O‟zbakiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 221,5 Kb.
bet2/4
Sana28.11.2022
Hajmi221,5 Kb.
#873947
1   2   3   4
Bog'liq
Soliq mamurchiligi(A.Yunusaliyev) (3)

tekshirish

Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish nazorat xaridini amalga oshirish yo‘li bilan va (yoki) savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasida bevosita tekshiruv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Nazorat xaridi nazorat-kassa texnikalari va (yoki) hisob-kitob terminallaridan xaridorlarga kassa cheki berilishi, bank kartalari orqali to‘lovlar qabul qilinishi hamda naqd pul mablag‘lari va bank kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar shakliga qarab narxlar sun‘iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi holatlari mavjudligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.


Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagilar jalb qilinishi mumkin:





  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida murojaat etgan

jismoniy shaxs (yuridik shaxsning ishonchli vakili);





  • «Xolis xaridor» xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs vakillari;




  • Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari. Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar tomonidan nazorat xaridida

kuzatilgan holatlar bo‘yicha ma‘lumotlar (hujjatlar, predmetlar) xarid yakunlanishi bilan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga taqdim etiladi.


Nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‗llanilishi nazoratini amalga oshirishda, jumladan, quyidagilar tekshiriladi:





  • soliq to‗lovchi tomonidan foydalanilayotgan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminali tegishli qonunchilik talablariga muvofiqligi;




  • xaridorlarga nazorat-kassa texnikasi cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi;




  • bank kartalari orqali to‗lovlar qabul qilinishi, xaridorlarga hisob-kitob terminallari cheki va nazorat-kassa texnikasi cheki berilishi;

18


  • sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‗rsatilayotgan haqini naqd pul mablag‗lari yoki bank kartalar bo‗yicha to‗lash shakliga qarab ularni sun‘iy

ravishda oshirish yoki pasaytirish masalalari.


Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagi shaxslar jalb qilinishi mumkin:





  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‗g‗risida murojaat qilgan

jismoniy shaxs (yuridik shaxsning vakili);





  • ―xolis xaridor‖ xizmatini ko‗rsatuvchi yuridik shaxs ishchi-xodimlari;




  • O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilangan tartibda fuqarolik tusidagi shartnomalar asosida soliq organlari tomonidan jalb qilingan jismoniy shaxslar;




  • Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari. Sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazishda nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob

terminallari qo‗llanilishi bo‗yicha ko‗rsatma berish uchun tovar yoki xizmatni xarid qilgan, tekshiruv natijasidan manfaatdor bo‗lmagan har qanday mustaqil voyaga yetgan va soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega holatlar o‗ziga ma‘lum bo‗lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.


Sayyor soliq tekshiruvida soliq organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslari tomonidan nazorat xaridi jarayonini videotasvirga olish uchun videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalanish sharti bilan mustaqil ravishda nazorat xaridi amalga oshirilishi mumkin.


Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar sotib olingan tovarlarni nazorat xaridi yakunlanishi bilan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxslariga topshirishi shart.


O‗tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‗yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‗tkazish to‗g‗risidagi nizomga 9-ILOVA5 siga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi va sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxs, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Nazorat xaridini o‗tkazish bayonnomasining bir nusxasi soliq





  1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son

19
to‗lovchiga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‗ydirgan holda beriladi. Bunda soliq to‗lovchi nazorat xaridini o‗tkazish bayonnomasiga imzo chekishdan va (yoki) uning nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda, sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bayonnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi..


Nazorat xaridini o‗tkazishda naqd pul mablag‗lari va bank plastik kartalaridagi mablag‗lardan ham foydalanish mumkin. Nazorat xaridini o‗tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‗lari Davlat soliq qo‗mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‗zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan ajratiladi. Sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxs nazorat xaridini o‗tkazish uchun naqd pul mablag‗larini tegishli soliq organi kassasidan oladi.


Naqd pul mablag‗larini sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazish uchun mansabdor shaxsga berishda ularning qiymati, banknota seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Mazkur varaq nusxasi sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxsga beriladi. O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tijorat banklarida korporativ bank kartalarini ochish va sayyor soliq tekshiruvlarini o‗tkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanish huquqiga ega.


Bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridini amalga oshirish paytida jismoniy shaxsning shaxsiy bank kartasidan yoki Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi.


Soliq organlari tomonidan korporativ bank kartalaridan foydalangan holda o‗tkaziladigan nazorat xaridlari Davlat soliq qo‗mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‗zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladi.


Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalarini saqlash funksiyalarini bajaruvchi vakolatli shaxslar sayyor soliq tekshiruvlarini o‗tkazishni amalga


20
oshiruvchi bo‗linmalarning rahbarlari (rahbar o‗rinbosarlari) hisoblanadi. Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun olingan mablag‗larning maqsadli sarflanishi uchun soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlarini o‗tkazadigan bo‗linmalarining rahbarlari (rahbar o‗rinbosarlari) shaxsan javobgardir. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗lar miqdori Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi.

Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablag‗larini qaytarib berish vazifasi nazorat xaridi o‗tkazilgan soliq to‗lovchi zimmasiga yuklanadi.


Nazorat xaridi o‗tkazilib va o‗zaro hisob-kitoblar yakunlangach nazorat xaridini o‗tkazishda foydalanilgan pul mablag‗lari tekshirilgan soliq to‗lovchi (uning vakili) tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxsga qaytariladi, xarid qilingan tovarlar soliq to‗lovchiga (uning vakili) qaytarib berilishi shart, bundan qaytarish imkoni bo‗lmagan hamda qonunchilikka muvofiq olib qo‗yilishi lozim bo‗lgan nazorat xaridi predmetlari mustasno. Sayyor soliq tekshiruvi yakunlangandan so‗ng nazorat xaridini o‗tkazishda foydalanish uchun olingan naqd pul mablag‗lari bir kun ichida tegishli soliq organi kassasiga to‗liq hajmda topshiriladi. Pul mablag‗larining qiymati, banknota seriyasi va raqamlari yozilgan varaq nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi.


Soliq organlariga nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallarini qo‗llash bilan bog‗liq soliq to‗g‗risidagi qonunchilik buzilishi haqida jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarga videoyozuvlar ilova qilinganda nazorat xaridini amalga oshirish talab qilinmaydi. Jismoniy shaxslardan tushgan videoyozuvlar ilova qilingan murojaatlarni ko‗rib chiqish natijalari soliq organi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo‗yicha tuziladigan dalolatnomada aks ettiriladi, bunda ko‗rsatib o‗tilgan bayonnoma tuzilmaydi.


Jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim qilingan soliq to‗lovchilar tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonunchilik buzilishi to‗g‗risidagi videoyozuvlar quyidagi talablarga mos bo‗lishi kerak:


21

  • videofaylning namoyish etish imkoniyati 720×480 pikseldan kam bo‗lmasligi;




  • videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‗lmasligi va 10 daqiqadan

oshmasligi;





  • videoyozuv ma‘lumotlarida sana va vaqt ko‗rsatilishi.

Soliq organlari jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan videotasvirlarni soliqqa oid huquqbuzarliklar holati aniqlangan kundan boshlab o‗n kundan kechiktirmay ko‗rib chiqish uchun qabul qiladi. O‗zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‗rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, bevosita soliq to‗g‗risidagi qonunchilik buzilishi holatlarini aks ettirish yuzasidan hajmini qisqartirish maqsadida ajratib olingan hollar bundan mustasno.


Soliq to‗lovchining kassasidagi naqd pul qoldig‗i summasini nazorat-kassa texnikasida aks ettirilgan pul tushumlari summasi bilan solishtirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga kiritiladi.


Soliq to‗lovchi tomonidan boshqa soliq to‗lovchiga tegishli nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallaridan foydalanish holati aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida ularning rusumi va zavod raqami to‗g‗risidagi ma‘lumot aks ettiriladi, shuningdek, xarid cheki ilova qilinadi.


Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa texnikasi mavjudligi aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini o‗tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan belgilangan tartibda bayonnoma tuziladi va ushbu nazorat-kassa texnikasi ekspertizadan o‗tkazish uchun vaqtincha olib qo‗yiladi.


Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzganlik uchun javobgarlik6:


Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‗llanilishi majburiy bo‗lgani holda, ularni qo‗llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‗rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan




6 Soliq kodeksi 221-moddasi (30.12.2019 y)

22
hujjatlarni berish majburiy bo‗lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‗rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‗lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‗m miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.


Soliq organlarida ro‗yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‗llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‗rsatganlik, — yetti million so‗m miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.


Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‗lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‗m miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.


Texnik talablarga muvofiq bo‗lmagan yoki xizmat ko‗rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‗m miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.

23
3. Sayyor soliq tekshiruvi: nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‟llanilishini tekshirish muammoli vaziyat

Soliq tekshiruvlarini o‗tkazish uchun soliq to‗lovchilarni segmentlarga ajratish haqida ma'lumotlar berildi, ya'ni «yashil», «sariq» «qizil» yo‗laklarga ajratish. Buning mezonlari qanday? Tadbirkorlar qanday qilib segmentlarga ajratiladi yoki chiqariladi?





Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish