O‟zbakiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 221,5 Kb.
bet3/4
Sana28.11.2022
Hajmi221,5 Kb.
#873947
1   2   3   4
Bog'liq
Soliq mamurchiligi(A.Yunusaliyev) (3)

Javob: tahlika-tahlil dasturi asosida soliq to‗lovchilarning soliq xavfi darajasi aniqlanadi va segmentlarga ajratiladi.

Soliq to‗lovchilarning soliq xavfi darajasi dastur orqali aniqlanadi va 1 dan 100 gacha bo‗lgan oraliqda baholanadi.


Bunda soliq to‗lovchilarni segmentlash quyidagicha toifalanadi:





  • 1 balldan 29 ballgacha to‗plagan soliq to‗lovchilar past xavf ya'ni, «yashil» yo‗lak bo‗lib, ularga nazorat tadbiri tayinlanmaydi.




  • 30 balldan 80 ballgacha to‗plagan soliq to‗lovchilar o‗rta xavf ya'ni, «sariq» yo‗lak bo‗lib ularga «kameral» soliq tekshiruvi tayinlanadi.




  • 81 balldan 100 ballgacha to‗plagan soliq to‗lovchilar – yuqori xavf ya'ni,

«qizil» yo‗lak hisoblanib, ularga «soliq auditi» tayinlanadi.


Soliq to‗lovchilarning segmentlarga ajratilishi soliq nazorati turlarining haqqoniy qo‗llanilishini ta'minlaydi. Soliq xavfi darajasi past («yashil» yo‗lakda) bo‗lgan soliq to‗lovchilarga hech qanday soliq tekshiruvlari tayinlanmaydi.


2022 yil 5-iyulda xaridor XALEULIN R. R tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani "O`rikzor savdo kompleksi" MCHJ, 1-blok, 152-do`konda joylashgan "BACCARDI PARFUMES" XK (STIR/PNFL 309194876 )ga nisbatan xarid chekini bermaganlik to‘grisida mobil SOLIQ ilovasi orqali ariza kelib tushgan.


Arizaga asosan "BACCARDI PARFUMES" XKga nisbatan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilish tartibi va qo‘llanilgan chora-tadbirlarini ko‘rib chiqamiz.


24
SAYYOR SOLIQ TEKSHIRUVI DALOLATNOMASI


Bizlar (Men) Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvlari sho'basi davlat soliq bosh inspektori Muxamadjanov Azizbek Muxamad-aliyevich, Sayyor soliq tekshiruvlari sho'basi davlat soliq bosh inspektori Gulyamov Sarvar Sadriddinovichlar tomonidan 2022 yil 15-Iyuldagi 01612-xc-son buyrug‗i asosida, Toshkent shahar Uchtepa tumani "O`rikzor savdo kompleksi" MCHJ, 1-blok, 152 do`konda joylashgan "BACCARDI PARFUMES" XKda tekshirish o'tkazdik. Tekshiruvda, "BACCARDI PARFUMES" XK rahbari (vakili) Sergeli Tumani Sergeliyskiy Rayon Do'stlik 2 Bez Ulis Dustlik 2 D.1 Kv.36, 1, 36 da yashovchi fuqaro 16.12.1991 yilda tug‗ilgan Mingboyev Bobur Jamoliddin O‗g‗li ishtirokida o‗tkazildi. Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi (elektron yoki qogʻoz) taqdim qilinmagan. Tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi:





  1. Xaridor XALEULIN.R.R. "BACCARDI PARFUMES" XK ning sotuvchisi (vakili) Sergeli Tumani Sergeliyskiy Rayon Do'stlik 2 Bez Ulis Dustlik 2 D.1 Kv.36, 1, 36 da yashovchi fuqaro 16.12.1991 yilda tug‗ilgan MINGBOYEV BOBUR JAMOLIDDIN O‗G‗LIga murojaat qilib, (sprey 1 dona) mahsulotlarni xarid qilgan va soliq to‗lovchiga (vakiliga) 50 000 so‗m naqd pul bergan. Soliq

to‗lovchi (vakili) xaridorga u so‗ragan tovarlarni berib (xizmatlar ko‗rsatib), 0 so'm naqd pulda qaytim qaytargan.


Soliq to'lovchi (vakili) ushbu tovarlar (xizmatlar) uchun xaridor (mijoz) tomonidan to'langan haqni olib, 50000 so'm naqd pulga onlayn nazorat kassa texnikasidan xarid cheki berilmagan.





  1. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‗lovchining kassasida mavjud naqd pul qoldig‗i sanoqdan o‗tkazilganda kassadagi jami 235 000 so‗mdan 235

000 so‗mi nazorat kassa texnikasi xotirasiga kiritilmagan.





  1. 100000 so‘mlik x 1 dona= 100000so‘m;




  1. 50000 s‘mlik x 1 dona= 50000so‘m;

25


  1. 10000 so‘mlik x 5 dona= 50000so‘m;




  1. 5000 so‘mlik x 10 dona= 50000so‘m. Jami: 235000so‘m




  1. Xaridorga 50000 so'm naqd pullar uchun ONKT dan xarid cheki bermagan, Kunlikda jami 235000 so'm naqd pullar ONKT xotirasiga kiritmagan. Tomonlardan etirozlar bo'lmadi. Tuzilgan dalolatnoma taraflarga baland ovozda

o‗qib eshtirildi. Ushbularni tasdiqlab imzo chekuvchilar: Dalolatnoma mahsus qurilma orqali tuzildi va "BACCARDI PARFUMES" XKning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.


Sotuvchi "BACCARDI PARFUMES" XK rahbari (vakili) Mingboyev Bobur Jamoliddin o‗g‗liga O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 221-moddasi birinchi bandida ko‖rsatilgan: Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‗llanilishi majburiy bo‗lgani holda, ularni qo‗llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‗rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‗lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‗rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‗lovlarni qabul qilishni rad etganlik uchun –– 5(besh) million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Xaridor XALEULIN R. R ga esa Soliq organlariga soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar berganlik uchun Jarima to‘langan kundan keyin uch kundan kechiktirmay pul mukofoti to‘lab beriladi.


Vaziyat: M.Inomjonovga tegishli bo‘lgan ―ARISTOCRAT‖ korxonasida kameral tekshuruvi asosida hujjatlar o‘rganilganda, hujjatlarda kamchilk aniqlandi. Bunda holda soliq organi xodimlari M.Inomjonovga jarima qo‘llashi mumkinmi?




YECHIM – Agar soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlansa, soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‗lovchiga ularni o‗n kunlik muddatda bartaraf etish to‗g‗risida talabnoma yuboriladi.
26
Agar kameral soliq tekshiruvi paytida soliq to‗lovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlansa, tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan mazkur holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi (Dalolatnoma tekshiruvchi mansabdor shaxs va soliq to„lovchi tomonidan imzolanadi).

Tekshirish natijalari soliq organi va soliq to‗lovchi ishtirokida ko‗rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi. Soliq to‗lovchini javobgarlikka tortish to‗g‗risidagi qarorga asosan qo‗llanilgan moliyaviy sanksiya summalari soliq to‗lovchi tomonidan qaror olingan kundan e'tiboran o‗n kun muddatda ixtiyoriy ravishda to‗langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi, ya'ni soliq to‗lovchi 10 kun muddatda moliyaviy sanksiya summasining yarmini to‗lashi mumkin bo‗ladi.


Soliq to‗lovchi kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‗yicha qabul qilingan qarorni (qo„shimcha hisoblangan soliq va (yoki) moliyaviy jarima) bir oy ichida ixtiyoriy bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

27
Xulosa

Soliq organi faoliyatini tashkil etishda davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‗imlarning to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishi yuzasidan nazoratni ta‘minlash, O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‗rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‗armalariga soliqlar va yig‗imlarning soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‗z vaqtida va bir xildagi tushumini ta‘minlash hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish, soliq to‗lovchilar va soliq solish obyektlarining o‗z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, ularning to‗liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga ma‘lumotlarni to‗liq yig‗ish va qayta ishlashni ta‘minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu borada soliq organi tomonidan tashkil etiladigan tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan qonun buzilish holatlarini aniqlab, tadbirkorlarning Soliq Kodeksi doirasida faoliyatini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.


Bundan tashqari soliq tekshiruvlari pul mablag‗larining g‗ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‗liq va o‗z vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta‘minlash, bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‗jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‗yicha tergovga qadar tekshiruv o‗tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‗ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish, soliq to‗lovchilar o‗z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan ―Soliq xizmati –insofli soliq to‗lovchilarning ishonchli hamkori‖ degan maqsadli vazifani so‗zsiz bajarish, soliq to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish


28
bo‗yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‗yicha kompleks tadbirlarni bajarish singari faoliyatlarni amalga oshiradi.

Soliq nazorati soliqqa tortishni boshqarishning yakuniy bosqichi bo'lib, byudjetning soliq tushumlarini rejalashtirish metodologiyasining elementlaridan biridir. Soliq nazoratining ikki tomonlama xususiyati, bir tomondan, u soliqlarning nazorat qiluvchi rolini amalga oshirish shakli - soliq tushumlarini miqdoriy aks ettirish, ularni davlat ehtiyojlari bilan solishtirish, soliqlarni aniqlash, soliqqa tortish qobiliyatini aniqlash bilan bog'liq. soliq qonunchiligiga o'zgartirishlar kiritish zarurati. Boshqa tomondan, soliqlar majburiy pul munosabatlari, davlat tomonidan soliq nazorati soliqlarning mavjudligi uchun ob'ektiv zaruratdir, ya'ni. nazorat bu iqtisodiy kategoriyaga xos bo‗lib, soliqlar o‗zining fiskal vazifasini – davlat mablag‗larini shakllantirishni to‗liq bajara olishi uchun zarurdir.


Soliq organlari o'z vakolatlari doirasida ish olib boradilar va o'z vakolatlarini amalga oshirish orqali o'z vazifalarini bajaradilar. Soliq organlarining vakolatlari muayyan masalalar bo'yicha ularning huquq va majburiyatlarining yig'indisi bo'lib, soliq organlarining huquqiy maqomining mohiyatini ifodalaydi. U huquqiy maqomni belgilovchi va soliq organlari faoliyatini tartibga soluvchi soliq kodeksi va qonunlarda mustahkamlangan. Soliq organlarining vakolatlari ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar orqali amalga oshiriladi, ular ham o'z huquqlari va majburiyatlarining belgilangan doirasiga ega.


29


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish