Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Download 0,97 Mb.
bet1/198
Sana16.01.2017
Hajmi0,97 Mb.
#475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASIDAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI

SOLIQ AKADEMIYASI

BUХGALТERIYA HISOBI VA AUDIТ” KAFEDRASI



SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR HISOBI
FANIDAN

MA’RUZA MATNLAR TO’PLAMI

OLIY ТA’LIMNING

230000 – «Iqtisod» ta’lim sohasidagi

5230800 - «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi uchun



bakalavriat yo’nalishi uchun

Тoshkent - 2015

Ushbu ma’ruza matnlar to’plami 5230800 - «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi talabalarining « soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar hisobi» fanidan mukammal bilim olishlari uchun mo’ljallangan.


Buxgalteriya hisobi va audit

kafedrasi mudiri B.Isroilov




Тuzuvchilar:

Qurbonov Z.N.

-

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori. i.f.d.




Mo’minov R.

-

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi o’qituvchisi













Тaqrizchilar:

Muhammadiyev R.



Davlat soliq qo’mitasi Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari











KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishning huquqiy asosida O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi va «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunlari, buxgalteriya hisobi milliy standartlari qabul qilindi. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo’lgan moliyaviy va boshqaruv hisoblari shakllantirildi, ularning nazariy va metodologik asoslari takomillashiga erishildi. Mamlakatimizda o’ziga xos soliq tizimi yaratildi va soliq siyosati yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun buxgalteriya hisobini muntazam ravishda xalqaro standartlarga moslashtirib borilishi talab qilinmoqda. Amaldagi soliq siyosati va buxgalteriya hisobi tizimlarini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida yanada takomillashtirish taqozo etilmoqda.

Islohotlarni amalga oshirishning bugungi bosqichida iqtisodiy qonunlarga amal qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish yo’llaridan biri sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish tadbirlarini misol qilib keltirish mumkin.

Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no -mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarining hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tuzish ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur. Bu ko’nikmalarga ega bo’lishda «Soliq hisobi va hisoboti» fanini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi bo’lgan «Soliq hisobi va hisoboti» fani shakllanib, rivojlanib boradi. Ya’ni «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fanlari kabi «Soliq hisobi va hisoboti» fani ham alohida fan sifatida o’zining predmeti va metodiga, maqsadi va vazifasiga egadir.

«Soliq hisobi va hisoboti» fanining maqsadi bo’lib, soliq hisobini tashkil etishning va yuritishning nazariy masalalarini o’rganish, amaliy bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lish va shu bilan birga korxonalarning soliqqa tortish tizimi to’g’risida bilimlarni tizimga solish va O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga moslashtirilgan soliq hisobotinituzishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarga soliq siyosati konsepsiyasini chuqur o’rgatish va amaliyotda qo’llashga kerak bo’ladigan bilimlarni shakllantirish – fan vazifalari hisoblanadi.

Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan quyidagi iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi: Makroiqtisodiyet, Mikroiqtisodiyet, Iqtisodiyot nazariyasi, Moliya bozori va qimmatli kog’ozlar, Moliya, Pul, kredit va banklar, Soliqlar va soliqqa tortish, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy hisob va boshqa maxsus fanlar.





Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish