Oq portlandsement (ops)



Download 41 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi41 Kb.
#482525
Bog'liq
Oq portlandsement


Oq portlandsement (OPS) GOST 965-78 talablari asosida oq kam temirli klinker va mineral qo’shimchalarni mayin maydalash orqali olinadi. Oq portlandsement klinkeri tarkibidagi faol minerallar quydagi miqdorni tashkil etadi C3S -51-60, C3A -12-15. OPS klinkerdagi MgO massa bo’yicha 4% dan oshmasligi, SO3 miqdori ko’pi bilan 3.5% bo’lishi lozim. Maydalash chog’ida sementning oq rangiga ta’sir ko’rsatmaydigan tarzda standartlangan sirt-faol plastifikatsiyalovchi va gidrofoblovchi (sement massasi bo’yicha ko’pi bilan 0.5%) qo’shimchalar qo’shilishiga ijozat beriladi. Oqlik darajasi bo’yicha uch navga ajiratiladi. Sementning absolyut shkalaning % hisobida qaytarish koeffisienti bo’yicha aniqlanuvchi oqlik darajasi I nav uchun kamida 80, II nav uchun 75 va III nav uchun kamida 68 mineral qo’shimchalarning inertlari uchun 80 va faollari uchun 75 bo’lishi lozim. Oq portlandsement 400 va 500 markalarda chiqariladi.
Oq portlandsement —tarkibida temir oksid (0,3—0,45 % gacha) bo'lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil bo'ladigan gidravlik bog'lovchi modda. Klinkerni tuyish jarayonida 15 % gacha gidravlik yoki 10 % gacha inert qo'shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o'zgartirib turish uchun ko'pi bilan 3 % gips qo'shishga ruxsat etiladi. Gips va qo'shilma tuyilgandan so'ng bu sement belgilangan darajada oq bo'lishi kerak. Portlandsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C3S esa C2S dan oqroq bo'ladi va hokazo. Ayniqsa, uch kalsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa sementlardan ajralib turadi. To'rt kalsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq bo'ladi. Shu sababli oddiy portlandsement kul rang-yashil bo'ladi. Demak, klinkerda uni bo'yovchi oksidlar, ayniqsa Fe203 bo'lmasa
bunday sement oq rangli bo'ladi. Shunday qilib, oq portlandsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, tarkibida temir oksid bo'lmagan yoki juda oz miqdorda bo'lgan xomashyoni ishlatish. Bunday klinker tarkibida C4AF ham
deyarli bo'lmaydi. Biroq ma’lum kimyoviy tarkibli xomashyo ishlatishning o'zi oq portlandsement ishlab chiqarish uchun kifoya qilmaydi. Buyovchi oksidlar sementga yoqilg'i kulidan yoki tuyish jarayonida tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning po'lat qoplamasidan o'tishi mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon yoqilg'i ishlatiladi. klinker
pishib bo'lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning uchun klinker qaytarish muhit ta’siriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi Fe203 ko'rinishidagi temir oksid kamroq bo'yaydigan Fe304 ga aylanadi va sement yanada oqaradi. Xomashyo aralashmasi va oq sement klinkeri mahsus qattiq kam yoyiladigan po'lat yoki chinni plitalar qoplangan zo'ldirli tegirmonlarda maydalanadi. Oq portlandsement oqlik darajasiga qarab uch navga bo'linadi. Oliy nav, OS-1, OS-2 (OS-oq sement). Turli nav sementning oqlik darajasi kamida quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak. 1-nav —76 %, 2 nav—72%, oddiy portlandsement — 40% gacha. Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko'ra, qaytarish koeffitsiyenti 96,3 % dan kam bo'lmagan bariy sulfat (B a S 04) oqlik andozasi hisoblanadi. Uch kalsiyli silikat klinkerda ko'p miqdorda bo'lsa, oq portlandsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida oq dog'laryoki sho'ra hosil bo'lishi mumkin. Bu C3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun oq portlandsement, ohakni kam eriydigan kalsiy gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5—10% juda faol gidravlik qo'shimcha qo'shiladi. Klinker tarkibida ko'p miqdorda C3S va C3A bo'lgani uchun oq sement tez mustahkamlana boradi hamda ko'proq kirishish
xossasiga ega bo'ladi. Bu sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Oq portlandsement klinkeriga gips, diatomit (marmar yoki bo'r) va mineral pigmentlar (suvda va organik eritmalarda erimaydigan mayda tuyilgan rangli kukunlar pigmentlar deb ataladi) birga qo'shib tortish yo'li bilan rangli sementlar olinadi. Jumladan, qo'shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), temir, surik (qizil yoki qizg'ish-jigarrang beruvchi mineral), marganes rudasi (jigarrang), ultramarin (havo rang) va shu kabilar qo'shish mumkin. Oq va rangli sementlar sun’iy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi.
Oq va rangli sementlar Bu sementlar eng avvalo oqligi yoki boshqa tiniq ranglari bilan farqlanadilar. Ular tarkibiga oshirilgan miqdordagi SiO2(23,5-25,5%) Al2O3 (5.5-7%) va oz miqdorda Fe2O3 (0,4- 0,5%) qo‘shilgan kam temirli klinkerdan tayyorlanadi. Ularni ishlab chiqarish uchun karbonatli va qum - gilli xom ashyolarning eng soflaridan, xususan kaolin va uning sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Ular 1600-16500S da aylanma pechlarda kuydiriladi. Kuydirish haroratini pasaytirish uchun minerallovchi - uyuvchi (plavikov) shpat yoki xom ashyoviy massaning 1% gacha miqdorda kremney — ftorli natriy qo‘shiladi. Klinkerga oq rang kiritish uchun uni «oqlaydilar», ya’ni Fe2O3ni FeO gacha tiklaydilar. Oqlashning ikki usuli - suvli va gazlisi qo‘llaniladi. Klinkerni suvli usulda 13000S dan 3000 gacha va gazli 1100 - 12000S dan 200 gacha birdan keskin sovutgichda sovutiladi. Faol mineral qo‘shimcha — diatomit gips va kam temirli klinker tuyiladi va oq sement tayyorlanadi. Rangli portlandsement oq yoki rangli klinkerni faol qo‘shimcha - diatomit, pigment va gips bilan birgalikda maydalab tuyib tayyorlanadi. Bunda faol qo‘shimcha 6% dan, gips 3,5% dan oshmasligi lozim. Rangli portlandsementlarda mineral sintetik yoki tabiiy bo‘yovchi pigmentlarning miqdori 15% dan, organiq moddalarning miqdori 0,3%dan
ortmasligi lozim. Bo‘yovchi moddalar yoki pigmentlar yuksak bo‘yashhususiyatiga, ishqorlariga (ayniqsa, Sa(ON)2 ga), quyosh nuriga atmosfera ta’siriga nisbatan yuksak bardoshlikka ega bo‘lishi lozim. Bu talablarni sariq rang beruvchi — oxra, kizil rang— so‘riq, yashil rang beruvchi — xrom oksid zangori rang beruvchi — kobalt oksidi qondiradi. Ularning tutib qolishning boshlanish vaqti 45 min. oldin emas, oxiri esa 10 soatdan kech emas, mustahkamlik bo‘yicha markasi esa — 300,400,500. Oq rang va rangli portlandsementlarning sifati eng avvalo oqligi, yorqinligi va rangining bir tekisligi bilan aniqlanadi. Ok sementlar yorug‘lik darajasiga ko‘ra, uch navga bo‘linadi: oliy, BS-1, BS-2.Yorug‘lik koeffitsiyenti oliy nav uchun: 80 %, BS-1 uchun 76%, BS – 2 uchun 72%. Oq va rangli portlandsementlar qotishda yuqori darajada kichrayishi,yemirilishiga bardoshligi va chidamliligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.
Kichrayishda yuzaga keluvchi va boshqa deformatsiyalar ularning tarkibida belit, uch kalsiyli alyuminat va turli mineral qo‘shimchalar bilan ortadi.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish