O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich 120-guruh talabasi choriyeva hamida



Download 125,18 Kb.
bet1/16
Sana29.04.2023
Hajmi125,18 Kb.
#933465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hamida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
2-BOSQICH 120-GURUH TALABASI
CHORIYEVA HAMIDANING
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Mavzu: Hozirgi oʻzbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlari


Termiz-2022
Mavzu: Hozirgi oʻzbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlari

REJA:
KIRISH

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari

  2. Hozirgi o'zbek adabiy tili va uning taraqqiyoti

  3. Hozirgi o'zbek adabiy tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi

  4. Qadimgi turkiy adabiy til

  5. Eski o'zbek adabiy tili

  6. Hozirgi o'zbek adabiy tili

  7. O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti

XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining milliy tilidir.
Hozirgi o'zbek adabiy tili shu tilda so'zlashuvchilarning hammasi uchun baravar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umumxalq tilidir.
Hozirgi o'zbek adabiy tilining fonetik tizimi, asosiy lug'at tarkibi va grammatik qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan bo'lib, davrlar o'tishi bilan uning tovushlar tizimida sifat va miqdor o'zgarishlari yuz bergan. Lug'at tarkibi asosiy lug'at fondi negizida yasalgan yangi so'zlar hisobiga boyib, kengayib borgan, grammatik qurilishi ham yangi­yangi grammatik formalar vositasida silliqlashgan va takomillashgan. Bu til o'zbek xalqining butun tarixi davomida shu tilda so'zla-shuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til bo'lib, u shu til vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, ularning ham-masi uchun umumiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
Tarixiy ma'lumotlar va yozma yodgorliklarga qaraganda, o'zbek tili XI-XII asrlarda yozma shaklga ega bo'lgan xalq tili sifatida shakllangan. XIII-XIV asrlar o'zbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib, o'zbek yozma adabiyoti o'z o'rnini barqaror egallagan.
Keyingi davrlarda uzoq tarixiy jarayon XIV-XV, XVII-XVIII, XVIII-XIX va ayniqsa, XX asrning I yarmi o'zbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari bo'ldi. Ana shu uzoq tarixiy jarayonda o'zbek tili o'zining barcha xususiyatlari bo'yi-cha sifat o'zgarishlariga uchrab, milliy til shakliga kirdi.
Ma'lumki, millatning eng muhim belgilaridan biri uning til birligidir. Har qanday millat ijtimoiy jamoa a'zolarining barchasi uchun umumiy bo'lgan til birligiga ega bo'lmay turib millat sifatida uyushishi, uning tili milliy til shakliga kirish mumkin emas. Biroq millatning millat sifatida shakllanishi uchun faqat til birligining o'zigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa o'zining har tomonlama chegaralanmagan, tayziqsiz hududiy butunligi, iqtisodiy turmush, madaniy va, eng avvalo, ma'naviy barqarorligiga ega bo'lishi lozim. Ana shu sifatlarning barchasi mavjud bo'lgandagina millat millat sifatida qaror topadi, tili esa uning yagona milliy tili bo'lib qoladi. Ammo bu sifatlar birdaniga vujudga kelmaydi. Ular uzoq vaqt mobaynida tarkib topib, rivojlanib, ma'lum davrda yuzaga kelgan qulay shart­sharoit natijasida millatni tarkib topdiruvchi muhim belgiga aylanadi. Xalqning millat sifatida, xalq tilining milliy til sifatida tarkib topishi milliy adabiy tilning asosiy qurilishining o'zgarishigagina emas, balki tilning bajaradigan vazifasi doirasini ham kengayishiga sabab bo'ladi.



  1. Download 125,18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish