O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1,11 Mb.
bet4/12
Sana27.09.2019
Hajmi1,11 Mb.
#22730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot

8-rasm

Rasmdan ko‘rinib turganidek, ulanish joylar turlicha bo‘lishi bilan birga,kabelning o‘zi ham turli usulda ulanishi mumkin, lekin bu usullarnning faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchilarni to‘g‘ri ulash, ularning ish faoliyatini ta’minlash uchungina emas,prioritetini aniqlash uchun ham zarurdir.Rasmda quyidagi konfiguratsiyali, ya’ni, A disk yurituvchisi sifatida 3,5 FDD, B disk yurituvchisi sifatida 5,25 FDD bo‘lganda ikki disk yurituvchini ulash ko‘rsatilgan. Kabellarni ulashda quyidagi ikki asosiy qoydaga e’tibor bering. А disk yurituvchi (FDD1) kabeli oxiridagi ulanish joyi bilan bog‘lanadi.Agar ulanish joyida kalit bo‘lmasa, disk yurituvchi ulanish kontaktni toping va kabelni shunday ulangki, bu kontaktda rang bilan ajralgan sim ulansin (bu birinchi raqamli sim bo‘ladi). FDD platasida odatda bir nechta jamperlar mavjud bo‘lib, ularning turlicha ulanishi disk yurituvchilarning ustunligini (qaysi biri birinchi o‘rinda ulanishini ) belgilab beradi.Ustunlikning to‘rtta mumkin bo‘lgan variantining mavjudligi, garchi ko‘pchilik PC larda faqat ikkita disk yurituvchi ishlatilsa ham, nazoratchi ko‘pi bilan to‘rtta disk yurituvchini boshqara olishi bilan tushuntiriladi.



Magnit diskdagi malumotlar tuzilmasi

Ma’lumotlarni qattiq diskka faqat yozishgina emas, balki o‘qish ham mumkin bo‘lishi uchun qanday ma’lumot qayerga yozilganligini aniq bilish lozim. Barcha ma’lumotlarning manzili bo‘lishi lozim. Kutubxonada har bir kitobning o‘z zali, stellaji, tokchasi va o‘zining invertor nomeri bor – bu go‘yoki uning manzilidir. Qattiq diskka yoziladigan barcha ma’lumotlar ham o‘z manziliga ega bo‘lishi lozim, aks holda ularni topib bo‘lmaydi. Agar ma’lumotlar baytlari yozilgan har bir manzilni alohida xotirlab qolinadigan bo‘lsa, u holda bu manzillarni saqlash, ma’lumotlarni saqlab qolishga qaraganda ham qiyinroq bo‘ladi. Biz endi axborot baytlarda emas, balki fayllarda saqlanishini bilamiz. Agar bizga biror axborot zarur bo‘lsa, kompyuter diskdan kerakli faylni topadi, keyin esa undan ma’lumotlarni baytma – bayt operativ xotirada o‘qiydi va shu tarzda faylning oxirigacha davom etadi.

Diskda har bir faylning o‘z manzili bo‘lishi uchun diskni yo‘lkalarga, yo‘lkalarni esa o‘z navbatida sektorlarga ajratiladi. Har bir sektorning o‘lchami standart bo‘lib, 512 baytga teng. Shu sababli HDD larda ko‘pincha yo‘lkalarga qaraganda, ko‘proq silindrlar haqida gapiriladi. Silindr deyilganda turli sirtlarga tegishli bo‘lgan va aylanish o‘qidan bir xil uzoqlikda joylashgan barcha yo‘lkalar to‘plami tushuniladi. Shunday qilib, vinchesterning umumiy hajmi ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi:

Umumiy hajm (bayt) = kallaklar soni * silindrlar * sektorlar * 512(bayt).




9-rasm
Diskni yo‘lka va sektorlarga bo‘lish diskni formatlash deyiladi. Uni xizmatchi dasturlar bajaradi. Diskni formatlash go‘yoki daftarlarga chiziqlar chizish kabidir. Daftarlardagi kabi, diskni ham faqat bir marta formatlash lozim.

jadval



FAT16 va FAT32 uchun klasterlar o‘lchamlari

Disk o‘lchami

FAT16 klasteri o‘lchami

FAT32 klasteri o‘lchami

32 Mbaytgacha

512 bayt

Qo‘llanilmaydi

33 – 64 Mbaytgacha

1 Kbayt

Qo‘llanilmaydi

65 -128 Mbaytgacha

2 Kbayt

Qo‘llanilmaydi

129 - 255 Mbaytgacha

4 Kbayt

Qo‘llanilmaydi

256 - 511 Mbaytgacha

8 Kbayt


Qo‘llanilmaydi

512-1023 Mbaytgacha

16 Kbayt

4 Kbayt

1024-2047 Mbayt (2 Gbayt)

32 Kbayt

4 Kbayt

2048-8192 Mbayt (8 Gbayt)

Qo‘llanilmaydi

4 Kbayt

8193-16384 Mbayt (16 Gbayt)

Qo‘llanilmaydi

8 Kbayt

16385-32768 Mbayt (32 Gbayt)

Qo‘llanilmaydi

16 Kbayt

32 Gbaytdan yo‘qori

Qo‘llanilmaydi

32 Kbayt

Magnit diskning birinchi yo‘lkasi (nolinchi yo‘lka) xizmat yo‘lka hisoblanadi. – unda xizmatchi axborot saqlanadi. Masalan, bu yo‘lkada fayllarning joylashish jadvali (FAT – jadval) deb ataladigan axborot saqlanadi. Bu jadvalda kompyuter yozilgan fayllarning manzillarini xotirada saqlab qoladi. Agar bizga biror fayl kerak bo‘lsa, kompyuter uning nomi bo‘yicha bu jadvaldan silindr nomerini va sektor nomerini topadi, shundan so‘ng magnit kallak kerakli vaziyatga o‘tadi, fayl o‘qiladi va ishlov berish uchun operativ xotiraga yuboriladi.

Agar fayllarning joylashish jadvali biror sababga ko‘ra zararlangan bo‘lsa, diskdagi axborot yo‘qolishi mumkin. Shu sababli fayllarning joylashish jadvali takrorlanadi (ikki karra yoziladi). Uning nusxasi mavjud bo‘lib, har qanday zararlanishda ham, kompyuter bu jadvalni o‘zi tiklaydi. FAT = jadvalning o‘lchami cheklanganligi uchun o‘lchamlari 32 Mbaytdan yo‘qori bo‘lgan disklar uchun har bir alohida sektorni manzillash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli bu sektorlar guruhlarini shartli ravishda klasterlarga birlashtiriladi. Klaster ma’lumotlarga nisbatan eng kichik manzillash birligidir. Klaster o‘lchami, sektor o‘lchamidan farqli o‘laroq, belgilanmagan (tayinlanmagan) bo‘lib, u disk sig‘imiga bog‘liq. Diskda, sig‘imiga bog‘liq ravishda ikkita FAT = jadvaldan bitta jadval yaratish mumkin.
Vinchesterning tuzilishi.

IBM firmasida yaratilgan eng birinchi magnit jamlovchida disklar va kallaklar (kallaklar) o‘rnatiluvchi konstruksiyasi bilan birgalikda alohida yopiq korpusga joylashtirilgan (u ma’lumotlar moduli deb atalar edi) va ishlatish uchun yuritgich qurilmaga o‘rnatilar edi. Ma’lumotlar moduli yuritgichga o‘rnatilganda ma’lumotlar moduliga tozalangan havoni uzatish tizimi (tizimi) avtomatik ravishda ishga tushar edi. Massalari kichik bo‘lgani sababli, kallaklar disk sirtiga bor yo‘g‘i 0.1 N kuch bilan bosilar, disk aylanganida esa kallak va sirt orasida qalinligi 0.5 mkm atrofida bo‘lgan havo bo‘shlig‘i (zahar) hosil bo‘lar edi.



Hozirgi zamon qurilmalarida ma’lumotlar moduli va yuritgich (yuritma) yaxlit ishlangan bo‘lib, tozalangan havoni uzatish tizimi ishlatilmaydi. Har bir hozirgi zamon jamlovchisi bitta o‘qqa o‘rnatilgan magnit disklar paketiga ega. Dastlabki qurilmalarda 3600 ayl/min aylanish tezligi qo‘llanilar edi, biroq o‘qish/yozish tezligiga bo‘lgan talablarning ortishi bilan ko‘pchilik qurilmalarda disklar blokining aylanish chastotasi 7200 ayl/min gacha oshirilgan.


10 – rasm. Qopqog‘i olingan hozirgi zamon vinchesteri.
Disklar, sirtiga yo‘qori sifatli ferromagnetik surilgan alyuminiy, shisha yoki keramika plastinalardan iborat. Magnit qoplama tarkibi juda murakkabdir – u,odatda, changlash yoki vakuumli yotqizish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dastlabki disklarda temir oksidi qoplamalaridan foydalanilgan edi, hozirgi vaqtda esa magnitli qoplama materiallari sifatida temir va uning oksidlari ham, boshqa magnitli metallarning plyonkalari (pardalari) ham ishlatilmoqda. Metall plyonkali qoplamalar yo‘qori zichlik bilan yozishni va disk sirtining mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi. Qoplamaning mustahkam bo‘lishi zarbga duchor bo‘lish ehtimolligi yo‘qori bo‘lgan ko‘chma kompyuterlarda disklarni ishlatishda muhimdir.

Ishlov berilgan disklarni bir paketga jamlanadi ( bir paketda odatda 2 tadan 12 tagacha disk bo‘ladi ) va yuritgichiga o‘rnatilgan o‘qqa mahkamlanadi. Har bir disk ikkita ishchi sirtga ega, biroq ba`zi qurilmalarda paketdagi chetki disklarning tashqi sirtlaridan konstruksiya mulohazalariga asosan foydalanilmaydi.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish