Mustaqil ish mavzu: Falsafa fanipredmitning jamiyat fan va texnika taraqqiyoti natijasida doimo o’zgarib turishi



Download 92,39 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi92,39 Kb.
#415615
Bog'liq
mustaqi ishi



O’zbekiston Respublikasi Samarqand Davlat
Universiteti
Amaliy matematika va informatika fakulteti
Matematik modellashtirish kafedrasi
Hisoblash usullari fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Falsafa fanipredmitning jamiyat fan va texnika taraqqiyoti natijasida doimo o’zgarib turishi.
Reja:

1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.


2. Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari.
3. Texnik taraqiyoti.

1. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.


Shuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, ishlib chiqarish vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida yetarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qayerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi obyektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, ya’ni aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Shu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi hamda pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, , ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
2. Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari. XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal sur'atlarda rivojlanadi. Dengizlarda kemalarning yurishiga ehtiyojning ortishi astronomiyaning rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish – matematika va mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. Yangi fan avvalo moddiy ishlab chiqarish amaliyotiga: to‘qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga, ko‘mir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining takomillashuviga tayanadi. E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yo‘l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi. I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini ta'rifladi. R.Boyl kimyoda mexanikani qo‘lladi va kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qo‘llanilishini o‘rgandi. V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R.Dekart va G.Leybnits matematika, mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grotsiy). sharqda esa fan va falsafa sohasida deyarli yangilanish bo‘lmadi.
Fanning bunday rivojlanishi o‘z davrining falsafasiga ham ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. Falsafada sxolastika va dindan uzil-kesil ajralish yuz berdi: diniy aqidalarning hukmronligiga, cherkovning ta'siri va tazyiqiga qarshi kurashda aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning cheksiz imkoniyatlari haqidagi ta'limot vujudga keldi.
Yangi davr falsafasiga avvalo tabiatshunoslikdan kelib chiqadigan kuchli materialistik tendensiya xos.
XVII asrda yevropaning yirik faylasuflari qatoriga F.Bekon, T.Gobbs va J.Lokk (Angliya), R.Dekart (Fransiya), B.Spinoza (Gollandiya), G.Leybnits (Germaniya) kiradi.
Yangi davr G‘arb falsafasidagi asosiy muammolar (ontologiya va gnoseologiya). Yangi davr, avvalo XVII asr falsafasida ontologik kotegoriyalar borliq va substansiya haqidagi ta'limotga katta e'tibor beriladi (ayniqsa harakat, makon va vaqt to‘g‘risida so‘z yuritilganda).
Fan va falsafaning vazifasi – insonning tabiat ustidan hukmronligini kuchaytirishga, inson sog‘lig‘i va go‘zalligiga ko‘maklashish, hodisalarning sabablarini, ularning muhim kuchlarini o‘rganish zarurligi anglab yetilishiga olib kelgan. Shu sababli substansiya va uning xossalari muammolari Yangi davrning deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan.
Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil yondashuv paydo bo‘lgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy asosi sifatida ontologik tushunish bo‘lsa, ikkinchi yondashuv – «substansiya» tushunchasining, ilmiy bilim uchun zarurligini gnoseologik jihatdan anglab yetish bilan bog‘liq.
Frensis Bekon (– ingliz faylasufi 1561-1626) birinchi yondashuv asoschisi substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og‘irlik va boshqa shunga o‘xshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.
Materiyaning sifat jihatidan har xilligi haqidagi ta'limotni F.Bekon o‘zining shakl va harakat haqidagi ta'limoti bilan rivojlantirgan. Uning talqinida shakl – bu narsaga xos bo‘lgan xususiyatning moddiy mohiyati. U Platon va Aristotelning shakl haqidagi mushohadalari bilan bahsga kirishadi. Bekon fikriga ko‘ra, shakl – jismni tashkil etuvchi moddiy zarralar harakatining turi. Ammo bu zarralar atomlar emas. F.Bekon qadimgi faylasuflarning materiyaning atomistik tuzilishi haqidagi va ayniqsa bo‘shliqning mavjudligi haqidagi ta'limotiga tanqidiy yondashadi. U makonni bo‘shliq deb hisoblamagan: Bekon uchun makon materiyaning doimiy o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan. Amalda u makonni moddiy ob'ektlarning ko‘lamliligi bilan ayniylashtirgan. Vaqtni Bekon moddiy jismlar tezligining ob'ektiv o‘lchovi sifatida tavsiflagan. Vaqtning mohiyatini tushunishga nisbatan mazkur yondashuv diqqatga sazovor, zero vaqt materiyaning moddiy jismlarda yuz beruvchi o‘zgarishlarning davomliligidan iborat bo‘lgan va bu o‘zgarishlarning sur'atini tavsiflaydigan ichki xossasi sifatida e'tirof etiladi. Shunday qilib, vaqt harakat bilan uyg‘un bog‘lanadi.
Bekon fikriga ko‘ra, harakat – materiyaning tug‘ma xossasi. Materiya qanday abadiy bo‘lsa, harakat ham shunday abadiydir. U harakatning tabiatdagi 19 turini qayd etgan: tebranish, qarshilik, inersiya, intilish, kuchlanish, hayot ruhi, azoblanish va b. Bu shakllar amalda o‘sha davrda fanda ayniqsa mukammal o‘rganilgan materiya harakati mexanik shakllarining xususiyatlari bo‘lgan. Ayni vaqtda F.Bekon moddiy dunyoning ko‘p sifatliligini o‘rganish va tushuntirishga harakat qilgan.
F.Bekon bilishning empirik metodi asoschisi hamdir. U tajribaga asoslangan fanlar, kuzatish va eksperimentga alohida e'tibor bergan. Bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonlarini tajribada ko‘rgan. Bilishga tashqi dunyoning inson ongidagi in'ikosi sifatida yondashar ekan, u bilishda tajriba hal qiluvchi rol o‘ynashini qayd etgan. Ammo faylasuf bilishda aqlning rolini ham inkor etmagan.
Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o‘tkinchi: ular vujudga keladi va yo‘q bo‘ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo‘lmaydi, zero materiyaning o‘zigina fikrlaydi. Jismsiz tana bo‘lmaganidek, jismsiz substansiya ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan materiya barcha o‘zgarishlar sub'ekti hisoblanadi.
Barcha moddiy jismlar ko‘lamlilik va shakl bilan tavsiflanadi. Ularni o‘lchash mumkin, chunki ular uzunlik, kenglik va balandlikka ega. F.Bekondan farqli o‘laroq, Gobbsda materiya sifat ko‘rsatkichlariga ega emas, u materiyani matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan o‘rganadi. Unda materiya dunyosi rang, hid, ovoz kabi xossalardan mahrum. T.Gobbs talqinida materiya go‘yo geometrik tus oladi va sifat jihatidan bir jinsli, rangsiz narsa tarzida, miqdoriy kattaliklarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatni u faqat mexanik nuqtai nazardan tushunadi. Makon va vaqt muammolarini o‘rganishga nisbatan Gobbs materialistik nuqtai nazardan yondashadi.
T.Gobbs o‘zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko‘radi. Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani ko‘rguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqyealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi.
F.Bekon kabi T.Gobbs ham gnoseologiyada asosan empirik va sensualist bo‘lgan (hissiy bilishni bilishning asosiy shakli deb hisoblagan). Insonga moddiy jism ta'siri natijasida vujudga kelgan sezgini u bilishning birinchi bosqichi deb hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo‘shish yoki ayirish deb hisoblagan, unga o‘z matematik metodini to‘la tatbiq etgan.
Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o‘zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo‘yadi.
Dekart bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substansiya va moddiy yoki «ko‘lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya parallel mavjuddir. Ularni o‘rganish bilan metafizika va fizika shug‘ullanadi. Metafizika avvalo ma'naviy substansiyani, u bilan bog‘liq bo‘lgan bilish va borliq tamoyillarini o‘rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, yerda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta'limotni o‘z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo‘ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o‘rganadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi).
Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi ta'limot zamirida quyosh tizimsining tabiiy rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda ko‘chishi sifatida tushunadi. Shunday qilib, R.Dekart o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko‘lamliligi sifatida tan oladi, lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan ko‘chishi sifatida tushunadiki, bu makonni bo‘shliq sifatida tan olishni anglatadi.
R. Dekartning bilish haqidagi ta'limoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart o‘zining «Metod haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha g‘oyalarni Dekart ikki guruhga ajratadi: sezgilar ta'sirida tug‘ilgan g‘oyalar va tug‘ma g‘oyalar. Tug‘ma g‘oyalar mutlaqo ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo g‘oyasi, matematik aksiomalar va shu kabilarni kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga shubha bilan qarash kashfiyotga yo‘l ochuvchi mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga shubha bilan qaraydi. Ammo, hamma narsaga shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shu tariqa u fikrlash birdan-bir ishonchli dalildir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, yashayapman».
Benedikt (Barux) Spinoza (gollandiyalik faylasuf 1632-1677) R.Dekartning substansiya haqidagi dualistik ta'limotiga zid o‘laroq, dunyo haqidagi monistik ta'limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: o‘z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.
3. Respublikamizda jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuqlarini egallab olgan va shu bilan birga o‘z xalqiga yaqinlikni saqlab qolgan kishilar juda ko‘pdir”[ Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. –T.: O‘zbekiston, 1996. –B.82-83.]. Ular o‘zlarining halol mehnati bilan ajdodlar ishini davom ettirgan hamda hozirgi kunda ham mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalashtirish jarayoniga munosib hissasini qo‘shmoqdalar. Quyida mamlakatimizda ijtimoiy falsafa va madaniyat falsafasi fani ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faylasuf olimlar haqida so‘z yuritamiz.
Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag‘ishlangan. U bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, O‘zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini takomillashtirish zarurligini asoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiev ”O‘rta Osiyoda milliy ziyolilarning shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiev 30 yillarda qatag‘on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo‘jaev va T.Risqulovning mash'um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O‘rta Osiyodagi milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag‘ishlangan asarida 1917-1960 yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq xo‘jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o‘rni, milliy ziyolilarning jamiyat ma'naviy hayotiga ta'siri haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiev jamoat ishlarida ham faol ishtirok qilgan. 1961-65 yilllarda u “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, va “O‘zbek ensiklopediyasi”ning bosh muharriri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbek ensiklopediyasining birinchi 8 jildligini nashrga tayyorlashda faol ishtirok qilgan.
Mustaqillik yillarida A.Valiev mustaqillik buyuk ne'mat ekanligi, va uni asrash, avaylashda o‘zbek ziyolilarining roli muhim ekanligini anglagan holda, umrining oxirigacha yangi avlod milliy kadrlarini tarbiyalashga munosib hissa qo‘shdi.
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog‘liq. U mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida to‘planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo‘lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, ob'ektiv omillari va sub'ektiv zaminlarini tahlil etgan. Shuningdek E.Yusupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e'tibor bergan. E.Yusupov o‘zining “Inson kamolotining ma'naviy asoslari”(1998) asarida inson ma'naviy kamolotining jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi, axloq, odob, imon, vijdon, e'tiqod, madaniyat, ma'rifat kabi omillarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri, ular yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biri ekanligini tahlil etgan. Xususan, u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo‘lgan ruhiy boylik-axloq turli konkret tarixiy sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘ladi”[ Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. -T.: Universitet, 1997.-B.37.
]deb ta'kidlaydi. ”Oila ma'naviyat bulog‘i” asarida E.Yusupov mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilani mustahkamlash, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash, ma'naviy yetuk, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ko‘rilayotgan tadbirlar haqida fikr yuritadi, shuningdek oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, farzand tarbiyasiga xos bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e'tibor qaratadi. Uning fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so‘zni ota aytadi, bu so‘zdan oldin u albatta oila a'zolarining fikr va manfaatini e'tiborga oladi, shu sababli ham milliy an'analarimizda otadan oldin so‘zlash yoki ota o‘rniga so‘zlash, uning so‘zini bo‘lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi”[ Yusupov E. Oila ma’naviyat bulog‘i. -T.: UAJBT markazi, 2003.-B.37]. E.Yusupovning so‘nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”[ Yusupov E. Falsafa bahs va munozaralar maydoni // Jahon adabiyoti, 2003.№8.-B.157.] maqolasida “Falsafa shunday fanki uning muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to‘la va to‘g‘ri aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi yangilikni mutlaq haqiqat deb tan olmaydi, har bir muammo tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo‘lishi mumkin emasmi? deb savol qo‘yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan taraqqiyoti oldiga bunday savollar qo‘yilmagan davr bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo‘lgan”[ Yusupov E. Falsafa bahs va munozaralar maydoni // Jahon adabiyoti, 2003.№8.-B.157.] deb ta'kidlaydi. E.Yusupov milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O‘zMU falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.
M.X.Xayrullaev (1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan yetuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o‘rganish va sharhlashga bag‘ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va “Ma'naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining mas'ul muharriri. M.Xayrullaev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy ijodidagi materializm va idealizmni bir-biri bilan aralashtimaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, Forobiy tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo‘lsa, astronomiya, matematika, mantiq sohasidagi kashfiyotlari materializmdir. Chunki bu sohalarda narsalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi. Masalan, yer, Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlari orasidagi munosabatlarning ob'ektivligi doimo bir xildadir[ Qarang. Fayzullayev O. XX asr ziyolilari. -T.: Falsafa va huquq, 2008.-B.97-98.]. M.Xayrullaev kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda, Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning ijodidagi idealistik va materialistik g‘oyalarni sharhladi. M. Xayrullaev yetuk olim bo‘lish bilan bir qatorda jamoatchi ham edi. U uzoq yillar davomida O‘zFA “Sharqshunoslik” institutida direktor lavozimida va “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining mas'ul muharri lavozimida ishlagan.
Baratov Mo‘bin (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jumladan, uning “Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk mutafakkir ijodining yangi qirralari ochib berilgan. Mo‘bin Baratov har qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma'naviy omil deb ta'kidlaydi va o‘zbek xalqida tarixan ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda ularni davr ruhiga moslashtirish lozim, deb hisoblagan.
Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik yillarida esa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning ahamiyati masalalariga bag‘ishlangan.
Shermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy maktabining asoschi. Shuningdek u “Ijtimoiy falsafa”, “Pedagogika tarixi va nazariyasi”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi yo‘nalishlarda jami 570 yaqin ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning muallifi. O‘zining “O‘zbek xalqi madaniyatining milliy shakli”(1961) monografiyasida o‘zbek xalqi madaniyati qadimiy ildizlarga egaligi va har qanday madaniyat zamon ruhiga moslashib, yangilanib borishi va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini ta'kidlaydi. S.Shermuxamedov nafaqat o‘zbek millati, balki boshqa millat madaniyatini ham o‘rganish asosida milliy madaniyatlarda o‘zaro uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlik bor, biroq har bir millatning milliy o‘ziga xosligi millatlarni bir-biridan farqini ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Olim madaniyatning gumanistik asoslari, zamonaviy madaniyatning shakllanishida milliy va umuminsoniy madaniyat uyg‘unligiga alohida e'tibor qaratadi.
Mustaqillik yillarida S.Shermuxamedov milliy istiqlol g‘oyasi, yangilanayotgan jamiyatning asl mohiyatini aholi turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini chuqur anglagan holda, “Yangilanayotgan jamiyatga - yangilangan falsafa” (1993), “Madaniyat va sivilizatsiya” (1996), “Davrimiz allomasi” (1998), “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz” (1999), “Istiqlol quyoshi” (2002), “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va falsafaning ravnaqi” (2005), ”Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot” (2005), Inson falsafasi (2009) kabi asarlar yaratdi va ular ilmiy jamoatchilik tomonidan munosib baholandi. Olim, ushbu asarlarida sovet tuzumi davrida falsafa fanini siyosiylashtirish oqibatlari haqida fikr yuritadi va yangilangan falsafaning eng avvalo gumanistik, so‘ngra dunyoqarashli, tarbiyaviy, qadriyatli, integrativ, axloqiy funksiyalariga ta'rif beradi. “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz” asarida u milliy mustaqillikning ahamiyati, jamiyatning demokratiyalashuvi jarayonida yangilangan tafakkurni shakllantirishning zaruriyatini asoslaydi. S.Shermuxamedov S.Mirzaev bilan hamkorlikda yaratgan “Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi”, “Oybek va o‘zbek adabiyoti”, “Komil Yashin ijodi”, “Adabiyotning hamkorligi hayot taqozosi”, “Abadiyot va san'atda prinsiplar” kabi kitob va risolalari, uning nafaqat faylasuf olim, balki o‘zbek adabiyotining haqiqiy ixlosmandi ekanligidan dalolatdir. Xususan “Hozirgi o‘zbek adabiyoti tarixi” (1985) qo‘llanmasida olim zamon zaylidan cho‘chimasdan, har bir adib, shoir va umuman adabiy muhit haqida xolisona fikr bildirgan. Olim barcha asarlarida inson omilini birinchi o‘ringa qo‘yadi va shogirdlarini Bedilning “Garchi dushmanni do‘st qilolmasang, do‘stni dushman qilmagin” degan naqliga amal qilishga chorlaydi.



Download 92,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish