yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga ко'in a к berish fondlan va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
§. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo'lib. ularning ichida. davlatning jamiyat hayotini barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi.
Byudjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutiaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YalM)ga nisbatida aniq namoyon boladi. 2004 yilda respublikamiz davlat byudjetining taqchilligi (defitsit) YalMga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi va oldingi yillarga nisbatan kamayish tendensiyasiga ega boldi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |