Mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 48,89 Kb.
bet1/5
Sana11.01.2022
Hajmi48,89 Kb.
#352791
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Obidova Shahnoza...


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA

TA’LIM VAZIRLIGI

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR VA

MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

35-guruh tinglovchisi Obidova Shahnozaning

BOLALAR PSIXOLOGIYASI MODULIDAN



MAVZU: Ироданинг индивидуал хусусиятлари.



REJА:

1. Iroda haqida tushuncha

2. Iroda haqidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi

3. Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari.

4. Irodaning individual xususiyatlari,

Xulosa

1. Iroda haqida tushuncha

Maʼlumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy toʼzum shakllari taraqqiyotiga qarab oʼzgaradi. Shu bois oʼz ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs oʼz harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan oʼz ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni oʼz ehtiyojlariga muvofiqlashtirib oʼzgartiradi, qayta quradi va oʼziga moslashtiradi.

Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, oʼz ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni koʼzlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yoʼl va usullarni oldindan qidirib topadi, toʼsqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-gʼayratini ishlata oladi.

Odam faqat oʼziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.

Odam tevarak - atrofdagi narsalarni oʼzgartirib oʼziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qoʼshadi, voqelikni oʼzgartiradi va toʼldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Аna shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga boʼlish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar boʼlsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.

Odamning ixtiyorsiz harakatlari qatʼiy bir maqsadsiz, koʼpincha impulʼsiv tarzda, yaʼni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yoʼtalish, aks urish, koʼz qovogʼini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan oʼylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar baʼzan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bogʼliq boʼladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham boʼladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bogʼliq boʼladi.

Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bogʼliq boʼlgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida toʼla ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha taʼriflar uchraydi. Jumladan, А.V.Petrovskiy darsligida iroda – bu kishining oʼz oldiga qoʼygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib oʼtishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va oʼz-oʼzini boshqarishi demakdir, deb taʼriflanadi. Q.Turgʼunov muallifligidagi lugʼatda taʼriflanishicha, iroda – shaxsning ongli harakatlarida, oʼz-oʼzini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yoʼlida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon boʼladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qatʼiy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, toʼsiqlarni yengish bilan bogʼliq boʼlgan harakatlarni tushunamiz.

Iroda - bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir. Umuman olganda iroda shaxs faolligining koʼrinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Irodaiy harakat bosqichlari maqsad va unga erishishiga intilish, maqsadga erishish imkoniyatlarini topish, motivlarning paydo boʼlishi va imkoniyatlarni mustahkamlash, motivlar kurashi va tanlash, bir fikrni qabul qilish, qabul qilingan qarorni amalga oshirish orqali shakllantiriladi.

Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq boʼladi. Odam oʼz oldiga qoʼygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Аna shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib boʼlsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday boʼlib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar boʼlsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis boʼlib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab oʼqishni davom ettira beradi.

Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim hususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir.

Odamning irodaviy harakati toʼla-toʼkis determinizmga, yaʼni sababiy bogʼlanish qonuniga boʼysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar boʼlishi mumkin.

Odamning irodaviy faoliyati obʼektiv jihatdan bogʼlangandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bogʼliq ravishda irodaviy xarakatlar odam toʼla ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs koʼp jihatdan oʼzini maʼlum sharoitda anglaydi, oʼz hayot yoʼli va taqdirini oʼzi belgilashi mumkin.

Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta oʼylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Аvvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb boʼlmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud boʼlmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan soʼng hosil boʼlishi mumkin boʼlgan qoniqishga butun eʼtiborini qaratishdan iboratdir.

Koʼp hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan gʼalaba qozonish emas, balki oʼz-oʼzini yengish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qoʼzgʼaluvchan, sust kishilarga xos boʼlib, oʼzlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga toʼgʼri keladi.

Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan oʼzining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.


Download 48,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish