Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari
Annotatsiya: Oksidlanish –qaytarilish jarayonlari elektronlarning olgan yoki berganligiga qarab oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash. Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish - qaytarilish reaksiyalaridir. Oksidlanish – qaytarilish jarayonini o’rganish va electron oldi berdisiga qarab oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini tenglashtirish oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarining barcha turlarini chuqur va muntazam o’rganish oksidlanish - qaytarilish reaksiyasiga oid misollarni ko’rib chiqish.
Kalit so’zlar: oksidlovchi, qaytaruvchi, oksidlanish jarayoni , qaytarilish jarayoni, electron , eng kuchli oksidlovchi, eng kuchli qaytaruvchi,
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari — elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki
qisman oʻtishi bilan bogʻliq kimyoviy reaksiyalar.Oksidlanish darajalari oʻzgarishi bilan boradigan
reaksiyalarga oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Elektronlar chiqarilishi oksidlanish,
elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. Oksidlanish qaytarilish atamalari dastlab metall
oksidlarining hosil boʻlish va parchalanish reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu + 2O2=CuO metallarning
oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil boʻlishi qaytarilishiga misol
boʻladi. Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar
oksidlovchilar,elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi.Oksidlovchi reaksiya
vaqtida oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib,oʻzi qaytariladi,qaytaruvchi esa
elektronlar yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla olmaydi,chunki
bir element elektron berganida uni oluvchi element ham albatta boʻlishi zarur. Qolaversa
reaksiyada manfiy va musbat zaryadlari qiymati teng bo’ladi. Oksidlanish qaytarilish jarayoni
keng tarqalgan kimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi, uning tabiatda va texnikada ahamiyati
katta. Barcha turdagi yoqilgʻilarning yonishi, turli metallarning rudalardan ajratib olinishi
oksidlanish qaytarilish jarayoniga asoslangan. Metallarning korroziyaga uchrashi, koʻpgina
muhim kimyoviy mahsulotlarning hosil boʻlishi ularning oksidlanishi tufaylidir. Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo’lgani uchun ularning oksidlanish darajasi 0 ga teng deb qabul qilingan. Kislorod aksariyat hollarda -2 oksidlanish darajasini nomoyan qiladi . oddiy moda sifatida 0 va ftor oksidida +2 ftor peroksidida +1 peroksidlarda -1 oksidlanish darajasini nomoyon etadi.
Vodorod metall gidridlarida -1 qolgan barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega .
Ftor barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasiga ega. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajisa ega.
2-guruh bosh guruhcha elementlari barcha birikmalarida +2 oksidlanish darajasiga ega …
Shu tariqa oksidlanish qaytarilish reaksiyalaridagi moddalar tarkibidagi elmentlarning oksidlanish darajasinish aniqlaymiz . Modda tarkibida musbat va manfiy ishoralar soni teng bo’lishi kerak.
Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari 2 xil usulda tenglashtiriladi.
Elektron balans.
Yarm ion.
Oksidlovchi va qaytaruvchi zarachalarini aniqlab ularning electron olish va berish qiymatlari reaksiya tenglamasidan ajratib olinadi.
+ = ( O3)2+ O+H2O.
-2e= 2 3
+3e= 3 2
Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari 4 ga bo’linadi:
1)molekulararo oksidlanish-qaytarilish reasiyalari;
2) ichki molekulayr oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari;
3) disproporsiyalanish reaksiyalari;
4) murakkab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Molekulararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi va qaytaruvchi turli molekulalarda bo’ladi.
0 +6 +2 +4
Do'stlaringiz bilan baham: |