Mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Iroda haqidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning toʼzilishi



Download 48,89 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2022
Hajmi48,89 Kb.
#352791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Obidova Shahnoza...

2. Iroda haqidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning toʼzilishi

Irodaviy yaʼni ixtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari poʼstlogʼining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat boʼlgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim toʼla ongli harakatlar boʼlgani uchun bosh miya poʼstlogʼida yuzaga keladigan optimal qoʼzgʼalish manbalari bilan ham bogʼliq boʼladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chogʼda xuddi shu sharoitning oʼzida maʼlum darajada optimal (har holda oʼrtacha boʼlsa kerak) qoʼzgʼalishga ega boʼlgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat “.

Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bogʼliqdir. Maʼlumki, odam ayrim nojoʼya harakatlardan oʼzini soʼzlari orqali (yaʼni oʼziga-oʼzi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Аna shu sababdan boʼlsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir-” degan edi. Shuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Аgar ikkinchi signallar tizimi oʼz faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni maʼlum bir tizimli, maʼnoli boʼlmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi.

Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, oʼzoq davom etadigan qattiq kasallikdan soʼng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi boʼshashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi boʼshashib ketadi. Аna shuning uchun irodaning mustahkamligini taʼminlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi kerak.

Irodaviy akt va uning toʼzilishi

Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlangʼich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning oʼrtaga qoʼyilishidir.

Maqsad-kishining shu paytda maʼqul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib oʼqishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. Bularning hammasida kishining maqsadi oʼz- oʼzidan zohir boʼlayotganga oʼxshaydi, baʼzan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.

Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin.

Xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha ravshanlikda tasavvur etilishi mumkin. Maqsad qancha ravshan boʼlsa, unga yetishish yoʼlidagi intilish ham shuncha muayyan boʼladi.

Maqsad koʼzlash kishining avvalo shaxsiy (biologik va madaniy ruhiy) ehtiyojlariga bogʼliq. Koʼpincha kishining maqsad koʼzlashi va biron-bir narsaga intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga, yoki xuddi shu paytda kishi yashayotgan jamiyatga bogʼliq boʼladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvolidan bir amallab qutilishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Kishi shu vaziyatni maʼlum darajada oʼzgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qilish, bir nima koʼrish va shu kabi maqsadni oʼz oldiga qoʼya oladi. Kishi jamoat tartibini birov boʼzayotganligiga bevosita guvoh boʼlishi va tartib boʼzuvchilarga qarshi kurash uchun shu onda qandaydir choralar koʼrishni maqsad qilib qoʼyishi mumkin.

Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil boʼla qolmaydi. Koʼngildan kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, kelib chiqadigan ehtiyoj va intilishlar baʼzan istak tarzida koʼngildan kechadi-kishi hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi-yu, lekin qanday maqsadga yetishilayotganini, binobarin, shu maqsadga erishishga doir yoʼl-yoʼriqlarni aniq bilmaydi. Istak shunday holatki, bunda odam oʼziga allanima kerakligini his qilib turadi-yu, bu narsani nima ekanligini aniqlab ololmaydi, yaʼni uni tasavvur qilolmaydi, fahmiga yetmaydi. Bunday odamning oʼzi baʼzan “menga bir narsa kerak, bir narsa yetishmayapti, ammo bu narsaning nima ekanligini oʼzim ham bilmayman” degan gapni koʼngildan oʼtkazadi. Boshqa kishilar toʼgʼrisida ham: “nima istayotganini oʼzi bilmaydi” deymiz.

Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yoʼl-yoʼriqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas.

Ehtiyoj koʼngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Аmmo odam oʼz intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yoʼllari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday toʼla anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) baʼzan zoʼr xayol surish bilan, baʼzan esa cheksiz orzu bilan bogʼliq boʼladi. Baʼzan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar koʼngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari toʼlib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xoʼrsinadilar, armon qiladilar, oʼzlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar koʼpincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat koʼrsatishadi yoki butunlay faoliyat koʼrsatishmaydi.

Harakat yoʼllari, usullari topilib odam ularni tasavvur qilayotgan ekan, demak ehtiyojni qondirishga intilish tamomila anglaniniladi, odamning tilak-havasi esa bir narsa boʼlib qoladi. Bunday intilish holati baʼzan hoxish deb ataladi. Kishi biror ishni qilmoqchiman, falon ishni bajarmoqchiman, oʼqishga kirmoqchiman va hokazo deb gapirar ekan buning maʼnosi shuki, mazkur kishi oʼz intilishlarining maqsadini va shu maqsadga yetish vositalarini anglash, tasavvur qilish va bilish bilangina cheklanib qolmay, maqsadga yetish mumkinligini, maʼlum bir yoʼldan ish koʼrishga tayyorligini va qilinadigan harakatlarining oqibatini kam anglaydi.

Shunday kishilar borki, ularda muayyan tilak-havaslar tarzida tamomila anglanilgan intilishlar doimo katta oʼrin tutadi. Bunday kishilar oʼzlariga nimalar kerakligini, nimani hoxlayotganliklarini, nima ish qilmoqchiliklarini va uni qanday bajarish kerakligini hamisha biladilar. Bunday kishilar oʼz oldilariga hamisha aniq maqsad qoʼyadilar va shu maqsadga yarasha ish koʼradilar. Bunday kishilarni maʼlum maqsadni koʼzlaydigan kishilar deyiladi. Maʼlum maqsadni koʼzlash kishining ijobiy sifatidir. Bu sifatni taraqqiy ettirish, irodani tarbiyalash va oʼz–oʼzini tarbiyalashning vazifalaridan biridir.

Har bir kishining anglab, bilib, koʼngildan kechiradigan ehtiyojlari koʼp, uning vazifalari va intilishlari ham kam emas. Shuning uchun kishida xilma-xil maqsadlarda doimo zoxir boʼlib turadi va bu maqsadlarni roʼyobga chiqarish istagi tugʼiladi. Har bir kishida amaliy va nazariy vazifalar vujudga kelib turadi va ana shu vazifalarni hal etish kerak boʼladi. Barovar amalga oshirib boʼlmaydigan bir necha maqsad kelib chiqqanda, qanday boʼlmasin faqat bittasini tanlab olib boshqa maqsadlarni qoʼyib turishga toʼgʼri keladi. Qaysi maqsadni oldinroq, boshqasini esa keyinroq amalga oshirish masalasini hal qilishga toʼgʼri keladi. Baʼzi maqsadlarni esa qoʼyib turishga toʼgʼri keladi.

Baʼzan shunday ham boʼladiki, kishi oldida bir-biriga zid keladigan bir nechta maqsad koʼndalang turadi va shu maqsadlardan birini tanlab olish shart boʼladi. Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy oʼquv yurtiga kirib oʼqisam, degan masalani hal etayotganda turli maqsadlar va ularga yetish yoʼllari degan maqsadlar oʼrtasida ichki qarama-qarshilik, ichki “kurash” roʼy berishi mumkin.

Maqsad qoʼyish bilan bir vaqtda yoki undan keyin shu maqsadga qaysi yoʼl, usul va vositalar bilan yengish masalasi kelib chiqadi.

Kundalik turmushimizda yoki faoliyatimizda maqsad qoʼyish bilan birga uni amalga oshirish usullari darrov anglanadi. Shuning uchun bu yerda maqsad qoʼyish bilan toʼppa-toʼgʼri harakat boshlanib ketishi mumkin. Masalan, kishi qoʼliga qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va hokazo. Oddiy ixtiyoriy harakatlar shu bilan taʼriflanadi. Аmmo yangi maqsadlarni qoʼyishda oʼsha maqsad usullarini qidirib topish, tasavvur qilish va oʼylab koʼrishga toʼgʼri keladi. Bu yerda maqsad bitta boʼlgani holda unga bir necha yoʼl va usul bilan yetishish mumkin. Qanday boʼlmasin eng yaxshi yoʼl va usulni tanlab olishga toʼgʼri keladi. Аyrim ixtiyoriy harakatlarning murakkabligi shular jumlasidan kelib chiqadi.

Bir necha maqsad koʼngilga kelib, shulardan biriga turli yoʼl va usullar bilan erishish mumkin boʼlsa, kishi muayyan bir maqsadni tanlab olishi va shu maqsadga yetish uchun muayyan eng muvofiq yoʼlni tanlab olishi kerak. Shunga koʼra, ijtimoiy mehnat faoliyatda ham, kasb-korda ham, shaxsiy ishlarda ham, boshqa kishilarga boʼlgan munosabatda ham kishi oʼz intilishlarini va ixtiyoriy harakatlarini oldindan rejalashtiradi.

Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat boʼlib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng toʼgʼri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur boʼlgan hamma harakatlar, mumkin boʼlgan qiyinchiliklar va toʼsiqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega boʼlgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin.


Download 48,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish