Olmoshlar qanday til birlik(lar)i o‘rnida almashinib qo‘llanadi, ularga ishora qiladi?



Download 83,69 Kb.
bet3/3
Sana19.08.2022
Hajmi83,69 Kb.
#847313
1   2   3
Bog'liq
Attestatsiya uzb javobsiz (1)

ko‘maklashdim.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘z nechta morfema(ma’noli qism)dan tashkil topgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Musobaqa sizsiz o‘tmaydi.

Musobaqaning g‘olibi sizsiz.
Berilgan gaplarda –siz qanday qo‘shimcha sanaladi?
A) so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha
B) shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimcha
C) har ikkisi so‘z yasovchi qo‘shimcha
D) har ikkisi shakl yasovchi qo‘shimcha

  1. Bolaning xo‘rsinib gapirganini ko‘rgan do‘sti uning bu uyda qiynalib yashaganini darrov angladi. Berilgan gapda qo‘llangan yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.

A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

  1. Qaysi javobda morfemalarga bo‘linmaydigan so‘z berilgan?

A) yutuq B) huquq C) buyruq D) uzuq

  1. Xatosi o‘ziga ayon bo‘lgach, gapira olmay g‘uldirab javob berdi.

Berilgan gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Qaysi javobda so‘z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo‘shimchalar juftligi berilgan?

A) o‘roq—qo‘rqoq B) opam—yozdim
C) qizg‘ish—yozish D) suvsa—yozsa

  1. Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho‘l hayvonlaridan farqlanib turadi.

Berilgan gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

  1. Oybek domla nihoyatda ziyraklik bilan , ko‘pchilik nomdor insonlarda uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg‘uborlik bilan opaning gaplarini tasdiq etdi.

Gapda qo‘llangan yasama so‘zlar va so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 7 ta/7 ta B) 5 ta/7 ta C) 6 ta/5 ta D) 5 ta/5 ta

  1. Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi.

Gapdagi yangi ma’no hosil qiluvchi, so‘zning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi.

Gapdagi so‘zning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, so‘zning ma’nosini biroz o‘zgartiradigan qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi.

Gapdagi o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqa so‘zga bog‘laydigan qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Qaysi javobda bir yetakchi va uch ko‘makchi morfemadan tashkil topgan leksema berilgan?

A) terimchilik B) temirchilik
C) dehqonchilik D) kulolchilik

  1. Qaysi javobda ikki asosli so‘z berilmagan?

A) darsxona B) xushfe’l C) kasbdosh D) belbog‘

  1. Asosi va yasalish asosi farqlanmaydigan so‘zni toping.

A) bo‘yoqchi B) suvoqchi C) tinchlik D) do‘stlik

  1. –ay qo‘shimchasi yordamida qanday so‘zlardan fe’l yasash mumkin?

1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3

  1. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar sirasiga mansub?

A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
B) shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) old qo‘shimchalar
D) ort qo‘shimchalar

  1. Ozaytirma va qiyosiy daraja qo‘shimchalari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra qanday qo‘shimchalar sirasiga mansub?

A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
B) shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) old qo‘shimchalar
D) ort qo‘shimchalar

  1. Quyida qayd etilgan qo‘shimchalarning fe’llarga qo‘shilish ketma-ketligini aniqlang.

1) zamon qo‘shimchalari;
2) shaxs-son qo‘shimchalari;
3) nisbat qo‘shimchalari;
4) bo‘lishsizlik qo‘shimchalari.
A) 1,2,3,4 B) 3,4,1,2 C) 4,3,2,1 D) 4,2,3,1

  1. Qaysi gapda yasama fe’l qo‘llanmagan?

A) Yuragim hayajondan gupullab urar edi.
B) Pastda esa odamni oqizadigan katta suv shovullab oqyapti.
C) Hamma yoq jim. Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi.
D) Goho otning tuyog‘i silliq toshda sirg‘alib ketadi.

  1. Qaysi javobda bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar berilgan?

1) biriktiruv bog‘lovchilari 2) zidlov bog‘lovchilari 3) ayiruv bog‘lovchilari 4) inkor bog‘lovchilari 5) bo‘lsa, esa so‘zlari
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,5 D) 1,3,5

  1. Qaysi javobda ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar berilgan?

1) ko‘chakchili qurilmalar 2) deb so‘zi 3) –ki yuklamasi
4) nisbiy so‘zlar 5) ergashtiruvchi bog‘lovchilar 6) shart mayli shakli
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,3,4,5 C) 1,3,5,6 D) 2,3,4,5

  1. Bog‘lovchilar yordamida qo‘shma gaplarning qaysi turlari hosil qilinadi?

1) bog‘langan qo‘shma gap 2) ergashgan qo‘shma gap
3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2

  1. Qaysi javobda nuqtalar o‘rnida zidlov bog‘lovchisi qo‘llanishi lozim?

A) Tong cho‘qqidan oshdi…qishloq uzra quyildi.
B) Paxta terish bilan bandman…butun diqqatim muattarda.
C) Ular mening aytganimni qilishadi…men oilamizning kenjatoyiman.
D) Rostgo‘ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik… uni halokatga olib boradi.

  1. Qaysi javobda nuqtalar o‘rnida sabab bog‘lovchisi qo‘llanishi lozim?

A) Tong cho‘qqidan oshdi…qishloq uzra quyildi.
B) Paxta terish bilan bandman…butun diqqatim muattarda.
C) Ular mening aytganimni qilishadi…men oilamizning kenjatoyiman.
D) Rostgo‘ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik… uni halokatga olib boradi.

  1. Qaysi javobda qismlari orasida sabab-natija munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

A) Inobat qizishib ketib pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
B) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turadi.
C) Har kuni oqshom bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortilgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi.
D) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir.

  1. Qaysi javobda qismlari orasida qiyoslash munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

A) Inobat qizishib ketib pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
B) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turadi.
C) Har kuni oqshom bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortilgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi.
D) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir.

  1. Qaysi javobda qismlari orasida galma-gallik munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

A) Inobat qizishib ketib pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
B) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turadi.
C) Har kuni oqshom bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortilgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi.
D) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir.

  1. Qaysi javobda qismlari orasida zidlik munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

A) Inobat qizishib ketib pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
B) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turadi.
C) Har kuni oqshom bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortilgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi.
D) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir.

  1. Qanday bog‘lovchi vositasida bog‘langan qo‘shma qismlarida ifodalangan voqea-hodisalardan faqat bittasining yuzaga chiqish ifodalanadi?

A) goh…goh B) dam…dam C) bir…bir D) xoh…xoh

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalansa, ular orasida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart munosabatlari ifodalansa, ular orasida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Bizning qarorimiz shi // hasharda barchamiz ishtirok etamiz. Berilgan gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Hamal keldi // amal keldi. Berilgan gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar // qizlar maktab hovlisini supurdilar. Berilgan gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli // ko‘zida chaqini, ko‘ksida yolqini bor. Berilgan gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘llanadi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

  1. Qaysi javobda bitta bosh gapdan va ikkita ergash gapdan tashkil topgan murakkab qo‘shma gap berilgan?

A) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz farovon bo‘lsin.
B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
C) Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan.
D) O‘sha yillar mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik.

  1. Qaysi javobda ikkita bosh gapdan va bitta ergash gapdan tashkil topgan murakkab qo‘shma gap berilgan?

A) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz farovon bo‘lsin.
B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
C) Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan.
D) O‘sha yillar mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik.

  1. Qaysi javobda tarkibida ergash va bosh gap ishtirok etmagan murakkab qo‘shma gap berilgan?

A) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz farovon bo‘lsin.
B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
C) Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan.
D) O‘sha yillar mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik.

  1. Qanday ma’nolar qo‘shma gaplarning har uch turi bilan ifodalanishi mumkin?

1) zidlik ma’nosi 2) sabab ma’nosi 3) shart ma’nosi 4) payt ma’nosi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4

  1. Qaysi javobda ko‘chirma gapli qo‘shma gap qismlari bilan bog‘liq tinish belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) “K?” : m. B) “M”: K. C) “K”,-m,-“k”. D) M:”K!”

  1. Behbudiy: “Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir”,-deb yozadi. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma sodda gapda aylantirilsa, ostiga chizilgan so‘z qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A) ega B) vositasiz to‘ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) kesim

  1. Gavharshodbegim dedi:” Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam”. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma sodda gapda aylantirilsa, ostiga chizilgan so‘z qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A) ega B) vositasiz to‘ldiruvchi C) vositali to‘ldiruvchi D) kesim

  1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma sodda gapga aylantirilsa, muallif gapining kesimi qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A) vositasiz to‘ldiruvchi B) qaratqich aniqlovchi C) ega D) kesim

  1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma sodda gapga aylantirilsa, muallif gapining egasi qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A) vositasiz to‘ldiruvchi B) qaratqich aniqlovchi C) ega D) kesim

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi bosh gapda ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelgan?

A) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
B) Ishonchim komilki, qasd qilganlar past bo‘ladi.
C) Baxtim shuki, seni uchratdim.
D) Doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi.

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi bosh gapda ifodalanmagan vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelgan?

A) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
B) Ishonchim komilki, qasd qilganlar past bo‘ladi.
C) Baxtim shuki, seni uchratdim.
D) Doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi.

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi tarkibidagi so‘roq olmoshiga javob bo‘luvchi olmosh aniqlovchi vazifasida qo‘llangan?

A) Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
B) Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi.
C) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
D) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi.

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash va bosh gapi tarkibida bir-biriga nisbatan qo‘llangan so‘zlari turli xil sintaktik vazifa bajargan?

A) Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
B) Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi.
C) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
D) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi.

  1. Qaysi javobda ergashgan qo‘shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshli to‘g‘ri berilgan?

A) Baxtim shuki, seni uchratdim—Seni uchratganim yaxshi bo‘ldi.
B) Shuni bilki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi—Hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmasligini bil.
C) Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin—Hammaga havas qilib yashaylik.
D) Kim oldin musht ko‘tarsa, u ojiz bo‘ladi—Kim ojiz bo‘lsa, u oldin musht ko‘taradi.

  1. Qaysi javobda ergashgan qo‘shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshli noto‘g‘ri berilgan?

A) Kim erta bahordan dalaga chiqib peshona teri to‘ksa, u kuzda mehnatining rohatini ko‘radi—Erta bahordan dalaga chiqib peshona teri to‘kkan kuzda mehnatining rohatini ko‘radi.
B) Oqsoqol qayerda bo‘lsa, o‘sh joyda ish bir tartibda borardi—Oqsoqol bo‘lgan yerda ish bir tartibda borardi.
C) Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring—Siz menga qalbingiz buyurganini buyuring.
D) Kim taqdirga tan bersa, u hayot to‘lqinida g‘arq bo‘lib ketadi—Hayot to‘lqinida g‘arq bo‘lmaslik uchun taqdirga tan berib ketaverma.

  1. Qaysi javobda havola bo‘lakli qo‘shma gaplar berilgan?

1) Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
2) Shunday odamlar borki, suhbatidan olam-olam ma’no topasan.
3) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
4) Shuni bilki, seni vatan kutadi.
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4

  1. Bosh gapga ko‘makchili qurilmalar bilan bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning nimasini izohlaydi?

A) sababini B) maqsadini C) shartini D) paytini

  1. Bosh gapga shart mayli shakli bilan bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning nimasini izohlaydi?

A) maqsadini yoki sababini B) shartini yoki paytini
C) daraja-miqdorini yoki holatini D) o‘rnini yoki paytini

  1. Bosh gapga deb so‘zi bilan bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning nimasini izohlaydi?

A) maqsadini yoki sababini B) shartini yoki paytini
C) daraja-miqdorini yoki holatini D) o‘rnini yoki paytini

  1. Qaysi bog‘lovchi vosita bosh gap tarkibida qo‘llanadi?

A) –sa B) –ki C) chunki D) agar

  1. Qaysi bog‘lovchi vosita ergash gap tarkibida qo‘llanadi?

A) ko‘makchili qurilmalar
B) nisbiy so‘zlar
C) ergashtiruvchi bog‘lovchilar
D) havola bo‘laklar

  1. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini izohlagan ergash gaplar bosh gapga qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishi mumkin?

1) ko‘makchili qurilmalar bilan 2) deb so‘zi bilan
3) ergashtiruvchi bog‘lovchilar bilan 4) shart mayli shakli bilan
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3 D) 1,2,3

  1. Qaysi javobda nisbiy so‘zli kesim ergash gapli qo‘shma gap berilgan?

A) Donolarning o‘giti shundayki, so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.
B) Kim chaqqon harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi.
C) Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi.
D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, qo‘lidan davlati ketmasin uning.

  1. Qaysi javobda nisbiy so‘zli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan?

A) Donolarning o‘giti shundayki, so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.
B) Kim chaqqon harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi.
C) Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi.
D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, qo‘lidan davlati ketmasin uning.

  1. Qaysi javobda sodda gap berilgan?

A) Suv keldi—cho‘llarda hayot boshlandi.
B) Suv keldi va cho‘llarda hayot boshlandi.
C) Suv keldi, shuning uchun cho‘llarda hayot boshlandi.
D) Suv kelganidan so‘ng cho‘llarda hayot boshlandi.

  1. Qanday qo‘shma gap qismlari yozuvda bir-biridan vergul bilan ajratilishi mumkin?

1) bog‘langan qo‘shma gap 2) ergashgan qo‘shma gap
3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
A) 1,3 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 2

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi bosh gapda olmosh bilan ifodalangan aniqlovchining ma’nosini izohlab kelgan?

A) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi.
B) Ahmadjon faqat shuni yaxshi biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutgan.
C) Bunga sabab shuki, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirar edim.
D) Sizni qo‘rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi bosh gapda olmosh bilan ifodalangan kesimning ma’nosini izohlab kelgan?

A) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi.
B) Ahmadjon faqat shuni yaxshi biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutgan.
C) Bunga sabab shuki, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirar edim.
D) Sizni qo‘rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.

  1. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning ergash gapi bosh gapning faqat bitta bo‘lagini izohlab kelgan?

1) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi.
2) Ahmadjon faqat shuni yaxshi biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutgan.
3) Bunga sabab shuki, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirar edim.
4) Sizni qo‘rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
A) 1,2,3,4 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,4

  1. Qaysi javobda hol(payt) ergash gapli qo‘shma gap berilgan?

A) Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi.
B) Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on gapirsa, uning qulog‘i o‘sib ketarmish.
C) Siz uni tartibga chaqirib qo‘ying, bo‘lmasa ustidan arz qilaman.
D) Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondan kafan.

  1. Sen do‘st emassan dedi Iskandar aka do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi.

Mavjud punktuatsion talablarga amal qilinmay yozilgan ushbu gap quyida berilgan qaysi ifodaga mos keladi?
A) M:”K”. B) “K”,-m. C) K: “M”,-m. D) “K,-m,-k”.

  1. Ergash gapning qaysi turi bosh gapning bitta bo‘lagi ma’nosini yoki butun bosh gapning ma’nosini izohlab keladi?

A) ega ergash gap B) kesim ergash gap
C) aniqlovchi ergash gap D) hol ergash gap

  1. Qaysi bog‘lovchi vositalar yordamida ergashgan qo‘shma gapning barcha turini hosil qilish mumkin?

1) ko‘makchili qurilma 2) deb so‘zi 3) –ki yuklamasi
4) nisbiy so‘zlar 5) ergashtiruvchi bog‘lovchi 6) shart mayli shakli
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,5,6 C) 3,4 D) 3,4,5
1. Bajardi, bajarishdi, bajartirdi, bajarildi.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko‘ra B) zamoniga ko‘ra
C) shaxs-soniga ko‘ra D) mayliga ko‘ra
2. Bajardi, bajarmoqda, bajargay.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko‘ra B) zamoniga ko‘ra
C) shaxs-soniga ko‘ra D) mayliga ko‘ra
3. Bajaraman, bajarasan, bajaradi.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko‘ra B) zamoniga ko‘ra
C) shaxs-soniga ko‘ra D) mayliga ko‘ra
4. Bajarmoqchi, bajarsa, bajarsin.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko‘ra B) zamoniga ko‘ra
C) shaxs-soniga ko‘ra D) mayliga ko‘ra
5. Rahimberdi amakim yashaydigan hovlining ko‘chadan kiraverishida kattagina bo‘sh bir o‘tinxona bo‘lardi.
Ushbu gapning necha o‘rnida tovush o‘zgarishlari yuz bergan?
A) 2 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 4 o‘rinda D) 5 o‘rinda
6. Qaysi javobda birgalik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) dardlashdi, bahslashdi B) do‘stlashdi, xayrlashdi
C) qiyinlashdi, qo‘pollashdi D) ishlashdi, kuylashdi
7. Qaysi javobda o‘zlik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) zavqlandi, foydalandi B) ikkilandi, g‘azablandi
C) o‘ylandi, tayyorlandi D) shodlandi, faxrlandi
8. Qaysi gapda birgalikda bajarilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi.
C) Bugun qarmog‘imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
9. Qaysi gapda bajaruvchisi noaniq bo‘lgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi.
C) Bugun qarmog‘imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
10. Qaysi gapda bajaruvchining o‘z ustida amalga oshirilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi.
C) Bugun qarmog‘imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
11. Qaysi gapda bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan bajarilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi.
C) Bugun qarmog‘imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
12. Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, qanday sintaktik vazifalarda qo‘llanishi mumkin?
1) kesim 2) ega 3) aniqlovchi 4) to‘ldiruvchi 5) hol
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4
13. Qaysi gapda fe’lning otga xoslangan shakli qo‘llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, hamma sohadan xabardor bo‘lishi lozim.
B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kin yo‘q joyda chalingan kuyga o‘xshaydi.
C) Malika dunyodan o‘tgach, unga bag‘ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni o‘yla.
14. Qaysi gapda fe’lning ravishga xoslangan shakli qo‘llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, hamma sohadan xabardor bo‘lishi lozim.
B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kin yo‘q joyda chalingan kuyga o‘xshaydi.
C) Malika dunyodan o‘tgach, unga bag‘ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni o‘yla.
15. Qaysi gapda fe’lning sifatga xoslangan shakli qo‘llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, hamma sohadan xabardor bo‘lishi lozim.
B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kin yo‘q joyda chalingan kuyga o‘xshaydi.
C) Malika dunyodan o‘tgach, unga bag‘ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni o‘yla.
16. Qaysi gapda fe’lning boshqa turkumlarga xoslangan shakli qo‘llanmagan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, hamma sohadan xabardor bo‘lishi lozim.
B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kin yo‘q joyda chalingan kuyga o‘xshaydi.
C) Malika dunyodan o‘tgach, unga bag‘ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni o‘yla.
17. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l qo‘llangan?
A) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
D) Ko‘zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
18. Qaysi gapda olmoshdan yasalgan fe’l qo‘llangan?
A) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
D) Ko‘zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
19. Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe’l qo‘llangan?
A) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
D) Ko‘zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
20. Qaysi gapda taqlid so‘zdan yasalgan fe’l qo‘llangan?
A) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
D) Ko‘zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
21. Qaysi so‘zdan uch qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin?
A) kuch B) past C) zo‘r D) qora
22. Ravishdoshning –a(-y) shakliga qo‘shiluvchi boshlamoq ko‘makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
23. Ravishdoshning –a(-y) shakliga qo‘shiluvchi olmoq ko‘makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
24. Ravishdoshning –ib(-b) shakliga qo‘shiluvchi chiqmoq ko‘makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
25. Ravishdoshning –ib(-b) shakliga qo‘shiluvchi ko‘rmoq ko‘makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
26. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtda tinglovchi tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko‘ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og‘zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
27. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin o‘zga tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko‘ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og‘zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
28. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan keyin so‘zlovchi tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko‘ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og‘zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
29. Qaysi gapda harakat-holatning har uch zamonga oidligi ma’nosi ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko‘ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og‘zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
30. Qaysi gapda harakat-holatning bajarilishi haqidagi xabar ma’nosi ifodalangan?
A) Nugoraning qop-qora ko‘zlari doimo chaqnab turadi.
B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko‘rib qo‘ysin.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do‘sti dushmanim, do‘stimning do‘sti do‘stimdir.
31. Qaysi gapda boshqa harakat-holatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakat-holat ma’nosi ifodalangan?
A) Nugoraning qop-qora ko‘zlari doimo chaqnab turadi.
B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko‘rib qo‘ysin.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do‘sti dushmanim, do‘stimning do‘sti do‘stimdir.
32. Qaysi gapda harakat-holatni bajarishga undash ma’nosi ifodalangan?
A) Nugoraning qop-qora ko‘zlari doimo chaqnab turadi.
B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko‘rib qo‘ysin.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do‘sti dushmanim, do‘stimning do‘sti do‘stimdir.
33. Qaysi fe’ldan harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin so‘zlovchi tomonidan boshqa shaxs vositasida amalga oshirilganligi ma’nosi ifodalangan?
A) bajartirdim B) aytmadingiz C) tushunishyapti D) o‘qitmoqdasiz
34. Qaysi fe’ldan harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtda o‘zgalar tomonidan birgalikda amalga oshirilgani ma’nosi ifodalangan?
A) bajartirdim B) aytmadingiz C) tushunishyapti D) o‘qitmoqdasiz
35. Qaysi javobda qismlari turli turkumga mansub so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma fe’llar berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko‘rmoq D) qo‘rqib qochmoq, o‘qib yodlamoq
36. Qaysi javobda qismlari bir turkumga mansub so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma fe’llar berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko‘rmoq D) qo‘rqib qochmoq, o‘qib yodlamoq
37. Qaysi javobda qismlaridan biri atash ma’nosiga ega bo‘lmagan til birliklari berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko‘rmoq D) qo‘rqib qochmoq, o‘qib yodlamoq
38. Qaysi javobda qismlari alohida so‘roqqa javob bo‘ladigan va alohida sintaktik vazifa bajaradigan til birliklari berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko‘rmoq D) qo‘rqib qochmoq, o‘qib yodlamoq
39. Qaysi javobda predmetning belgisini ifodalaydigan so‘zlar berilgan?
A) chuchuk, xushbo‘y, qora B) sekin, biroz, atay
C) temir, yog‘och, oltin D) tushun, quvon, berkin
40. Qaysi javobda harakatning belgisini ifodalaydigan so‘zlar berilgan?
A) chuchuk, xushbo‘y, qora B) sekin, biroz, atay
C) temir, yog‘och, oltin D) tushun, quvon, berkin
41. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’l berilgan?
A) kiyindi B) qo‘rqitdi C) kulishdi D) yozishdi
42. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’l berilgan?
A) kiyindi B) qo‘rqitdi C) kulishdi D) yozishdi
43. Qaysi javobda bo‘lishsizlik shakli vositasida bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo‘ymadi B) bajarmay qo‘ydi
C) bajarib qo‘ymadi D) bajarib qo‘ydi
44. Qaysi javobda bir martalik bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo‘ymadi B) bajarmay qo‘ydi
C) bajarib qo‘ymadi D) bajarib qo‘ydi
45. Berilganlarning nechtasi sodda yasama fe’l sanaladi?
taramoq, atamoq, sanamoq, yashamoq, qiynamoq, o‘ynamoq, o‘rnatmoq, pasaymoq, susaymoq, ulg‘aymoq, sarg‘aymoq, yig‘lamoq, anglamoq, egallamoq, qizarmoq, yugurmoq, yasharmoq, tunamoq, tupurmoq, shovullamoq, ma’ramoq, o‘zgarmoq, mo‘ltiramoq, bo‘shamoq, keksaymoq, changimoq
A) 18 ta B) 20 ta C) 22 ta D) 24 ta
46. Qaysi javobda fe’l yasovchi qo‘shimchalar berilmagan?
A) –la, -ik, -ka B) –dir, -in, -sh C) –r, -iq, -y D) –ar, -ir, -sa
47. Qaysi javobda to‘liqsiz fe’llar berilgan?
A) edi, ekan, emish B) bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq
C) qilmoq, etmoq, aylamoq D) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
48. Qaysi javobda fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, qo‘shma fe’l hosil qiluvchi so‘zlar berilgan?
A) edi, ekan, emish B) bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq
C) qilmoq, etmoq, aylamoq D) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
49. Qaysi javobda davomli bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo‘ymadi B) bajarmay qo‘ydi
C) bajarib qo‘ymadi D) bajarib qo‘ydi
50. Qaysi javobda harakat nomi shakli berilmagan?
A) –sh(-ish) B) –moq(-mak) C) –v(-uv) D) –vchi(-uvchi)
51. Tushum kelishigi shaklidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar qanday nomalandi?
A) o‘timli fe’llar B) o‘timsiz fe’llar C) holat fe’llari D) harakat fe’llari
52. Fe’llarning munosabat shakllari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
1) zamon shakllari 2) nisbat shakllari 3) shaxs-son shakllari
4) mayl shakllari 5) tasdiq-inkor shakllari
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,3
53. O‘tgan zamonning qaysi shakli so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan, guvohi bo‘lgan harakat-holatni bildiradi?
A) –gan B) –ib C) –di D) –b
54. Hozirgi zamon shakllaridan qaysi birining talaffuz va imlosi farqlanadi?
A) -moqda B) –yap C) –yotir(-ayotir) D) –yotib (-ayotib)
55. Kelasi zamon shakllaridan qaysi biri publisistik uslubga xos bo‘lib, tantanavorlik va ko‘tarinkilik xususiyatiga ega?
A) –gay B) –ur C) –ajak D) –ar
56. Qaysi javobda berilgan fe’llar bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishiga ko‘ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
57. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat holatning nutq momentiga munosabatiga ko‘ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
58. Fe’llarning bo‘lishsizlik shakli quyidagi qaysi vositalar yordamida ifoda etiladi?
1) –ma 2) emas 3) yo‘q 4) …na…na
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3
59. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan?
A) aygach, ayguncha, aytib
B) aytmoq, aytish, aytuv
C) aytgan, aytayotgan, aytar
D) aytdi, aytishdi, ayttirdi
60. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi?
A) harakat-holatning bir martalik inkori
B) harakat-holatning davomli inkori
C) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi
D) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi
61. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi?
A) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
B) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq
C) olmoq, bilmoq, boshlamoq
D) yotmoq, turmoq, yurmoq
62. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi?
A) –sin, -t, -qir
B) –la, -lash, -sa
C) –a, -ay, -ar
D) –y, -it, -iq
63. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
64. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang.
A) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0
B) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di
C) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti
D) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0
65. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi?
A) –a(-y), -ar(-r) B) –gan, -b(-ib) C) –ayotir, ayotib D) –gay, -yap
66. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi?
A) –di B) –gan C) –b(-ib) D) –di, -b(-ib)
67. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan?
A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi
B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi
C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi
D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi
68. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan?
A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi
B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi
C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi
D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi
69. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi?
A) o‘zlik va majhul nisbat B) orttirma va majhul nisbat C) birgalik va orttirma nisbat D) birgalik va o‘zlik nisbat
70. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…?
A) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi
B) III shaxs xabar maylini ifodalaydi
C) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi
D) II shaxs xabar maylini ifodalaydi
71. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan?
A) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.
B) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil.
D) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!
72. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi?
A) ko‘rsatilgan B) o‘zgartirilgan
C) qayg‘uradigan D) qisqarayotgan
73. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan?
A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
B) Norning nordon anori narida.
C) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi
74. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan?
A) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?
B) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening?
D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
75. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan?
A) -sin, -sin, -ay B) -man, -san, -miz, -siz
C) -tir, -il, -ish D) -moqda, -yap, -ayotir
76. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan?
A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi.
B) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi.
C) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi.
D) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi.
77. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
B) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi.
C) Xat Sharifa tomonidan yozildi.
D) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi.
78 . Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan?
A) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi.
B) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma.
C) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina.
D) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi.
79. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin?
A) o‘zlik B) orttirma C) majhul D) birgalik
80. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan?
A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq
B) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq
C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq
D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq
81. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi?
1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach
A) 1, 2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4
82. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping.
A) –ir, -iz, -ar, -it B) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz
C) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az D) –ar, -ay, -ik, -iq
83. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan?
A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq
B) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq
C) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq
D) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq
84. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi?
1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4
85. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan?
A) kelsam B) kelmagan C) kelishdi D) kelmoq
86. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas.
B) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti.
C) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz.
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.
87. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan?
A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir.
B) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi.
C) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
88. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan?
A) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi.
B) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman.
C) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
D) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim.
89. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi?
A) o‘tgan zamonga nisbatan B) kelasi zamonga nisbatan
C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) hozirgi zamonga nisbatan
90. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi?
1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 4,5 D) 3,4,5
91. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?
A) chiqmoq B) olmoq C) yurmoq D) qo‘ymoq
92. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi?
A) –a, -la, -ay B) –illa, -lash, -sira C) –i, -ira, -iq D) –sa, -ar, -ir
93. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan?
A) na o‘qidi, na yozdi B) yozmay qo‘ymadi
C) yozib qo‘ymadi D) yomay qo‘ydi
94. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan?
A) qotib qoldi B) yonib turibdi C) kirib chiqdi D) shoshilib kirdi
95. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan?
A) kelib ketdi B) ketib qoldi C) yig‘lab gapirdi D) so‘ray ko‘rma
96. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi?
A) bermoq B) boshlamoq C) olmoq D) chiqmoq
97. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin?
A) zavq B) yalt C) ayb D) suv
98. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi?
A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l
99. Orttirma nisbatning qaysi shakli unli bilan yoki jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi?
A) –gaz B) –dir C) –iz D) –sat
100. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
1) ayir va qayir fe’llariga –il nisbat qo‘shimchasi qo‘shilsa, tovush tushishi sodir bo‘ladi;
2) ye va de fe’llariga –ish yoki –il qo‘shimchasi qo‘shilsa, tovush ortishi sodir bo‘ladi;
3) harakat nomi –v shakli a yoki i unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa, tovush almashishi sodir bo‘ladi;
4) ol, ber kabi ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo‘shilsa, tovush tushishi va almashishi sodir bo‘ladi;
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2

Download 83,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish