Nusxakashning merosxo’ri



Download 18,3 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi18,3 Kb.
#53789
Bog'liq
3-amaliy m. X. Do'stmuhammad hikoyalarida ma'naviy-axloqiy masalalar


Xurshid Do’stmuhammad hikoyalarida ma’naviy-axloqiy masalalar mavzusi “Nusxakashning merosxo’ri” hikoyasi talqinida

Xurshid Do’stmuhammad o’ziga xos uslub egasi bo’lgan ijodkor. Adib uslubining o’ziga xosligi, qahramonlarining hayotiyligi, yuqori saviyasi uning asarlari og’izga tushishi va o’qishli bo’lishini ta’minlagan asosiy omillardan biridir. Yozuvchi hikoyalarida o’zi ta’kidlaganidek, yaxshilik va yomonlik, mehr-oqibat va razolat, insoniylik va g’ayriodamiylik orasida goh mag’lub, goh g’olib bo’layotgan odamlar taqdiri jonli aks ettiriladi.

Adibning 2001-yilda yozilgan va “Beozor qushning qarg’ishi” to’plamiga kiritilgan “Nusxakashning merosxo’ri” hikoyasida hayoti fojiali burilish pallasini kechirayotgan shaxsning murakkab ichki ruhiy holati: iztiroblari, kechinmalari aks ettrilgan. Hikoyada badiiy ijod nusxa ko’chirish ham, yashash vositasi ham emas, ko’ngil dardlarini ifodalovchi san’at ekanligi ko’rsatilgan. Garchi hikoya zavq-shavq bilan o’qilmasa-da, qahramon (Nuriddin)da kitobxonni o’ziga kuchlii tortadigan jihat, kishi ruhiyatiga kirib boradigan yorug’lik sezilmasa-da, lekin zerikarli emas.

Birinchidan, hayoti tahlikali burilish pallasida turgan Nuriddinning shu holatga tushish sababi asar boshidanoq aytilmaydi, hikoya davomida kichik-kichik ma’lumotlar orqali oydinlashib boradi va o’quvchi bu holatning sababini bilish uchun ham qiziqib o’qiydi.

Ikkinchidan, Nuriddin xolstdagi portretlarni o’chirib borar ekan, o’quvchining tasavvurida paydo bo’ladigan “hozir Mirjalol tog’aning portreti chiqib qolsa-ya” degan qiziqish sabab qahramonning har bir harakatini diqqat bilan kuzatadi.

Otasi Odil rassomning vafotidan so’ng yillar o’tib undan meros bo’lib qolgan ishxonasiga kirgan o’g’ilning xayolidan bolalik davridan boshlab hozirgacha bo’lgan hayoti bir-bir o’ta boshlaydi. “Tadbirkorlik”, “Biznes” tushunchalarini o’ziga kasb qilib olgan, bu yo’lda duch kelgan odamni o’ziga “pir” darajasiga ko’targan, kasodga uchragach esa bir tadbirda Mirjalol tog’aning achchiq so’zlaridan so’ng ota kasbini etagidan tutmoqchi bo’lgan qahramon otasidan qolgan meroslarni ichki iztirob bilan ko’zdan kechiradi. Nuriddinning nazarida, dastgoh omonatdek, mo’yqalam titilib ketadigandek, bo’yoqlar esa rangsizdek ko’rinadi. Bu tasavvur uning qalbida kechayotgan qo’rquv hosilasi edi. O’g’il otasining “Men rassom emasman, nusxakashman” so’zlarini eshitgan paytlardayoq bu so’zlar ma’nosidagi farqni anglab yetgan edi. Mana shu o’rinda hikoyaga nega aynan shunday sarlavha qo’yilganining sababi oydinlashadi. Nuriddin dastlab qo’liga mo’yqalam olganda tasavvuriga kelgan narsalar: kenguru, maymun, ilon suratlarini chizar, otasining esa nega faqat inson suratini chizishini tushuna olmas edi. O’g’lining san’atga moyilligini sezgan ota bir safar unga dardini to’kib soladi, ya’ni o’zining nusxakash ekanligi, nusxakash esa hech qachon rassom bo’lolmasligini kuyunib so’zlaydi. Otaning o’z ishidan doim uyalishi, iztirobga tushishini biz yana bir epizod: bazmdan qaytgan otaning (bazmda uni rassom sifatida ko’klarga ko’tarishgan edi) tushgan jazavasidan ham bilish mumkin.

Bundan yozuvchining haqiqiylik, kreativlik, insonning yaratuvchanlik qobiliyatini ulug’laganini, soxtalik, ma’lum bir qolipda qotib qolish va taqlidni qoralaganini tushunish mumkin . Yozuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrning ochiq-oydin emas, balki, ishora tarzda berilgani hikoya salmog’ini yanada oshirgan: Nuriddin ro’parasida paydo bo’lgan otasining sharpasi ildam yurib kelib, uning qo’lidan ohista tutdi-da, xayol girdobidan chiqib ketolmayotgan o’g’ilni eshik tomon yetakladi…

Demak, nusxakashning merosxo’ri endi nusxakash emas, balki, chinakam rassomdir. Ushbu hikoya uni o’qiyotgan har bir kitobxonga o’z hayotidagi maqsadi va kasbini aniq tanlashi kerakligi haqidagi ishonchni beradi.



Adabiyotlar :

  1. X. Do’stmuhammad, “Beozor qushning qarg’ishi”, T-., “Sharq”-2006, 179-193 b.

Download 18,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish