1-seminar mashg`uloti



Download 23,52 Kb.
bet1/2
Sana06.01.2022
Hajmi23,52 Kb.
#321931
  1   2
Bog'liq
1-Seminar. Jahon ad.

1-SEMINAR MASHG`ULOTI


Mavzu: Shekspir poema va sonetlari.

Reja:

1.Uilyam Shekspirning hayoti va adabiy faoliyati.

2.Shekspirning mualliflik masalasi.

3.Shekspir ijodining davrlarga bo’linishi.

4. Shekspir ijodining birinchi davri.

5. Shoirning ‘’Venera va Adonis’’, ‘’Lukretsiya’’ poemalari.

6.Shekspir sonetlari.

Shekspir Uilyam (William Shakespeare; 1564.23.4 — Stratfordon-Eyvon — 1616.23.4) — ingliz dramaturgi va shoiri. Taxminan 1585 yilda ona shahrini tark etib, birmuncha fursatdan so‘ng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580 yildan boshlangan. Shekspirning 1603 yildan keyingi aktyorlik faoliyati to‘g‘risida biror ma’lumot yo‘q. Ammo u o‘zining «Lordkamerger xizmatkorlari» truppasi uchun (mazkur truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pesalar yozishda davom etgan. Taxminan 1612 yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida 2-darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pesalar yozgan.
Shekspirning adabiy merosi she’riyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan «Venera va Adonis» (1593) hamda Rim tarixiga oid «Lukretsiya» (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600 yillarda yozilgan «Sonetlar» Shekspirning Uyg‘onish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini ko‘rsatdi. Jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan o‘rin olgan Shekspir sonetlari mavzu jihatidan 2 guruhga ajraladi: dastlabki 126 sonet shoirning yaqin do‘stiga bag‘ishlangan bo‘lsa, 127—152-sonetlarda lirik qahramonning bevafolik qilgan mahbubaga nisbatan muhabbat tuyg‘usi va iztiroblari tasvir etilgan. Shekspir yana bir necha dostonlar ham yozgan bo‘lsada, ularning muallifi masalasi hamon bahslidir.
Shekspir asarlarining nashr sanalari ularning na yozilgan va na sahnaga qo‘yilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shekspir bir necha qismdan iborat asarlarining avval 2—3-qismlarini, keyin 1-qismini yozgan paytlar ham bo‘lgan. Shuning uchun adabiyotshunoslar Shekspirning dramaturgik ijodini 4 davrga bo‘lib o‘rganishni ma’qul ko‘radilar: 1-davr — 1590-94, 2-davr 1594-1600, uchinchi davr 1600-1608, to‘rtinchi davr 1609-1613 yillar. Shekspir dramaturgik ijodining 1-davrida doston, ilk tragediya («Tit Andronik») va komediyalar («Xatolar komediyasi», «Qiyiq qizning tiyilishi»)dan tashqari, «Genrix VI» (2-qism, 1590), «Genrix VI» (3-qism, 1591), «Genrix VI» (1-qism, 1592), «Richard III» (1593) ilk xronikalarini yozgan. 2-davrida «Richard II» (1595) «tragediyaga yaqin xronika»si, «Genrix IV» (1-qism, 1597), «Genrix IV» (2-qism, 1598) va (1594), «Yoz tunidagi tush», «Venetsiya savdogari» (1596) romantik komediyalari hamda «Romeo va Juletta» (1595) tragediyasini yozgan. Uning «Yo‘q joydan chiqqan g‘avg‘o» (1598), «O‘n ikkinchi kecha» (1600) singari mashhur komediyalari ham shu davrda maydonga kelgan. Dramaturg ijodining shoh asarlari — «Yuliy Sezar» (1599), «Hamlet» (1601), «Otello» (1604), «Qirol Lir» (1605), «Makbet» (1606), «Antoniy va Kleopatra», «Koriolan» (1607) singari tragediyalar Shekspir ijodining 3-davrini tashkil etadi. «Genrix VIII» (1613) xronikasi, «Qish ertagi» (1611), «Bo‘ron» (1612) romantik drama va tragediyalari esa Shekspirning so‘nggi davr ijodi mahsulidir.
Shekspir o‘z asarlarini yaratishda Xolinshedning Angliya tarixiga oid syujetlarga boy «Angliya, Shotlandiya va Irlandiya xronikasi»dan samarali foydalangan. Shekspir tarixiy tragediyalarining maydonga kelishida Plutarxning «Qiyosiy hayotnomalar», komediyalarining yozilishida esa M. Bandelloning Italiyaning Uyg‘onish davriga oid hikoyalari asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. «Romeo va Juletta», «Hamlet», «Qirol Lir» singari tragediyalarga asos bo‘lgan syujetlar asosida Shekspirga qadar ham sahna asarlari yaratilgan. Lekin bu syujetlar Shekspirga xos ulkan dramaturgik mahorat tufayli jahonshumul fikr va g‘oyalarni ifodalovchi o‘lmas asarlarning yuzaga kelishida hayotiy manba vazifasini bajargan.
Shekspir o‘zigacha bo‘lgan Yevropa xalqlari tarixi, adabiyoti va teatrini o‘rganish bilan birga 17-asrning ilg‘or tafakkur mevalaridan ham bahramand bo‘lgan va shu asosda ularni o‘zining eng yaxshi asarlarida katta badiiy kuch bilan mujassamlantirgan. Har bir tarixiy davrda kuzatilganidek, Shekspir yashagan davr ham ziddiyat va karama-qarshiliklardan xoli bo‘lmagan. Shekspir, boshqa yozuvchilardan farqli o‘laroq, o‘z davri hayotidagi bunday ziddiyatlar, ijtimoiy hayot va kishilar taqdiridagi murakkabliklarni nozik his etgan hamda shu bilan kifoyalanib qolmay, jamiyat va inson hayotining qaltis nuqtasida yuzaga kelgan dramatizmni tasvirlashga alohida e’tibor bergan. U haqiqiy dramaturg sifatida personajlarning u yoki bu xatti-harakatlarini keltirib chiqargan ijtimoiy, maishiy, ma’naviy va ruhiy sabablarni ochib tashlab, ularning har biriga o‘z xulq-atvoridagi keskin o‘zgarishlarni to‘la asoslash yoki izohlash imkonini yaratgan.
Shekspir ijodining 2-davrida poetik drama ustasi sifatida namoyon bo‘lgan. U shu davrda qarama-qarshi qo‘yish usullaridan voz kechmagan holda dramatizmga katta e’tibor berib, tragik va komik motivlarni o‘zaro uyg‘unlashtirdi. Shuning natijasi o‘laroq Shekspir ijodida («Romeo va Juletta», «Richard II», «O‘n ikkinchi kecha») dramatik lirizm avj nuqtasiga erishgan. Shekspir ijodining 3-davrida tragediya janriga mansub asarlar yetakchi o‘rini egallaydi. Dramaturg Uyg‘onish davriga xos gumanizm va insonparvarlik g‘oyalari bilan voqelikda tobora rivojlanib borayotgan xudbinlik, munofiqlik, yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rib, shu ziddiyatlarni o‘z asarlariga konflikt sifatida jalb etadi. U xuddi shu davrda yaratgan tragediyalarida badiiy mahorat cho‘qqisiga erishgan. Shekspir ijodining so‘nggi davriga oid romantik drama va tragik komediyalar uning dunyoqarashida hayotiy ziddiyatlarni ijobiy hal qilish mumkin, degan umid paydo bo‘lganidan guvohlik beradi.
Shekspirning butun ijodini nurlantirib turuvchi fazilat yuksak axloqiyma’naviy muammolarning tasviridir. «Romeo va Juletta» lirik, «Yuliy Sezar» siyosiy, «Hamlet» intellektual tragediya, «Otello» esa ehtiroslar tragediyasi hisoblansada, ular zamirida o‘rta asarlar uchun ham, hoz. zamon uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘lgan axloqiy masalalar yotadi. Agar «Yuliy Sezar», «Hamlet», «Makbet», «Romeo va Juletta» singari asarlarda tasvirlangan dramatik konflikt qahramonlarga o‘zini bilish, o‘zining ruhiy kuchini ro‘yobga chiqarish imkonini bergan bo‘lsa, Otello, Lir singari adashgan qahramonlar ongi faqat fojea ro‘y berib, muqarrar halokat yaqinlashganidan keyingina nurlanib ketadi. Shunga qaramay, ularning har biri va umuman Shekspir asarlarining qahramonlari asosan kat’iy xarakterga ega bo‘lgan, ongi va axloqiy qarashlari shakllangan, voqelikka hushyor ko‘z bilan qarovchi, kuchli va mard insonlardir.
Shekspir komediya va tragikomediya janrlarida ham yuksak san’at asarlari yaratgan. Uning Uyg‘onish davri romantikasi bilan sug‘orilgan, qishloq hayoti manzaralari tasvirlangan, sarguzashtbop voqealarga boy komediyalari markazida har qanday to‘siqni yengib o‘tuvchi muhabbat mavzui yotadi. Shekspir tragediyalarida bo‘lgani singari, komediyalaridagi qahramonlarning nutqi ham o‘tkir va chuqur fikrlarga, piching va hazil-mutoyibalarga boy.
Shekspirning o‘zbek tomoshabini tomonidan kashf etilishi 1935 yilda — «Hamlet» tragediyasining Hamza nomidagi drama teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilishi bilan boshlangan. Shundan keyin O‘zbekistondagi o‘zbek va rus teatrlarida Shekspirning «Otello», «Romeo va Juletta», «Yuliy Sezar», «Qirol Lir», «Koriolan», «Veronalik ikki yigit», «Qiyiq qizning quyilishi», «Yoz tunidagi g‘aroyib otlar» singari asarlari katta muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Shekspir asarlarini tarjima etishda G‘afur G‘ulom, Yashin, Uyg‘un, Shayxzoda, Turob To‘la, Q. Mirmuhamedov kabi yozuvchi va tarjimonlar ishtirok etdilar. So‘nggi yillarda Jamol Kamol Shekspir asarlarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi. Cho‘lpon qalamiga mansub «Hamlet»ning tarjimasi esa o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi.
Shekspirning adabiy merosi she’riyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan «Venera va Adonis» (1593) hamda Rim tarixiga oid «Lukretsiya» (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600 yillarda yozilgan «Sonetlar» Shekspirning Uyg’onish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini ko’rsatdi.

Shekspir



Download 23,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish