Oʼzbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi mаktаbgаchа tа`lim tаshkilotlаri direktor vа mutаxаssislаrini qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish instituti



Download 57 Kb.
bet1/5
Sana26.04.2022
Hajmi57 Kb.
#583436
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibragimova Orzigul
, Edenbaev Janabergen, Презентация Microsoft PowerPoint, x25 protokoli (2), Jonibek ako, Presentation (4), 2 5447492529744254864 (1), Qushlar, kurs ishi1, sarvar, 5, ANALYSIS OF WORD FORMATION IN THE STORY, Metallurgiya, MUSTAQIL ISH 1

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA`LIM VAZIRLIGI
MАKTАBGАCHА TА`LIM TАSHKILOTLАRI DIREKTOR VА MUTАXАSSISLАRINI QАYTА TАYYORLАSH VА ULАRNING MАLАKАSINI OSHIRISH INSTITUTI
MАKTАBGАCHА TА`LIM TАSHKILOTI TАRBIYACHISI” YOʼNАLISHI

35- guruh tinglovchisi Ibragimova Orzigul Atavullayevnaning

Malaka amaliyot ishi




Qabul qildi: G`.Maxkamov.

REJА:
1.05-01-fAoliyatga doir me’yoriy hujjatlarni yoriting .
2.kumush qish.Konstitutsiya kuni mavzusida mavzusida rivojlanish markazlardagi faoliyatlariga ishlanmalar yozing. (xohlagan guruh misolida)


KIRISH:
Yurtimizda amalga oshirilayogan islohotlarning muvaffaqiyati taʼlim-tarbiya tizimini oʼzgartirish, uni hozirgi zamon talablari darajasiga koʼtarish, shu jamiyatda yashayotgan fuqarolarning intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirishga bogʼliqBola shaxsini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim bolaga qiziqishi va ehtiyojiga koʼra oʼquv dasturini tanlash huquqini, munosabat va muloqot qilish koʼnikma va malakalarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. Ushbu taʼlim bolaga mushohada qilish, oʼz amaliy faoliyatida sinab koʼrish, yangi gʼoya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar yechimining samarali yoʼllarini qidirish uchun erkinlik beradi, bolalarning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo‘lishi maktabgacha ta’lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi.

Bolagayoʼnaltirilgantaʼlimmarkazidaoʼsayotgan inson,uningoʼz imkoniyatlarinitoʼla namoyonetishga intilishi,yangitajribani qabul qilishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda va masʼuliyatli qaror qabul qilishga qodirligituradi.“Rivojlanish”,“Erkinlik”, “Mustaqillik”, “Ijod”, “Oʼziga xoslik” shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlimning kalit soʼzlari hisoblanadi.


Bolaga yoʼnaltirilgan taʼlimning oʼziga xosligi shundaki, bola kimningdir istagi, buyurtmasiga koʼra emas, oʼz imkoniyatlari, salohiyati, tabiati xususiyatlariga mos ravishda shakllanadi.
Shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlimning markazida oʼsayotgan inson, uning oʼz imkoniyatlarini toʼla namoyon etishga intilishi, yangi tajribani qabul qilishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda va masʼuliyatli qaror qabul qilishga qodirligi turadi.
Maktabgacha taʼlim mazmuni va metodlari bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan rivojlantiruvchi muhitda tashkil etiladi.
Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik va psixologik muxitning yaxshi va sifatli boʼlishi tarbiyachi pedagoglarning maʼnaviy axloqiy sifatalariga, ularning kiyinish odoblariga xam bevosita bogʼliqdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni xar tomonlama rivojlanishida predmetli muhit asosiy omillardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar xar bir yoshda oʼzini oʼrab turgan muxitdan aynan oʼzini qiziqtirgan hayotiy malakani oladi. Muhit qanchalik toza va musaffo boʼlsa bolaning inson sifatida shakllanishida shunday toza va musaffo taʼsir koʼrsatadi. Lekin bu jarayonning oʼziga xos qonuniyatlari mavjud. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni toʼlaqonli rivojlantirishda kattalarning ular bilan mazmunli suhbatlari va bolalikning predmetli muhiti bilan boyitish zarur. Bu bolalikning predmetli muhiti hisoblanadi.
Shunday qilib, predmetli muhit, oʼyinchoqlar, oʼyin vositalari, moddiy resurslar, jihozlar, koʼrgazmali qurollar yordamida bolani aqliy, jismoniy, psixologik rivojlantirishga pedagogik taʼsir oʼtkazishni anglatadi.Bolani rivojlantiruvchi muhit mazmun-mohiyatiga koʼra bolani aqliy, jismoniy va psixologik rivojlanishini taʼminlashi, takomillashtirishi, piravard natijada bolalikni rivojlantirishning predmetli muhitiga qoʼyilgan pedagogik talab va maqsadni roʼyobga chiqarishi kerak. Predmetli muhitni pedagogik jarayonda muvoffaqiyatli qoʼllanma uchun uning variativligini taʼminlash kerak.Bolaning ijodiy rivojlantirishda yangi ahborot texnologiyalarini, shu jumladan kompьyuterlarning ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim. Bu vositalar yordamida bolaga aqliy, ahloqiy, maʼrifiy maʼlumotlar oʼyin va oʼyin vositalari orqali kirib boradi. Eng avvalo maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitning izchilligi taʼminlanishi, bolalar bogʼchasida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyati inobatga olingan va tayanch dastur talablarini sifatli va mazmunli bajarilishiga xizmat qilishi lozim.Bugungi bolalar oʼzining kundalik xayotida turli-tuman oʼzgarishlarga duch keladilar. Dunyoda roʼy berayotgan oʼzgarishlar bolalarda muttasil oʼqishga intilishni tarbiyalashni, oʼzgarayotgan dunyoda zarur boʼladigan qobiliyatlarni rivojlantirishni talab qiladi.

05-01-Faoliyatga oid hujjatlar.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ish hujjatlari.
05-01. Faoliyatga doir me’yoriy hujjatlar bilan tanishish.
05-02. Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi bilan (Ish jurnaki) bilan tanishish.
05-03. Bolalar davomatini qayd qilish daftari.(tabel, filtr, patronaj, ota-onalar to’g’risidagi ma’lumot,
05-04. Bolalarni rivojlanish xaritalari bilan tanishish.
05-05. Pedagoglar bilam hamkorlik ish rejasi bilan tanishish.
Maktabgacha taʼlim Vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 155 –sonli buyrugʼi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisidaa”gi 2019 yil 13 maydagi 391- sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Ilk qadam”davlat oʼquv dasturi ijrosini taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritilaѐtgan ish hujjatlarini tartibga solish,xodimlarning taʼlimtarbiya jaraѐnidagi maʼsulyatini oshirish.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi barcha pedagoglar uchun ish hujjatlarini toʼgʼri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy ѐndoshgan holda qatʼiy qilish tartibini belgilaydi.Qoʼllanmani tayѐrlashdan maqsad ,maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilaѐtgan taʼlim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari darajasida yangicha ѐndashgan xolda tashkil etish.Pedagoglar xujjat yuritishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini taʼminlashdan iborat. Oʼquv yili boshida ushbu qoʼllanma bilan barcha pedagoglar tanishtiriladi. Ushbu qoʼllanma bilan tanishgan barcha pedagoglar mazkur qoʼllanmaga amal qilish va meʼѐriy – metodik hujjatlarni yuritishga maʼsul xisoblanadi.
05-01 Oʼzbekiston Respublikanski Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan (Аdliya vazirligida 3 iyulь 2018 yilda 3032-son bilan roʼyxatdan oʼtgan) “Oʼzbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha taʼlim ѐshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” hamda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hayʼat yigʼilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim jaraѐnini mavzuli rejalashtirish” qoʼllanmasi har bir tarbiyachi ishlaѐtgan guruh ѐshiga mos ravishda taʼminlangan boʼlishi shart.

05-01. Faoliyatga doir me’yoriy hujjatlar.



  1. O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari.

  2. “Ilk qadam” maktabgacha talim tashkilotining davlat o’quv dasturi

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti