Olmoshlar qanday til birlik(lar)i o‘rnida almashinib qo‘llanadi, ularga ishora qiladi?



Download 83,69 Kb.
bet1/3
Sana19.08.2022
Hajmi83,69 Kb.
#847313
  1   2   3
Bog'liq
Attestatsiya uzb javobsiz (1)


ATTESTATSIYA 2022

  1. Olmoshlar qanday til birlik(lar)i o‘rnida almashinib qo‘llanadi, ularga ishora qiladi?

1) so‘z 2) so‘z birikmasi 3) gap 4) matn
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

  1. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan olmosh vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan so‘zga ishora qilgan?

A) Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz.
B) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.
C) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham unga ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring.
D) Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin.

  1. Qaysi gapda turli til birliklari o‘rnida qo‘llanib, ularga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmosh turi qo‘llangan?

A) Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga ketdi.
B) Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi?
C) Har kim ekkanini o‘radi.
D) Bu cholni butun yurt izzat qiladi.

  1. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinadi?

1) so‘roq olmoshlariga –dir qo‘shimchasini qo‘shish bilan;
2) so‘roq olmoshlariga alla- qo‘shimchasini qo‘shish bilan;
3) Bir so‘zini kishi, narsa, nima kabi so‘zlar bilan qo‘llash orqali;
4) alla- qo‘shimchasini narsa so‘ziga qo‘shish orqali.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4

  1. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra uch turi qo‘llangan?

A) Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
B) U haqida hech qanaqa xat-xabar yo‘q.
C) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
D) Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan butun vujudi titrab o‘z kabinetiga kirdi.

  1. Qaysi olmosh qatnashgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘lmaydi?

A) har kim B) hech kim C) allakim D) kimdir

  1. Ko‘rsatish olmoshlariga qanday qo‘shimchalar qo‘shilsa, tovush ortishi sodir bo‘ladi?

1) egalik 2) kelishik 3) ko‘plik
4) qarashlilik 5) o‘xshatish
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5 D) 1,3,4

  1. Qaysi gaplarda olmoshdan yasalgan so‘z qo‘llangan?

1) O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi.
2) Baxtni har kim o‘zicha tushunadi.
3) Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib.
4) Ko‘zimga qarab turib “sensiramang”, deydi-ya!
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi javobda olmosh berilgan?

A) o‘zboshimcha B) o‘zbilarmon
C) o‘z-o‘zimdan D) manman

  1. Eski o‘zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men olmoshi o‘rnida ko‘pincha qaysi so‘zlar qo‘llangan? 1) kamina 2) banda 3) faqir 4) qulingiz 5) odam

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,4

  1. Olmoshning ma’nosiga ko‘ra qaysi turi uch xil: sodda, qo‘shma va takroriy shaklda qo‘llanadi?

A) kishilik olmoshlari B) bo‘lishsizlik olmoshlari
C) gumon olmoshlari D) belgilash olmoshlari

  1. Qaysi javobda harakat-holatning belgisini ifodalagan so‘z qo‘llangan?

A) tonggi shabada B) sekin yurmoq
C) a’lo kayfiyat D) mazali quymoq

  1. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

A) yayov, qo‘qqisdan, arang B) hamon, endi, doim
C) olg‘a, ichkari, yaqin D) kam, xiyol, ancha

  1. Qaysi gapda orttirma darajagi ravish qo‘llangan?

A) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bu—ona mehri.
B) Ular yolg‘izoyoq yo‘ldan nihoyatda sekin yurib borishdi.
C) Bog‘ juda katta, bir gektarcha keladi.
D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‘ngilchan, zahmatkash ayol.

  1. Qaysi gapda yasama ravish qo‘llanmagan?

A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo‘q.
B) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yarkan.
C) “Xafa bo‘lma, o‘g‘lim”,—dedi Davronov asta boshini ko‘tarib.
D) Sobir bolalarcha soddalik bilan zavqlanib gapirdi.

  1. Boshqaruvli so‘z birikmasini toping.

A) to‘satdan kelmoq
B) chindan ishonmoq
C) birga ovqatlanmoq
D) ko‘pga boqmoq

  1. Qaysi gapda otlashgan sifat qo‘llangan?

A) Markaziy Osiyoning erksevar xalqi dushmanga qarshi mardona kurashdi.
B) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shatlardan kabob pishiryapti.
C) Chakalakzor qorong‘ida sirli va vahimali ko‘rinar edi.
D) Bu masalada kattalarimiz nima desa, shu bo‘ladi.

  1. Qaysi gapda ravishning grammatik vazifasini bajargan sifat(lar) qo‘llangan?

A) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.
B) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon.
C) Do‘stsiz odamning mevasiz daraxtdan farqi yo‘q.
D) Shamolda egilayotgan daraxtlar vahimali guvullaydi.

  1. Qaysi gapda tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish bo‘lgan yasama sifat qo‘llangan?

A) Ariqlarda suv emas, o‘ynoqi nur oqadi.
B) Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
C) Sarg‘ish sochlari biroz jingalak shakl olgan edi.
D) Birdan sovuq shamol izg‘ib qoldi.

  1. Qaysi gapda ravish aniqlovchi vazifasida qo‘llangan?

A) Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo‘lga chiqishdi.
B) Uzoq-yaqin ovullardan mehmonlar kelishgan edi.
C) Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi.
D) Erta-indin ta’til boshlanadi.

  1. Qaysi javobda nisbiy sifatlar qayd etilgan?

A) to‘lin, uzviy, og‘zaki B) qimmat, qattiq, eski
C) aqlli, sergap, erkin D) qora, xushbo‘y, achchiq

  1. Qaysi javobda fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini ifodalay oladigan sifatlar berilgan?

A) oilaviy, sharsimon, qishki
B) keng, chuqur, yaxshi
C) muattar, nordon, qo‘ng‘ir
D) to‘kin, yetuk, baodob

  1. Ot va sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalar berilgan javobni toping.

A) –kash, -oq, -ma B) –zor, -loq, -liq
C) –kich, -indi, -xon D) –paz, -im, -ot

  1. Qaysi javobda chama son hosil qiluvchi qo‘shimchalar qayd etilgan?

A) –tacha, -lab, -ala
B) –ovlon, -lab, -tadan C) –lab, -larcha, -tacha
D) –larcha, -inchi, -ala

  1. Har qanday sanoq sonlardan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo‘lmaydi?

A) dona son B) taqsim son
C) tartib son D) jamlovchi son

  1. Qaysi javobda maydon o‘lchovini ifodalovchi tarixiy so‘z berilgan?

A) tanob B) botmon C) dahsar D) farsax

  1. Qaysi gaplarda sonning ikki ma’no turi qo‘llangan?

1) Bitta qovunning narxi o‘n ming so‘m turadi.
2) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman.
3)Poyezddan tushgan yigirma-o‘ttiz yo‘lovchi tarqalib, bekatda ikki kishi qoldi.
4) Birinchi kun gazlamaning ikkidan bir qismi sotildi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. To‘qson sonidan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo‘lmaydi?

A) dona son B) tartib son
C) taqsim son D) jamlovchi son

  1. Qaysi gapda o‘lchov so‘z qo‘llanmagan?

A) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola choy ichdi.
B) Bir mahal Abdullajon polizdan ikkita qirqmani uzib chiqdi.
C) Uch-to‘rt qadam narida yotgan aravani endi ko‘rdi.
D) Hali o‘ngga, hali so‘lga birilib, ikki soat, uch soat yo‘l yurdik.

  1. O‘lchov so‘z(numerativ)larga chiqish kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish bilan sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?

A) chama son B) taqsim son
C) tartib son D) jamlovchi son

  1. Qaysi gapda qismlari mustaqil holda qo‘llanmaydigan juft sifat qo‘llangan?

A) Ba’zan alg‘ov-dalg‘ov shamol esib turar edi.
B) Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o‘tirgan ekan.
C) Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas—nodonlar ishi.
D) Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi.

  1. Qaysi javobda berilgan fe’llar bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishiga ko‘ra farqlanadi?

A) chizdi, chizdirdi, chizishdi
B) chizdi, chizmoqda, chizar
C) chizibman, chizibsan, chizibdi
D) chizdi, chizsa, chizsin

  1. Fe’llarning munosabat shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to‘g‘ri emas?

A) Fe’lga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanishiga xoslovchi shakllar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi.
B) Fe’llarning zamon, shaxs-son, mayl shakllari munosabat shakllari sanaladi.
C) Munosabat shakllari va ma’nosidan xoli bo‘lgan fe’l fe’lning noaniq shakli hisoblanadi.
D) Fe’llarning munosabat shakllari fe’llarning vazifa shakllari deb ham nomlanadi.

  1. Odobli va adolatli insonning qalami odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi.

Gapda qo‘llangan yasama so‘zlar miqdorini toping.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Devor bo‘ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so‘nggi shu’lalari bilan oltinlanadi.

Gapda qaysi turkumga oid yasama so‘zlar qo‘llangan?
1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe’l qo‘llangan?

A) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
B) Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.
C) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
D) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.

  1. Qaysi ko‘makchi fe’l yetakchi fe’lga birikib, harakatning davomli sodir bo‘lishini ifodalaydi?

A) tashlamoq B) yubormoq C) turmoq
D) chiqmoq

  1. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasi shaxs-son ma’nosini ham ifodalagan?

A) Bugun ertaroq uxladim.
B) Yakshanba kuni choyxonaga borasiz.
C) Shimol tomondan salqin shamol esmoqda.
D) Akang armiyadan tezroq kelsa!

  1. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…

A) III shaxs xabar maylini ifodalaydi
B) II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi
C) III shaxs shart maylini ifodalaydi
D) I shaxs maqsad maylini ifodalaydi

  1. Qaysi so‘zlardan bir xil qo‘shimchalar yordamida fe’l yasash mumkin?

A) do‘st, eski B) foyda, kuch
C) egar, qulf D) ulug‘, tinch

  1. Berilganlardan o‘timli fe’lni toping.

A) qoldi B) qoldirdi C) qolishdi D) qolindi

  1. Qaysi gapda egalik qo‘shimcha(lar)I qo‘llanmagan?

A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.
B) Bilganim naf keltirgay.
C) Tiling bilan dilingni bir tut.
D) Toshkent shahri o‘n bitta tumandan tashkil topgan.

  1. Quyida bayon etilgan ilmiy mulohazalarning nechtasi to‘g‘ri?

1) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllari shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, vositali to‘ldiruvchini shakllantiradi.
2) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllari o‘rin otlariga qo‘shilib, o‘rin holini shakllantiradi.
3) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllari payt otlariga qo‘shilib, payt holini shakllantiradi.
4) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllari otlarga qo‘shilib, vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi va payt holini shakllantiradi.
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to‘rttasi

  1. Kechasi Saidiyning hujrasiga Kozimbek bilan A’zamjon keldi. Saida Kozimbekdan otasining sog‘lig‘ini so‘radi.

Ushbu gaplarda qo‘llangan turlovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta

  1. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan?

A) –oq, -gi, -don B) –qoq, -qin, -im
C) –kor, dor, -dosh D) –zor, -goh, -liq

  1. Qaysi qatorda ravish yasovchi qo‘shimchalar berilgan?

A) –ay, -la, -lan
B) –viy, -ki, -chan C) –ona, -larcha, -lab
D) –iston, -chi, -kor

  1. Qaysi javobda berilgan so‘zlardan o‘rin-joy otlari yasalmaydi?

A) olma, o‘rik B) tosh, qum
C) jang, sayl D) qalam, sham

  1. Mavhum otlar ko‘plik qo‘shimchasi bilan qo‘llanganda ko‘pincha qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?

A) ta’kidlash B) chamalash
C) hurmatlash D) umumlashtirish

  1. Imloviy jihatdan xato yozilgan otni toping.

A) Sog‘liqni saqlash vazirligi
B) Toshkent traktor zavodi
C) Samarqand chinni zavodi
D) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi

  1. So‘zlarga egalik shakllari qo‘shilishi natijasida qanday tovush o‘zgarishlari sodir bo‘ladi?

1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi;
3) tovush ortishi
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3
51. Qaysi javobda ismlar guruhiga mansub so‘zlar ko‘rsatilgan?
1) ot 2) sifat 3) son 4) olmosh
5) harakat nomi 6) sifatdosh
7) taqlid so‘zlar A) 1,2,3,4,5
B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,3,4,5,7
D) 1,2,3,4
52. Bir ot ikkinchi bir otga hech qanday grammatik vositasiz bog‘lansa…
A) bu otning sifatlashuvi hisoblanadi
B) bu bitishuvli so‘z birikmasi sanaladi
C) bunda dastlabki ot sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo‘llanadi
D) A, B va C
53. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasi ham ko‘plik, ham hurmatlash ma’nosini ifodalagan?
A) Dadamlar keldilar
B) Xayriniso dadamning opalari bo‘ladilar
C) Bu ishingdan oyinglar xursand bo‘ladilar
D) Karimaxonning akalari—zavodda ishchi
54. Qaysi so‘zlarga egalik shakllari qo‘shilsa, tovush tushish hodisasi sodir bo‘ladi?
1) bag‘ir 2) yurak 3) burun 4) bo‘yin 5) qishloq
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4 C) 2,5 D) 1,3,4,5
55. Qaralmishga tobelangan so‘z qaysi kelishik shaklida bo‘ladi?
A) qaratqich B) tushum C) jo‘nalish
D) chiqish
56. Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. Mazkur maqolning necha o‘rnida kelishik shakllari belgisiz qo‘llangan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
57. Kichraytirish shakli -cha va erkalash shakli -gina shaxs nomlari(antronim)larga qo‘shilsa, qanday uslubiy ma’no ifodalaydi?
A) kamsitish, achinish B) kamsitish, hurmatlash
C) achinish, hurmatlash D) kichraytirish, hurmatlash
58.Qaysi so‘zlar tarkibida subyektiv munosabat shakllari qo‘llangan?
A) kitoblar, guldek, xalqniki
B) maktabgacha, stulcha, toychoq
C) akaxon, oyijon, qizgina
D) Olimtoy, dadamlar, muzday
59. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?
A) sartarosh, novvoy, hukmdor
B) Asal, Lola, Davron
C) binafsha, rayhon, oltin
D) Boychibor, Qoplon, Qoranor
60. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan?
A) -kor, -bon, -dosh B) -ma, -don, -in
C) -qoq, -liq, -loq D) -im, -iq, -g‘in
61. G‘o‘zapoyasi yig‘ib olingan paxtazorda traktorchilar shudgorni boshlashdi. Mazkur gapda nechta yasama ot qo‘llangan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
62. Ikkala qismi ham yasama otlardan tashkil topgan juft ot qaysi javobda berilgan?
1) kirim-chiqim 2) ekin-tikin 3) yig‘im-terim
4) yog‘in-sochin 5) o‘lim-yitim
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4,5
63. Qaysi javobda jarayon otlari berilgan?
A) qirg‘in, saylov, chopiq
B) dehqonchilik, tintuv, toshqin
C) jahl, bilim, tafakkur
D) diyonat, sadoqat, muhabbat
64. Mavhum otlar berilgan javobni tanlang .
A) havo, momaqaldiroq, yashin
B) elektr, radioto‘lqin, tuproq
C) o‘qituvchilik, zilzila, ocharchilik
D) hayo, andisha, vijdon
65. Qaysi javobda sodda tub otlar berilgan?
A) qisqich, taroq, guldon
B) belanchak, soyabon, do‘mbira
C) suyanchiq, supurgi, ilmoq
D) qizcha, bo‘taloq, kelinchak
66 . Asoslari tub+yasama shaklda bo‘lgan qo‘shma otni toping
1) qiymataxta 2) gulbeor
3) uchburchak 4) tishkovlagich
A) 1,2,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
67. Belgining odatdagi me’yorda ekanligi qaysi daraja orqali ifodalanadi?
A) orttirma B) oddiy C) ozaytirma
D) qiyosiy
68.Qaysi hisob so‘zlar butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladi?
A)nafar, tup, bosh B)siqim, quchoq, bog‘
C)burda, tilim, shingil D)chaqmoq, quloch, bochka
69.Sonning qaysi turi ma’no jihatdan otlarga yaqin turadi?
A)tartib son B)jamlovchi son
C)taqsim son D)dona son
70. Taqsim sonlar qanday hosil qilinishi mumkin?
1) sanoq songa –tadan qo‘shimchasini qo‘shish orqali
2) ikki sanoq sonni juftlash orqali
3) sanoq son bilan qo‘llangan hisob so‘zga chiqish kelishigini qo‘shish orqali
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3
71.Qaysi javobda hisob so‘zlarga xos xususiyat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) hisob so‘zlar odatda ot turkumiga mansub so‘zlar bo‘ladi
B) hisob so‘zlar o‘zidan oldingi sanoq son bilan bitta so‘roqqa javob bo‘ladi
C) hisob so‘zlar o‘zidan oldingi sanoq son bilan bitta sintaktik vazifada qo‘llanadi
D) hisob so‘zlar o‘lchanayotgan so‘z bilan qo‘llanadi
72. Hisob so‘z qo‘llanmagan javobni belgilang
A) Mehnat-u mashaqqat bilan ikki xum oltin yig‘ganman
B) To‘rt tovoq palov hash-pash deguncha yo‘q bo‘ldi
C) Qol, sen uchun ikki etak paxta terib beraman
D) Sotiboldi xotining yonidan jilmaslik uchun savat to‘qiy boshladi
73.Narsalarning miqdorini donalab sanashda ishlatiladigan sonlar qanday ataladi?
A) miqdor son B) dona son
C) sanoq son D) tartib son
74. Sonlar qaysi so‘z turkumlarining yasalishiga asos bo‘lishi mumkin?
1)ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l
A) 1,2,4 B) 1,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
75.Chama sonlar qanday hosil qilinadi?
1) sanoq songa –tacha, -lab, -larcha qo‘shimchalarini qo‘shish orqali
2) ikki sanoq sonni juftlash orqali
3) sanoq son bilan qo‘llangan hisob so‘zga –cha qo‘shimchasini qo‘shish orqali
4) sanoq son oldidan taxminan, qariyb, deyarli, taqriban kabi so‘zlarni keltirish orqali
5) sanoq son bilan qo‘llangan hisob so‘zga –dan kelishik shaklini qo‘shish orqali
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4
76. Ikkala maktabdan qatnashgan sakkiz nafar o‘quvchi birinchi marta yarim finalgacha yetib borib, minglab o‘quvchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi .
Gapda sonning qaysi ma’no turlari qatnashgan?
1) dona son 2) chama son 3) tartib son
4) kasr son 5) jamlovchi son 6) sanoq son
A) 1,2,3,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5
D) 1,2,3,5,6
77. Qaysi javobda taqsim son qo‘llanmagan?
A) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman
B) Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, bir choynakdan choy qo‘yib chiqdik
C) Pakana buvi tuxum olib, hammamizga ikkita-ikkita ulashib chiqdi
D) Stullarning beshtadan uchtasi ta’mirlandi.
78. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar o‘n soniga bo‘linadigan aniq va yirik sonlargagina qo‘shilishi kuzatiladi?
A) -ov, -ala,-ovlon
B) -lab, -larcha C) –inchi,-ta
D) –tadan, -lab
79.Qaysi javobda butun miqdorning qismini ifodalovchi son qo‘llangan?
A) Odamlar ikkita-ikkita bo‘lib maydonda to‘plana boshladi
B) Poyezddan tushgan uch-to‘rt yo‘lovchi tarqalib, Yigitalining yolg‘iz o‘zi qoldi
C) Ikkala guruh ham musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazmoqda
D) Rejaning uchdan ikki qismi arang bajarildi
80.Qaysi qatorda songa oid grammatik xususiyat noto‘g‘ri berilgan?
A)son boshqa so‘z turkumlaridan yasalmaydi
B) sonning ma’no turlari maxsus qo‘shimchalar bilan yasalmaydi
C)son otlashmasa turlanmaydi
D) son tuzilishiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi.
81. Kasr sonni topng
A)Ikki hovli qo‘shib yuborilgan edi
B)Qizarib-bo‘zarib ketmondek oyning yarmi ko‘rindi
C)to‘rt-beshtacha chakana havaskorlar kelibdi
D)Novvoyxonadan ikkita issiq kulcha olib chiqay
82. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi.
Gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini toping
A)kesim B)hol C)aniqlovchi D)ega
83. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatosiga yo‘l qo‘yilgan?
A)bittta, ikkita
B)ikkov, oltala C)uchchala, to‘rttala
D)yettovlon, uchdan bir
84.Chiqish kelishigi bilan qo‘llangan tartib sonlar ma’nosiga ko‘ra qaysi so‘z turkumiga yaqin turadi?
A)otlarga B)sifatlarga C)ravishlarga D)modal so‘zlarga
85.Sonning qaysi turi chiqish kelishigini olib kirish so‘z vazifasida keladi?
A)kasr son B)taqsim son C)tartib sonD)dona son
86. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi . Gapda qo‘llangan yasama sifatlar miqdori nechta?
A) 2ta B) 3ta C) 1ta D) 4ta
87. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi . Gapdagi sifatga tobe bog‘langan sifat qaysi javobda berilgan?
A) rangdor B) vassali C) sertokcha D) dahlizdan
88. Makon-zamon sifati yasovchi qo‘shimchalar qaysi javobda berilgan?
A) –gi, -ki, -qi B) –li, -dor, -ser
C) –no, -siz, -be D) –ba, mand, -dor
89. Qaysi javobda belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydigan sifatlar berilgan?
A) g‘ishtin, qishki, aqlli
B) nomdor, devoriy, hovliqma
C) havoyi, sheryurak, terma
D) nomusli, ayyor, talabchan
90. Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi.
Ushbu gap yuzasidan bildirilgan qaysi fikrlar to‘g‘ri? 1) uchta yasama sifat qo‘llangan
2) bitta sodda yasama sifat qo‘llangan
3) xususiyat bildiruvchi sifatlar qo‘llangan
4) ikkita qo‘shma yasama sifat qo‘llangan
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2,3,4
91. Belgini kuchaytirib, ta’kidlab ifodalash qanday sifatlarga xos holat sanaladi?
A) sodda sifatlar B) takroriy sifatlar
C) qo‘shma sifatlar D) juft va takroriy sifatlar
92. Sifatning qaysi darajasi leksik va morfologik usullar bilan hosil qilinadi?
A) qiyosiy B) orttirma C) ozaytirma
D) oddiy
93. Sifatning qaysi darajasi orqali belgining me’yordan biroz kam ekanligi ifodalanadi?
A) oddiy B) qiyosiy
C) orttirma D) ozaytirma
94. Qaysi gapda orttirma daraja shaklidagi sifat qo‘llanmagan?
A) Ish juda nozik, g‘oyatda qo‘rqinchli edi
B) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi
C) O‘ng tomonda, jar boshida pastakkina bir uychadan shovqin eshitildi
D) Qor tip-tiniq shudring tomchisiga aylandi
95. Aksariyati nisbiy sifatlardan tashkil topgan sifatning ma’no turini aniqlang.
A) hajm-o‘lchov B) shakl-ko‘rinish
C) holat D) makon-zamon
96. Usta qarigina, burni cho‘tirroq, juda so‘zamol, mahmadona kishi .
Gapda sifatning qaysi ma’no turlari qatnashgan?
1) xususiyat 2) shakl-ko‘rinish 3) holat
A) 1,2,3 B) 2 C) 2,3 D) 1,3
97. Qaysi javobda sodda sifatlar qo‘llanmagan?
A) qo‘rqoq, sersuv, bo‘ydor
B) atrofdagi, ko‘kimtir, mayin
C) tiniq, sovuq, ko‘rkam
D) ochko‘z, sherdil, og‘oroyoq
98. Qismlari o‘zaro zid ma’noli bo‘lgan tub+yasama shaklidagi juft sifat berilgan javobni tanlang
A) achchiq-chuchuk B) issiq-sovuq
C) xom-pishiq D) boy-badavlat
99. Qaysi gapda sifat ravishga xos sintaktik vazifa bajargan?
A) Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan—dog‘
B) Ko‘p o‘qigan ko‘p bilar
C) Qattiq toshni yumshoq suv yemiradi
D) Kalta o‘ylasang, qattiq adashasan
50. Qaysi javobda juft sifat berilmagan?
A) qo‘ydi-chiqdi
B) oldi-qochdi C) kuydi-pishdi
D) mosh-guruch

101.Qaysi javobda sonning boshqa ma’no turini hosil
qiluvchi qo‘shimcha berilgan?
A) –ov B) –ala C) –ovlon D) –lab
102. Qaysi gapda o‘lchov so‘z qo‘llanmagan ?
A) Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usl qilib , so‘ng ikki rakaat istixora namozini o‘qir edim
B) Men bu to‘plamdagi hadislarni jami olti yuz ming aralash va ikki yuz mingta sahih hadislar orasidan ajratib oldim
C) To‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim
D) To‘plam 97 fasl va 3405 bobdan iborat
103. Qaysi gaplarda otlashgan son qo‘llangan ?
1) Tayog‘i yo‘g‘on birni urar , so‘zi yo‘g‘on mingni urar
2) To‘qqizda bo‘lmagan aql to‘qsonda ham bo‘lmas
3) Mingta shirin nasihatdan bitta o‘rnak yaxshi
4) Ikki yomon qo‘shilsa , keng dunyoga sig‘maydi
5) Birni bersang otangga , mingni olasan bolangdan
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5
104. Qaysi gaplarda sonlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan ?
1) Sizlar yetib kelganingizda soat beshlarda edi
2) Har gektar yerdan 40 sentnertacha paxta topshirganlarga ofarinlar bo‘lsin
3) Shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish masalasi yuzasidan bir yuz qirqlarcha dehqon xo‘jaligida monitoring o‘tkazildi
4) Huquqni bilmaganlar soni ikkita barobarga kamaydi
5) “Inson va qonun” gazetasi 1996-yil o‘ttizovi yanvardan chiqa boshlagan
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
105. Qaysi javobda zamonaviy o‘lchov so‘zlar berilgan ?
A) misqol , botmon , paysa B) yog‘och , gaz , qalam
C) dahsar , tanob , kuruh D) sotix, sentner, litr
106. Uzunlik o‘lchovini bildiruvchi o‘lchov so‘zni aniqlang .
A) paqir B) sotix C) quloch D) poy
107. O‘rta Osiyoda XIX asrgacha hijriy yil hisobi qo‘llangan. U milodiy 622-yil 16-iyundan boshlanadi . Bir hijriy yil 12 oy , bir oy esa Oy fazalarining takrorlanish(masalan , yangi Oy chiqishi) davriga teng va 29 yoki 30 kundan iborat . Shuning uchun toq raqamli oylar 30 kun , juft raqamli oylar 29 kun bo‘lgan . Bir hijriy yil 354 kunga teng .
Mazkur mikromatnda sonning qaysi ma’no turlari qo‘llangan ?
1) tartib son 2) sanoq son 3) dona son
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3
108. Hadis ilmida “Amir ul-mo‘minin” , “Imom ul-muhaddisin” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriy 194-hijriy yilda Buxoroning Xartang qishlog‘ida tavallud topgan . 16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga boradi va hadisni o‘rganish maqsadida Hijozda qoladi . U Basrada bo‘lganida 16 kunda 15 mingdan ko‘p hadisni yod olgan . Ikki marta Shom , Misr , Jaziraga bordi , to‘rt marta Basraga safar qildi . Olti yil Hijozda yashadi .
Mazkur mikromatnda sonning qaysi ma’no turi qo‘llanmagan ?
A) tartib son B)sanoq son C) chama son D) dona son
109. Qaysi javobda chama son hosil qiluvchi qo‘shimchalar berilgan ? 1) -larcha 2) -ala 3) –tacha 4) –lab
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
110. Bu voqeadan bitta-yarimta odam xabar topgan, shekilli
Mazkur gapda sonning qaysi ma’no turi qo‘llangan ?
A) dona son B) chama son C) kasr son D) juft son
111. Ahmadjon chaqiriq qog‘ozini yana bir marta o‘qib chiqdi , so‘ng uni ikki buklab , ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ydi .
Mazkur gapda qo‘llangan sonlarning sintaktik vazifasini aniqlang .
A) aniqlovchi , aniqlovchi B) hol , hol
C) aniqlovchi , hol D) hol , aniqlovchi
112. Qaysi gapda o‘lchov so‘z vazifasida qo‘llangan narsa oti qo‘llangan ?
A) Bayroq dastasida , stanokda , g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman
B) Ikki-uch pud g‘alla ketsa ketar . Bir qop g‘alla deb hammasidan ayrilib qolmaylik tag‘in
C) Shoikrom o‘n kuncha ilgari ishga ketayotib , birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi
D) Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi
113. Qaysi o‘lchov so‘zlar harakat-holatning o‘lchovini ifodalashga ixtisoslashgan?
A) marta , karra B) litr , gramm
C) yashik , savat D) kun , yil
114. Qaysi gapda dona son qo‘llangan ?
A) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu , uch-to‘rt piyola choy ichdi
B) Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‘ladi
C) Rasul samolyot derazasidan kaftdek ko‘rinib turgan bu dashtni birinchi marta ko‘rayotgani yo‘q
D) Yetti o‘lchab , bir kes
115. Qaysi gapda tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan otlashgan son qo‘llangan ?
A) Ikkala jamoa ham musobaqalarda faol ishtirok etyapti
B) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi
C) Oltovlon ola bo‘lsa , og‘zidagin oldirar
D) Bayramda Abdulla Oripovning to‘rtligidan aytdim
116. Hozirgi o‘zbek tilida predmetning miqdorini , son-sanog‘ini ifodalash uchun qo‘llaniladigan sonlarning nechtasi o‘nlik son sanaladi ?
A) o‘ntasi B) to‘qqiztasi C) bittasi D) sakkiztasi
117.Avval kichik son , so‘ng undan muayyan miqdordagi katta sonning joylashuvi bilan qanday sonlar hosil qilinishi mumkin ?
1) juft sonlar 2) qo‘shma sonlar 3) takroriy sonlar
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3
118. Quyidagi qaysi qo‘shimchalar har qanday sanoq sonlarga qo‘shilishi mumkin?
1) –ta 2) –i(nchi) 3) –lab 4) –ovlon 5) –tadan
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,5 C) 3,4 D) 1,2,3,5
119. Qaysi olmoshlar shaxs ma’nosini bildiruvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanib , ularga ishora qiladi ?
A) kishilik olmoshlari B) so‘roq olmoshlari
C) bo‘lishsizlik olmoshlari D) belgilash olmoshlari
120. Qaysi gapda qo‘shma olmosh qo‘llangan ?
A) Kim nayzani uzukdan o‘tkazsa , o‘sha g‘olib bo‘ladi
B) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma
C) U bu gapdan xabar topgani yo‘q hali
D) Qizchaga nima bo‘lganini haliyam aniqlashgani yo‘q
121. Kaltafahmlar faqat odamlarning kamchiligini ko‘radilar , ammo fazilatlariga e’tibor bermaydilar . Ular badanning nuqul gazak olgan a’zosiga qo‘nmoqchi bo‘layotgan pashshaga o‘xshaydilar .
Mazkur gapda qo‘llangan olmosh qanday birlikka ishora qilgan ?
A) otga B) sifatga C) fe’lga D) ravishga
122. Bir donishmanddan so‘radilar : Turmushingiz farovon bo‘lsa ham , nima uchun sizni xursand bo‘lib yurganingizni ko‘rgan emasmiz ?
U shunday javob berdi : Chunki och-yalong‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman .
Mazkur parchada olmoshning ma’no jihatidan qaysi turlari qo‘llangan ?
1) kishilik 2) so‘roq 3) ko‘rsatish
4) bo‘lishsizlik 5) gumon
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,3,4
123.Qaysi gaplarda so‘z o‘rnida qo‘llangan olmosh mavjud?
1) Qizchaga nimadir bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi
2) Xolid toshni o‘ttiz marta ko‘tardi , men ham shuncha ko‘tardim
3) Olim musobaqada g‘olib chiqdi va bu hammamizni quvontirdi
4) Kitobni ko‘p o‘qisangiz , undan ko‘p hikmat topasiz
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,4
124. Bir soni qaysi qo‘shma olmoshlarning asoslaridan biri bo‘la oladi ?
1) ko‘rsatish 2) gumon 3) bo‘lishsizlik 4) belgilash
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3,4
125. Olmoshlarning qaysi turi egalik qo‘shimchalari bilan turlanganda tovush ortishi sodir bo‘ladi ?
A)kishilik B) bo‘lishsizlik C) belgilash D) ko‘rsatish
126. Olmoshlarning qaysi turi kelishik qo‘shimchalari bilan turlanganda tovush ortishi va tushishi sodir bo‘ladi ?
A)kishilik B) bo‘lishsizlik C) belgilash D) ko‘rsatish
127. Tinchlik deya yurak-bag‘ri kuyuk eldir bu ,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu ,
O‘tmishi ham , ertasi ham buyuk eldir bu ,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagil sen! (I. Mirzo)
Mazkur to‘rtlikning necha o‘rnida olmosh qo‘llangan ?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 7 ta
128. Meni kutayotir ajib kelajak ,
U mening iqbolim , mening baxtimdir .
Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak ,
Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir . (A.Oripov)
Mazkur to‘rtlikda olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra necha xili qo‘llangan ?
A) 2 xili B) 3 xili C) 4 xili D) 1 xili
129. Qaysi kishilik olmoshlari faqat shaxs ma’nosini anglatuvchi so‘zlarga ishora qiladi?
A) faqat I shaxs kishilik olmoshlari
B) faqat II shaxs kishilik olmoshlari
C) I va II shaxs kishilik olmoshlari
D) I , II va III shaxs kishilik olmoshlari
130. Qaysi gapda jamlik olmoshi qo‘llangan ?
A) Ulug‘ ajdodlarimiz ulm-u ma’rifatlari bilan ham butun olamni fath etganlar
B) O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir
C) Har kimki vafo qilsa , vafo topqusidur
D) Mening onam usti butun , ichi tutun ayollardan edi
131. Men olmoshi o‘rnida kamina , faqir , qulingiz kabi so‘zlar ega vazifasida qo‘llansa , kesim nechanchi shaxs shaklida bo‘lmaydi ?
A) I va II shaxs shaklida B) II shaxs shaklida
C) III shaxs shaklida D) II va III shaxs shaklida
132. Qaysi gapda olmoshning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qo‘llangan ?
A) Hech kim baxtni o‘z-o‘zidan quchgan emas
B) U ertadan u-shu to‘garagiga qatnashmoqchi ekan
C) Hech qanaqa shartim yo‘q , ishlab u-bu orttirish niyatim ham yo‘q
D) Siz-u biz shu ishga bel bog‘lamasak , hech kim qilmaydi
133. Juft olmosh qismlari ma’no munosabatiga ko‘ra qanday asoslardan tashkil topadi ?
1) o‘zaro ma’nodosh 2) o‘zaro ma’nosi yaqin
3) o‘zaro zid ma’noli
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) faqat 2
134.Olmoshlarning qaysi ma’no turi qo‘shma so‘z shaklida uchraydi?
1) belgilash 2) bo‘lishsizlik 3) ko‘rsatish 4) gumon
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
135. Lekin buni u hech qachon hech kimga aytmagan edi .
Mazkur gapda qo‘llangan “ichi bo‘sh so‘zlar” qanday sintaktik vazifa bajargan?
1) ega 2) vositasiz to‘ldiruvchi
3) vositali to‘ldiruvchi
4) payt holi 5) sifatlovchi aniqlovchi
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 2,3,5 D) 1,2,4
136. Qaysi gapda og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xoslangan qo‘shma olmosh qo‘llangan ?
A) Ehsonning Moskvaga ketishi mana shu kunlarga to‘g‘ri keladi
B) So‘fi hech narsa demay o‘rnidan turdi
C) Anavini qara-ya , o‘zimizning to‘pori Zebimi shu ?
D) U shunday mo‘jizaviy xazinaki , qancha olsangiz ham , bir qatrasi kamaymaydi
137. Nutq ishtirokchilariga ishora qilmaydigan kishilik olmoshlarini toping.
A) men, biz C) sen, siz
C) u, ular D) men, biz, sen, siz
138. Sonning qaysi ma’no turi maxsus qo‘shimchasiga ega emas?
A) sanoq son B) dona son
C) tartib son D) chama son
139. Sonning qaysi ma’no turini hosil qilish natijasida asosda unli tovush tushishi sodir bo‘lishi mumkin? A) dona son B) chama son
C) jamlovchi son D) taqsim son
140. Olmoshning ma’nosiga ko‘ra qaysi turi qatnashgan gaplarning kesimi tasdiq shaklida bo‘lmaydi?
A) bo‘lishsizlik olmoshi B) belgilash olmoshi C) kishilik olmoshi D) gumon olmoshi
141. Qaysi javobda belgilash olmoshi berilgan?
A) allakim B) har kim C) hech kim D) bir kimsa
142. Qaysi qatorda tartib sonlar imlosi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) 7-sinf B) X asr C) 9-palata D) VI-bob
143. Olmoshning qaysi turi kishilik olmoshi o‘rnida qo‘llanadi?
A) o‘zlik olmoshi B) so‘roq olmoshi
C) belgilash olmoshi D) ko‘rsatish olmoshi
144. Olmoshning qaysi turi sodda, qo‘shma, juft va takroriy so‘z shaklida qo‘llanadi?
A) kishilik olmoshi B) so‘roq olmoshi
C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi
145. Nafar, tup, bosh so‘zlari vositasida sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?
A) sanoq son B) dona son
C) jamlovchi son D) taqsim son
146. Olmoshlar so‘z birikmasining qaysi turida tobe so‘z vazifasida qo‘llana oladi?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) moslashuv, boshqaruv, bitishuv
147. Narsalarning miqdorini donalab sanashda qo‘llanadigan sonlar qanday ataladi?
A) sanoq son B) dona son
C) tartib son D) chama son
148. O‘xshatish qo‘shimchalari olmoshning qaysi turiga qo‘shilsa, tovush ortishi sodir bo‘ladi?
A) kishilik olmoshi B) o‘zlik olmoshi
C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi
149. Qaysi gapda butun miqdorning qismini ifodalagan son qo‘llangan?
A) Po‘latjon bahorda yuz tup ko‘chat o‘tqazmoqchi.
B) Yetti o‘lchab, bir kes.
C) Ular birpasda yarim sotix yerning baland-pastini tekislab chiqdi.
D) Laylak har yili uchtadan tuxum ochadi.
150. Qaysi so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmagan?
1) allakim 2) hech kim 3) har kim 4) kimdir
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4
151. Yordamchi so‘zlar haqida aytilgan qaysi ilmiy mulohaza noto‘g‘ri?
A) Yordamchi so‘zlar yasalmaydi.
B) Yordamchi so‘zlar so‘z yasalishiga asos bo‘lmaydi.
C) Yordamchi so‘zlar grammatik ma’noga ega emas.
D) Yordamchilar so‘zlarni va gaplarni bog‘laydi, ularning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklaydi.
152. Qaysi gapda inkor bog‘lovchisi qo‘llangan?
A) Go‘ringda o‘t yongur amirlar—xudbin,
Bilganlar na nomus, na vijdon, na din.
B) Javob ololmadi hech kim ham zotan,
Na sulton, na gado, na shoh, na faqir.
C) Bepoyon dasht bag‘rida yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa olmadi.
D) Hamid yaratmoqchi bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do‘sti Umidjonga hech nima demadi.
153. Qanday so‘zlar mustaqil holda sintaktik vazifa bajarmasa ham, ammo o‘zidan oldingiz so‘z bilan birga sintaktik vazifa bajaradi?
A) bog‘lovchi B) ko‘makchi
C) yuklama D) bog‘lovchi va ko‘makchi
154. Qanday so‘zlar til birliklarini: so‘zlarni va gaplarni bog‘lash uchun xizmat qilmaydi?
A) bog‘lovchi B) ko‘makchi
C) yuklama D) bog‘lovchi va ko‘makchi
155. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har uch turiga oid bo‘lgan so‘zlar qo‘llangan?
A) Xalqimiz faqat jusman emas, balki ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘I darkor.
B) Xizmatkorlar och, lekin boy bilan buni gaplashishga hech kimning yuragi dov bermaydi.
C) Buyuk bobomiz turkiy, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat ila foydalangan.
D) Axir men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim kerak edi-da…
156. Ko‘makchilar qanday so‘zlar bilan qo‘llanmaydi?
1) fe’lning sifatdosh shakli bilan;
2) fe’lning ravishdosh shakli bilan;
3) fe’lning harakat nomi shakli bilan;
4) sof fe’l shakli bilan
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3 D) 2,4
157. Ko‘makchi qo‘llangan gapni toping.
A) Devor usti yomg‘irdan uviy boshladi.
B) Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi.
C) Bugun uch nafar o‘quvchi sababli dars qoldirgan.
D) Vafo bilan hayo bir-birini taqozo qiluvchi tushunchalardir.
158. Qaysi gapda zidlov bog‘lovchisi qo‘llanmagan?
A) Bo‘rondan so‘ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymaydi, balki yana ham ko‘payadi.
B) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
C) Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir.
D) Yomg‘ir maydalab yog‘a boshladi, balki biroz o‘tib qorga aylanar.
159. Qaysi javobda yuklamaning uch ma’no turiga oid bo‘lgan so‘zlar berilgan?
A) hatto, axir, xolos B) atigi, ham, sira
C) g‘irt, faqat, nahot D) hech, xuddi, go‘yo
160. Qaysi gapda so‘zning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklagan yuklama qo‘llangan?
A) Dalalarda ish boshlanganmi?
B) Dalalarda ish boshlangandir.
C) Dalalarda ham ish boshlangan.
D) Dalalarda ish boshlangan-ku.
161. Yuklamalarning qaysi ma’no turi faqat so‘z yuklamalardan tashkil topgan?
A) so‘roq-taajjub B) ayiruv-chegaralov
C) o‘xshatish-qiyoslash D) kuchaytiruv-ta’kid
162. O‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladigan qo‘shimcha yuklamani toping.
A) –dir B) –mi C) –ku D) –gina
163. Qaysi gapda gumon yuklamasi qo‘llangan?
A) O‘g‘lim, singlingga ovqatni yedir.
B) Oqni qora qilmaslik adolatdir.
C) Karvon allaqachon rabotga yetib kelgandir.
D) Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir.
164. Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida ayiruv-chegaralov yuklamasi qo‘llanadi?
A) Choy qaynatib ichishni… unutdi.
B) U Kalomullohga qo‘lini qo‘yib, … haqiqatni aytishga ont ichdi.
C) Men bu holdan … hayratga tushmayman.
D) Qishki ta’til boshlandi…?
165. Yordamchi so‘zlarning har biriga bittadan namuna berilgan javobni aniqlang?
A) kabi, agar, hatto B) chunki, uzra, ya’ni
C) yoki, axir, zinhor D) eng, doir, sari
166. Qaysi javobda sof ko‘makchilar berilgan?
A) bilan, qadar, sayin B) orqali, sababli, bois
C) tomon, qarab, ustida D) bo‘ylab, to‘g‘risida, tashqari
167. Qaysi javobda mavzu ma’nosini ifodalaydigan ko‘makchi berilgan?
A) singari B) doir C) to‘g‘risida D) binoan
168. Qaysi gapda atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘z qo‘llangan?
A) Gap futbol o‘yini ustida ketardi.
B) Akam hozirgina dala tomon ketdi.
C) U hamma qishloq bolalari kabi yoshlikdan mehnatga kirishgan edi.
D) Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi.
169. So‘zlarni bir-biriga ham teng, ham tobe bog‘lovchi so‘zni belgilang.
A) bilan B) balki C) hamda D) negaki
170. Qaysi gapda galma-gallik ma’nosini ifodalovchi ayiruv bog‘lovchisi qo‘llangan?
A) Quyosh goh yalt etib ko‘rinib qoladi, goh bulutlar ichiga bekinib oladi.
B) Yolg‘on yo farzandga urar, yo davlatga urar.
C) U turmushidan, o‘tgan umridan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmas edi.
D) Istagan bu maqsadimga erishaman yoki o‘lim meni bu yo‘lda halok etadi.
171. Quyidagi hukmlarning nechtasi to‘g‘ri?
1) Teng bog‘lovchilar ikki sodda gapni bog‘lasa, bog‘langan qo‘shma gap hosil bo‘ladi;
2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ikki sodda gapni bog‘lasa, ergashgan qo‘shma gap hosil bo‘ladi;
3) Ikki sodda gap bog‘lovchi vositalarsiz, ohang yordamida bog‘lansa, bog‘lovchisiz qo‘shma gap hosil bo‘ladi;
4) Qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra uch xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap va bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to‘rttasi
172. Qaysi javobda bog‘lovchining kelib chiqishiga ko‘ra bir turi qo‘llangan?
A) hamda, balki B) ham, ammo
C) yoki, na…na D) biroq, agar
173. Qaysi javobda bog‘lovchining vazifasiga ko‘ra ikki turi qo‘llangan?
A) hamda, biroq B) yoxud, na…na C) go‘yo, lekin D) va, yo
174. Qaysi gapda teng bog‘lovchi uyushiq aniqlovchilarni bog‘lashga xizmat qilgan?
A) Bir tovuqqa ham don, ham suv kerak.
B) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi.
C) Yo ilm, yo hunar o‘rganinglar.
D) Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi.
175. Qaysi yordamchi so‘z qatnashgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘lmaydi?
A) yo…yo B) na…na C) dam…dam D) goh…goh
176. Qaysi gapda teng bog‘lovchining ikki turi birin-ketin qo‘llangan?
A) Sen na boy erursan va na kambag‘al…
B) Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‘ralaydi-yu, biroq ichkariga kira olmaydi.
C) Hamma gullarning hidi bor, ammo lekin rayhonning hidi bo‘lakcha.
D) Na sen nazar qilding holimga bir bor,
Na men ayta bildim senga biror so‘z.
177. Qaysi gapda sabab bog‘lovchisi qo‘llangan?
A) Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, to‘ng‘ich botir to‘qayning chekkasiga qochdi.
B) Abdumalik ota nevaralarini yeyishar deb, har bahorda ko‘chat ekadi.
C) Tezroq yetib boray deb, aravani otdan ajratdi.
D) Oyim meni urishdi deb, bola uydan chiqib ketdi.
178. Ba’zan, goho ravishlari, bir soni, dam oti takror holda qo‘llanib, galma-gallik ma’nosini ifodalasa, qanday bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi?
A) biriktiruv B) zidlov C) ayiruv D) inkor
179. Yakka, yolg‘iz, tanho sifatlari, bir soni yuklamaning qaysi ma’no turi vazifasida qo‘llanadi?
A) ayiruv-chegaralov B) kuchaytiruv-ta’kid
C) so‘roq-taajjub D) o‘xshatish-qiyoslash
180. Qaysi gaplarda bir so‘zi yordamchi so‘z vazifasida qo‘llangan?
1) Bugun darsda bir Karim yo‘q.
2) Saylovga bir kun qoldi.
3) Bolani bir nima chaqdi, shekilli.
4) Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3
181. Qaysi javobda shart bog‘lovchisi berilmagan?
A) garchi B) mabodo C) basharti D) toki
182. Noto‘g‘ri hukmni toping.
A) Yo‘nalish ma’nosini ifodalovchi ko‘makchilar faqat sof ko‘makchilardan iborat.
B) Ayrim ko‘makchilar bir necha xil grammatik ma’no ifodalaydi.
C) Ko‘makchilar va kelishiklar bir xil grammatik vazifa bajaradi.
D) Ko‘makchilar o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butun ohangga ega bo‘ladi.
183. Qaysi gapda bilan ko‘makchisi vosita ma’nosini ifodalagan?
A) Testni do‘stim bilan ishladim.
B) Taomni ishtaha bilan yedi.
C) Qishloqqa avtobus bilan qaytdik.
D) Sening gaping bilan shu ko‘yga tushdim.
184. Uchun ko‘makchisi qanday ma’noni ifodalamaydi?
A) sabab B) maqsad C) o‘xshatish D) atalganlik
185. Chiqish kelishidagi so‘zlar bilan qo‘llanuvchi ko‘makchilar berilgan javobni belgilang.
A) singari, haqida, tufayli B) asosan, qadar, doir
C) boshqa, keyin, buyon D) ost, ust, ich
186. Qaysi gapda ko‘makchini kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘lmaydi?
A) Bolalar bog‘chasi uchun hadya qildim.
B) Xat qizil qalam bilan yozilgan ekan.
C) Sayohat vaqtida ko‘rganlarim haqida gapirib berdim.
D) Kechga qadar chizmani kitobdan ko‘chirdim.
187. Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari uzra suv yaltiraydi.
Ushbu gapda qo‘llangan ko‘makchi qanday grammatik ma’no ifodalagan?
A) vosita B) chegara C) o‘xshatish D) o‘rin
188. Bosh va jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanuvchi ko‘makchini toping.
A) kabi B) qadar C) tomon D) binoan
189. Jo‘nalish va chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanuvchi ko‘makchini toping.
A) qaramay B) bo‘lak C) ko‘ra D) bilan
190. Ko‘makchi haqida aytilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ko‘makchilar o‘zidan oldingi so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘ladi.
B) Ko‘makchilar o‘zidan oldingi so‘z bilan bitta sintaktik vazifa bajaradi.
C) Ko‘makchilar o‘zidan oldingi so‘z bilan bitta umumiy urg‘u oladi.
D) Ko‘makchilar bilan qo‘llangan so‘zlar barcha kelishik shakllarida bo‘ladi.
191. O‘xshatish ma’nosini ifodalovchi ko‘makchilar qaysi kelishik shaklidagi so‘zlar bilan qo‘llanadi?
A) bosh kelishik B) qaratqich kelishigi
C) jo‘nalish kelishigi D) chiqish kelishigi
192. Yuklama qo‘llanmagan gapni toping.
A) Qiz keng atlas ko‘ylagini hilpiratib sahnaning o‘rtasiga keldi-da, nimanidir e’lon qildi.
B) Nosir oxun eski bo‘lsa-da ozoda libosda edi.
C) Choy qaynatib ichishni-da unutdi.
D) Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal.
193. O‘rtada bo‘lsin-chun qadr ham izzat,
Ayriliq va o‘lim yaralganmi yo?
Qo‘shmisrada qo‘llangan yordamchi so‘z turkumiga oid birliklar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
194. Qaysi gapda –gina shakli ot turkumiga xos grammatik shakl sanaladi?
A) Daraxtlar, ariqlar, ko‘priklargina tanish.
B) Bizni porloq kelajakka mana shu yo‘lgina eltadi.
C) Bu haqida Shahnozagina biladi.
D) Zumradgina o‘rmonda adashib qolibdi.
195. Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida zidlov bog‘lovchisi qo‘llanishi lozim.
A) Dunyoda kasblar ko‘p…odamiylik kasbi hammasidan ulug‘dir.
B) Otni soy bo‘yiga bog‘ladi…o‘zi yuqoriga chiqib ketdi.
C) Kozimbek…Manzuraxon perronda kezishar edi.
D) Shu payt boshimiz ustida chaqmoq chaqdi…momaqaldiroq gumburladi.
196. Qaysi yordamchilar orqali o‘xshatish ma’nosi ifodalanishi mumkin?
1) ko‘makchi 2) bog‘lovchi 3) yuklama
A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2
197. Vazifadosh bog‘lovchilar yana qanday vazifalarda qo‘llanadi?
1) ko‘makchi 2) yuklama 3) modal so‘z 4) taqlid so‘z
A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4
198. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamasi qo‘llangan?
A) Suvsiz cho‘lda mard Hasan, Yakka ketib boradi.
B) Bu olamda oy tanho, Muborak quyosh tanho.
C) Yolg‘iz boshing uchun nega buncha harakat qilasan?
D) Men Sizni vaziyatdan xabardor qilmoqchi edim, xolos.
199. U ilonni aldagani uchun, ya’ni unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, balki qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish.
Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar miqdori nechta?
A) 10 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 4 ta
200.Yordamchi so‘zlar haqida aytilgan qaysi hukm to‘g‘ri emas?
A) Yordamchi so‘zlar grammatik jihatdan o‘zgaradi.
B) Yordamchi so‘zlar atash ma’nosiga ega emas.
C) Yordamchi so‘zlar ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lmaydi.
D) Yordamchi so‘zlar mustaqil holda sintaktik vazifa bajara olmaydi.

  1. Qanday so‘zlar gapdagi boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratib yoziladi?

A) yuklama B) bog‘lovchi C) modal so‘zlar D) taqlid so‘zlar

  1. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?

A) Bilimdon o‘zining bilimi tufayli ofatlardan omon qoladi.
B) O‘zining qadrini bilmagan o‘zganing qadrini ne bilsin?
C) Kechasi Saidiyning hujrasiga Kozimbek bilan muxbir A’zamjon keldi.
D) Sohibqironni bunyodkorlik sohasidagi xizmatlaridan el-u yurt minnatdor edi.

  1. Qanday hollarda qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari belgili qo‘llanishi lozim?

1) atoqli ot tarkibida
2) olmosh tarkibida
3) sifatdosh tarkibida
4) harakat nomi tarkibida
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Xalq tabobat… qulupnay meva… bezgak xuruj…qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.

Ushbu gapda nuqtalar o‘rnida qo‘llanishi lozim bo‘lgan turlovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 3ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6

  1. Olimlarning yomoni amirlarni ziyorat qilgani, amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir. Faqirning eshigiga kelgan amir naqadar xush va amirning eshigiga borgan faqir naqadar noxushdir. Parchada uchraydigan moslashuvli so‘z birikmalari miqdorini toping.

A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta

  1. Qaysi gapda sifatning ma’nosiga ko‘ra faqat bir turi qo‘llangan?

A) Ko‘m-ko‘k osmonda suzib yurgan paxta kabi yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
B) Hovli tor, devorlari baland, xuddi katta hovuzga o‘xshardi.
C) Yo‘llarimda zangori ko‘llar, Oyna kabi tiniq va bejon.
D) Bir pasda qo‘lidagi qizil gullarning muattar ifori xonani tutib ketdi.

  1. Samoning zangorisimon sahnida to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yaltiraydi.

Gapda qo‘llangan yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
1) aniqlovchi 2) hol 3) to‘ldiruvchi 4) kesim
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi gapda otlashgan sifat(lar) qo‘llanmagan?

A) Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan—dog‘.
B) Ilg‘orlarga mukofot topshirildi.
C) Sinfimizda a’lochi o‘quvchilar ko‘p.
D) Yoshlar olovga yaqinroq, keksalar esa uzoqroq o‘tirishdi.

  1. Sifatlarning otlashishi haqida aytilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?

A) Sifat bog‘lanib kelgan ot tushib qoladi.
B) Har qanday sifat otlasha oladi.
C) Sifat egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi.
D) Sifat ot bajargan sintaktik vazifalarda qo‘llanadi

  1. –imtir qo‘shimchasi yordamida qaysi sifatlarning ozaytirma darajasini hosil qilish mumkin?

1) oq 2) qora 3) sariq 4) qizil 5) ko‘k 6) yashil
A) 1,2,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,5,6

  1. So‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga ishora qiladigan olmosh turini toping.

A) kishilik B) so‘roq C) ko‘rsatish D) belgilash

  1. Qanday olmoshlar egalik qo‘shimchalari bilan turlanmaydi?

A) kishilik B) o‘zlik C) so‘roq D) bo‘lishsizlik

  1. Kishilik olmoshi va o‘zlik olmoshi birga qo‘llansa, qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?

A) hurmat B) ta’kid C) kinoya D) inkor

  1. Ko‘rsatish olmoshlari otlashib, egalik qo‘shimchalari bilan turlansa, qanday tovush o‘zgarish(lar)i yuz beradi?

A) tovush tushishi B) tovush ortishi
C) tovush almashishi D) tovush tushishi va ortishi

  1. Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan turlansa, qanday tovush o‘zgarish(lar)i yuz beradi?

A) tovush tushishi B) tovush ortishi
C) tovush almashishi D) tovush tushishi va ortishi

  1. Ayo g‘uncha, qizil qonlar aro sen o‘zni tark etding,

Bayon etgil—nadur sevgi, nadur ul o‘zni tark etmoq. (Jaloliddin Rumiy)
Baytda qo‘llangan olmoshlar miqdorini aniqlang.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

  1. O‘lchov so‘z(numerativ)lar haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?

A) O‘lchov so‘zlar sanoq son bilan o‘lchanayotgan narsaning orasida qo‘llanadi.
B) O‘zidan oldingi sanoq son bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lsa-da, bitta sintaktik vazifa bajarmaydi.
C) Otning va fe’lning o‘lchovini ifodalaydi.
D) Ayrim o‘lchov so‘zlar alohida olinganda narsa(predmet) ma’nosini ifodalaydi.

  1. Tup, nafar, bosh kabi so‘zlar vositasida sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?

A) chama son B) jamlovchi son C) dona son D) taqsim son

  1. Sonning qaysi turi chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan qo‘llanib, fikrning ahamiyatlilik darajasini ifodalaydigan modal so‘z vazifasida qo‘llanadi?

A) dona son B) chama son C) jamlovchi son D) tartib son

  1. –ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari yordamida sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?

A) chama son B) jamlovchi son C) tartib son D) taqsim son

  1. Qaysi gapda chama son qo‘llanmagan?

A) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi.
B) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.
C) Mashrab bilan Akmal esa o‘n besh-yigirma bolaga javobgar.
D) Shoikrom o‘n kuncha ilgari ishga ketayotib, birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi.

  1. Do‘mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.

Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta

  1. Qaysi gapda nisbiy sifat qo‘llangan?

A) Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham, yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor.
B) Hovlimizga ko‘cha eshikdan kirishda kichkina, g‘ishtin uycha bor.
C) U oltmishlarga borib qolgan bo‘lsa ham, yoshlardek ikki yuzi qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi.
D) Temur yuksak insoniylikka ega bo‘lgan buyuk shaxs edi.

  1. Qaysi gapda qo‘llangan sifat belgining me’yoridan ortiq ekanligini bildirgan?

A) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu—ona mehri.
B) Gulzorga to‘kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo‘lib, jigarrang tus olgan.
C) Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
D) Dunyoda do‘stlikdan yoqimliroq, suyumliroq narsa yo‘q.

  1. Qaysi javobda og‘irlikni ifodalovchi tarixiy o‘lchov so‘z berilgan?

A) qadoq B) farsax C) tanob D) paqir

  1. Qaysi gapda butun miqdorning qismini ifodalovchi son qo‘llangan?

1) Bolalar eshaklarga yem berib, o‘zlari ham oz-ozdan yem yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o‘tdi.
2) O‘zbekiston Respublikasi maydonining qariyb beshdan to‘rt qismi tekisliklardan iborat.
3) Yo‘lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi.
4) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4

  1. Qaysi gapda son otlashmagan?

A) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
B) Ikkala jamoa ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan ekan.
C) Shunday qilib, tortovlari ham piyoda yo‘lga chiqishibdi.
D) Ikkinchisi ham uyg‘onib ketdi, shekilli, qo‘shilishib yig‘lashga tushdi.

  1. Jonivorlarni chaqirish va haydash, yurgizish va to‘xtatish uchun qo‘llanadigan so‘zlar qanday nomlanadi?

A) undov so‘zlar B) modal so‘zlar C) taqlid so‘zlar D) yuklamalar

  1. Bayon etilayotgan gapda qo‘shimcha munosabatni ifodalovchi so‘zlar qanday nomlanadi?

A) undov so‘zlar B) modal so‘zlar C) taqlid so‘zlar D) yuklamalar

  1. So‘zlarni va gaplarni teng va tobe bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar qanday nomlanadi?

A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) olmosh

  1. Faqat so‘zlarni va faqat tobe bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar qanday nomlanadi?

A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) modal so‘z

  1. So‘zlarga va gaplarga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar qanday nomlanadi?

A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) modal so‘z

  1. Quyida berilganlardan ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasida qo‘llanuvchi so‘zni aniqlang.

A) bilan B) balki C) ham D) deb

  1. Qaysi javobda sof modal so‘zlar berilgan?

A) aftidan, chamasi, taxminan B) umuman, balki, ehtimol
C) avvalo, afsuski, albatta D) shubhasiz, to‘g‘ri, o‘z-o‘zidan

  1. Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanuvchi ko‘makchini toping.

A) beri B) kabi C) binoan D) ost

  1. Ayrim sanoq sonlardan jamlovchi son hosil qilish natijasida qanday fonetik o‘zgarish ro‘y beradi?

A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush ortishi D) tovush moslashishi

  1. Payt ravishlari qayd etilgan javobni belgilang.

A) qish, dushanba, dekabr B) kuzgi, ertangi, bugungi
C) kelguncha, boshlangach, kechikib D) hamon, dastlab, yaqin

  1. O‘rin ravishlari qayd etilgan javobni belgilang.

A) ichkari, tashqari, olg‘a B) ko‘cha, bog‘, guzar
C) ichki, tashqi, sirtqi D) ichra, uzra, ora

  1. Ravish yasovchi shakldosh(omonim) qo‘shimchalar berilgan javobni aniqlang.

A) –lab, -larcha B) –ona, -siga C) –lay, -ligicha D) –chasiga, -layin

  1. Qaysi gapda ravish(lar) qo‘llanmagan?

A) Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo‘lga tushishdi.
B) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
C) Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar.
D) Abdishukur bu yerdan tezda chiqib ketish payiga tushdi.

  1. Baqqol amaki pakana, yuzi katta, peshonasi keng, soqoli siyrak, burni puchuq, iyagi kalta odam edi.

Mazkur gapning necha o‘rnida sifat qo‘llangan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

  1. Qaysi gapda ikki usulda yasalgan ikki yasama sifat qo‘llangan?

A) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon.
B) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
C) Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko‘rkidir.
D) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.

  1. Sabab, maqsad, shart, inkor kabi ma’nolar qanday so‘zlar orqali ifodalanadi?

A) ko‘makchi B) bog‘lovchi C) yuklama D) modal so‘zlar

  1. Sabab, maqsad, yo‘nalish, mavzu kabi ma’nolar qanday so‘zlar orqali ifodalanadi?

A) ko‘makchi B) bog‘lovchi C) yuklama D) modal so‘zlar

  1. O‘xshatish, inkor, ayiruv, kuchaytirish kabi ma’nolar qanday so‘zlar orqali ifodalanadi?

A) ko‘makchi B) bog‘lovchi C) yuklama D) modal so‘zlar

  1. Gumon, ishonch, quvonch, tasdiq kabi ma’nolar qanday so‘zlar orqali ifodalanadi?

A) ko‘makchi B) bog‘lovchi C) yuklama D) modal so‘zlar

  1. Qaysi gapda hol vazifasida qo‘llangan holatga taqlid so‘z berilgan?

A) Dupur-dupur ot keldi, Ko‘chaga qarang, kim keldi.
B) Omon g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
C) To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi.
D) Osmonda yombi oltinday yaraqlagan oy, yakkam-dukkam milt-milt yulduzlar uyg‘oq edi.

  1. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasida qo‘llangan tovushga taqlid so‘z berilgan?

A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim.
B) Vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
C) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo‘lardi.
D) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.

  1. Qaysi gapda ikki xil modal ma’noni ifodalagan ikki modal so‘z qo‘llangan?

A) Kanizak, aftidan, shu gapni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj “ha” dedi.
B) Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi.
C) To‘g‘ri, qishloq tomon bir-ikki qadam bosdim, lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg‘izlanib qolishdan qo‘rqdim.
D) Afsuski, rejadagi ishlar ko‘ngildagidek bajarilmayapti.

  1. Qaysi gapda modal so‘z qo‘llangan?

A) Bo‘ron bo‘lish ehtimoli bor, qizim.
B) Istamning chamasi to‘g‘ri chiqdi.
C) Uning “ko‘cha bolasi” ekanligini aftidan bilib olish qiyin emas edi.
D) To‘g‘ri, yo‘llarda mashaqqatlar ko‘p.

  1. Jonivorlarga nisbatan qo‘llanadigan undov so‘zlarni toping.

A) po‘sht, allo B) hoy, tss C) fisht, hay D) kisht, qur

  1. Qaysi gapda buyruq-xitobni ifodalovchi undov so‘z qo‘llangan?

A) Men yetim o‘sganman, oh u yetimlik.
B) Qo‘y, yig‘lama ey baxshi.
C) Iya, bularni nima qilasan?
D) O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan.

  1. Qaysi javobda alohida olingan so‘zlar berilgan?

A) hamda, uchun, nahot B) shoyad, obbo, gumbur
C) daftar, eski, beshta D) men, shu, yalpi

  1. Qaysi javobda yordamchi so‘zlarning har biriga bittadan namuna berilgan?

A) yoki, kabi, faqat B) agar, hamda, sari
C) bilan, doir, ya’ni D) atigi, basharti, aslo

  1. Qaysi kelishik shaklidagi so‘zlar vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi?

A) qaratqich B) tushum C) jo‘nalish D) o‘rin-payt

  1. Moslashuvli so‘z birikmasi berilgan javobni toping.

A) o‘rik sharbati B) tarix darsi C) rasm daftari D) kitob do‘koni

  1. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida qo‘llangan shaxs oti ishtirok etgan?

A) Qo‘shiq aytganim faqatgina otamga yoqqan emish.
B) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi.
C) Chorvadorlikning ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor.
D) Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob.

  1. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, dadillik baxsh etgandek bo‘ldi. Gap qo‘llangan yasama mavhum otlar miqdorini aniqlang.

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

  1. Qaysi qo‘shimcha yordamida umumlashtirish, kuchaytirish, hurmat kabi uslubiy ma’nolarni ifodalash mumkin?

A) –cha B) –lar C) –xon D) –gina

  1. Bo‘lishsizlik olmoshlari haqida aytilgan qaysi fikrlar to‘g‘ri emas?

A) So‘roq olmoshlari oldidan hech so‘zining qo‘llanishi natijasida bo‘lishsizlik olmoshlari hosil bo‘ladi.
B) Hech so‘zini bir, narsa, vaqt, jon, kishi, kimsa, banda kabi so‘zlar bilan qo‘llash natijasida bo‘lishsizlik olmoshlari hosil bo‘ladi.
C) Bo‘lishsizlik olmoshlari qatnashgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi.
D) Bo‘lishsizlik olmoshlari ko‘plik qo‘shimchasi bilan qo‘llanmaydi.

  1. Shaxs, narsa, belgi, harakat kabilarni jamlab ifodalaydigan olmosh qaysi gapda qo‘llangan?

A) Bog‘imizda uzumning hamma xilidan bor.
B) Har kim ekkanini o‘radi.
C) Shorahim ko‘z yoshidan hech nimani ko‘rmay allanimalar deb g‘udrandi.
D) Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi?

  1. To‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni bildirgan olmoshlar qanday ataladi?

A) belgilash olmoshlari B) bo‘lishsizlik olmoshlari
C) o‘zlik olmoshi D) ko‘rsatish olmoshlari

  1. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra uch turi qo‘llangan?

A) Xayolchan g‘udranib, o‘z-o‘zini koyidi.
B) Ichkaridan kimlardir chiqib, u turgan tomonga kelaverdi.
C) Qayerda bo‘shliq paydo bo‘lsa, uni kimdir to‘ldirishga harakat qiladi.
D) Siz hayotda qanday insonlarga havas qilasiz?

  1. Bu she’r menga bag‘ishlangani uchun emas, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlari kabi musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman.

Ushbu gapda nechta atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘z qo‘llangan? A) 10 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 4 ta

  1. Bilan so‘zi qaysi gapda bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan?

A) Kun ilishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshlaydi.
B) Kozimbek bilan Manzuraxon perronda kezishar edi.
C) Umrini oshiq hamisha o‘tkazar orzu bilan.
D) Laziz Shohrajab bilan keldi.

  1. Qaysi gapda na…na so‘zlari yuklama vazifasida qo‘llangan?

A) U na shoir edi va na mashhur zot.
B) Ko‘kda na yulduz bor, na bir tabassum.
C) Javob ololmadi hech kim ham zotan, Na sulton, na gado, na shoh, na faqir.
D) Cho‘lquvarlarni na issiqlik, na suvsizlik yenga oladi.

  1. Qaysi javobda sof ko‘makchilar berilgan?

A) kabi, uzra, tufayli B) ost, ust, yon
C) avval, keyin, so‘ng D) bo‘ylab, qarab, atab

  1. Qaysi gapda so‘zlarni va gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qilmaydigan yordamchi so‘z qo‘llangan?

A) Yurt farovonligi uchun qayg‘uradi.
B) Andishali bo‘l, biroq shijoatsiz bo‘lma.
C) Bu yerda na ofat, na kulfat, na g‘am.
D) O‘shanda dadam ham frontda edilar.

  1. Qaysi gapda balki so‘zi bog‘lovchi vazifasida qo‘llanmagan?

A) Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin hosil yetkaza bilish san’atdir. usmonov
B) Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir.
C) Hayronman, balki, siz haqdirsiz.
D) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo‘lar edi.


Download 83,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish