirilishi  va  davom  etish  vaqti  biologik  qonuniyatlarga 

asoslanishi  lozim.  Agar  mashqlar  yuklamasi  bolaning  imkoniyatidan 

ӯta 


yuqori  b

o’lsa,  bunday  yuklama  shu  bolaning  organizmiga  salbiy  ta‘sir  etishi 

mumkin.  Aksincha,  yuklama  imkoniyatdan  kam  b

o’lsa,  shakllanish  jarayoni 

sustlashishi muqarrar. 

Ayrim trenerlar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni  rivojlantirishni 

jadallashtirish,  tezroq  malakali  sportchi  tayyorlash  maqsadida  maxsus  va 

ixtisoslashgan  mashqlarni  z

o’rma-zo‘raki  qo’llaydilar.  To’g‗ri  ayrim  hollarda, 

ya‘ni  agar  bolaning  nasliy  va  individual  jismoniy  imkoniyatlari  serzahira 

b

o’lsa,  bunday  bola  orada  yaxshi  sportchi  bo’lib  yetishishi  mumkin.  Ammo, 



aksariyat  hollarada  bunday  katta  yuklamali  mashg‗ulotlar  bolaning  tez 

charchashi,  z

o’riqishi,  hatto  uning  kasallanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Sport 

amaliyotida  shunday  holatlar  ham  uchraydiki,  bir-biriga 

o’xshash  muntazam 

beriladigan  mashqlar  sport  bilan  endi  shug‗ullanishni  boshlagan  bolada 

qiziqishni  s

o’ndiradi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u  sport 

bilan  shug‗ullanmay  quyadi.  Shuning  uchun  yosh  sportchilarni  tayyorlashda, 

ayniqsa,  dastlabki 

o’rgatish  bosqichida  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish,  texnik-

taktik  mahoratni  shakllantira  borish  uchun  harakatli 

oyinlardan  foydalanish  juda 

foydali va 

ӯta muhimdir. 



 

18 


Voleybol 

musobaqalarida 

tezkorlik 

va 


sakrovchanlik 

sifatlari 

samaradorligini  belgilovchi  muhim  omillardan  biridir.  Voleybolchi  qanday  uyin 

funksiya  (amplua)  siga  ixtisoslashgan  b

o’lmasin,  uning    hujum  yoki  himoya 

xarakatida  tezkor-kuch  (sakrovchanlik),  shu  harakatning  unumdorligi  b

o’lmaydi, 

pirovord  samaradorlik  q

o’ldan  boy  beriladi.  Bordiyu  portlovchi  kuch 

(sakrovchanlik)  sifati  shakllangan  b

o’lsa,  lekin  sakrash  chidamkorligi  bo’lmasa, 

k

o’p  marta  sakrab  zarba  berish,  to’siq  qoyish,  uzatish,  to’pni  oyinga  kiritish 



malakalarini foydali ijro etish imkoniyati b

o’lmaydi. 

Aksariyat  mutaxassislarining  fikriga  asosan  bu  sifatlarini  samarali 

rivojlantirish  dastlabki  tayyorgarlik  bosqichidan  boshlanishi 

o’ta  muhim  deb 

ta‘kidlanadi.  Fiziologik  jixatdan  ham  mazkur  sifatlar  aynan  bolalik  yoshidan 

rivojlantirishi 

o’ta samarali ekanligi isbotlab berilgan. 

B

O’SM  larda  yosh  voleybolchilarni  tayorlash  boyicha  olib  boriladigan 



mashg‗ulotlarda  jismoniy sifatlar an‘anaviy stnadart mashqlar ustunligida amalga 

oshiriladi.  Tezkor-kuch  (sakrovchanlik)  va  sakrash  chidamkorligiga  mashqlar 

muvofiq 

oyin vazyaitlariga moslashtirilmaydi. 

Ma‘lumki,  voleybolchilar  uchun  sakrovchanlik  va  sakrovchanlikka  bo’lgan 

chidamkorlik  sifatlari  t

ӯpni  qabul  qilishda,  uzatishda  yoki  uni  sakrab  zarba 

berishda, t

o’siq qoyishda muhim ahamiyatga egadir.  



 



ADABIYOTLAR: 



 

1.  Qoraboyev U. ―О‗zbek xalq о‗yinlari‖ Toshkent 2001 3-5 bet. 

2.Qurbanova M.A. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. II qism. T.: 1999. – 60 

b.  


3.Nasriddinov F.N. О‗zbek xalq milliy о‗yinlari. T.: 1993. – 27 b.  

4.Rasulev  A.T.,  Pulatov  A.A.,  Qosimova  M.U.  О‗zbek  xalq  о‗yinlari  ularning 

tasnifi va tavsifi. //О‗quv qо‗llanma. T.: 1996. – 98 b.  

5.Usmonxо‗jayev T.S., Xо‗jayev F. 1001 о‗yin. T.: Ibn-Sino, 1990. – 350 b.  

6.Usmonxо‗jayev  T.S.,  Xо‗jayev  F.  Harakatli  о‗yinlar.  T.:  О‗qituvchi,  1992.  - 

80  


7.Usmonxо‗jayev  T.S.,  Qosimova  M.U.  500  mashq  va  harakatli  о‗yinlar.  T.: 

1999. - 60 b.  

8.  Ayrapetyans L.R., Kleshev Y.N. Voleybol. О‗quv qо‗llanma.Toshkent., 1995 

yil. 36 -43 bet. 

9.  Ayrapetyans  L.R.,  Godik  M.A.  Sport  о‗yinlari  va  uni  о‗qitish  uslubiyti. 

Toshkent., 1991yil. 58 – 62 bet. 

10. Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda 

tanlovning о‗rni. «JT, sport va ma‘naviyat» tо‗plami, T., 1995.  



  

 

Download 348,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish