Mavzu: Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar antifrizlar. Sifat ko‘rsatkichlari. Ularning ichki yonuv dvigatellarining issiqlik rejimini bir maromda ushlab turish xususiyatlari



Download 123,98 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi123,98 Kb.
#313194
Bog'liq
Amaliy 3


3 - Amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar - antifrizlar. Sifat ko‘rsatkichlari. Ularning ichki yonuv dvigatellarining issiqlik rejimini bir maromda ushlab turish xususiyatlari. Avtotransport korxonalarining yonilg‘i moylash materiallarini samarali qo‘llash bo‘yicha iqtisodiy tadbirlar. YoMM ning zaharliligi va ularni xavfsiz qo‘llash.

  1. Ishdan maqsad: Antifrizlar, ularning turlari, tarkibi va dvigatellarining issiqlik rejimiga tasiri bilan tanishish. Yonilg‘i moylash materiallarini tejash, zaharliligi va xavfsiz qo’llash bo’yicha tushuncha hosil qilish.




  1. Ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar: Antifrizlarni tashqi ko’rinishiga qarab baholash: rangi tiniqligi, tarkibida mexanik qo’shimchalar yo’qligi va standart suyuqliklar bilan solishtirganda farqi yo’qigi tekshiriladi.



  1. Jihozlar:

  1. Maxsus kiyimbosh,

  2. O’t o’chirish balonlari

  1. Umumiy ma’lumotlar:

Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar kiradi. Bu suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan hosil bo‘ladi. Etilenglikol - ikki atomli spirt - bo‘lib, rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda yaxshi aralashadi va neft mahsulotlarida erimaydi. Suv 0°C da, etilenglikol esa - 11,5 °C da muzlaydi. Antifrizning ikki xili: tarkibi 47 % suv va 53 % etilenglikol bo‘lgan muzlash harorati - 40 °C bo‘lgan antifrizlar , shuningdek 34 % suv va 66 % etilenglikoldan tashkil topgan muzlash harorati - 65 °C bo'lgan antifrizlar ishlab chiqariladi.

A-40 («ARKTON-40») och sariq rangda bo‘lib, tarkibi: 53-55% etilenglikol, qolgan suv -35°C gacha bulgan haroratda ishlatiladi, muzlash harorati - 40 °C.

A-65 («ARKTON-65») - to‘q sariq rangda bo‘lib, tarkibi: 66% etilenglikol, 33% suv. U sovuq shimoliy rayonlarda ishlatiladi.

Sovituvchi suyuqlik sifatida antifrizdan foydalanilganda antifriz quyidagi afzalliklarga ega: qotish harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushqoqligi yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig‘imi va o'tkazuvchanligi yuqori, muzlaganda hajmi kattalashmaydi, shuning uchun sovitish sistemasini ishdan chiqarmaydi.

Antifriz kamchiligi: zaxarli, metallarni korroziyalovchi xossaga ega, qalay va alyuminiyga nisbatan korroziyaga aktivdir. Antifriz tarkibidagi etilenglikolning suvdagi eritmalari metallarni korroziyalaydi. Buning oldini olish uchun antifrizlarga 0,4% maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Shuningdek, hozirgi vaqtda ishlatiladigan antifrizlar, «TOSOL» larga korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga qarshi dinatriy fosfat —2.5-3.5 g/1 va dekstrin (kraxmal) lg/1 shuningdek, ko‘piklanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab chiqarilmoqda. M-molibdenli natriy qo‘shilmalari qo‘shilganligini bildiradi.

Antifrizlar tarkibiga etilenglikol moddasi boʻlib u o’ta zaharlidir. Shuning uchun antifrizlar bilan ishlash uchun ham alohida talablar ishlab chiqilgan. Antifrizlar zahar deb yozilgan alohida idishlarda tashladi va saqlanadi. Idish qopqoqlariga blomba qo’yiladi.



Yonilg‘i moylash materiallarini tejash. Neft mahsulotlarini o’z vaqtida to’g’ri hisobga olib borish yo’li bilangina ularni qabul qilib olish, tarqatish, saqlash va mashinalarga quyish vaqtidagi isrofini kamaytirish mumkin (ombordagi va avtomobil yonilg'i baklaridagi hamda karterdagi moylar miqdori ham hisobga olinadi).

Neft mahsulotlari sarfini kamaytirish ko‘p jihatdan ular sarfini to‘g‘ri va ilmiy asosda me’yorlashga bog‘liq. Avtotransport uchun yonilg‘i sarfi kilometraj bo‘yicha rejalashtiriladi. Miqdoriy isroflarni kamaytirish uchun yonilg‘ining bug’lanib isrof bo‘lishini oldini olish kerak.



Yonilg‘i moylash materiallarining zaharliligi va ularni xavfsiz qo‘llash.

Barcha neft mahsulotlari yong’in va portlash jihatdan xavfli boʻlib ularning bug’i zaharlidir. Ular maʼlum miqdorda havo bilan aralashib portlovchi aralashma hosil qiladi, havoda benzinlar kerosinlar dizel yonilgʻisining bug’lari hajmi boʻyicha 1,1- 6% gacha boʻlganda ular portlash jihatdan havfli hisoblanadi. Bu chegaralar ob-havo sharoitiga (harorat, bosim, havo namligi) neft mahsulotlari turi va aralashma hosil boʻlish sharoitiga qarab o’zgaradi.



Benzin zaharli modda bo’lib asosiy xavfni uning bugʻlari tashkil etadi, ular nafas olish organlari orqali inson organizmiga kiradi bunda ayniqsa ogʻiz orqali kirishi xavflidir, chunki ayrim xodimlar, haydovchilar og’izlari bilan benzini so’rib boshqa idishga to’kadilar. Benzin bugʻlari miqdori 100 dan oshmasligi kerak.

Korxona rahbari etillangan benzinlarni ishlatish, saqlash ustidan qattiq nazorat oʻrnatishi kerak, uni boshqa maqsadlarda ishlatish man qilinadi. Jumladan miskarlik ishlarida, benzokeskichlarda, bino ichida ishlaydigan dvigatellarda ham ishlatish man etiladi.



Maxsus kiyimlarni, detallarni, qoʻllarni yuvish mumkin emas. Etillangan benzin alohida idishlarda tashiladi va saqlanadi. Ularda “etillangan benzin” degan yozuv boʻlishi shart. Benzin saqlanadigan, quyiladigan joylarda ovqat yeyish, chekish, ochiq alamga bilan ishlash qatʼiyan man etiladi.

Dizel yonilgisi. Dizel yonilgisi bilan ishlaydiganlar ham maxsus kiyim, oyoq kiyim kiyishlari shart. taʼmirlovchilarga 1.5-2 marta kamaytirilgan muddatlarga maxsus kiyim va poyafzal berish koʻzda tutiladi, chunki ustboshlaridan dizel yonilg’isi o’tadigan boʻlib qoladi.

Xulosa:
Download 123,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish