YOSH AVLODGA TA’LIM TARBIYA BERISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA TAYANISH.
Mustaqillik milliy g’urur, vatanga yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr - shafqat, oqibat, ota - onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr - shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni.
Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “Ko'hna tarix shodasida bitta marjon О‘zbegim” (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Millat har qanday milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. “Millat” atamasi qadriyat obyekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon qardosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan “turkiy xalqlar”, “slovyanlar”, “roman xalqlari” kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi.
Millat bir tomondan, o’zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi, o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillatirib, yangi- yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o’zi ham mavjud qadriyatlar tizimi ta’miri ostida o’zgarib va rivojlanib boradi. Millat-o’zining qadriyatlarini vujadga keltirib, ularning yangi-yangi qarralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida tamokillashtirib turish ma’nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilama xarakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir.
Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog’liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash ikmonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:
kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, tarli shakllarda namoyon bo’ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta’sir qiladi:
kishilarning o’zaro munosabalarida, ijtimmoiy faoliyatlarida ko’zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma’naviy asos bo’ladi;
moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari xam mumkin;
ijtimoiy rivojlanish jarayonida o’zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar avloddan-avlodga o’tadi, meros qoladi.
Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo’lgan qadriyatlar tizimi, millatning o’zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka tomon o’tib turadi. Bu qadriyatlar ko’proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog’liq. Xalqning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy etnik qadriyatlari ravnaqi bilan o’zviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o’ziga xos rang-barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natidasida, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi.
Milliy qadriyatlar faqat qadriyatga ko’ra faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki, ravnaq topib turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi.
Har bir el, elat, urug’ yoki xalqning urf-odatlarida, ularni bajarishdagi faoliyatida o’ziga xoslik bo’ladi. Agar ana shu o’ziga xoslikni o’sha joyning axolisi qadrlasa, ular hayotining bir qismiga aylangan bo’lsa buning yomon joyi yo’q. Bunday o’ziga xoslik bilan bog’liq qadriyatlarni boshqa joyda, boshqacha tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan ulchash yoki u maqsadda boshqalarning hakam bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Umuminsoniylik tuyg’usi faqat o’z xalqi qadriyatini ardoqlash, ko’z-ko’z qilish va boshqalar orasiga yoyish uchun intilishga asoslanmaydi, balki har bir xalq, elat, urug’ qadriyatlarini qanday xolatda bo’lsa, shundayligicha qabul qilib, ularni xurmat qilishdan boshlanadi.
Har bir millatning o’zi qadrlaydigan madaniyati, tili, an’analari, urf-odatlari, marosimlari va odob normalari bor. Dunyoda aholisi son jihatdan ko’p yoki kamroq xalq bo’lishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan kam yoki ortiq millat yo’q. Ayni paytda sotqin millat ham, qoralash huquqiga ega bo’lgan millat ham yo’q. Ammo har bir millatning o’ziga xos o’tmishi, madaniy va ma’naviy qadriyatlari, milliy qahramonliklari, boshqa millatning o’ziga millat faolliyatini baholovchi hakam bo’lishga haqqi yo’q. Biror bir ta’limot, davlat shakli yoki yashash usulini qabul qila olmaganligi uchun hyech qachon yoki bu millat aybdor emas. shu ma’noda umuminsoniylik bir millat qadriyatlarini butun olamga yoyish yo’li bilan emas, balki hamma millat va elatlarning qadriyatlarini asrab-avaylash, murosalashtirish, tarix tarozusi saqlab qoladigan qadriyatlarni xurmat qilish va olamdagi milliy rang-baranglik bilan uzviy aloqada ekanligini anglash so’li bilan boyib boradi.
Milliy qadriyalar millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, o’tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tili u vujudga kelgan xudud va boshqalar bilan uzviy bog’langan. Ular xilma-xil shakllardan, bir-biri bilan uzviy aloqada namoyon bo’ladi, o’ziga xos milliy qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. Bu tizimda tabiiy-tarixiy birlikni ta’minlovchi qadriyatlar - qon-qardoshlik, madaniy ma’naviy yaqinlik, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi va boshqalar nisbatan barqaror bo’lib xisoblanadi. Ular milliy qadriyatlar tizimida tarixiy jarayonlar davomida tez o’zgarib turadigan ba’zi kundalik yoki amaliy ahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarga nisbatan, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolishi bilan bog’liq xususiyatni ifodalaydi.
“Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson o’z umri davomida oladigan informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak ana shu davrda uning qalbida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi” Hozirgi mustaqillik sharoitida yurtimizning rivojlangan davlat darajasiga ko’tarilishi uchun bolalarni maktabgacha yosh davridan halollik poklik, mehribonlik , mehr - muruvatlilik va ular ongiga singdirish g’oyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, xamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi:
maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy, madaniy - tarixiy merosi va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat.
Ma’lumki, mustaqillik, milliy mafkura, milliy tarakkiyot kabi muqaddas qadriyatlarni xalq keng va teran idrok etmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz hayotida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Vatanimiz dunyo miqyosida e’tirof etildi. Bu o‘zgarishlar odamlarning ongi va tafakkuriga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Binobarin, o‘sib kelayotgan yangi avlod dunyo qarashini milliy g‘urur tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bu tuyg‘uni rivojlantirish, barqaror e’tiqodga aylantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikdan keyin hukumatning barcha ichki va tashqi siyosati, islohotlarining birinchi bosqichida olib borilgan olamshumul siyosati va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan tarixiy-umumbashariy ishlari tufayli butun dunyoga tanildi va tan olindi. Bu o‘zbek xalqining milliy g‘ururidir.
Bunda esa Maktabgacha ta’lim muassasalarida, asosiy faoliyat sifatida milliy g‘ururni shakllantirish jarayoni yuzaga chikddi. Mazkur holat esa, maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirishni tashkil etish jarayonini samarali boshqarishni shart qilib qo‘yadi. To‘g‘ri va oqilona rejalashtirilmagan, tashkil etilmagan va tartibga solinmagan tarbiyaviy jarayon kutilgan samarani bermaydi. Ana shu dolzarblikdan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish jarayonini bonqarish texnologiyasini ishlab chikish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil Respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, uyati, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rishni istaydi.
Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi or-nomusi va qadriyatlarini ximoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim. Shunday ekan, biz tarbiya jarayonida inson sha’ni, g‘ururi, uyati, or-nomusi va uni asrash, himoya kilishni yosh avlodlarga o‘rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy maqsad qilib ko‘yishimiz kerak. Bugungi yosh avlodlarimiz o‘z taqdirini chinakkam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi asosida ish tutadilar.
Shu bois xalkimiz o‘zligini anglab, mustaqillik poydevorini tobora mustahkamlab bormoqda. O‘z navbatida ma’naviy-axloqiy yuksalish bilan birgalikda bir qancha o‘z yechimini kutib turgan muammolar mavjud. Har bir davlatning istiqboli, xalqining farovonligi, osoyishta bo‘lishi yosh avlod, umidli ug‘il qizlariga bog‘liq. Chunki ertangi kun ular qo‘lida.
Milliy g‘urur - muayyan millatning tarixiy o‘tmishidan, milliy qadriyatlardan, jahon miqyosida asrlar osha tan olinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san’at va madaniyat yutuklari va ularni yaratgan daxolardan tarixiy obida va yodgorliklardan milliy urf-odatlaridan faxrlana olish hissidir.
Milliy tuyg‘u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
millatning yutuqlar, obru-e’tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga
befarq qarab turmaslik;
o‘z eli, millatiga jon kuyar;
o‘z millatining moddiy-ma’naviy me’rosini asrab-avaylash;
Xalq odatlari, an’analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish;
o‘z millatiga mehr muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish;
Mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan kishilar milliy tuyg‘uni oshirib, uni xalq, vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi ma’suliyatni his qilishdek mazmun bilan boyitmokda. Bunday sharoitda o‘zbek xalqinining mustaqilligidan faxrlanish, mamlakatimizda ozod, farovon va erkin hayot qurish yo‘lida faol mehnat qilish, jahon hamjamiyati yutuqlari, yangi pedagogig texnalogiyalaridan foydalanish, milliy g‘ururni rivojlantiradigan omillardir. Bu esa, o‘z navbatida o‘sib kelayotgan yosh avlodning kuchi, salohiyati, bunyodkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilaydi. Ularni sog‘lom milliy g‘urur tuyg‘usini shakillantirish uchun tinmay izlanishga safarbar etadi. Bu safarbarlik va miiliy g‘ururni o‘sib kelayotgan yosh avlodga qaror toptirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari katta imkoniyatlarga ega. Chunki bugungi kunda ushbu maskanlarda o‘zbek xalqining o‘tmishi ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, bugungi buyodkorlik faoliyati keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda. Darhaqiqat, milliy g‘urursiz hech bir millat, millat sifatida ravnaq topolmaydi.
G’urur deganda, ko‘z o‘ngimizda hak va haqiqat gavdalanadi. Bobolarimizning hammasi g‘ururli zotlar bo‘lganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek, Aliisher Navoiy, Boburlar o‘z g‘ururlarini minordek tutishgan. Shunday ekan, bugungi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bobolari merosiga sodiq qolib, ular yaratgan odob-ahlok meyorlariga sodiq bo‘lishi lozim. G’ururli bo‘lish, birinchi navbatda, xalq manfaatini yoqlash, elga foyda keltirish.
Xalqimiz o‘z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g‘oyalarni mujassam etgan ahlok-odob qoidalariga, ma’naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shunday ilg‘or g‘oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo‘ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo‘lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshka insoniy fazilatlar rivoj topgan.
O‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning meyoriga amal qiladi.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida hrin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.
“An’ana” - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari - uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy - ijodiy faoliyati asosida, atrof - muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Urf - odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy- xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni- qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalq iga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Marosim - inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo’yish, nikohdan o’tish, dafn qilish, xotiralash, urug’ qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim vo qealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
Buni quyidagi bir misolda ko’rish mumkin: yoshlar voyaga yetganda yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi. Bu avloddan-avlodga o’tib keladigan an’ana sanaladi. Yigit va qizning oila qurishi uchun nikoh to’yi o’tkaziladi. Nikoh to’yini o’tkazish esa insoniyat hayotiga singib ketgan qoidaga ega bo’lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to’ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinning nikohdan o’tishidir. har bir davrda bu to’y bilan bog’liq o’ziga xos urf-odatlar vujudga keladi. Masalan: hozirgi paytda maxsus bezatilgan mashinalarda ko’chalarda yurish, guvohlar bilan baxt uyiga borish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va tantanali ravishda o’tadigan marosimdir.
“An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’li q hodisa sanaladi. SHu bois an’analarning tarkibiy qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga ani q lovchi so’zlar qo’shilib, masalan “an’anaviy bayram”, “mukofotlash marosimi”, “to’y marosimi”, “nafa q aga kuzatish marosimi” tarzida qo’llaniladi. Marosim so’zi jamoatchilik ishtirokida o’tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi.
Eng qadimiy odamlarning turmushi bilan bog’li q an’analar: to’da bo’lib yashash udumlari; sardorlik, o qso qolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; o’spirinliklan erkaklikga o’tish marosimlari; turli ko’rinishli dafn odatlari; qurbonlik marosimlari oila va to’y marosimlarining poydevori bo’lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa tara q qiyotida jiddiy rol o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning masha q qatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Jadimiy odatlarni o’rganishda “Avesto” kitobi eng qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular ichida eng kattasi Navro’z bayramidir. Kasallikni oldini olish yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash, yuvinish, o’choqga olov yo q ish kabilar zardushtiylardan o’tib kelayotgan odatdr.
Oilaviy marosimlar oila paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga o’zgargan rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bermagan odat marosimlar unitilgan. Ularning o’rnini esa oila ehtiyojlarini qoniqtiradigan yangi marosimlar egallagan.
Ozbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zururiyat asosida vujudga kelgan va zamon chig’iriqlaridan o’tib, muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Sho’rolar davrida har bir kishi yaxshi yashay olmasa, butun jamiyat ham yaxshi yashay olmasligi uqturiladi. Bu davrda asosiy e’tibor umumdavlat ishlariga qaratildi. Shaxs, oila ehtiyojlari esa diqqat markazidan tushib qoldi. Jumladan, katta davlat bayramlari birinchi darajali, oilaviy - maishiy bayramlar ikkinchi darajali bo’lib qoldi. Xal q ning asrlarmobaynida to’plangan bebaho boyligi - shaxs va oila hayoti bilan bog’liq marosim va bayramlar unutila berdi.
Hozirgi paytda jamiyatimiz oldida shaxs, oila turmush tarzini yaxshilash va u bilan bog’liq oilaviy an’analar, urf-odatlar, marosimlarga e’tibor qaratish muhim muammo bo’lib turibdi. Xal q imizning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan oilaviy marosimlari sho’rolar davrida jiddiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham mustaqillikka erishilgandan so’ng ular qayta tiklana boshladi. Bu an’ana, urf-odat va marosimlar to’g’risida qator kitoblar chop etildi. Oilaviy marosimlar xalq ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyati, ta’sirchan tarbiya vositasi sanaladi. Oilaviy marosimlar jarayonida namoyon bo’ladigan axloq-odob, mehr-oqibat kabi xislatlar yoshlar ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyatga eag. Xalq an’analari qadrlanadigan oilalarda tarbiya topgan yoshlar ibratli axloqi bilan bosh qalardan ajralib turadi. Bunday oilalardan jinoyatchi, bezori kishilar chi q maydi. Shu bois xalq an’analari va oilaviy urf-odatlar yordamida yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xal q larining urf-odatlarini, axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. o’sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o’rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”- degan edi.
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo’limizdadir.
Ta’lim jarayonida tarbiya - uzluksiz jarayon bo‘lib, u pand-nasihatlar berish bilan cheklanmaydi, balki maktabgacha ta’lim muassasasida bu ikki yul bilan: kattalarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini o‘qib berishi va rivojlantiruvchi muhitni yaratib, bolaning mustaqil fikrlashi, atrofdagi odamlar hatti-harakatlarini kuzatishi natijasida to‘g‘ri xulosalar chikarib olishga yordam berish orqali tarbiyalanadi.
Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo‘st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O‘zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog‘i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadida o‘tilayotgan mashg‘ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson bo‘lib tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda milliy g‘ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari, balki oilaning ham mavjud holatini o‘rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o‘tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota - onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi.
Milliy tuyg‘uning bir jihati Vatanga, millatga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan bosh maqsad kelajak avlodni ulg‘ayayotgan farzandlarimizni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Farzand ulg‘aya borar ekan ijtimoiy hayot ijtimoiy munosabatlar atrofdagi hodisalarga o‘z nuqtai nazari bilan moslasha boradi.
Bolada bu jarayonning kechishi shaxsni o‘rab turgan muhitning, jamoaning, oilasining qaydarajada milliy va dunyoviy munosabatlarga munosabati asosida vujudga keladi va shu osnoda jamiyatni borliqni, unda shakllangan ong dunyo qarash orqali idrok qiladi.
Bir qaraganda bu jarayon-ijtimoiy muhit ko‘rinishida sodda ko‘rinsada, xalkaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko‘rasiz. Shu o‘rinda bizning yurtimiz tarixiy madaniyati-ma’naviyati, milliy an’nalari va qadriyatlari bilan o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmokda.
Xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmokda. O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil etadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligi ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘ri kenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassamdir.
Xuddi shunday milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or nomus, sharmu hayo, ibo iffat, betakror fazilatlar va xalkimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘ri kenglik, mehmon do‘stlik oq ko‘ngillik xususiyatlari ham xalkimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir.
Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz xammamiz. “Alxamdullox, musirmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz. Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgani. Bu - inkor etib bulmaydigan hakikat. Shunday ekan farzandlarimizni muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf -odat, qadriyatlarimizga asosan mintolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin:
xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;
jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning muqaddasligi;
ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor;
millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;
kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat;
sabr - bardosh va mexnatsevarlik;
halollik, mehr oqibat.
Kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmokdamiz. Bularning hammasi kelajak avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona-Vatani bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishi va barkaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar, ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalk baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin Manguberdi ona Vatan, xalk dahlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231 yilda Jaloliddinni g‘aflatd a qoldirib, yelkasiga nayza sanchadi. Uning ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U Jaloliddinnning belidan tikmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik Jaloliddin asrab yurgani Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi.
Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham "Rusti-rosti" - "kuch adolatda" degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi.
Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilochilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi. Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir.
"Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir!", Amir Temurning xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish mumkin.
Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin xalkning dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va ona Vataniga sadoqatli odamlarni izzat- hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi vokea-hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratmatal tarzida o‘qtirgan, o‘zi esa bunga qatiy amal qilgan.
Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi.
Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ularni ulkan bog‘u rog‘lar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlarni tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab- yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut- saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar quriladi. Masjid, Madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo etiladi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va Turkiston, balki boshqa mamlakatlarda ham qal’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara- xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasoxatlix, olg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi.
Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug‘lovchi she’r, xikoya va ertaklarni bilishad-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu tuyg‘ularni tarbiyalash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi.
Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;
umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini o‘stirishga qaratilmagan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish uchun bu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik- psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi.
Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha aniqlashga yordam berdi:
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi;
ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini;
xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati.
Har bir davrda yuz beradigan voqiya-hodisalar tug‘risida tarbiyachinining bolalarga mohirona hikoya qilib berishi vatanparvarlikni tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Ushbu omillarning pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlari hisobga olingan taqdirda, milliy g‘urur tuyg‘ularini his etishda va uning tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘uni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy hal etishda ularning tarbiyasiga, tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. Chunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lishi davr taqozosidir. Bu mazmun zamirida bolalarda milliy g‘ururni shakllantirish yotadi: umuminsoniy va milliy qadriyatlar; urf-odat va an’analar, xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy sifatlari; insonparvarlik, mehnat-sevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar.
Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari, kino, teatr repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni insonlar ko‘z o‘ngida gavdalantirish, milliy xarakterni shakllantirish, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand etish, g‘ururlanishimizga asos bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy meros va asarlarimiz, tilimizni, qadriyatlarimizni qaytadan tiklashga, ularga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirishga erishishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot - tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar tadbirlar, ahloqiy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlar, ertaklar, rivoyatlar doir materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan.
Tarbiyachilar bolalarga insonni o‘rab olgan olamning murakkabligini, ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining garovi ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, xar tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishi bevosita tarbiyachi faoliyati bilan uzviy bog‘likdir.
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni xar tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi lozim. Asl vatanparvar unvonini olish uchun insonga juda katta mas’uliyatli ma’naviy-ahloqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hodisa bo‘lishidan qat’i nazar, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini, shaharini, boshqacha aytganda, kindik qoni tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi.
Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi. Zotan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish faxrlanish yoxud ulardan g‘ururlanish belgisi bo‘lib, bu yaxshi xulk va yaxshi fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdoddari qoldirgan barcha meroslardan, hamma sohadagi an’analaridan faxrlana bilsa, o‘tmishda vatani va xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lishga intiladi, tashabbuskorlikni qo‘lga kiritish armonlari bilan nafas oladi.
Bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalar mafkuraviy ta’limning asosiy uchoqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi:
Vatan tuyg‘usini shakllantirish;
ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish;
milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash;
oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;
umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini o‘qtirish lozim.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanga muhabbat hissi o‘z uyiga, bog‘chasiga, tarbiyachiga muhabbatni tarbiyalashdan boshlanadi. Bolalar ota-onalari va tarbiyachilari ularga qanday g‘amhurlik qilayotganini kuradilar va his etadilar, natijada bolalarda ularga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi, ularning g‘amxo‘rligi va himoyasiga ishonch hosil qiladilar. Ular ota-onalari va tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar.
Pedagog-tarbiyachi “Vatan”, “Bizning shahar”, “O‘zbekistonning poytaxti Toshkent“, ”Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari“, “Shahrimizning eng yaxshi kishilari“ va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli al’bomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalminalchilik, hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his- tuyg‘ular o‘yg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |