Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI  
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH 
 
FANI  BO’YICHA 
 
 
 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:                  N.Alimdjanov  
 
 
 
 
 
N a m a n g a n  –  2 0 15 


 
Mavzu:   Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishning  
ilmiy va nazariy asoslari 
 
 
 
 Reja: 
1.  Fanning  o’zrganish ob’ekti va predmeti, metodologiyasi.  
2.  Umumiy  ekolgiya,  tabiatdan  foydalanish  va  tabiatni  muhofaza  qilishning 
asoslari.  
3.  Ekologiya  va tabiatdan foydalanishning  tarixi.   
4.  Ekololgik  muxit,  ekologik  omillar  va ekologik  muammolar.   
5.  Ekologiya  fanining  boshqa fanlar bilan  aloqasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
O’zbekiston  Respublikasining  «Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida»gi 
qonunining(1992)  4-moddasida  «.barcha  turdagi  ta’lim  muassasalarida  ekologiya 
o’quvining  majburiyligi»  ta’kidlanadi. 
Ekologik  ta’limning  bosh  maqsadi  aholining  barcha  qatlamlarida,  jumladan, 
oliy  ta’lim  talabalarida  atrof-muhitni  asrash  muammolariga  ongli  munosabatni 
shakllantirishdan  iborat.  
Universitetlarda  o’qitilayotgan  «Ekologiya»  kursi  talabalarda  ilmiy 
dunyoqarashni  shakllantirishi  va  amaliy  faoliyatga  yo’naltirishga  xizmat  qilishi 
lozimdir.   
Hozirgi  kunda  uzluksiz,  ilgarilovchi  ekologik  ta’lim  tizimini  joriy  qilish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bo’lg’uvsi  oliy  ma’lumotli  mutahassislar  faqatgina 
bugungi  kunning  ekologik  muammolarini  o’rganish  bilan  cheklanib  qolmasliklari 
kerak.  Ular  mavjud  ekologik  muammolarning  oqibatlarini  oldindan  ko’ra  bilishlari 
va  faoliyatlarini  shunga  mos  holda  tashkil  qilishlari  zarurdir.  Buning  uchun  ilm 
izlash,  o’rganish va unga amal  qilish  lozimdir. 
Ekologiya yunoncha "oikos" (eykos) – yashash joyi, makon va «logos» – fan, 
so’zidan  olingan  bo’lib,  tirik  organizmlarning  tevarak  atrofdagi  muhit  bilan  o’zaro 
munosabatini  o’rganadigan  biologik  fan  hisoblanadi.  Ekologiya  muhit  omillarining 
o’simlik  va  hayvonlar  organizmiga  ta’sirini,  organizm  va  populyatsiyaning  muhit 
omillariga  ko’rsatadigan  reaktsiyalarini,  populyatsiyalar  soni  va  tizimini  bir  xil 
saqlovchi 
mexanizmlarni 
(jarayonlarni), 
tabiiy 
guruhlarning 
biologik 
mahsuldorligini, 
biogeotsenozlar 
yoki 
ekosistemalarning 
harakatlanish 
qonuniyatlarini  va  biosferani o’rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar 
asosida  mavjud  va  rivojlanadi, u inson ta’siriga qanday javob beradi bularning bar-
chasi ekologiyaning  predmetidir. 
Inson  borki,  hayot  uchun  kurashadi,  tabiatning  barcha  injiqliklariga 
moslashishga  intiladi,  har  bir  kishi  tabiat  in’omlaridan  foydalanadi,  quradi, bunyod 


etadi.  Odatda  inson  biror maqsadni ko’zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy 
yoki ko’pincha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Kishilar o’zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buni atrof-muhitning 
o’simlik  va  hayvonot  dunyosiga  qandaydir  salbiy  ta’siri  bo’ladi,  natijada  tabiat 
kambag’allashib  boradi.  Inson  qurilish  materiallari  sifatida  tabiiy  o’rmonlarni 
keragidan ortiqcha kesadi, demak o’simlik dunyosi qisqarib, u o’z navbatida atmo-
sfera  havosini  musaffo  bo’lishiga  rahna  tug’diradi,  tuproq  eroziyaga  uchraydi,  yer 
osti  suvlari  kamaya  boradi,  ko’chkilar  paydo  bo’lib,  sel  natijasida  jarliklar  hosil 
bo’lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko’rsatgan ta’siridan bir parcha xolos. 
Tabiatga nisbatan ko’r-ko’rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish 
pirovardida og’ir asorat qoldirishi mumkin. 
Bizni  o’rab  turgan  butun  tabiat,  borliq,  ming  yillar  mobaynida  shunday  bir 
muvozanatga  kelganki,  uning  bir  bo’lagiga  yetkazilgan  ozor  boshqa  bo’laklariga 
ham salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta’sir etishda ba’zi jiddiy xatolarga 
yo’l qo’yilishi mumkin  ekanligini  Orol fojiasi misolida yaqqol ko’rsatish mumkin. 
Hozirgi  zamon  ekologiyasi  odam  va  biosfera  o’rtasidagi  o’zaro  munosabat 
masalalarini  jadal o’rganmoqda. 
Hozirgi  zamon  ekologiyasining  yana  muhim  vazifalaridan  biri  bu  biologik 
resurslardan  oqilona  foydalanish,  odam  faoliyati  ta’sirida  tabiat  o’zgarishlarini 
oldindan  ko’ra  bilish,  tabiatda  kechayotgan  jarayonlarni  boshqarish  yo’llarini 
o’rganish,  zararkunandalarga  qarshi  kurashning  zararsiz  va  samarador  usullarini 
yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani  ishlab chiqish va joriy etish. 
Ekologiya  umumiy  va xususiy yoki tarmoqli bo’ladi. Umumiy ekologiya yoki 
sinekologiya  har  xil  sistemalar  (populyatsiyalar,  jamoalar  va  ekosistemalar)  ning 
tuzilishini,  xossalarini  hamda  ularning  funktsional  printsiplarini,  xususiy  ekologiya 
yoki  autekologiya  esa  ayrim  turlarning  ular  yashab  turgan  muhit  bilan  o’zaro 
munosabatini,  turlarning  muhitga  ko’proq  va  uzviy  moslashganligini  o’rganadi. 
Xususiy ekologiya – o’simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat. 
Bugungi  kunda  ekologiya  sof  biologik  fanlar  tizimidan  chiqib,  mazmuni 
kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri 


natijasida  ekologiya  tushunchasi  o’ta  kengayib  ketdi.  Inson  ekologiyasi  degan 
tushuncha paydo bo’ldi. 
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amerikalik olimlar Borjes va Park 
tomonidan  kiritildi.  Inson  ekologiyasi  insonning  atrof-muhitga  va  aksincha,  atrof-
muhitning  insonga  ko’rsatayotgan  ta’sirini  o’rgatadi.  Insonning  tabiatga 
ko’rsatayotgan  ta’sir  doirasi  beqiyosdir,  chunki  hozirgi  kunda  insonning  tabiatga 
nisbatan  o’tkazayotgan  salbiy  ta’sirlari  natijasida  unumdor  yerlar  eroziyaga  uchrab 
unumsiz yerlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli 
yo’qolib bormoqda, inson qo’li tegmagan o’rmonlar ham juda kam qolgan. Yer yuzi 
quruqligidagi  o’rmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan. 
Agar  yashil  o’simliklar  maydoni  kengaytirilmasa,  gidroenergiya  va  atom 
energiyasidan  keng  foydalanishga  o’tilmasa,  yana  100  yildan  so’ng  atmosferada 
kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori ko’payib kishi organizmining yashashai 
uchun xavf tug’diradi. 
Qurg’oqchil  mintaqalarda  kishilarning  xo’jalikdan  noto’g’ri  foydalanishi 
natijasida  qayta cho’llanish xodisasi yil  sayin kuchayib bormoqda. Hozir Yer qurrasi 
bo’yicha  cho’llashgan  maydonlar  30  mln  km
2
  ga  yetgan  bo’lib,  bu  sayyoramiz 
quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi. 
Fan  va  texnika  taraqqiy  etgan  sari  insonning  tabiatga  ta’sir  etish  yo’llari  va 
shakllari ko’payib, ular tabiatda bo’ladigan miqdor o’zgarishgagina emas, balki sifat 
o’zgarishlarga ham olib keladi. 
Ekologiya  tabiat  bilan  tirik  organizmlarning  uzviy  bog’lanishini  ifoda  etar 
ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning  ilmiy  asosini tashkil etadi. 
Ekologiya  atamasini  birinchi  bo’lib  nemis zoologi E.Gekkelь 1866 yilda fanga 
kiritishni  taklif  qilgan  bo’lsada,  ekologik  bilimlar  qadimgi  Yunoniston, Rim, SHarq 
hamda Markaziy  Osiyo mamlakatlarida  o’z rivojini topgan. 
Jumladan,  Gippokrat,  Aristotelь  va  shu  kabi  yunon  faylasuflari  asarlarida 
ekologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Miloddan  keyin  Yevropada  Xristian  dinining  vujudga  kelishi  munosabati bilan 
tabiiy  fanlar  inqirozga  uchragan  bir  paytda  Markaziy  Osiyoda  u  anchagina 


rivojlandi.  Jumladan,  o’zbek  entsiklopedist  olimi  Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1051) 
yozib qoldirgan asarlarida (uning 152 ta asari bo’lib, shundan bizgacha 27 tasi yetib 
kelgan)  yil  va  fasllarning  o’zgarishi  bilan  hayvonlar  va  o’simliklarning  o’zgarishi 
to’g’risida  fikr  yuritilgan.  Uning  aytishicha  birorta  hayvon  yoki  o’simlik  turi  yer 
yuzini  butunlay  qoplab  olsa,  boshqalarning  ko’payishiga  o’rin  qolmaydi.  SHuning 
uchun  dehqonlar  ekinlarni  o’toq  qiladilar,  asalarilar  asalni  bekorga  yeydigan  o’z 
jinslarini  o’ldiradilar.  Beruniy  -  Yer  yuzining  o’zgarishi  o’simlik  va  hayvonlarning 
o’zgarishiga olib keladi, deb ta’kidlaydi. 
Beruniy  «Saydana»  degan  asarida  1116  tur  dori  –  darmonlarni  tavsiflagan. 
Beruniyning  «Qadimgi  avlodlardan  qolgan  yodgorliklari»  va  «Hindiston»  degan 
asarlarida  o’simlik  va  hayvonlarning  tuzilishi  hamda  ularning  tashqi  muhit  bilan 
aloqasi haqida ham qiziqarli  ma’lumotlar keltiriladi.   

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat