O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasidavlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi


Soliq hisobotini yuritish tartibi



Download 0.97 Mb.
bet7/27
Sana16.01.2017
Hajmi0.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27

  1. Soliq hisobotini yuritish tartibi.



Soliq hisoboti tushunchasi. Soliq hisoboti soliq to’lovchining soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha yoki to’langan daromadlar bo’yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek ularga doir ilovalarni o’z ichiga oladigan hujjati bo’lib, u Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda (AV tomonidan 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) tuziladi.

Soliq hisobotini tuzish. Soliq hisoboti qog’ozda va (yoki) elektron hujjat tarzida tuziladi.

Hisobot soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan Hisobot soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Yuridik shaxs - soliq to’lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to’lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo’lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Yuqoridagi qoidalar o’zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

MISOL. Yagona soliq to’lovchisi bo’lgan kichik korxonada tugatish ishlari 2013 yilning 5 yanvarida boshlandi. Kreditorlarning talablar taqdim etishi uchun belgilangan muddat tugagach, tugatuvchi davlat soliq xizmati organi tomonidan o’tkazilgan tekshirish natijalarini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi. Oraliq tugatish balansi korxona muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va 3 kun ichida DSIga taqdim qilinadi.

Тadbirkorlik sub’ekti - yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo’lgan muddat uchun alohida Hisobot tuziladi.

Hisobotda ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun soliq to’lovchi javobgar bo’ladi.

Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. Hisobot soliq to’lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda, soliq to’lovchi hisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo’yicha hisobot ham Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda ob’ektlar bo’yicha hisobga qo’yilgan joy bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan taqdim etiladi.

MISOL. Тransport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bo’yicha hisobot AYOQSHlar ro’yxatdan o’tgan joydagi soliq organiga emas, balki shoxobcha joylashgan joydagi soliq organiga taqdim qilinadi, shuningdek yer va suv solig’i bo’yicha soliq hisobotlari ham ob’ekt joylashgan joy bo’yicha taqdim qilinadi.

Soliq to’lovchilar Hisobotni o’z xohishlariga ko’ra quyidagicha taqdim etishga haqli:

shaxsan olib borib berish tartibida;

pochta orqali buyurtma xat bilan;

telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.

Hisobotni davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:

shaxsan olib borib berilganda - Hisobot davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;

pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa tashkilotining tamg’asida ko’rsatilgan, pochta jo’natmasi jo’natilgan sana;

elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.

Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan Hisobotni qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to’lovchining talabiga binoan Hisobotning nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yishi shart.

Hisobot telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchiga bu haqda tasdiqnoma yuborishi shart.

Hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.



MISOL. Yagona soliq to’lovi to’lovchisi bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi korxona 1-chorak yakuni bo’yicha 25 aprel kuni soliq organiga quyidagi hisobotlarni shaxsan olib borib taqdim qilmoqda:

- YaSТ hisob-kitobi

- YaIТ hisob-kitobi

- JSHDS hisob-kitobi

- sug’urta badali hisob-kitobi.

Soliq organi xodimi YaIТ hisob-kitobining 50-satrida YaIТ summasining noto’g’ri hisoblanganini payqab qoldi. Bu holda soliq organi xodimi Hisobotni qabul qilib olishni rad etmasdan, soliq to’lovchining talabiga binoan Hisobotning nusxasiga u olingan sana to’g’risida belgi qo’yib qabul qilib olishi shart.

Hisobot quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:

soliq to’lovchining identifikatsiya raqami ko’rsatilmagan yoki noto’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa;

soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ko’rsatilmagan bo’lsa;

Soliq kodeksining 43 va 44-moddalarida Hisobotni tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo’lsa.

Belgilanmagan shakldagi Hisobot taqdim etilganda soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to’lovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko’rsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

Kamchiliklari tuzatilgan Hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to’lovchiga nisbatan javobgarlik choralari qo’llanilmaydi.

Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish. Soliq xizmati organlariga Hisobot taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni o’zi mustaqil ravishda aniqlagan soliq to’lovchi Soliq kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati ichida (ya’ni 5 yil) o’sha davr yuzasidan aniqlashtirilgan Hisobotni taqdim etish huquqiga ega. Mazkur norma soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) doirasida tekshirish o’tkazilgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan Hisobot taqdim etiladigan hollarda qo’llanilmaydi.

Aniqlashtirilgan Hisobotda ilgari taqdim etilgan Hisobotdagi ma’lumotlar, aniqlashtirilgan ma’lumotlar va ulardagi tafovutlar ko’rsatilishi kerak.

Agar aniqlashtirilgan Hisobot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan Hisobot bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan ortiq bo’lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash bo’yicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qo’shiladi.

Agar aniqlashtirilgan Hisobot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan Hisobot bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan kam bo’lsa, aniqlashtirilgan Hisobot taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penyalarning ortiqcha to’langan summasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi.



MISOL. Yagona soliq to’lovi to’lovchisi bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi korxonaning buxgalteri 2011 yil uchun hisobotni tuzish paytida 3-chorakda ko’rsatilgan xizmat bo’yicha taqdim qilingan 100 ming so’mlik hisobvaraq-fakturaning YaSТning 3-chorak hisobotida aks ettirilmaganligini aniqlab qoldi. Mazkur 3-chorak uchun aniqlashtirilgan hisobot 2012 yilning 31 yanvarida soliq organiga taqdim qilindi, yagona soliq to’lovi 6 ming so’mga (100 x 6%) oshirildi.

Bu yerda soliq organi faqat YaSТ belgilangan muddatda to’lanmagani uchun korxonaga nisbatan moliyaviy sanksiya sifatida penya hisoblaydi va u 291 so’mni (6000 x 0,033 x 97 kun) tashkil qiladi.

Hisobotni saqlash muddati

Hisobot soliq xizmati organlarida va soliq to’lovchida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati mobaynida, ya’ni 5 yil saqlanadi (Soliq kodeksi, 38-modda).



Kameral nazorat

Kameral nazorat soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va coliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir.

Bunday nazorat soliq to’lovchining huzuriga bormasdan soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.

Agar soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida Hisobotni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi yoki taqdim etilgan Hisobotdagi va davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlar o’rtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq to’lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi.

Soliq to’lovchi aniqlashtirilgan Hisobotni taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzatilgan Hisobotni yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o’n kunlik muddatda taqdim etishi shart.

MISOL. YaIТ bo’yicha hisobotni qabul qilgandan keyin Hisobotning 50-satrini to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi, ya’ni formula noto’g’ri qo’llanilganligi soliq organi xodimlari tomonidan o’tkazilgan kameral nazorat jarayonida aniqlandi.

Bunda soliq organi bu haqda soliq to’lovchini tegishli tuzatishlar kiritishni talab qilib yozma shaklda xabardor qiladi.

Korxona xabarni olgandan keyin 50-satrga tuzatish kiritib, tuzatilgan Hisobotni o’n kun ichida soliq organiga taqdim qilishi kerak.




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat