6-mavzu: Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Reja:
Matn va uning turlari
Mikro matn va makro matn
Ilmiy va ilmiy ommabop matnlar
Tayanch soz va iboralar: matn, mikro va makro matn, ilmiy-ommabop matn, matn tuzilishi, matn elementlari, tema-rema
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ozbek tilining izohli lugatida matn sozining arabchadan ozlashganligi, eskirgan kitobiy soz ekanligi va aynan tekst sozi anglatgan manoga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lugatning 156-betida tekst soziga quyidagicha tarif beriladi: [rlat] 1.Yozilgan, kochirilgan Yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar Yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2.Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bolgan Sher, soz. 3.Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu tarifda matnning asosiy xususiyatlari togri korsatilgan. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalari- ning taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) sozi anglatadigan mano yanada ortganligini korishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham istemolda faollashdi.
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni soz birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham oz kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bagishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: Matn sozining lugaviy manosida birikish, boglanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi ozaro qaysidir boglovchilar yordamida birikishini organish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bolib qoldi. Matn birliklarining ozaro boglanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha korinishi, olmosh turkumiga oid bazi sozlar, gapning soroq shakliga xos bolgan korinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida orin tutadi. Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini takidlaydi. Nutq ogzaki va yozma shakllarda namoyon boladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq subyektdan adresatga yonaltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat obektiv informatsiyadan iborat bolmay, balki oziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material korinishidir». Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi» deydi. Ilmiy adabiyotlarda kontekst atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb korsatiladi. «Kontekst bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida ifodalangan mano yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida boyicha bu soz birikmasi, bazan gap, kamdan-kam abzats yoki yaxlit matnga teng keladi». Masalan, tuyoq sozi hayvonga aloqador azo hisoblanadi: Loyi kopirib yotgan yolda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bolgan chuqurchalarni limmo-lim toldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoni-veridan sirqib yotardi (P.Tursun). Mazkur soz insonga nisbatan qollanilganda salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: Obroying borida tuyogingni shiqillatib qol. Kontekst sozlarning semantik manosi reallashadigan oziga xos maydon, nutqiy vaziyat hisoblanadi. Bu orinda S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib otish orinli: «Borliqning mavjud dalillari lugatlarda berilganidek alohida sozlarda emas, balki nutqiy aloqalarda, tugal xabarlarda, matnlarda, ularning minimal bolagi bolgan gaplarda aks etadi... Sozlar va ular manolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali boglangan, gapdan tashqarida ular faqat potensial birlikdir, xolos. Ularni mexanizmning detallariga qiyoslash mumkin, ularning vazifasi faqatgina butun bir mexanizm bilan aloqada tushuniladi».
Tilshunos E.Qilichev «Matnning lingvistik tahlili» deb nomlangan kitobida «Matn hamma elementlari ozaro zich aloqada bolgan va avtor nuqtai nazaridan malum bir maqsadga yonaltirilgan nominativ estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma» degan tarifni keltiradi. I.R.Galperin matnning malumot berish, bolinuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida malumot beradi. Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bolgan, tugallangan, Yozma shaklda mavjud bolgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan boglangan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Tilshunos I.Rasulovning fikricha, gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bolib, u fikran va sintaktik jihatdan ozaro bogliq bolgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha toliq boladi. Hozirgi davrda matn turlari va ularga xos bolgan belgi-xususiyatlarni aniqlash davom etmoqda. Biz matnning oziga xos belgilari sifatida axborot berish, mustaqil gaplar yoki murakkab sintaktik butunlikdan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida mazmuniy va sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamon izchilligi, yaxlitligi va tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz. Matn ana shunday belgilarni ozida mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ - sintaktik butunlikdir. YU. M. Lotman «matn ifodalilik (malum bir fikr ifodalangan bolishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi meyoriylikning bolishi) va struktural butunlik belgilariga ega bolishi lozim»ligini takidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn uslubiy mohiyatiga kora ilmiy matn (tezis, maqola, maruza, annotatsiya, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn (malumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari ) kabi tarmoqlarga bolinadi. Biz ushbu qollanmada faqatgina badiiy matn haqida fikr yuritamiz.
Matn tiplari
Matn hajm va mazmun belgisiga kora ikkiga bolinadi: 1.Hajm belgisiga kora matn tiplari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga kora matn tiplari.
Hajm belgisiga kora matn tiplari. Matn gapdan kora yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq korinishidir. Matnni hajm belgisiga kora ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). SHuni ham aytib otish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, orta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, malumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan elon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. Orta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, Sher, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.» Lekin bu tarzdagi bolinish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Gorogli» kabi gozal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli Sherlarni ham orta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida organishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq boladi deb hisoblaymiz.
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bagishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, sher va sheriy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi boglamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan:
Talantsiz yozuvchi tovuqqa oxshaydi. Yongoqdek tuxum tugadi-da, qaqoglab olamni buzadi!(O.Hoshimov)
Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo boptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli qolipini yaratgan bolardi. Sevgi hech qanday qolipga sigmagani uchun ham sirli va abadiydir (O.Hoshimov).
Mikromatn deb atash mumkin bolgan ikkita parchani keltirdik. Tarkiblanish jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni birlashtirishga xizmat qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan bogliq sozlarga yuklatilgan (tovuq-tuxum-qaqoglamoq). Istedodsiz yozuvchi birinchi gapda tovuqqa oxshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu oxshatishni tolaroq izohlash yoki sababini korsatish uchun keltirilgan. Yani, istedodsiz yozuvchi tovuqqa oxshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif munosabati ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini taminlashda tovuq-tuxum-qaqoglamoq sozlari mazmuniy oq vazifasini bajarmoqda. Keyingi kichik hajmli matnni oladigan bolsak, ushbu matnning ichki mazmuni savol shaklidagi sarlavha orqali oshkor qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil topgan. Butunlikni taminlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo boglovchisi, agar boglovchisi va matnning mazmuniy oqini tashkil qiluvchi sevgi sozi kiradi. Demak, masala savol shaklida qoyilyapti va unga matn orqali javob berilyapti. Yani, Sevgi nima? Sevgi - sirli va abadiy tushuncha.
Otkir Hoshimovning Daftar hoshiyasidagi bitiklar turkumiga kiritilgan Sadoqat deb nomlanuvchi lavhada boshqacharoq holatni korishimiz mumkin.
Qadim zamonda bir yurt bor ekan. Xalqi mehnatkash, podshosi odil, hayoti tinch, turmushi farovon ekan. Boshqa bir mamlakatning shohi gayrligi kelib, osha yurtni bosib olmoqchi bopti. Biroq dafatan hujum qilishga jurat etolmay, osha yurtga oz xufiyasini yuboribdi. «Qanday qilib bolmasin, podshoning ishonchiga kirasan, yurtning sir-asrorini bilib kelasan» debdi.
Xufiya osha yurtga boribdi. Vaqti kelib, chindan ham podshoning ishonchiga kiribdi, mulozimlaridan biriga aylanibdi. Song, oz mamlakatiga qaytib borib, shohiga «Bu yurtni olib bolmaydi!» debdi. «Nima, qalasi mustahkammi?»-deb sorabdi shoh. «Gap qalada emas»,-debdi xufiya. «Bolmasa gap nimada ozi?»-debdi shoh dargazab bolib. Shunda xufiya ozi guvoh bolgan bir voqeani aytib beribdi:
-Bir kuni osha podsho shikorga chiqdi. Yonida qirq nafar yigiti ham bor edi. Men ham ularga qoshildim. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qoydi. Hammamiz unga ergashdik. Kiyik choqqiga qarab yugurdi. Podsho ham uning ortidan ot surib ketaveradi. Bir mahal kiyik choqqi tepasiga etganda tubsiz dara ustidan sakradi-da, narigi choqqiga otib kozdan goyib boldi. Podsho noiloj jilov tortib, ortidan tushdi. Terlab ketgan edi. Yonidan romolcha chiqarib, peshonasini artmoqchi bolgan edi, nogahon shamol kelib, romolchani daraga uchirib ketdi. Shunda qirq yigitning hammasi ozini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi parcha-parcha bolib ketdi. Qanchasi mayib-majruh boldi. Omon qolgan bir yigit romolchani olib chiqib, podshoga topshirdi.
U yurtda bunaqa yigitlar kop. Bunaqa yurtni engib bolmaydi
Mazkur matn sadoqat haqida, Vatanga, yurtga vafodorlik haqida. Biz matnning nima haqda ekanligini dastlab sarlavhadan bilib olamiz. Bu soz matn ichida boshqa qaytarilmaydi, lekin sarlavha sifatida kelgan shu soz matnning ham motivatsion yaxlitligini ham kompozitsion butunligini taminlashga xizmat qilyapti. SHunga kora Yozuvchi mazmuniy oqni nom darajasiga kotarish orqali maqsadiga tola erishgan deyishimiz mumkin. SHuni aytib otish kerakki, hamma nomlar ham bunday vazifani bajaravermaydi.
Mutaxassislar bazan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Masalan: Bahor Bu jumlada «tabiatning jonlanishi», «hammayoqning kom-kok tusga kirishi», «atrof-muhitning gozal tusga burkanishi» kabi yashirin mazmun mavjuddir. Lekin bu tipdagi korinishlarni tom manoda matn deb atash mumkin emas. Chunki matn struktural jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlik. Demak, gaplardan tashkil topadi. YAshirin mazmun sifatida havola qilinayotgan manolar sozning mano strukturasi bilan bogliq. Mazkur gap ozidan keyin keladigan izohlovchi Yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn deyish togri boladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqaradigan bolsak, istalgan sozni matn deyishimiz mumkin boladi. Masalan, ona degan sozni oladigan bolsak, bu sozning ham moddiylashmagan yashirin manolari mavjud va ular mazkur sozni talaffuz qilishimiz bilanoq, koz oldimizda u Yoki bu tarzda namoyon boladi.
Maksimal matn deyilganda keng kolamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob(qism Yoki fasl)larga togri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, sozboshi (muqaddima), songsoz (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va goyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qoshimcha izoh, sharh bolib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan boladi. Masalan, F.M.Dostoevskiyning jahon adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bolimni oz ichiga olgan. Qism va bolimlarga alohida nom berilmagan. Romanning umumiy hajmi 21 bosma taboq. Yoki, Pirimqul Qodirovning «Humoyun va Akbar» tarixiy romanini kozdan kechiradigan bolsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10 tadan bolimlarga bolinadi va har bir bolim voqea bolib otayotgan joy hamda gap kim Yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan: 1.Agra. Hamida bonu arosatda 2.Ganga. Korgilik. v.h.). Romanning umumiy hajmi 30 bosma taboq.
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sxema asosida yanada yaqqolroq korishimiz mumkin:
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bolib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bolgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bolgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni boglovchi vositalar (boglovchi vositalar abzatsni ozidan oldingi abzatsga boglaydi, shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga boglaydi), xabarning toldirilishi (dastlabki xabar toldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni oz ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qollanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar ozaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga kora quyidagi korinishlari mavjudligi sanab otiladi: 1) Sodda gapdan iborat bolgan abzatslar; 2) Qoshma gapdan iborat boladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bolgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bolgan abzatslar; 5) Kochirma-ozga gapli abzatslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema asos bolgan narsa) deb gapning aktual bolinishida sozlovchi va tinglovchi (oquvchi) uchun malum (tanish) bolgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga otish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire malumot, sharh) esa temadan keyin kelib sozlovchi tinglovchiga (oquvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bolgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi malumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi Tolagan edi.
Lekin har doim ham ega sostavi tema bolavermaydi. Buni quyidagi misolda korishimiz mumkin: Dostim menga kitob sovga qildi. Bu gapda tema toldiruvchi vazifasidagi soz bilan ifodalangan. Rema esa ega va kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. Yuqorida tema - rematik munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini takidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon boladi, degan tabiiy savol tugiladi. Buni quyidagi gaplar misolida korib chiqamiz. Dostim menga kitob sovga qildi.(1). Kitob samimiy va begubor muhabbat haqida edi.(2). Muhabbat hech kimni befarq qoldirmaydigan tuygu.(3). Birinchi gapda qoshnimga sozi tema qolganlari rema ekanligini korib chiqdik. Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik xususiyatini yoqotib, tema maqomiga otadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon roy beradi. Bunday boglanish tarzini izchil tema-rematik boglanish deb ataymiz. Buni quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin:
Tema1 Rema1
Tema2 Rema2
Tema3 Rema3 va hokazo.
Bazan tema ozgarmas boladi. Dastlabki tema bilan aloqador yangi xabarlar, malumotlar keyingi gaplarda berib boriladi. Masalan: Ahmad darsga kelmadi(1). SHanbalikda ham qatnashmadi(2). Bayram tantanasida ham teatrda ham korinmadi(3). Bunday boglanishni ozgarmas temali boglanish deb ataymiz. Chizmada quyidagicha ifodalash mumkin:
Tema1 Rema1
Rema2
Rema3
Bazan datlabki gapdagi temani keyingi gaplardagi temalar oziga aloqador remalar bilan birga toldirib keladi. Bunda dastlabki tema gipertemaga aylanadi. Masalan: Bu xotin butun kecha boyi juda tinch va xotirjam uxlaganga oxshaydi. Bir oyogi tizdan quyisi bukilib, sorichadan pastga osilibdi, bir oyogi unisini quvlab borib sorichaning qirgogida uxlab qolibdi. Uzun koylagi butun badanini kam-kostsiz yopib turadi. Faqat bir engi tirsakkacha shimarilib qolgan. Oppoq qollari va bilaklari oz yonida oz onasining toqlisiday bir chiroylik uxlaydi (Cholpon).
Bunday boglanishni gipertemali boglanish deb ataymiz.
CHizmada quyidagicha ifodalanadi:
(Tema) Tema1+Rema1
Tema2+Rema2
Tema3+Rema3
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Matn soziga «Ozbek tilining izohli lugati»da qanday tarif berilgan?
I.R.Galperin tavsiya etgan matnning sakkiz kategoriyasi haqida malumot bering.
Nutqning Yozma va ogzaki shakllari haqida malumot bering.
Kontekst deb nimaga aytiladi?
Matn deb nimaga aytiladi?
6. Matn hajm va mazmun belgisiga kora qanday tiplarga bolinadi?
7. Hajm belgisiga kora matn tiplari haqida malumot bering.
Adabiyotlar:
1. Yoldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.
Toshkent:A.Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2010.
2. Abdullaev A. Ozbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.Toshkent: Fan,
1983. 88 b.
3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. Soz estetikasi. Toshkent: Oqituvchi,
2002.
4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy sanatlar. Toshkent: TDPU, 2001.
5. Yoldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent: Fan, 2008.
6. Yoldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy
mashgulotlarni tashkil etish.Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |