Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Poya o’simlik tayanch organi


Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi



Download 1.66 Mb.
bet10/22
Sana07.09.2021
Hajmi1.66 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi

Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi, o`sish konusining birlamchi myeristemasidan hosil bo`lgan hujayralar diffyerentsiatsiyalanishda poyaning birlamchi ichki tuzilishiga o`tadi. Prokambiy hujayralaridan o`tkazuvchi boG’lamlar rivojlanishi bilan birlamchi hosil qiluvchi to`qima nobud bo`ladi. endi ular yopiq o`tkazuvchi boG’lamlar hosil qiladi. SHuning uchun ham bir pallali o`simliklar poyasining ichki tuzilishi ikki pallali o`simliklarnikidan birmuncha farq qiladi. YOpiq o`tkazuvchi tolali nay boG’lamlar bir pallali o`simliklar poyasida tartibsiz ham tartibli joylashadi.

Bir pallali o`simliklar poyasi faqat birlamchi yo`G’onlashish bilan tugaydi. SHunisi xaraktyerliki bazi o`simliklarda poya ichi bo`sh bo`ladi. Masalan, arpa, buG’doy, sholi, javdar hamda suli kabi o`simliklar shular jumlasidandir. Bunday poyalar poxol poya ham deb ataladi. Makkajo`xori, oqjo`xori poyasining ichi bo`sh bo`lmaydi. O`tkazuvchi tolali nay boG’lamlari ichi bo`sh poyalarda tartib bilan, ichi to`la poyalarda esa tartibsiz joylashgan. Hamma bir pallali o`simliklar poyasi tashqi tomondan epidyermis bilan qoplangan. epidyermis ostida esa bir necha qavatli halqasimon shaklda joylashgan mexanik to`qima-sklyerenxima mavjud. Agar epidyermis hujayrasining po`sti tsellyulozadan iborat bo`lgan tirik, parenxima hujayralar bo`lsa, sklyerenximaning hujayra po`sti qalin, yoG’ochlangan, o`lik prozenximatik hujayralardir. epidyermis hujayralari poyani tashqi tomondan o`raydi. Sklyerenxima to`qimalari esa o`simlikni tik tutadi.

BuG’doy, arpa, suli, javdar poyalarining epidyermis hujayralari tagida sklyerenximaning ichiga kirib turuvchi hamda xloroplastga boy bo`lgan xlorenxima joylashgan. Makkajo`xori, oqjo`xori poyalarida esa skelyerenxima orasida xlorenxima bo`lmaydi. Skelyerenxima ostida yupqa pardali ichida sitoplazmasi tirik hujayralardan iborat asosiy parenxima joylashgan. Asosiy parenximaning sklyerenximaga yaqin hujayralarida xloroplast bo`lib, u yosh o`simliklarning poyasini yashil rangga bo`yab turadi va qisman fotosintez vazifasini bajaradi. Sklyerenximadan ichkariroqda joylashgan hujayralar birmuncha siyrak, ularda xloroplastlar bo`lmaydi.

M
19-расм. Бир паллали ўсимликлар поясининг кўндаланг кесими: А – буG’дой мисолида, Б – мак-кажўхори: 1 – eпидермис, 2 – склеренхима, 3 – асосий (G’амловчи) паренхима hужайралари, 4-толали най боG’лам: а – eлаксимон най, б – сув ўтказувчи най,

в – склеренхима.


akkajo`xori poyasidagi asosiy parenxima hujayralarining oralarida yopiq tolali nay boG’lamlari bo`lib, ular tartibsiz joylashgan. Lekin arpa, suli, javdar va buG’doy poyalarida esa tartibli holda joylashgan bo`lib, uning tashqi boG’lamlari sklyerenximaning tutash halqasiga yopishgan holda bo`ladi.

YOpiq tolali naylar o`tkazuvchi, mexanik va asosiy to`qimalarning o`zaro boG’langan sistemasidan iborat. BoG’lamning markaziy qismi ikkita turli yirik naycha va uchtagacha mayda spiral hamda halqali naychalardan shuningdek, ksilema parenximasining tirik hujayralaridan tashkil topgan.

Makkajo`xori poyasining eng ko`p qismini yupqa po`stli asosiy parenxima tashkil qiladi. Bu hujayralar o`zida shakar moddasini to`playdi. SHuning uchun ham u shirin maza byeradi. Poyasining ichi kovak bo`lgan o`simliklarda asosiy parenximaning markazida joylashgan hujayralari tez nobud bo`ladi. Poya bo`yiga o`sayotganda bu nobud bo`lgan hujayralar uzilib bo`shliq hosil bo`ladi. Bunday bo`shliqni arpa, buG’doy, suli va javdar kabi o`simliklar poyasida uchratish mumkin.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat