Olmoshlar qanday til birlik(lar)i o‘rnida almashinib qo‘llanadi, ularga ishora qiladi?



Download 83,69 Kb.
bet2/3
Sana19.08.2022
Hajmi83,69 Kb.
#847313
1   2   3
Bog'liq
Attestatsiya uzb javobsiz (1)

Qur-ey! Qur-ey! Keyin jimgina quloq soldi, ammo “ba-a-a” degan ovoz yo‘q.

Gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday so‘z sanaladi?
A) taqlid so‘z B) undov so‘z C) modal so‘z D) yuklama

  1. Iliq bahor kunlarida shimol tomonga uchayotgan turnalarning “qurey-qurey”i uning yuragida mudrab yotgan allaqanday hislarni uyg‘otib yubordi.

Gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday so‘z?
A) taqlid so‘z B) undov so‘z C) modal so‘z D) olmosh

  1. Zora, shoyad kabi so‘zlar qanday modal ma’no ifodalaydi?

A) quvonch B) ishonch C) istak D) gumon

  1. Qanday fe’llar holat fe’llari sanaladi?

1) shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida yuz bergan harakatni ifodalovchi fe’llar;
2) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar;
3) narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’llar.
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3

  1. O‘timli fe’llar berilgan javobni toping.

A) o‘qimoq, yozmoq C) kulmoq, yig‘lamoq
C) yurmoq, yugurmoq D) o‘tirmoq, turmoq

  1. Bajaruvchining o‘z ustida amalga oshadigan harakat-holatini ifodalaydigan fe’l nisbati qanday ataladi?

A) aniq nisbat B) birgalik nisbat C) majhul nisbat D) o‘zlik nisbat

  1. Qaysi fe’l fe’lning barcha nisbat shakllarida ham qo‘llana oladi?

A) o‘qimoq B) yodlamoq C) so‘ramoq D) kiymoq

  1. Har ikki qismi ot turkumiga mansub so‘zlar bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi berilgan javobni aniqlang.

A) nordon anor B) tilla soat C) quyosh nuri D) kimyoviy jarayon

  1. –zor, -loq, -goh kabilar qanday qo‘shimchalar sanaladi?

A) shaxs oti yasovchi B) narsa oti yasovchi
C) o‘rin-joy oti yasovchi D) faoliyat-jarayon oti yasovchi

  1. Qaysi javobda ot, sifat, fe’l yasovchi shakldosh(omonim) qo‘shimchalar qayd etilgan?

A) –ik, -iq, -a B) –ma, -qi, -la C) –ay, -oq, -cha D) –ar, -gi, -k

  1. Qaysi javobda ot va sifat yasovchi shakldosh(omonim) qo‘shimchalar juftligi berilmagan?

A) aravakash—mehnatkash B) qalamdon—qadrdon
C) ekin—erkin D) ko‘rik—chirik

  1. Sodda tub otlarni toping.

A) qirqim, o‘rim B) chopiq, tortiq C) yutuq, buyruq D) beshik, o‘rik

  1. Qaysi gapda fe’lning otga xoslangan shakli qo‘llangan?

A) Chiroyli yozishni o‘rgan.
B) Bolalar qorbo‘ron o‘ynashmoqda.
C) Shu payt boshimiz ustida chaqmoq chaqdi.
D) Singilcham quymoqni juda yaxshi ko‘radi.

  1. Qaysi javobda ravishdosh shakllari berilmagan?

A) –ib(-b), -a(-y) B) –gach, -guncha C) –gan, -ar D) –gani, -gancha

  1. Ko‘makchi fe’llar haqida aytilgan qaysi hukm to‘g‘ri emas?

A) Ravishdoshning –ib(-b), -a(-y) shakllari bilan qo‘llanadi.
B) Yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini ifodalaydi.
C) Ko‘makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan qo‘llanadi.
D) Ko‘makchi fe’llar atash(lug‘aviy) ma’noga ega bo‘ladi.

  1. Qaysi gapda olmoq fe’li qo‘shma fe’l tarkibida qo‘llangan?

A) Ma’ruf toshni o‘n marta ko‘tara oldi.
B) Kasalligi tufayli o‘n yildan beri ukol olib kelmoqda.
C) Kecha Sharifadan xat oldik.
D) Shoikrom ukasidan xabar oldi.

  1. Qaysi gapda asosida fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan yasama fe’l(lar) qo‘llangan?

A) Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi.
B) Ichkarida chaqaloq yig‘ladi, beshikning g‘ichirlagani ishitildi.
C) Yuragim hayajondan gupullab ura boshladi.
D) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga soladi.

  1. Qaysi javobda fe’llarning munosabat shakllari ko‘rsatilmagan?

A) –di, -man, -sa B) –gan, -siz, -gin C) –gay, -ti, -ay D) –in, -ma, -dir

  1. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan payt(nutq momenti)dan so‘ng yuz berishi ifodalangan?

A) Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan.
B) Har holda menga o‘xshagan o‘yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi.
C) Yomg‘ir tobora kuchaymoqda.
D) Oy botib, yulduzlar kirin-ketin so‘nib boryapti.

  1. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari bu…

A) vazifa shakllari B) munosabat shakllari
C) nisbat shakllari D) bo‘lishsizlik shakllari

  1. Qaysi grammatik shakllardan keyin bir xil shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shiladi?

A) –sa, -di B) –yap, -gu C) –ar, -ib D) –di, -a

  1. Qaysi nisbat qo‘shimchalari bir fe’lga birin-ketin bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin?

A) o‘zlik nisbat B) majhul nisbat
C) birgalik nisbat D) orttirma nisbat

  1. Quyida berilgan yasama fe’llarning nechtasi tarkibida tovush o‘zgarishi sodir bo‘lgan?

qona,ata, sana, yasha, qiyna, o‘yna, o‘rna, kengay, pasay, susay, ulg‘ay, sarg‘ay, gulla, yig‘la, angla, egalla, yashar, ko‘kar, oqar, qizar, uvullla, akilla, likilla, shovulla
A) 19 ta B) 17 ta C) 15 ta D) 13 ta

  1. Qaysi gapda mavzu ma’nosini ifodalagan vazifadosh ko‘makchi qo‘llangan?

A) Gap futbol o‘yini ustida ketardi.
B) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi.
C) Akam dala tomon ketdi.
D) Jamshid ota haqida she’r aytib, hammamizni yig‘latdi.

  1. Bog‘lovchilar qaysi tasnifga binoan teng va tobe bog‘lovchilarga bo‘linadi?

A) tuzilishiga ko‘ra B) qo‘llanishiga ko‘ra
C) vazifasida ko‘ra D) ma’nosiga ko‘ra

  1. Bir turdagi shaxs va narsalarning umumiy otini yoki ulardan birining nomini ifodalashiga ko‘ra otlar qanday turlarga bo‘linadi?

A) atoqli va turdosh otlar B) aniq va mavhum otlar
C) sanaladigan va sanalmaydigan otlar D) yakka va to‘da otlar

  1. Qaysi qatorda bosh harflar imlosi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?

A) Samarqand chinni zavodi
B) Buxoro viloyati hokimligi
C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
D) Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi

  1. Qaysi javobda qismlari turli turkumga mansub so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma otlar berilgan?

A) qo‘lqop, belbog‘, tilxat
B) boychechak, ko‘rsichqon, oqsoqol
C) shakarqamish, oybolta, temiryo‘l
D) toshbaqa, asalchoy, tuyaqush

  1. Qaysi javobda tarkibi asos+ot yasovchi+ot yasovchi shaklida bo‘lgan yasama ot berilgan?

A) temirchilik B) terimchilik C) dehqonchilik D) suvoqchilik

  1. Qismlaridan biri mustaqil holda qo‘llanmaydigan juft otni aniqlang.

A) kiyim-kechak B) chang-to‘zon C) o‘yin-kulgi D) ashqol-dashqol

  1. Qanday yordamchi so‘zlar kelishik qo‘shimchalari bilan bir xil grammatik vazifa bajaradi?

A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) ko‘makchi va yuklama


  1. So‘zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limini aniqlang.

A) morfemika B) morfologiya
C) sintaksis D) frazeologiya

  1. Odobli va adolatli insonning qalami baxt-saodat uchun xizmat qiladi, odamlarni yaqinlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi.

Berilgan gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Tepada cho‘ziq oshqovoqlar quyoshning so‘nggi shu’lalari bilan oltinlanar edi.

Gapdagi sodda yasama so‘zlarning asosi qaysi turkumlarga mansub?
A) ot, sifat, fe’l B) ot, ravish, fe’l
C) sifat, ot, ravish D) fe’l, ravish, sifat

  1. Qaysi javobda tarkibida fonetik o‘zgarish bo‘lgan sodda yasama so‘z qo‘llangan?

A) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
B) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi.
C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D) Dalada mashinalar ko‘paymoqda.

  1. Hindubek turkiy va forsiy tillarni mukammal o‘rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi ekani uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi.

Gapda qo‘llangan yasama so‘zlar miqdorini toping.
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

  1. So‘z tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limini aniqlang.

A) fonetika B) morfemika C) grafika D) leksika

  1. Asos haqida aytilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?

A) So‘zning eng kichik ma’noli qismi asos deyiladi.
B) Asos so‘zning asosiy ma’nosini ifodalaydi.
C) Asos mustaqil holda qo‘llana oladi.
D) Asos so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan sayin kengayib boradi.

  1. Qaysi fikr barcha qo‘shimchalar haqida bildirilgan hukm sanaladi?

A) so‘zga yangi ma’no yuklaydi.
B) so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklaydi.
C) mustaqil holda qo‘llana olmaydi.
D) so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi.

  1. Qaysi javobda qo‘shimchalarning qo‘llanish o‘rniga ko‘ra ikki turi qo‘llangan?

A) sergaplik, noqonuniy
B) dehqonchilik, temirchilik
C) kitobxonlar, iliqroq
D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor

  1. Qaysi javobda qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra ikki turi qo‘llangan?

A) sergaplik, noqonuniy
B) dehqonchilik, temirchilik
C) kitobxonlar, iliqroq
D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor

  1. Qaysi javobda qo‘shimchalarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qo‘llangan?

A) sergaplik, noqonuniy
B) dehqonchilik, temirchilik
C) kitobxonlar, iliqroq
D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor

  1. Qaysi javobda qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra ikki turi qo‘llangan?

A) sergaplik, noqonuniy
B) dehqonchilik, temirchilik
C) kitobxonlar, iliqroq
D) aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor

  1. Qaysi javobda so‘z yasovchi qo‘shimchalar ko‘rsatilgan?

A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir
C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay

  1. Qaysi javobda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ko‘rsatilgan?

A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir
C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay

  1. Qaysi javobda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar ko‘rsatilgan?

A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir
C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay

  1. Qaysi javobda so‘z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo‘shimchalar ko‘rsatilgan?

A) –dosh, -ona, -lan B) –ala, -qiz, -mtir
C) –yap, -sin, -dan D) –cha, -lab, -ay

  1. Ayirmoq va qayirmoq fe’llariga qanday qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush tushishi sodir bo‘ladi?

A) zamon qo‘shimchasi
B) nisbat qo‘shimchasi
C) mayl qo‘shimchasi
D) shaxs-son qo‘shimchasi

  1. Fe’llarning munosabat shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) zamon qo‘shimchalari
2) shaxs-son qo‘shimchalari
3) nisbat qo‘shimchalari
4) mayl qo‘shimchalari
5) bo‘lishsizlik qo‘shimchalari
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5

  1. Ismlarning munosabat shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) egalik qo‘shimchalari
2) kelishik qo‘shimchalari
3) erkalash qo‘shimchalari
4) kichraytirish qo‘shimchalari
5) bog‘lamalar
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,5 D) 2,3,5

  1. Nimani eksang, shuni o‘rasan.

Ushbu maqolda qo‘llangan sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

  1. To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni o‘yla.

Ushbu maqolda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

  1. Lipillab yonayotgan shamning qizg‘ish shu’lasida Olimxonning iztirob qalqigan kulcha yuzi qorayib ko‘rinmoqda edi.

Ushbu gapda qo‘llangan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

  1. Qaysi qo‘shimchalar uch xil talaffuz qilinadi va uch xil yoziladi?

A) –gina, -gan B) –day, choq
C) –boz, -bon D) –illa, -indi

  1. Qaysi javobda ma’nodosh qo‘shimchalar berilmagan?

A) –chi/-shunos B) –li/-kor
C) –ona/-larcha D) –kor/-dosh

  1. Qaysi javobda zid ma’noli qo‘shimchalar berilmagan?

A) –li/-siz B) ser-/-mand C) bo-/be- D) no-/-li

  1. Qaysi javobda shakldosh qo‘shimchalar berilmagan?

A) –in, -oq, -ma B) –ay, -ar, -sa
C) –gan, -ta, -jon D) –im, -dir, -ar

  1. Quyidagi hukmlarning nechtasi to‘g‘ri?

1) So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi;
2) Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi;
3) Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi;
4) So‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi;
5) So‘z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi;
6) Lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh bo‘la oladi.
A) oltitasi B) beshtasi C) to‘rttasi D) uchtasi

  1. Ma’lumki, odatdagi tartib bo‘yicha so‘zning ma’noli qismlari asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi shaklida o‘rinlashadi. Qaysi javobda morfemalari ushbu tartib asosida joylashgan so‘z berilgan?

A)isitkichlarni B) anglamadi
C) hamkasblarimga D) isitmalamoq

  1. Qaysi javobda asosdosh so‘zlar berilgan?

A) bordi, borsa, boray B) gulning, guldir, gulim
C) sarg‘ish, sarg‘imtir, sariqroq D) suvsa, suvchi, sersuv

  1. Qaysi javobda tub so‘z berilgan?

A) ko‘chki B) turtki C) tulki D) tepki

  1. Qaysi javobda yasama so‘z berilgan?

A) siyosiy B) axloqiy C) ijtimoiy D) madaniy

  1. Oyimga
    Download 83,69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish