Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


  Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………..  67



Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana17.05.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
62 

Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………..  67 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….  72 

Ilovalar……………………………………………………………………...  77 


 



KIRISH 

 

Muammoning dolzarbligi.  

O‟zbekiston 

Respublikasida 

amalga 


oshirilayotgan  mustaqillik  islohotlari  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‟naviy,  mafkuraviy, 

madaniy  islohotlar  ta‟lim-tarbiya  tizimida  ham  jiddiy  o‟zgarishlarni  amalga 

oshirishni  taqozo etmoqda. 

Jamiyatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  barchasida  davlat 

tashabbuskor  hisoblanib,  rahbarlik  qilmoqda.  Uzluksiz  ta‟lim-tarbiya  tizimidagi 

yangilanishlar  Oliy  Majlisning  1997  yil  29  avgustda  bo‟lib  o‟tgan  1-chaqiriq  9-

sessiyasida  qabul  qilingan  "Ta‟lim  to‟g‟risida"gi  Qonun  va  "Kadrlar  tayyorlash 

Milliy  Dasturi"  talablari  asosida  amalga  oshirilmoqda.  Bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  zamonaviy  kasb-hunarlarning  erkin  raqobatida  sifat  ko‟rsatkichlarni 

ta‟minlash  uchun  Respublikamizda  o‟rta  maxsus,  kasb-hunar ta‟limi va oliy kasbiy 

tizimi  bosqichini rivojlantirish  yo‟lida yirik  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 

"Akademik  lisey  davlat  ta‟lim  standartlariga  muvofiq  o‟rta  maxsus  ta‟lim 

beradi.  O‟quvchilarning  imkoniyatlari  va  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda 

ularning  jadal  intellektual  rivojlanishi  chuqur,  sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan, 

kasbga yo‟naltirilgan  ta‟lim  olishini  ta‟minlaydi"

1



Umumta‟lim  maktablarida  o‟quvchilar  muayyan  kasblarga  nisbatan 

yo‟naltirilsa,  o‟rta  maxsus  kasb  -  hunar  ta‟limi  bosqichida  o‟quvchilar  turli  xil 

kasblarning  asoslarini,  kichik  mutaxassisliklar  darajasida  zaruriy  kasbiy  bilim, 

ko‟nikma  va  malakalarni  egallab  boradilar.  "Kasb-hunar  kolleji  tegishli  davlat 

ta‟limi  standartlari  doirasida  o‟rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‟limi  beradi; 

o‟quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va  ko‟nikmalarini  chuqur 

rivojlantirish,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo‟yicha  bir  yoki  bir  necha  ixtisosni 

egallash  imkonini  beradi"

2



Yosh  avlodning  kelgusi  hayotda,  ishlab  chiqarishda,  ijtimoiy-iqtisodiy 



faoliyatda  o‟zlariga  munosib  o‟rinlarni  topishlarida  ularga  zamonaviy  kasb-

hunarlar  yo‟naltirish,  ularni  kelajak  faoliyatga  tayyorlash  ishi  insoniyat  jamiyati 

                                                 

1

 Баркамол  авлод-Ўзбекистон  тараққиё тининг  пойдевори.-Т.:Шарқ.  1997.-47-б. 



2

 Баркамол  авлод-Ўзбекистон  тараққиё тининг  пойдевори.-Т.:Шарқ.  1997.-48-б. 




 

paydo  bo‟lganidan  boshlab  keksa  avlod  oldida  turgan  muqaddas  vazifalardan 



hisoblanib kelgan. 

O‟tmish  avlod  o‟zining  hayotiy  tajribalarini  yosh  avlodga  o‟rgatish 

to‟g‟risida  g‟amxo‟rlik  qilib  kelgan.  Ular  o‟z  tajribalarini  turli  xil  manbalarga  bitib 

qoldirishganlar.  Yozuvlar  paydo  bo‟lganidan  keyin  esa,  turli  xil  asarlar  yaratish 

orqali  o‟z  tajribalarini  kelgusi  avlodlarga  meros  qilib  qoldirganlar.  Masalan, 

ibtidoiy  davr  odamlari  o‟z  farzandlarini  yetaklab  yurib,  ovga,  dehqonchilikka 

o‟rgatib  tajribalarni  toshlarga,  terilarga,  buyumlarga  o‟tkazish  orqali  qoldirgan 

bo‟lsalar,  keyinroq  esa,  bu  hol  turli  xil  bitiklarda  namoyon  bo‟lgan.  Jumladan 

eramizdan  avvalgi  V-IV  asrlarda  O‟rta  Osiyo  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari 

hududida  yashagan  xalqlar  sig‟ingan  zardushtiylar  dinining  muqaddas  kitobi 

"Avesto"da  yirik  qoidalar  to‟plamlari  tarzida  bayon  etilgan.  Avestoda 

keltirilishicha  yaxshilik  va  ezgulik  yaratish  uchun  kishi  mehnat  qilishi,  o‟z  qo‟llari 

bilan  moddiy noz-ne‟matlar  yaratishi  lozim  deb hisoblashgan. 

Qadimgi  misrliklar  o‟z  hayotiy  tajribalarini  papirus  o‟simligi  barglariga, 

tosh-taxtalarga  yozib  qoldirgan  bo‟lsalar,  Osiyolik  donishmandlar,  qog‟oz  paydo 

bo‟lgach,  ularga  turli-tuman  asarlar  bitganlar.  Masalan,  Kaykovus  tomonidan  o‟z 

avlodlariga  pand-nasihat  qilishi  yuzasidan  yaratilgan  "Qobusnoma"  asari  ham 

nodir  tarbiyaviy  manbalardan  hisoblanadi.  Undagi  mazmunni  ifodalaydigan 

mavzular  maqolalardan  iborat  bo‟lib,  ijtimoiy  -iqtisodiy,  madaniy  hayotning 

ko‟pgina  sohalari  to‟g‟risida  nasihatomuz  fikrlar  yuritiladi.  Jumladan,  "Hunarning  

afzalligi  va  qadri  baland,  tabiatli  bo‟lishga  bag‟ishlangan  6-maqolot, 

"dehqonchilik"  va  bozor  hunarlari  haqida  43  maqolatlar,  ayniqsa,  diqqatga 

sazovordir.  Jumladan,  6-maqolatda  yoshlarga  kasb-hunarlarni  o‟rgatish  to‟g‟risida 

shunday  deyiladi:  "Ey  farzand,  ogoh  bo‟lkim,  hunarsiz  kishi  hamma  vaqt foydasiz 

bo‟lur va hyech kimga  foydasi tegmaydi"

3

   



VII-VIII  asrlarda  Arabistonda  shakllangan  islom  dinining  tabarruk  kitobi 

"Qur‟oni  karim"da  va  shu  asosda  yaratilgan  hadislarda  qur‟on  so‟zlari  sharhi ham 

yoshlarga  turli  hunarlarni  o‟rgatish  muhimligi  keltirilgan.  Jumladan,  mashhur 

                                                 

3

 Кайковус.  Қобуснома.  –Т.: Ўқитувчи  1986.-41 бет




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим