Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi



Download 146.66 Kb.
Sana15.01.2020
Hajmi146.66 Kb.
Korrupsiya bilan qanday kurashish lozim? Samarali usullar va xorijiy tajriba

Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi. Gap xususiy soha toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa, unda odatda yirik koʻlamdagi poraxoʻrlik yoki xususiy korxona mulkini talon-taroj qilish nazarda tutiladi.

Aslini olganda korrupsiya tushunchasi anchayin keng boʻlib,quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha boʻlgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi.

Mazkur tushunchaga aynan nima kiradi? 2003 yilda qabul qilingan va 2008 yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasida keltirilgan taʼrifga koʻra, korrupsiya davlat amaldoriga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali lavozim majburiyatlari doirasida qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun mansabdor va boshqa shaxs uchun gʻayriqonuniy boʻlgan imtiyoz vaʼda berish, taklif qilish yoki taqdim qilish hisoblanadi. Bunday taʼrif maʼlum bir lavozim majburiyatlariga ega xususiy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Korrupsiya harakatlariga: (1) amaldor, huquqni muhofaza qilish, sud, soliq, bojxona, taʼlim, tibbiyot yoki maʼmuriy muassasalar, shuningdek, har qanday xususiy korxonaning mansabdor shaxsiga pora berish, (2) mahalliy yoki chet el amaldori va xalqaro tashkilot amaldorini pora berish orqali sotib olish, (3) davlat mansabdor shaxsi tomonidan mulkni talon-taroj qilish, gʻayriqonuniy oʻzlashtirish yoki undan maqsaddan tashqari foydalanish, (4) shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish yoki uchinchi shaxsning boyishi maqsadida oʻz obroʻsi yoki xizmat mavqeidan foydalanish, (5) korrupsiya harakatlaridan daromad olish, (6) oshna-ogʻaynigarchilik yoki urugʻ-aymoqchilik misol boʻla oladi.

Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yoʻl bilan boylik orttirayotgan (oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs.

Rivojlanayotgan davlatlarda korrupsiya koʻproq uchraydimi?

Aslini olganda, gap qaysi (rivojlanayotgan yoki rivojlangan) davlat haqida ketmasin, korrupsiya hodisasi har yerda uchraydi. Biroq u turlicha ifodalanadi. Gʻarb mamlakatlarda, masalan, Fransiyada tibbiyot va taʼlim sohasida korrupsiya deyarli mavjud emas. Bu Fransiyada tibbiy xizmat asosan xususiy sektorda taqdim etilishi bilan bogʻliq, yaʼni tibbiyot xodimini moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish “zarurati“ga hojat qolmaydi, chunki bemor rasman uning xizmati uchun gonorar toʻlaydi. Bunda tibbiy xizmat uchun deyarli barcha gonorarlar nafaqat xususiy, balki davlat tibbiyotida ham tibbiy sugʻurta bilan qoplanadi. Koʻrinib turibdiki, xususiy tibbiyot tizimi bu sohada korrupsiyaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamaydi.Bu mamlakatda ommaviy ravishda xususiy tibbiyotga oʻtishga daʼvat emasligini qayd etmoqchiman, chunki fikrimcha, buning uchun avvalambor tibbiy sugʻurtaning amaliy tizimini yaratish talab etiladi.

Tibbiyot xodimining past daromadi rivojlanayotgan davlatlarda bu sohada korrupsiya kuzatilayotganligini qisman izohlaydi. Bemorlar tibbiyot xodimlarini moliyaviy ragʻbatlantirish zarur va koʻpincha tabiiy hol deb hisoblaydi. Bemorlarning fikricha, tibbiyot xodimlarning yetarli darajada boʻlmagan ish haqi shunday gʻayriqonuniy moliyaviy ragʻbat olishlarini oqlaydi. Afsuski bu holat, aholining faxrli kasb egalari, shifokorlar va oʻqituvchilarga boʻlgani shonch va hurmatiga putur yetkazadi.

Ayrimlar anʼanaga koʻra, bajarilgan ish uchun minnatdorlik izhor qilish tabiiy, degan oʻrinli eʼtiroz bildirishi mumkin. Koʻplab gʻarb korxonalarida sovgʻa olish masalalarini tartibga soluvchi ichki reglament qabul qilingan boʻlib, unda xodimlardan sovgʻa olish yoki berishda shaffoflik talab qilinadi, ruxsat berilgan va ruxsat berilmagan sovgʻa va iltifot belgilari, ularning belgilangan qiymati, sovgʻa olgan shaxsning uni maxsus registrda deklaratsiya qilish majburiyati mustahkamlab qoʻyilgan, pul koʻrinishidagi sovgʻalarni olish man etiladi. Shunga oʻxshash reglamentni joriy etish va unga rioya etish, masalan, oʻqituvchi va shifokorlarni poraxoʻrlikda oʻrinsiz ayblash xavfini kamaytiradi.

Taʼlim sohasida korrupsiyaning rivojlanishi meritokratiya yoʻqligiga, yoshlarda bilimlarga boʻlgan qiziqish pasayishiga, oliy taʼlim muassasalariga kirish va baholar sotib olinadi degan gʻoyalarni singib olgan yoshlar soni koʻpayishiga kabi achinarli oqibatlarga olib keladi. Natijada universitetni yetarlicha yoki mutlaqo tayyorlanmagan mutaxassislar bitirib chiqmoqda va bu soʻnggi yillarda mamlakatimizda kuchayib borayotgan inson kapitali muammosini qisman izohlaydi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda kirish imtihonlari natijalarini qalbakilashtirishga barham berishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Darhaqiqat, yuqorida taʼkidlangandek bugun rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot va taʼlim sohalarida korrupsiya holatlari juda kam uchramoqda. Bu nafaqat aholi hayotining yuksak iqtisodiy darajasi, balki bolalarga kichik yoshdan toʻgʻrilik va halollik kabi fazilatlarni singdirish, shuningdek, davlat va xususiy sektorda yoʻlga qoʻyilgan nazorat mexanizmlari bilan bevosita bogʻliq.

Biroq paradoksal tomoni shundaki masalan Fransiyada soʻnggi bir necha yillardakorrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchayib borilishi kuzatilmoqda.

Xoʻsh, rivojlangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlar kuchaytirilishining sababi nimada?

Matbuotda xalqaro korrupsiya ayblovlari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan Fransiyaning Technip, Alstom, Total yirik korxonalari bilan bogʻliq bir necha shov-shuvli voqealar keng yoritilgan. Mazkur kompaniyalar rivojlangan mamlakatlarda oʻtkazilgan tenderlarda ishtirok etganida shartnomalarni “olishning mahalliy usuli“ga asoslangan holda ularni qiziqtirayotgan shartnomalarni olish uchun “konvert“ usulini qoʻllagan.

Ushbu shov-shuvli ishlargacha Fransiya uzoq vaqt IHTT va Transparency International tomonidan Fransiya korxonalari, xususan, xorijda, jumladan, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda faoliyat yuritadigan kompaniyalar tomonidan korrupsiya harakatlariga qarshi amaliy chora-tadbirlarni qoʻllamaganlikda ayblanar edi. Fransiya yetakchi korxonalari katta jarimalar qoʻllagan holda Amerika instansiyalari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi ushbu mamlakat uchun bu boradagi muhim turtki boʻldi. Masalan, Technip 240 million AQSH dollari, Total - 245 million AQSH dollari, Alstom - 772 million AQSH dollari va Alcatel-Lucentga- 92 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Katta jarimalardan tashqari amerikalik sudyalar bu kompaniyalarga korrupsiyaga qarshi kurash dasturining samaradorligini tekshirish maqsadida uch yil mobaynida mustaqil audit oʻtkazish majburiyatini yukladi. Bunga muvofiq, sudlangan kompaniyalar Amerika instansiyalari buyruqlari boʻyicha ish tutishga majbur edilar. Amaliyot koʻrsatganidek, ekstra-hududiy vakolatga ega boʻlgan (AQSH hududining chegarasidan chiquvchi) talabchan va qatʼiy Amerika odil sudlovi Fransiyada 2016 yilda korrupsiyaga qarshi kurash qonuni qabul qilinishiga turtki boʻldi.Aytgancha, aynan shu sxema boʻyicha Britaniyaning BAE Systems va Germaniyaning Siemens kompaniyalariga qarshi qoʻllanilgan jiddiy AQSH sanksiyalaridan soʻng Buyuk Britaniya xamda Germaniyaning korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy qonunchiligi qabul qilindi. Aslida, aynan Amerikaning jiddiy sanksiyalari “xavfli“ sektorlarda faoliyat yuritadigan (shu jumladan, davlat xaridlari hisobiga yashaydigan yoki korrupsiya rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritadigan) barcha gʻarb transmilliy kompaniyalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi qabul qilinishiga olib keldi.

Shunday qilib, Fransiyaning korrupsiyaga qarshi kurash qonuni nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy korxonalardan Fransiya korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi nazorat ostiga olinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli kompleks dasturlar qabul qilishni talab etadi. Xoʻsh, Oʻzbekiston ushbu mamlakatlar tajribasiga suyansa boʻladimi? Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurash dasturi korrupsiya yuzaga kelishida eng xavfli sohalardan biri hisoblangan davlat xaridlari sohasida ham uni oldini olishning amaliy mexanizmlaridan biri boʻlishi mumkin.



Davlat tashkiloti yoki xususiy korxona tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi qanday ishlaydi?

Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur.Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular:

1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor koʻrinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi.

2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qatʼiy tartibi.

3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid boʻlgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot yigʻishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim yaʼni yashirin tizimi.

4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bogʻliq holda, korrupsiya oid muhim hatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi.

5. Mijoz va taʼminotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari.

6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini taʼminlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati.

7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori boʻlgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli boʻlmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy oʻqitish uchun oʻquv rejasi.

8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlar boʻyicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi.

Bunda soʻz tashkilot yoki korxonaning oʻzi tomonidan amalda bajarilganligi muntazam nazorat qilinishi kerak boʻlgan kompleks dastur toʻgʻrisida bormoqda. Bundan tashqari, Fransiya Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi istalgan vaqtda har qanday davlat tashkiloti yoki xususiy korxona tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi joriy etilgani yuzasidan tekshiruv oʻtkazish vakolatiga ega. Agentlik shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash dasturiga muvofiq kelmasligi yoki unga rioya qilinmagani uchun ularga nisbatan jiddiy maʼmuriy sanksiyalar qoʻllash vakolatiga ega.

Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qoʻllash samara keltirmasligini eʼtiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda oʻz korrupsiyaga qarshi kurash dasturini koʻrib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va maʼmuriy sanksiyalarni cheklash imkoniyati mavjud.

Bu mexanizm AQSHda Foreign Corrupt Practice Actga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Actga muvofiq allaqachon qoʻllanilayotgan mexanizmga oʻxshash boʻlib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda.

Albatta, yuqorida eslatib oʻtilgan Fransiyalik keng xalqaro faoliyatga ega, turli mamlakatlar bozorlarida ularning obroʻsiga putur yetkazmaslik uchun hayotiy zarur boʻlgan mexanizmlarni qoʻllashga tayyor boʻlgan korxonalar kabi hozircha Oʻzbekistonda korxonalar mavjud emas. Shunga qaramay, nazarimda, har bir alohida korxona va tashkilot darajasida korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida qabul qilingan amaliy choralar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda kutilgan natija berishi mumkin.

Sanoat korxonasining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi vazirlik va davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturidan koʻp jihatdan farq qilishi va har bir alohida tashkilot va korxonaning qoidalariga javob berishi kerakligi turgan gap. Qoʻshni korxonaning yoki qoʻshni davlatning korrupsiyaga qarshi kurash dasturini koʻchirib olishga urinishlari ish bermasligi tayin.

Jahon tajribasida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha oʻzini oqlagan boshqa usullar bormi?

Yuqorida qayd etilganidek, jazo choralari samarasi uncha muhim emas. Korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy eʼtibor uni oldini olish choralariga qaratilishi kerak. Yuqorida qayd etilgan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi aynan uning oldini olish turiga kiradi, shuningdek, korxonada gʻayriqonuniy xulq-atvorlarni deteksiya usuli hisoblanadi. Lekin har qanday usul aholining ongidagi oʻzgarishlarsiz samarasiz boʻlib qolaveradi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar maktab yoshidan odob-axloq boʻyicha maqsadli taʼlim dasturlarini oʻz ichiga oladi. Ular mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltiruvchi va aholi turmush darajasiga taʼsir salbiy koʻrsatuvchi korrupsiya harakatlarining yaqqol misollari va ularning oqibatlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Bu mavzuga sinfda, shuningdek maktabdan tashqari ham qoʻshimcha oʻqitish kerak. Bunday darslar oʻquvchilar “yaxshi sovgʻalar evaziga yaxshi baholar“ tamoyilini odatiy meʼyor sifatida qabul qilayotgan bir vaqtda juda zarur. Va albatta, bunday darslar koʻp yillar mobaynida qonunga zid sovgʻalar qabul qilishni amalda sinab kelayotgan xodimlar tomonidan oʻqitilishi nojoʻya. Shuning uchun, korrupsiya va uning oqibatlari toʻgʻrisidagi mavzusiga bagʻishlangan mashgʻulotlarni joriy etish bilan parallel ravishda oʻquv yurtlari xodimlari tomonidan sovgʻalar va boshqa koʻrinishdagi mukofotlar olish masalalarini tartibga soluvchi, yuqorida eslatib oʻtilgan ichki reglamentni maktablarda qabul qilinishi maqsadga muvofiq boʻladi.

Ayrimlar oʻqituvchi va shifokorlar yaxshi yashaganidan emas, balki, gohida maoshi yashash uchun oddiy xarajatlarni ham qoplashga yetmaganidan “oladi-da“ deb eʼtiroz bildirishi mumkin. Oʻqituvchi, shifokor va barcha boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori munosib boʻlishi va har qanday holatda ham ularni noqonuniy sovgʻa yoki pora olishga majbur qilmasligi kerak. Mamlakat hukumati tomonidan bu yoʻnalishda chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. 2019 yilning 1 yanvaridan oʻqituvchilar va maktab rahbarlari ish haqini 10 foizga oshirish, malaka toifasiga ega oʻqituvchilarga - 15 foizdan 25 foizgacha ustama haq toʻlash koʻzda tutilgan. Bunday choralar tibbiyot xodimlari ish haqiga nisbatan ham koʻzda tutilgan. Umid qilamanki, byudjet tashkilotlari xodimlarining munosib ish haqi darajasini qoʻllab-quvvatlash siyosati ushbu chora-tadbirlar bilan cheklanmaydi va bu yoʻnalishda yangi samarali choralarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Mentalitetni tubdan oʻzgartirishni taʼminlashda amaliy yondashuv pora berishni fosh qilishning zamonaviy tendensiyalaridandir. Bu masalan, fuqaro huquqni muhofaza qilish organi xodimiga pora taklif qilsa, oʻsha shaxs nafaqat uni olishdan bosh tortishi, balki pora berishga urinish toʻgʻrisida tegishli ravishda xabar berishi majburiy boʻlgan sxemadir. Amaliyot va mentalitetni oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan baʼzi chora-tadbirlar bugunning oʻzida kutilgan natija berayotganini taʼkidlash joiz.

Bularning barchasi quyi va oʻrta mansab darajalarida pora, sovgʻa olish, urugʻ-aymoqchilikka taaluqli. Yuqori darajadagi amaldorlar oʻrtasida korrupsiya holatlariga kelsak, Gʻarb mamlakatlarida quyidagi choralar samarali amalga oshiriladi:

Davlat amaldorlari va ularning oila aʼzolari daromadi va mulki haqidagi deklaratsiya;

Korrupsiya yoki talon-taroj qilish holatlariga yoʻl qoʻyilganlikda gumon qilinganda bu haqda anonim yaʼni yashirin xabar berish mexanizmi;

Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik pul mablagʻlari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy kapital yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bogʻliq gumonlarini deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga koʻra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb ataladigan ofshor hududidagi bank hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazishni afzal koʻradi.Bu borada noqonuniy kapitalni yashirishning bunday joylari, “panama qogʻozlari“ bilan bogʻliq shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda mahfiy hujjatlar oshkor boʻlishi oqibatida, hujjatlar tergovchi-jurnalistlarning Xalqaro konsorsiumiga topshirilgan hamda jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi ofshor hisoblari aniqlangan.

Shu borada jurnalistlarning rolida toʻxtalsak. Dunyoning 100dan ortiq mamlakatlarida oʻtkazilgan tadqiqot ishlari sotsial faollar va OAV korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol oʻynashini koʻrsatdi, shu munosabat bilan Transparency International muntazam ravishda davlatlarni soʻz erkinligi, OAV mustaqilligi, shuningdek, fuqarolik jamiyatining ochiqligi va ishtirokini ragʻbatlantirishga daʼvat etadi.

Eslatib oʻtamiz, Reporters without Bordersga koʻra, matbuot erkinligi soʻnggi indeksi boʻyicha Oʻzbekiston 180 mamlakat ichida 165 oʻrinni, Transparency Internationalga koʻra, korrupsiyani oʻzlashtirish indeksi boʻyicha 180 mamlakat ichida 157 oʻrinni egallaydi. Ikki koʻrsatkich oʻrtasidagi aloqa mutlaqo ravshan. Transparency Internationalning hukumat va korxonalarga ularning faoliyati, jumladan, davlat byudjeti, davlatga tegishli korxonalar, davlat xaridlari va siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni open data formatida faol ravishda eʼlon qilish tavsiyasiga qoʻshilmaslikning iloji yoʻq. Chunki ushbu maʼlumotlarni faol ravishda eʼlon qilish jurnalistlar, fuqarolik jamiyati va boshqa manfaatdor tashkilotlarga korrupsiyaning turli shakllarini yanada samarali aniqlash imkonini beradi.

Yakunda mamlakatimizda 2017-2018 yillardakorrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha qabul qilingan dastur korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha ishlarning ibtidosi hisoblanishi va ushbu yoʻnalishda uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi lozimligini aytish joiz.

Gulnoza Muhamedova,

Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) komplayens

masalalari boʻyicha yuridik maslahatchi, “Buyuk kelajak” eksperti

Korrupsiya 6 oyda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1 665 757 196 000 so‘m zarar yetkazdi

2019 yil yilning o‘tgan 6 oyi davomida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash natijasida davlatga 1,5 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan. Shundan 97,3 foizi undirilgan. Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 6 oy davrida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 590ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 398ta jinoyat ishi bo‘yicha 537 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.    



Hayot Shamsuddinov

Shuningdek, Shamsuddinovning ma'lum qilishicha, korrupsiyaga qo‘l urgan va jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika darajasidagi rahbarlardir. 

«Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan. Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 665 mlrd 757 mln 196 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan, tergov jarayonida ushbu zararning 1 trln 621 mlrd 503 mln 587 ming so‘mi yoki 97,3 foizi undirilgan», - dedi Bosh prokuratura rasmiysi. 

Brifingda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlariga ham oydinlik kiritildi.

«Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 250 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 48 nafari soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 71 nafari pora olish-berish yoki unda vositachilik qilish, 51 nafari firibgarlik, 23 nafari mansabni suiiste'mol qilish, 18 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 4 nafari mansabga sovuqqonlik, 7 nafari mansab soxtakorligi va 65 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgarlikka tortildi», - dedi Hayot Shamsuddinov.

2019−2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga kirishiladi. kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. Prezident korrupsiyaga qarshi kurash dasturini tasdiqladi.

29 may 2019,

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e'tiborini oshirishga qaratilgan.

Farmon bilan 2019−2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi va Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etiladi. Ular joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks o‘rganish, joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib boradi.

Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat ekani belgilandi:


  • sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;

  • davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof тартибига asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro‘yxatini belgilash;

  • davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;

  • davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish.

Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-хатарларини vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari bo‘yicha:



  • korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning рўйхатини shakllantiradi;

  • idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;

  • Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;

  • har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.

1-sentyabrdan boshlab ta’lim muassasalarida yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tatbiq etilishi lozim. Bundan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi.

Uuch oy muddatda, shu jumladan, texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.

1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qo‘shimcha ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

KARRUPSIYAGA QARSHI KURASH

Korrupsiya – jahondagi har qanday davlatda fuqarolarning tinchligi va xotirjamligi, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazuvchi, inson huquqlari buzilishiga olib keluvchi, iqtisodiy bozor munosabatlariga to‘sqinlik qiladigan o‘ta xavfli illatlardan biridir. Ya’ni, jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmas ekan, davlatning iqtisodiy, siyosiy salohiyati zaiflashadi, fuqarolarning huquq va erkinliklari kamsitiladi.

Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi. E’tirof etish joizki, davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning oldini olish, ushbu illatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etilishini hamda ijrosi monitoringini ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yil 4 yanvardan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi

Har bir qonun yaxshilikni ko‘zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo‘ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir.

6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.



Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o‘ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o‘rganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda ko‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Turli ko‘rsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.

Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga qarshi o‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo‘l hali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bo‘lib ko‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir.

 Bir davlatda natija bergan usul boshqa davlatda u qadar samara ko‘rsatmasligi mumkin. Shuning uchun har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lini o‘zi tanlaydi, aniqrog‘i, qanday yo‘l to‘g‘ri ekanini hayot ko‘rsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari ko‘zda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Korrupsiya so‘zi «sotish», «sotilish» degan ma’nolarni ham anglatar ekan. Rahbar yoki mas’ul kishi qanday qilib korrupsiyaga qo‘l uradi? Bunga qanday omillar sabab bo‘ladi?.. Bu savollarga javob har xil bo‘lishi mumkin. Lekin shunisi aniqki, sotadigan, sotiladigan odam hech bir vazifani ko‘ngildan bajarmaydi.

 Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishidan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.

Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qo‘l urgan odam uchun ulug‘ narsalar, mo‘tabar tuyg‘ularning qadri yo‘qoladi. Bunday odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb o‘ylaydi. Ular hech kimga, imon-e’tiqodga ishonmaydi, ayni paytda bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani inonib bo‘lmaydi. Chunki ular ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, yoru birodarlari, mahalla-ko‘yning yuzini yerga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.

Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, bu jarayonda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi qayd etilgan. Bu me’yor korrupsiyaga qarshi kurashning doimiy va izchil tus olishida muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizga muvofiq Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Hammamiz yaxshi bilamiz, qonun huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, huquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Agar qonun hayotda ishlamasa, uning bir necha varaq oddiy qog‘ozdan farqi qolmaydi. Shunday ekan, «korrupsiya haqida qonun qabul qilindi, endi hammasi iziga tushib ketadi», deb o‘ylash, xotirjamlikka berilish katta xato bo‘ladi. Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz o‘ylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan o‘tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.

Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi. Shifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting daftarchasiga tuzukroq baho qo‘ydirish va hokazo vaziyatlarda o‘zimizni munosib tutishimiz lozim bo‘ladi.

To‘g‘ri, hayotda turli holatlar va harakatlarga duch kelamiz. Ba’zida ko‘z o‘ngimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday vaziyatlarda chorasizlikdan odamning boshi gangib qoladi. Lekin, unutmaylik, yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb belgilanishi, shu munosabat bilan joriy etilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar fuqarolar chorasiz qolganida yordamga keladi. Olis qishloqlardagi murojaatlarning ham ovozi eshitiladi.

Odamlarning tabiatiga o‘xshab rahbaru mas’ullar ham har xil bo‘ladi. «Jamoada hamma qulaylik o‘zim uchun, bu tashkilot menga bir paytlardagi xizmatlarim, farog‘atda yashamog‘im uchun berilgan, marhamat, qolganlar aravasini o‘zi amallab tortaversin» qabilida tor va eskicha o‘ylaydigan, «oldi-berdi»ni faoliyatining bir qismi deb tushunadigan, demokratik qonun-qoidalarni yetarlicha idrok eta olmaydigan rahbarlar ham yo‘q emas. Shuning uchun qonunda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xususan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralari ko‘zda tutilgan.

Qonunda belgilanganidek, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri ishlab, to‘g‘ri yashash saodatini bolalikdan, yoshlikdan o‘rgangan odam mard va halol bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi o‘zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib yetishadi.Qonunga, tartib-qoidalarga hurmat saqlab, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.

Bir yosh kadr mas’uliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bo‘lsa, bundan ota-ona, qarindosh-urug‘ qanchalik quvonadi?.. Bu tabiiy va ezgu tuyg‘u, albatta. Lekin ba’zi noto‘g‘ri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay yo‘l qo‘yib beriladigan odatlar ham borki, ularni aslo esdan chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday bo‘ladiki, yaqinlar, og‘a-inilarning «o‘g‘lim yoki og‘ayni, mana, ishlayapsanku, opangni uzatilayotgan qiziga durustroq sovg‘a bergin, amakingning yetmay turgan mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi...» qabilidagi istak va xohishlar yosh kadrlarni buzadi, boshini aylantirib qo‘yadi. Yaqinlariga hurmat yuzasidan bechora o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishga, noqonuniy ish qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Istab-istamay, boshi berk ko‘chaga kirib qoladi, korrupsiya tuzog‘iga ilinadi.

Qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Qandaydir manfaat ortidan bog‘langan rishta, do‘stlik, aka-ukachilik uzoqqa cho‘zilmaydi, hech kimga hurmat olib bermaydi. Bunga hayotdan ko‘plab misollar topish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda, fuqarolarga tezkor va xolis axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish, demokratik islohotlar jarayonida ularning nufuzi va mavqeini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish masalalari qonunda alohida belgilab qo‘yilgan.

Ommaviy axborot vositalarining erkin va dadil faoliyatisiz jamiyat hayotini demokratlashtirish, odamlarni mustaqil fikrlab yashashga undash, hozirgi kunda suv va havodek zarur bo‘lgan jamoatchilik nazoratini izchil yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Butun dunyoda davlatning demokratiyani hurmat qilishiga, xalqning salohiyati va madaniyatiga matbuot erkinligi, odilligiga qarab ham baho beriladi. Albatta, bugun bu haqiqatni ko‘pchiligimiz yaxshi tushunamiz va tan olamiz.

Shu o‘rinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir tomoniga e’tibor qaratsak. Nobop, «muomala qilish», «kelishish»ga moyil rahbar yoki boshqa bir mas’ul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-xodimlarga ziyon yetkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning, jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o‘tadi. Rahbar hammaga o‘rnak bo‘lib, halol ishlab, fidoyilik ko‘rsatish o‘rniga, yig‘ilishlarda bir gapni gapirib, o‘zi butunlay teskarisini qilsa, undan yosh kadrlar nimani o‘rganadi? Qanday o‘rnak oladi?.. Korrupsiyaga qarshi kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat bilan javob qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni o‘rganadi. Har qanday vaziyatda mard odam, baribir, halol bo‘ladi, degan e’tiqodda sobit turadi.

Shu sababli ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik biznes subyektlariga «yagona darcha» tamoyili orqali xizmat ko‘rsatilyapti, yagona portal orqali davlat xizmatlari elektron shaklda taqdim etilyapti. Qonun hujjatlariga, davlat tashkilotlarining ish faoliyatiga ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritilyapti va boshqa ko‘plab yangiliklar joriy qilinyapti. Bularning barchasi korrupsiya balosini bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar bunday yondashuvni jon-dili bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Dunyo kun sayin, soat sayin rivojlanyapti. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikning tezkor, yangidan-yangi ufqlari ochilyapti, milliy iqtisodiyotlar o‘zaro chambarchas bog‘langan holda yuksalmoqda, taraqqiy etmoqda. Bugun har qanday davlat boshqa davlatlar bilan izchil hamkorlik qilmasdan, oqilona investitsiya va resurslarga tayanmasdan, jahonga chiqmasdan, ayni paytda dunyoga eshiklarini keng ochmasdan, odamlar bemalol ishlaydigan ishonchli makonga aylanmasdan yuqori natijalarga erisholmaydi.

Erkin faoliyat yuritishga keng yo‘l ochib berilgan, inson huquqlari, qonuniy manfaatlari qat’iy himoya qilinadigan mamlakatning ostonasidan odam arimaydi, bunday davlat dunyoning turli nuqtalaridan ishbilarmonlar talpinadigan yurtga aylanadi.

So‘nggi vaqtlarda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarini yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, Prezident qaror va farmonlari ana shu ezgu maqsadga qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning ko‘plab davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimini bekor qilish yoki sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash yoxud tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik to‘siq va g‘ovlarni yo‘q qilish haqidagi hamda boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yo‘lini ochishga, O‘zbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.



Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun bu boradagi islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta umid uyg‘otmoqda.


Download 146.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим