Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o‘zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo‘shimcha mablag'larni zarur qilib qo‘yadi.
Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va ur- banizatsiya. Kishilar turmush darajasining o'sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o'sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‘p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo‘shinicha xarajatlarning o‘sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qil- ishda asosiy rol davlat zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |