O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpOq davlat universiteti



Download 48,47 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi48,47 Kb.
#272485
Bog'liq
Анатомия-багдар 2020 - узбек



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


BERDAQ NOMIDAGI

QOraqalpOq DAVLAT universiteti


TASDIQLAYMAN

O’quv ishlari bo’yicha prorektor _______ O.Duysenboev

202___ yil“___”___________





KELISHILDI”

Biologiya fakulteti dekani

______________________

202___ yil “_____”__________







Ro’yxatga olindi: №______________

202__ yil “___”____




ODAM ANATOMIYASI
FANIDAN ISHCHI DASTUR

Biologiya mutaxassisligi 1 kurs talabalari uchun


Talim soxasi:

100000 –Gumanitar

Talim soxasi:

140000 – Tabiiy fanlar

Talimsoxasi:

5140100 - Biologiya




Fan/modul kodi


O’quv yili

2020-2021



Semestr

1


ECTS – Kreditlar

4


Fan/modul turi

Majburiy

Talim tili

Haftadagi darslar soni

4


1.

Fanning nomi

Auditoriya soatlari

(soat)

Mustaqil ishlar (soat)

Jami

yuklama (soat)

ODAM ANATOMIYASI








2.

I. Fanning mazmuni


Fanni o’qitishning maqsadi – talabalarda hujayra va uning tuzilishi, odam anatomiyasini o’rganishda qo’llaniladigan asosiy metodlar, odam anatomiyasi fani tarixini bilish, odam anatomiyasi fanida qo’llaniladigan terminlar, organ, organlar sistemasi, odam anatomiyasida tomonlar. Suyaklar tuzilishi turlari va birikishi, muskullar va ularning turlari, ichki organlar va ularning turlari, qon aylanishcsistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi haqida bilimini yetilishtirish va ko`nlikmalarni shakllantirish.

Fanning vazifasi – talabalarga odam organizmining tashqi va ichki tuzilishi, ichki organlarning topografiyasi, anatomik terminlarni,lotincha atamalarini bilishi, atlas, tablitsalardagi rasmlarni taniy olishi, ko`krak va qorin qismidagi organlarni ajrata olish, faol harakatda organizmda o’tadigan protsesslarni ajrata olish odam organizmi tayanch-harakat sistemasining ishlashi va funktsiyasining boshqarilishini, mashg`ulotning organizm muskul va tayanch-harakat sistemasi rivojlanishiga tasiri haqidagi malumotlarni analiz etish asosida huolsa chiqarishni o’rganishdan iborat.



II. Asosiy nazariy qism (Ma’ruza soatlari)

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu. Odam anatomiyasi faniga kirish.

Fanning predmeti va maqsadi, tadqiqot usullari fanining predmeti, vazifalari, metodlari va rivojlanish tarixi.



2-mavzu. Osteologiya. Tayanch-harakat sistemasi

Skelet sismatemasiga umumiy tavsifnoma. Anatomiyada qabul qilingan terminlar va suyaklarning lotincha atamalari. Suyaklarning klassifikaciyasi. Tana skeleti, umurtqa pog’anasi, to’sh, dum suyagining shakllanishi va tuzilishi, oyoq va qolning erkin va kamar suyaklari, panja suyaklari. Bosh suyagi,bet va miya qismi suyaklarining tuzilishi.



3- mavzu. Sindesmologiya. Bo’g’inlar.

Suyaklarding o`z aro birikishi. Sinartroz, diartroz, simfizlar. Tana skeletining birikishi. Harakatli va harakatsiz birikish. Sinostoz, sinxondroz, sindesmoz.



4- mavzu. Miologiya. Muskullar sistemasi.

Muskul to’qimasining filogenezi. Muskul to’qimasining kimyoviy tarkibi va mexanik, morfologik tuzilishi. Muskul to’qimasining morfologik hususiyatiga ko’ra: skelet muskuli, silliq va yurak muskuli. Faciya, pay, aponevroz. Sinergist va ontogenist muskullar. Muskullarning shakli va joylashishi. Ko`krak, orqa, qorin muskullari.



5- mavzu. Splanxnologiya. Ichki organlar. Hazm qilish organlari.

Ichki organlarning umumiy tavsifi, ularning joylashuvi. Tananing bo`yin, ko`krak va qorin bo`shlig`idagi organlari. Ag`iz bo`shlig`i, tanlay devorining tuzilishi. Til va tishlarning tuzilishi. Sut tishlar haqida tushincha. Qizilo`ngach va uning filogenezi. Meda ichak kanali. Meda va meda osti bezi. Jigar, o`t qopi va ichaklarning tanada joylashuvi, ularning tuzilishi va ahamiyati.



6- mavzu. Nafas olish organlar sistemasi.

Nafas olish sistemasining (teri, jabra, traxeya, o’pka) evolyutsiyasi. Nafas olish, uning asosiy etaplari: tashqi nafas olish, o’pka va tkanlarda gaz almashishi, qonda gazlarning tashilishi. O’pka venteliyatsiyasi. Havo o’tish yo’llar va alveolalar. Burin, kekirdak, traxeya, bronxlar, alveolalarning tuzilishi.



7- mavzu. Ayirish va jinisiy organlar sistemasi – Nefrologiya.

Ayirish sistemasining rivojlanishi. Buyrak, Nefron, Shumlyanskiy tanasi va uning tuzilishi. Siydik yo’llari, qoviq, siydik chiqarish kanalining tuzilishi. Erkak va ayol jins organlarining tuzilishi.



8- mavzu. Endokrin sistema ichki sekreciya bezlari – Endokrinologiya.

Ichki sekreciya bezlarining umumiy tavsifi. Gipofiz bezining tuzilishi va garmonlari. Qalqonsimon, epifiz, buyrak usti, medaosti, jins bezlarining tuzilishi.



9- mavzu. Qon tomirlar sistemasini – Angiyologiya.

Evolyutsiyada yurak qon-tomir sistemasining rivojlanish bosqichlari. Yuksak darajali organizmlarda yurak-qon tomirlar sistemasining yopiqligi. Katta va kichik qon aylanish formalari.

Yurak va uning evolyutsiyasi, rivojlanishi va faolligi. Yurak tsikli dinamikasi: asosiy fazalari, yurak bo’shliqlari va aortadagi bosim, klapanlar apparati, yurak tonlari. Sistolik va minutlik hajmlar. Yurak muskullarining umumiy hususiyatlari.

Yurak avtomatiyasi va uning tabiyati. Yuraktda qo’zg’alishning o’tkazilishi. Yurakning o’tkazish sistemasi. Sinus tugini va uning a’hamiyati. Atrioventrikulyar tugin va uning faolligi. Giss bog’lamlari. Purkine tolalari.

Yurak muskulining tuzilishi. qisqaruvchanlik.Asosiy tomirlar, arteriyalar, venalar, kapilliyarlar. Limfa sistemasining asosiy tomirlari.


9- mavzu. Nerv sistemasi - Nevrologiya.

III. Amaliy darslar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Amaliy darslar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:



  1. O’rganish usullari. Anatomik atamalar. Birinchi bo’yin umurtqasi.

  2. Ikkinchi va 3-7 bo’yin umurtqalari.

  3. K’okrak hujayrasi suyaklari-to’sh suyagi.

  4. Qovirg’a suyagining tuzilishi.

  5. Dumg’aza suyagining tuzilishi.

  6. Oyoq kamarining suyaklari- tos tirsakning tuzilishi.

  7. Elka kamarining suyaklari-kurakning tuzilishi.

  8. Qolning erkin turgan suyaklari – elka suyagi.

  9. Bilak va tirsak siyaklarining tuzilishi.

10. Qo’l panjasi suyaklarining tuzilishi.

11. Oyoqning erkin suyaklari – son suyagining tuzilishi.

12.Katta va kichik boltir suyagining tuzilishi.

13. Oyoq panjasi suyaklarining tuzilishi.

14.Bosh skeleti – peshona suyagining tuzilishi.

15. Ensa suyagining tuzilishi.

16. Tepa suyagining tuzilishi.

17.Chakka suyagining tuzilishi.

18. Yuz qismi suyaklari - yuqorgi jag’ suyagining tuzilishi.

19. Yuqorgi jag’ suyagining tuzilishi.

20. Muskullar sistemasi. Tananing muskullari: ko’krak, qorin va orqaning muskullari. Muskullarning formasi.

21.Ichki organlar. Hazm qilish organlari sistemasi. Og’iz bo’shlig’i, til, so’lak bezlari, tishlarning tuzilishi, qizilo`ngach, meda, ingichka va yo’g’on ichaklar.

22. Nafas olish organlar sistemasi. Nafas olish organlarining anatomiyasi va (burin bo’shlig’i, kekirdak, bronx, traxeya, o`pkalar ) vazifalari.

Amaliy darslar multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akadem guruhlar uchun aloxida o`tiladi. Darslar faol va interfaol usullar yordamida o`tiladi, «Keys-stadi» texnologiyasi qo’llaniladi, keyslar mazmuni o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko`rgazmali materiyallar va malumotlar multimediya uskanalari yordamida yetkaziladi.


IV. Mustaqil ishlar

Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:

  1. Ichki sekreciya bezlari va ularning garmonlari

  2. Terining tuzilishi va funkciyasi.

  3. Organizmning immun sistemasi.

  4. Odam evolyutsiyasi, dastlabki odamlar

  5. Skelet tizimi filogenezi va buzilishlari

  6. Hazm tizimi filogenezi va buzilishlari

  7. Nafas tizimi filogenezi va buzilishlari

  8. Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari

  9. Endokrin tizimi filogenezi va buzilishlari

Mustaqil o`zlashtiradigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni prezentaciya qilish tavsiya etiladi.

3.

V. Fanning o’qitilishining natiyjalari (shakllanadigan kompetenciyalar)

Fanni o`zlashtirish natiyjasida talaba:

-Talabalar evolyutsion talimot bo’yicha odamzot evolyutsiyasi, turli sistematik guruhlar organizmlarining evolyutsiyasi, evolyutsiyaning harakatlandiruvchi kuchi, moslashuvi va o’zgaruvchanligi; anatomiya va morfologiyadan – odam va hayvonlar tanasi va qismlarining umumiy tuzilishi va odam tanasining tashqi muxit bilan aloqasining rivojlanishining morfo-funktsional elementi sifatida organizm to’qimalarining tuzilishini, hujayra tarkibiy tuzilmalarining tuzilishi va funktsiyasi, turli a’zo va to’qimalardagi maxsus hujayralarning tuzilishini idividual odam anatomiyasini o’rganishda qo’llaniladigan asosiy metodlar, odam anatomiyasi fani tarixini bilish, odam anatomiyasi fanida qo’llaniladigan terminlar, organ, organlar sistemasi, odam anatomiyasida rivojlanish biologiyasidan va postnatal ontogenezda to’qima tuzilmalarining morfofunktsional rivojlanishining ahamiyati haqida tushincha vabilimga ega bo’lishi kerak;

-Talabalar qo’zg’aluvchan to’qimalar va muskul sistemasining umumiy fizio-logiyasi, nerv sistemasining umumiy tuzilishi, sensor sistemalar va oliy nerv, endokrin sistemasi,qon, limfa va to’qima suyiqligi, qon aylanishi, Nafas olish, ayirish sistemasi, hazm sistemasining tuzilishi haqida ko’nlikmalarga ega bo’lishi;

-Odam organizmining anatomiyasi; skelet, muskul, ichki organlar, nerv sistemasi tuzilishining o`ziga xos ichki va tashqi tuzilisi, morfologiyasi, o’rganlarning topografiyasi, tayanch harakat apparatining ishlashi vaqtidagi structural va funkcional o`zgarishlar, organlarning joylashuvi va mikroskopik tuzilishi haqida mutaxassislikka ega bo’lishi kerak.


4.

VI. Talim texnologiyalari va metodlari:

  • Lekciyalar;

  • Interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tez savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • prezentaciyalar ishlash;

  • individual proektlar;

  • gurux bilan ishlash va himoya uchun proektlar.

5.

VII. Kreditlarni olish uchun talabalar:

Fanga tegishli nazariy va metodik tushinchalarni to’liq o`zlashtirish, analiz natiyjalarini to’g’ri aks eta olish, o’rganilayotgan processlar haqida mustaqil fikr yurita olish, oraliq va joriy nazorat formasida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish,yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.



6.

Asosiy adabiyotlar

  1. Қодиров Э.Қ. Одам анатомияси. Лотин.Тошкент. “Университет”. 2007, 276 бет.

  2. Қодиров Э.Қ. Одам анатомияси. Кирил.Chinor ENK; Тошкент, 2003,

220 бет.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.

  2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: Ўзбекистон, 2017.

  3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2016. - 56 б.

  4. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.

  5. Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантириш ҳаракатлар стратегиясининг бешта устувор йуналиши туғрисида фармон. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.

  6. 6.Сапин М.Р. Билич Г.Л., Анатомия человека. М., Высшая школа. 1989.

7. Ахмедов Н.К. АТЛАС. Одам анатомияси. Тошкент. «Тиббиёт нашри»

1996.


8. Курепина М. М., Воккен Г.Г. Анатомия человека. Атлас иллюстрация.

М., «Просвешение» 1979.

9. Худойбердиев Р.Э., Ахмедов Н.К. ва бошқалар. Одам анатомияси.

Тошкент. Ибн Сино. 1993.

10. Ахмедов Н.К. Одам анатомияси. Тошкент. Медицина.1987


Malumot manbalar


  1. www.libmmn.h.15.ru

  2. www.cultinfo.ru

  3. WWW.ZIYONET.UZ.

  4. www.nuuz.uz

7.

Fanning ischi o’quv dasturi O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim ministirligi 2018 yil “25” 08 dagi 744-sonli buyirig’i bilan (buyiriqning____-qo’shimchasi) tastiqlangan “Odam anatomiyasi” fan dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Fanning ischi dasturlari «Biologiya» kafedrasining 2020-yil«___» ______ dagi «___» - sonli majilisida muxokama qilingan va fakultet kengashiga qarab chiqish uchun tavsiya etilgan.



8.

Fan /modul uchun javobgarlar:

E.M.Maturazova – QMU “Umumiy biologiya va fiziologiya” kafedrasining docenti;




9.

Fikr bildiruvchilar:

G.S.Begdullaeva − QDU “Umumiy biologiya va fiziologiya” kafedrasining docenti;



G. Kudeshova − QDU “Umumiy biologiya va fiziologiya” kafedrasining docenti;



Download 48,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish