O‟ZBAKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SUG‟URTA ” FAKULTETI
“SOLIQ MAMURCHILIGI ” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:
Sayyor
soliq
tekshiruvi:
nazorat
kassa
texnikasi
va
hisob-kitob
terminallari qo‘llanilishini tekshirish
Bajardi: ST-50 Yunusaliyev Azizbek
Kurs ishi rahbari: prof. v.b. Sh.Qiyosov
Toshkent-2022
Reja:
Kirish
1. Soliq nazoratining shakllari. Soliq tekshiruvlarining turlari: sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‟tkazish tartibi
Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‟llanilishini
tekshirish
3. Sayyor soliq tekshiruvi: nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‟llanilishini tekshirish bo‟yicha muammoli vaziyat va uning echimi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati.
2
KIRISH
So‗nggi yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini, xususan, soliq yukini yengillashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va birxillashtirish, qo‗shimcha keng soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qo‗llab-quvvatlash choralari muntazam ko‗rilmoqda. Shuningdek, alohida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi korxonalarga alohida soliqlar turlari bo‗yicha soliq stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish yo‗li bilan soliq yukini kamaytirish yuzasidan hukumat qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan eksportyor korxonalarga, kichik biznes sub'yektlariga hamda investitsiyalar kiritadigan va yangi mahsulot turlarini o‗zlashtirayotgan korxonalarga qo‗shimcha imtiyozlar berildi.
Bugungi kunda yuridik shaxslarga beriladigan soliq imtiyozlari O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27dan ortiq moddalarida nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti va Hukumati tomonidan 200dan ortiq qarorlar qabul qilingan, ya'ni soliqlarni rejalashtirish sohasida ancha keng faoliyat maydoni mavjud.
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyayev tashabbuslari bilan ―Harakatlar strategiyasi‖ning uzviy davomi sifatida qabul qilingan ―2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi‖da shunday deyiladi: ―Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda:
―daromadi o‗rtachadan yuqori bo‗lgan davlatlar‖ qatoriga kirish uchun zamin yaratish‖1 milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda yuqori o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash borasidagi asosoiy maqsad sifatida oldizmizga qo‘yildi. Bunda aholining daromadlilik darajasiga alohida ahamiyat berilayotgani bizning mavzuyimizga aloqador. Milliy ishlab chiqarish mahsulotlarini eksport qilish
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan ―Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi‖ O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son
3
masalalari hamda kerakli tovar xom-ashyoni chetdan import qilishda yoki chet elda faoliyat olib borishda, boshqa mamlakat tadbirkorlarining bizning mamlakatimizdagi faoliyatida ikkiyoqlama soliqqa tortishdan qochish masalasi avvalgi o‘rinlarda turadi.
Soliqlar mexanizmini takomillashtirish orqali aholidagi soliq yukini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ularning daromadliligini oshirishga bevosita yordam beradi. Shuningdek xalqaro soliqlarni joriy etish deb nomlangan mavzuyimizda, ko‘pgina mamlakatlardan undiriladigan soliqni tushunamiz. Aslida esa, xalqaro soliqqa tortishning joriy etish imkoniyati bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi hozirgi kunda butun jahonda biror soliq turi yo‘qki, ma‘lum mamlakatlardan qaysidir byudjetga borib tushadigan. Ma‘lum va vaqtinchalik yig‘imlar bo‘lishi mumkin. Xalqaro soliqqa tortishni joriy etish imkoniyati esa darhaqiqat juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotga soliq yuki bosqichma-bosqich kamayib bordi. Bu iqtisodiy o‗sishning muhim omillaridan biri hamda respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xo‗jalik faoliyati sohasidagi jarayonlarni faollashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish uchun rag‗bat bo‗ldi. Soliq yukining kamaytirilishi alohida korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, korxonalarning o‗z mablag‗i hisobiga investitsiya faoliyatini jonlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni amalga oshirish imkonini berdi.
Davlat tomonidan ko‗rilayotgan choralarga qaramay, soliq sohasida bir qator muammolar ham borki, ular tezkor yechimni taqozo etadi. Bular soliq qonunchiligining tez-tez o‗zgarib turishi va buning oqibatida korxonalar imkoniyatlarining kamayishi, soliqlar sonining ko‗pligi va buning biznesda katta transaksion chiqimlarga olib kelishi, alohida tarmoqlar bo‗yicha soliq yukining yuqoriligi va buning moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga hamda ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilishga to‗sqinlik qilishidir.
4
Soliq nazorati soliqqa tortishni boshqarishning yakuniy bosqichi bo'lib, byudjetning soliq tushumlarini rejalashtirish metodologiyasining elementlaridan biridir. Soliq nazoratining ikki tomonlama xususiyati, bir tomondan, u soliqlarning nazorat qiluvchi rolini amalga oshirish shakli - soliq tushumlarini miqdoriy aks ettirish, ularni davlat ehtiyojlari bilan solishtirish, soliqlarni aniqlash, soliqqa tortish qobiliyatini aniqlash bilan bog'liq. Soliq qonunchiligiga o'zgartirishlar kiritish zarurati. Boshqa tomondan, soliqlar majburiy pul munosabatlari, davlat tomonidan soliq nazorati soliqlarning mavjudligi uchun ob'ektiv zaruratdir, ya'ni. nazorat bu iqtisodiy kategoriyaga xos bo‗lib, soliqlar o‗zining fiskal vazifasini – davlat mablag‗larini shakllantirishni to‗liq bajara olishi uchun zarurdir.
Soliq organlari o'z vakolatlari doirasida ish olib boradilar va o'z vakolatlarini amalga oshirish orqali o'z vazifalarini bajaradilar. Soliq organlarining vakolatlari muayyan masalalar bo'yicha ularning huquq va majburiyatlarining yig'indisi bo'lib, soliq organlarining huquqiy maqomining mohiyatini ifodalaydi. U huquqiy maqomni belgilovchi va soliq organlari faoliyatini tartibga soluvchi soliq kodeksi va qonunlarda mustahkamlangan.
5
1. Soliq nazoratining shakllari. Soliq tekshiruvlarining turlari: sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‟tkazish tartibi
Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda tub o‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohotlar orasida moliya-kredit tizimini isloh qilish alohida o‗rin egallaydi. Chunki jamiyatning barcha sohalari faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog‗liqdir, vaholanki, pulli munosabatlami samarali ishlash mexanizmi, o‗z navbatida, boshqa sohalarga bevosita ta‘sir etadiki, bu moliya-kredit tizimining jamiyat iqtisodiy tizimidagi o‗rni naqadar yuqori ekanligini ko‗rsatadi.
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlarning to‗liq va o‗z vaqtida undirilishini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun barcha davlatlar qatori mamlakatimizda ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlami to‗liq, to‗g‗ri va o‗z vaqtida budjetga undirilishini nazorat qilish tizimi yaratilgan.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilarning moliyaviy xo‗jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazaridan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o‗rganadi. Ma‘lumki, soliq to‗lovchilar davlat budjetiga to‗laydigan soliqlarini mustaqil ravishda hisoblab, belgilangan muddatda va miqdorda amalga oshirishlari lozim. Davlat soliq to‗lovchilarga soliqlarning fiskal majburiyatidan kelib chiqqan holda shunday qat‘iy talabni qonun normalari asosida belgilab qo'ygan.
Soliq nazorati qanchalik qat‘iy bo‗lsa va tekshiruvlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‗yicha chora ko‗rish muqarrarligi to'liq ta‘minlansa, davlat budjeti manfaatlari har tomonlama muhofaza qilingan va budjet daromadlarining shakllanishi kafolatlangan bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarining huquqiy masalalari, nazoratni tashkil qilishning uslubiy yo‗nalishlari, nazorat natijalarini rasmiylashtirish va soliq
6
qonunchiligiga rioya etishda qonunbuzarlikka yo‗l qo‗ygan soliq to‗lovchilarga chora ko‗rish tartiblarini belgilaydi.
Soliq nazoratini to‗g‗ri ta‘minlash davlat va mahalliy budjetning daromad qismi to‗ldirilishining muhimligini belgilaydi. Bundan tashqari, soliq nazorati obyektlarining ko‗pligi sababli ham uning muhim ekanligini belgilovchi omillardandir. Shu sababli ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirishda butun dunyoda soliq nazorati amaliyoti muhim o‗rin egallaydi. Chunki ushbu nazorat orqali budjetga soliq to‗lovchilar tomonidan qasddan yoki yanglishishlar natijasida soliqdan yashirilgan to‗lovlar aniqlanib, ijtimoiy adolat va huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarlik tamoyillari ta‘minlanadi.
Soliq nazoratiga O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi Qonun 2-moddasida «Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat» 2 deb ta‘rif berilgan.
Soliq nazorati moliyaviy-xo‗jalik nazorati turiga kiradi. Ushbu nazorat turi davlat moliyaviy nazorati bilan xususiy va umumiy jihatdan yaqindir. Lekin soliq nazorati o‗zining obyekti, mazmuni, usul va uslubi, nazorat qiladigan shaxslar va idoralar turiga qarab davlat moliyaviy nazoratidan farq qiladi. Bundan tashqari, soliq nazorati davlat budjeti daromad qismini to‗ldirish bilan bog‗liq maxsus vazifani nazorat qilishi bilan ham boshqa nazoratlardan farq qiladi.
Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yo‗l jamg‗armalariga majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishini nazorat qilish hisoblanadi.
Soliq nazoratining obyekti - soliq va yig‗imlami undirish hamda ushbu majburiyatlami bajarmagan soliq to‗lovchilami javobgarlikka tortish bilan bog'liq munosabatlar majmuidir.
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi № 474-I son Qonuni 29.08.1997 y.
7
Soliq nazoratining subyektlari - Davlat soliq xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti organlari va mulkdorlar tomonidan yollangan auditorlik xizmati vakillari bo‗lishi mumkin.
Soliq nazoratini olib borishdan ko‗zlangan asosiy maqsad, soliqqa tortishni takomillashgan tizimini tashkil etish, soliq to‗lovchilar, banklar va boshqa soliqqa oid munosabatlar qatnashuvchilari o‗rtasida soliq qonunchiligini buzishga yo‗l qo‗ymaydigan soliq intizomini yaratishdir.
Bundan tashqari, davlat soliq nazoratining alohida vazifalari ham mavjud boiib, bundan ko‗zlangan maqsad soliqqa oid munosabatlaming alohida sohalarini tartibga solish hisoblanadi. Masalan, naqd pul sohasidagi qonunchilik normalariga amal qilish va savdo-sotiq, valyuta qonunchiligini tartibga solish kabi vazifalardir.
Soliq nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
-soliq va yig‗imlami to‗liq va to‗g‗ri hisoblanishi hamda budjet (budjetdan tashqari fondlarga) o‗z muddatlarida to‗lanishini ta‘minlash;
-soliq va yig'imlar to‗g‗risidagi qonunlami buzuvchilarga jazoning muqarrarligini ta‘minlash;
-soliq qonunchiligi buzilishini oldini olish, soliq to‗lovchilarni soliq va yig‗imlar bo‗yicha o‗z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki to‗liq bajarmaganligi natijasida davlatga yetqazilgan zararni undirish;
-soliqqa tortish metodologiyasi va qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish.
Nazoratni amalga oshirishda uning mazmunini aniqlab olish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Shu tufayli soliq nazorati mazmuni sifatida:
-yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi qonunlar bajarilishini tekshirish;
-soliq organlarida hisobda turish va bu bilan bog‗liq majburiyatlarni tekshirish;
8
-buxgalteriya hisobini to‗g‗ri yuritish, soliq hisobotlarini to‗g‗ri va belgilangan muddatlarda taqdim etish, ulardagi ma‘lumotlaming asosliligini tekshirish;
-soliq to‗lovchilaming soliq qonunchiligiga oid protsessual qonun normalari talablariga rioya etilishini tekshirish;
-banklarning soliq qonunchiligi ijrosi bo‗yicha majburiyatlarini bajarilishini tekshirish;
-naqd pul muomalasiga oid qonunchilik normalariga rioya etilishini tekshirish;
-soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi qonunlar buzilishini oldini olish; -yashirin soliq obyektlarini aniqlash;
-soliq qonunchiligini buzuvchilarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish;
-soliq to‗lovchilar tomonidan soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi majburiyatlarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik oqibatida davlatga yetkazilgan zarami undirish kabilardir.
Soliq nazoratining usuli - bu nazoratni amalga oshirishning aniq harakat uslubidir. Rivojlangan mamlakatlarda soliq nazoratini tashkil etishda turli usullardan foydalaniladi.
Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Soliq nazorati maqsadida davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni soliq organlariga taqdim etishi shart.
Soliq nazorati maqsadida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi. Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari, o‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o‘zida mavjud materiallar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o‘z zimmasiga yuklatilgan
9
vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Soliq organlari soliq nazoratini:
soliq tekshiruvlari;
soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.
Soliq tekshiruvlari soliq to‗lovchilar, yig‗imlarni to‗lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‗tkaziladi. Soliq tekshiruvlari soliq to‗lovchilar, yig‗imlarni to‗lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‗tkaziladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‗tkazadi:3
kameral soliq tekshiruvi;
sayyor soliq tekshiruvi;
soliq auditi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‗lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‗lovchining faoliyati to‗g‗risida soliq organida mavjud bo‗lgan boshqa hujjatlar hamda ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‗tkaziladi.
Kameral nazorat – bu soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni (ma‘lumotlarni) o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir.
Qo‗shilgan qiymat solig‗ini qoplash bilan bog‗liq bo‗lgan kameral soliq tekshiruvi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi o‗rnini qoplash tartibi to‗g‗risidagi nizom asosida belgilanadi.
SK ning 137-moddasi (30.12.2019 y)
10
Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‗tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‗tkazishi mumkin.
Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‗lovchining faoliyati to‗g‗risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‗lovchining ishtirokisiz o‗tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.
Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‗rinbosarining) buyrug‗isiz amalga oshiriladi. Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‗ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‗lovchiga soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‗g‗risidagi xabarnoma yuboriladi.
Soliq to‗lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‗g‗risidagi xabarnoma olingan kundan e‘tiboran o‗n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‗lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‗ladi.
Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e‘tiboran yakunlangan hisoblanadi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‗rinbosarining) buyrug‗i asosida o‗tkaziladi. Buyruqda soliq to‗lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni o‗tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig‗imlarning turlari ko‗rsatiladi.
Soliq to‗lovchilarning soliqlar va yig‗imlarni hisoblab chiqarish hamda to‗lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
11
Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‗lash sohasida soliq to‗lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‗yicha o‗tkaziladigan tekshiruv bo‗lib, unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‗lari harakatining, shuningdek, soliq to‗lovchining faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa axborotning tahlili o‗tkaziladi.Sayyor soliq tekshiruvi chog‗ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‗lari harakatining, shuningdek soliq to‗lovchining faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa axborotning tahlili o‗tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‗tkazish chog‗ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‗lov terminallari qo‗llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‗tkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‗rinbosarining) buyrug‗i asosida o‗tkaziladi. Buyruqda soliq to‗lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‗tkazish muddatlari va maqsadi ko‗rsatiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi o‗n kundan ko‗p bo‗lmagan muddatda o‗tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‗g‗risidagi buyruqda ko‗rsatilgan sana
ushbu tekshiruvni o‗tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi. Soliq to‗lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazish uchun quyidagilar asos bo‗ladi:4
soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan, soliq to‗g‗risidagi
qonunchilikni buzish xavfi mavjudligi;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliq yoxud valyuta to‗g‗risidagi
qonunchilik buzilishi holatlari to‗g‗risidagi murojaatlari, shu jumladan, tovarlar va xizmatlarning narxini asossiz oshirib yuborish holatlari to‗g‗risida, yo‗lovchilarni
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi qarori
12
yengil avtotransport vositalari bilan tashish bo‗yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar e‘lon qilinganda;
o‗tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‗shimcha ma‘lumotlar olish zarurati yuzaga kelganda;
qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilarini soliq organlarida qo‗shilgan qiymat solig‗i bo‗yicha maxsus ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonida qo‗shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‗tkazish zarur bo‗lganda;
valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan
monitoring olib borish jarayonida soliq organi yuborgan so‗rovnomaga soliq to‗lovchi tomonidan hujjatlar yoki axborot taqdim etilmagan yoxud to‗liq taqdim etilmaganda;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat
organlari va tashkilotlaridan soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‗g‗risida dalolat beruvchi axborot tushganda;
Ko‗rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari va ularni sodir etgan jismoniy shaxslarning murojaati soliq organlariga avval kelib tushgan va uning asosida soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi o‗tkazayotgan yoki sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha soliq organining rahbari (rahbar o‗rinbosari) tomonidan tegishli qaror qabul qilinayotgan bo‗lsa, soliq organlari qonunchilik hujjatlarida evaziga haq to‗lanishi nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari va ularni sodir etgan shaxslar to‗g‗risida takror kelib tushgan xabarlar asosida sayyor soliq tekshiruvlarini o‗tkazmaslik huquqiga ega.
Agar sayyor soliq tekshiruvida soliq organining ikki yoki undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari qatnashganda, buyruqda familiyasi birinchi ko‗rsatilgan tekshiruvchi tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi. Sayyor soliq tekshiruvini
13
o‗tkazishda soliq to‗lovchilardan sayyor soliq tekshiruvi predmetiga aloqador bo‗lmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Soliq to‗lovchilar tomonidan savdo va xizmat ko‗rsatish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, ular tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‗llanilishi bo‗yicha sayyor soliq tekshiruvlarini tashkil etish Davlat soliq qo‗mitasining ―Soliq hamkor‖ avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlar va o‗tkazilgan soliq tekshiruvlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar Davlat soliq qo‗mitasining axborotlarni qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi. “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qayta ishlash, har yilgi saqlash va modernizatsiyalash Davlat soliq qo‗mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‗zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq to‗lovchilar tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‗llanilishi masalalari bo‗yicha sayyor soliq tekshiruvlari soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimi ma‘lumotlaridan foydalangan holda choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin.
Avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-kuzatuv hujjatlari mavjudligining sayyor soliq tekshiruvlari soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan blok-postlarda huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa nazorat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishlar soliq organlari tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari hamda boshqa nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Soliq organlari sayyor soliq tekshiruvi doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning hisobga
qo‗yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish;
14
Xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish;
Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini
tekshirish;
Soliq to‗lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligini tekshirish;
Bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‗lgan avtotransport vositalarining to‗xtash joylarida soliq to‗g‗risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish;
Savdo va xizmat ko‗rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
Yer qa‘ridan foydalanuvchi soliq to‗lovchilar tomonidan haqiqatda qazib
olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish
Soliq to‗lovchilarning to‗lov topshiriqnomalari va soliq organlarining
inkasso topshiriqnomalari banklar tomonidan o‗z vaqtida bajarilishini tekshirish;
Valyutani tartibga solish to‗g‗risidagi qonunchilikka rezidentlar va
norezidentlar tomonidan rioya etilishini tekshirish;
Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‗tkazish.
Soliq auditi — soliq to‗lovchining (soliq agentining) muayyan davrdagi moliya va soliq hisobotlarining soliq to‗g‗risidagi qonunchilikka barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida hisobga olishda soliq majburiyatlarining to‗g‗ri shakllantirilishi va aks ettirilishini soliq organi tomonidan o‗tkaziladigan o‗rganish orqali soliqlarni to‗g‗ri hisoblash va to‗lashning to‗g‗riligini tekshirishdir.
Muayyan davr uchun soliqlar va yig‗imlarni hisoblab chiqarish hamda to‗lashning to‗g‗riligini tekshirish soliq auditidir. Soliq auditi soliq to‗lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‗lovchiga (soliq agentiga) nisbatan o‗tkaziladi.
Soliq auditi quyidagi soliq to‗lovchilarda o‗tkaziladi:
soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‗lgan;
15
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‗yicha soliq to‗lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan
keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‗yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;
ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari
tashkilotlarining soliqlar bo‗yicha xulosalari mavjud bo‗lgan soliq to‗lovchilar bundan mustasno);
soliq to‗lovchilarning jinoiy ishlar bo‗yicha moliya-xo‗jalik faoliyati taftish
qilinishi doirasida;
faoliyatini to‗xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, qat‘iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan daromad solig‗ini to‗laydiganlardan tashqari.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq va valyuta to‗g‗risidagi qonunchilik talablariga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‗tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‗p bo‗lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin
Soliq organlari soliq auditi o‗tkazilishi boshlanishidan kamida o‗ttiz kalendar kun oldin soliq to‗lovchiga soliq auditi o‗tkazilishi to‗g‗risida xabarnoma yuboradi. Agar soliqlarni to‗lashdan bo‗yin tovlash belgilari mavjud bo‗lsa, soliq organi Davlat soliq qo‗mitasi bilan kelishgan holda soliq to‗lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Soliq auditini o‗tkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbar o‗rinbosarining) buyrug‗i soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq to‗lovchining faoliyati to‗g‗risida soliq organida mavjud boshqa ma‘lumotlarni o‗rganish va tahlil qilish asosida soliq auditini o‗tkazish dasturi tayyorlangandan keyin chiqariladi. Soliq auditini o‗tkazish to‗g‗risidagi buyruq bilan uni o‗tkazish dasturi ham tasdiqlanadi. Jinoyat ishi yuzasidan buyruq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor
16
shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi soliq organiga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida chiqariladi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‗xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‗yicha ro‗yxatdan o‗tkazuvchi organ tomonidan soliq organi xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida soliq auditini amalga oshirishga kirishiladi. Doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‗zbekiston Respublikasining norezidentlarida soliq auditi ularning O‗zbekiston Respublikasi hududida faoliyati tugagan kundan boshlab uch ish kuni ichida boshlanishi lozim.
Soliq auditini o‗tkazish to‗g‗risidagi buyruqda quyidagilar ko‗rsatiladi:
soliq auditi o‗tkazish uchun asoslar;
soliq to‗lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
soliq auditini o‗tkazuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va
lavozimi;
soliq auditining maqsadi (tekshiriladigan bitta yoki bir nechta soliq turlari);
soliq auditini o‗tkazish muddati;
soliq auditi o‗tkazish davri;
Tekshiruvlarni elektron ro‗yxatga olish yagona tizimidagi ro‗yxatga olish raqami.
17
Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‟llanilishini
Do'stlaringiz bilan baham: |