O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1.11 Mb.
bet2/12
Sana27.09.2019
Hajmi1.11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1- rasm. Odatdagi 30-kontaktli (9-razryadli) SIMM moduli

2- rasm. Odatdagi 72-kontaktli (36-razryadli) SIMM moduli

3-rasm. Odatdagi 168-kontaktli (72-razryadli) DIMM moduli

Xotira mikrosxemalarini o‘rnatish

O‘rnatishda yoki xotirani o‘chirishda quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:



  • elektr zaryadlarini to‘plash;

  • mikrosxema chiqishlarini shikastlanishi;

  • SIMM va DIMM modullarini noto‘g‘ri o‘rnatilishi;

  • yoqib-o‘chiruvchilar va ulovchilarni noto‘g‘ri joylashishi.

Sezuvchan xotira mikrosxemalarini yoki platalarni o‘rnatishda elektr zaryadlarini to‘planishini oldini olish uchun, sintetik kyilmlar yoki oyoq kyilmlari kyilsh shart emas. Ish boshlashdan avval tizim korpusiga tegib turuvchi statik zaryad yig‘uvchilarni olib tashashimiz yoki yaxshisi almashtiriluvchi qurilmalarga mahsus blaslet kiydirishimiz kerak. Uni elektronika do‘konlaridan sotib olish mumkin. Braslet o‘tkazuvchi tasma ko‘rinishida bo‘lib, korpus bilan simorqali birlashtiriladi (odatda “timsoh” tipida siqish yordamida). Qobiqni yerga qo‘yishda vilkani tarmoqdan uzish shart emas, balki komyuterni uchirish yetarli.

Har qanaqa mikrosxema (yoki xotira moduli) mos shaklda o‘rnatilishi shart. Mikrosxema bir tarafi oxirida niqob bo‘ladi. Bu qirqimli, doiraviy sathli yoki bosqacha bolishi mumkin. Mikrosxemalar o‘rnatiladigan orinlar mos niqobga ega. Xullas, tizimli platada mikrosxemalarni qanday o‘rnatish korsatilgan. Agarda quyiladigan o‘rinda niqob bo‘lmasa, u holda o‘rnatilgan mikrosxemalarga e’tibor qilish lozim. Qirqim joylashishi mikrosxemalarni qo‘yish joyini ko‘rsatadi.


Nazorat savollari:

1.Operativ xotira ta’rifini keltiring.

2. Xotira qurilmalarining qanday turlari mavjud?

3. Kesh-xotiraning avzalliklari nimadan iborat?

4. Kesh-xotira nechta turga bo‘linadi? Nima uchun?

5. SIMM va DIMM modullari qanday vazifani bajaradi?

6. Xotira mikrosxemalarni o‘rnatganda qanday muammolarga duch kelish mumkin?

7. Kelib chiqqan muammolani qanday bartabraf etish mumkin.

Mavzu:Doimiy xotira va disk yurituvchilarni o`rnatish.

Reja:


1.Doimiy xotiraning ishlash prinsiplari

2. Egiluvchan disketalar uchun disk yurutuvchilar

3. Qattiq disklar uchun disk yuritivchilar

4. Almashtiriladigan axborot tashuvchilar

5. Kompakt disklar uchun disk yurituvchilar
Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish – bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo‘yicha aniq xotira manzillariga o‘natishdir.

Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi ishlatiladi.



  • ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi — DXQ, ma’lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas.

  • DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi tanlangan dinamik xotira qurilmasi.

  • SRAM (Static RAM). Statik operativ xotira.

ROM tipidagi xotira

ROM tipidagi xotirasi (Read Only Memory), yoki DXQ (Doimiy xotira qurilmasi) da, ma’lumotarni saqlash mumkin bo‘lib, o‘zgartirish mumkin emas. Bu ko‘rinishdagi xotiralar faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi. ROM ba’zan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deyiladi, chunki unga saqlangan barcha ma’lumotlar manba’ uzilgani bilan o‘zgarmaydi. Shuning uchun ROM da shaxsiy kompyuterlarni yuklash buyruqlari ya’ni tizimni yuklaydigan dasturiy ta’minot joylashgan. Eslatib o‘tish lozimki, ROM va operativ xotira bir birini nkor etuvchi tushunchalar emas. Boshqacha so‘z bilan aytganda, operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu operatsion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni aqlash uchun zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxemalarida joylashgan bo‘lib, adapter platalarida shunga o‘xshash mikrosxemalar mavjud. Ular aniq platalar uchun, ayniqsa boshlang‘ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar uchun kerak bo‘lgan kiritish-chiqarish va drayverlar bazaviy tizimlari yordamchi qismdasturlarni o‘zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. Boshlang‘ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROM ga ega bo‘lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang‘ich yuklash jarayonidan keyin yuklanishi mumkin.



4 - rasm.


Disket (floppy disk) o‘tkazma axborotlarni tashuvchi sifatida xizmat qiladi. Kompyuter erasining boshida 8 formatdagi disketlar qo‘llangan. Hozirgi vaqtda 2 formatdagi disketlar mavjud: ancha oldingi 5,25 o‘lchamli disketlar va 3,5 o‘lchamli disketlar, biroq 5,25 o‘lcham faqat eski rusumdagi PC larda qolgan. Barcha formatlardagi disketlarning tuzilishi bir xil. G‘ilof ichida unga magnit qatlami yordamida o‘rnatilgan plastmassa disk joylashgan. Formatga solish jarayonida bu vosita axborotni eslab qolish uchun tayyorlanadi va yo‘laklar va sektorlarga mantiqan ajraladi. Barcha disketlarda ularni tasodifiy yozuvlardan saqlash uchun o‘yiq bor. Disketni disk yurituvchiga o‘rnatgandan so‘ng yozish /hisoblash kallaksi uchun uning faqat o‘yiq bilan chegaralangan bir qismigina tegishli bo‘ladi. Agar plastmassa disk g‘ilof ichida tinimsiz aylanib tursa bunda kallakga disketning barcha sohasi yaqqol ko‘rinadi. O‘tkazish kallaksi bunda (vinchestyerdain farqli ravishda) axborot tashuvchining yuzasi bilan doimiy mexanik kontaktda bo‘ladi.

3,5 dyuymli disketlar.

3,5 dyuymli desketlar qattiq g‘ilofga ega. Garchi ular ham ma’lumotlarni mexanik ta’sirlardan muhofaza qila olsa ham, buning uchun katta kuch sarflash kerak.Ma’lumotlarni mexanik ta’sirdan ishonchli himoya avval boshidanoq amalga oshiriladi.Yozish/o‘qish kallagi (golovkasi) aloqada bo‘lgan soha,disket disk yurituvchiga qo‘yilganga qadar metal to‘siq bilan himoyalangan.Faqat FDDning ichi da bu to‘siq chetga suriladi. Disketlar ikki tipda bo‘ladi va sig‘imi bilan farq qiladi.Ularning orasidagi farq ,tezda ko‘zga tashlanadi.HD disketlarida o‘ng yuqori buchagidagi korpusida tirqishi mavjud bo‘lib,bu tirqish DD disketlarida umuman mavjud emas.


5-rasm


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik