Николай Василевич Гогол - Ревизор (комедия)
(Келажак лидерлари махсус дастури тингловчиси: Джалилов Бобур томонидан ёзилган эссе)
Nikolay Vasilyevich Gogol - Sorochintsy, Mirgorodskiy tumani, Poltava viloyati, Rossiya imperiyasida 20 mart 1809 yilda rus yozuvchisi tavallud topgan. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Rus nasriy yozuvchisi, dramaturg, tanqidchi, publitsist, rus adabiyotining klassiklaridan biri sifatida tan olingan. U Gogol-Yanovskiyning eski zodagonlar oilasidan chiqqan.
Nikolay Vasilyevich Gogol ijodi
G. Nejin gimnaziyasini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama toʻgaraklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rollarni ijro etib, badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. V. Alov taxallusi bilan yozilgan "Gans Kyuxelgarten" romantik dostoni (1829) salbiy baxrlangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg sh.larida boʻlgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qogʻozbozlik, sansalorlik kabi illatlar G. uchun boy mavzu boʻldi ("Peterburg qissalari, 1830). A.S. Pushkin bilan uchrashuvi (1831) G. ijodida burilish yasadi. "Dikanka qishlogʻi oqshomlari" (1831—32) toʻplamiga kirgan hikoya va qissalari ("Sorochino yarmarkasi", "Dahshatli qasos" va b.) G.ga shuhrat keltirdi. Bunda Malorossiyadagi turmush tarzi, odamlar ongi, axloqi, xalqning yumorga boy afsonalari, urf-odatlari aks ettirilgan. G. Sankt-Peterburg universiteti umumtarix kafedrasida prof. boʻlib ishladi (1834), bu unga tarix bilan chuqurroq tanishish imkonini berdi. "Mirgorod" ("Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati", "Viy" va b. qissalar) toʻplami hamda "Arabeskalar" ("Neva shoh koʻchasi", "Portret", "Tentak maktublari" qissalari) toʻplamida (1835) shahar hayoti manzaralari "koʻzdan yosh chiqquncha" kulgi qoʻzgʻatadigan usulda tasvirlanadi. "Taras Bulba" (1835) qissasi ukrain xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. G. 30-y.lar 1-yarmida "3darajali Vladimir" (tugallanmagan), "Uylanish" (1842-yilda nashr etildi) komediyalari ustida ishladi. "Revizor" (1836) komediyasida Rossiyadagi mansabparastlik, xazinani talon-toroj qilish, poraxoʻrlik va b. hajv ostiga olingan. G. ijodining choʻqqisi boʻlgan "Oʻlik jonlar" (1842) doston-romanida Rossiyadagi oʻsha davr hayotiga umumiy tavsif berilgan.
G. oʻz dunyoqarashida sodir boʻlgan axloqparastlik goyalari taʼsirida "Doʻstlar bilan yozishmalardan tanlangan sahifalar" (1847) asarini eʼlon qiladi. Mazkur asar V. G. Belinskiy tomonidan tanqidga uchraydi ("N.V. Gogolga xat").
G. ning "Revizor" (1935—52, Kibriyo Qahhorova va Abdulla Qahhor tarjimasi), "Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati" (1972, N. Alimuhamedov tarjimasi), "Ulik jonlar" (1959, Rustam Abdurahmonov tarjimasi) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. "Revizor", "Uylanish" pyesalari Oʻzbekistan teatrlari sahnasida qoʻyilgan.
Gogol 1840-yillardagi “tabiiy maktab”ning asosiy bosqichi – adabiy oqimning asoschisi boʻldi; zamonaviy tadqiqotchilar u rus va jahon adabiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi, deb hisoblashadi. Mixail Bulgakov, Fyodor Dostoevskiy, Ryunosuke Akutagava, Flanneri O'Konnor, Frans Kafka va boshqalar Gogolning o'z ijodiga ta'sirini tan oldilar.
Nikolay Vasilevich Gogol 1852 yil 21 fevral, payshanba kuni ertalab, 43 yoshga to'lishidan bir oy oldin vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |