Poya xillari va novdaning metamorfozlari.
SHakli o`zgargan novdalar yer osti shakli o`zgargan va yer usti shakli o`zgargan novdalarga bo`linadi.
Yer osti shakli o`zgargan novdalar. Ildizpoya - yer osti shakli o`zgargan novda bo`lib, asosan ko`p yillik o`t o`simliklarda uchraydi. Ildizpoya tashqi ko`rinishdan ildizga o`xshab ketadi, lekin morfologik ham anatomik tuzilishi jihatidan tubdan farq qiladi. Ildizpoyadagi yaxshi rivojlangan bo`G’imlarda qalin, rangsiz, qobiqsimon barglar bo`ladi. Bo`G’imdan qo`shimcha ildizlar o`sadi. Ba`zan ildiz bo`G’imidan qo`shimcha kurtaklar bu kurtaklardan esa yer osti hamda usti novdalar o`sib chiqadi. Ildizpoyaning uchi ildiz qini bilan emas, kurtak bilan tugaydi. Masalan, G’umay, ajriq va buG’doy tez ko`payadigan ildizpoyali o`t o`simliklardan hisoblanadi.
Ma`lumki, ildizpoya ham vegetativ ko`payuvchi, ham zaxira oziq moddalar to`plovchi organdir.
SHuning uchun ham uning mayda-mayda bo`laklari mustaqil ko`karib chiqavyeradi. O`simliklarda qisqa hamda uzun ildizpoya bo`ladi. Qisqargan ildizpoya gulsapsar, kanna, silfiya kabi o`simliklarda, uzun ildizpoya esa qamishda, G’umayda uchraydi. Qisqargan ildizpoya simpodial, uzun ildizpoya esa monopodial shoxlanishga ega.
Tuganak. Yer osti novdaning juda yo`G’onlashgan hamda syer etli qismi tuganak deb ataladi. Tuganak yer osti va usti shakli o`zgargan novdalardan hosil bo`ladi. Yer osti tuganak kartoshka va tapinamburda uchraydi. Tuproqqa ekilgan kartoshka tugunagining kurtaklaridan poyalar o`sib, barglari yaxshi rivojlangandan so`ng poyaning yer osti qismidagi oq rangli poyalar stolon deb ataladi. Bargda tayyor bo`lgan fotosintez mahsuloti kraxmal stolonning uchida to`plana boshlaydi, natijada stolonning uchi yo`G’onlashib tuganakni hosil qiladi. Yer osti tuganak shakli o`zgargan novda bo`lganligi uchun unda kurtaklar joylashgan. Kurtaklarda mayda qobiqsimon barglar ham bo`ladi. Kurtakning o`rni tuganak ko`zchasi deb ataladi. Har bir ko`zchada bir nechta kurtak bo`ladi. Tuganakda kurtaklar spiralsimon joylashadi. Tuganakning stalonga birikkan tomoni tubi, karama-qarshi tomoni esa uchki qismi deyiladi. eng ko`p ko`zcha tuganakning uchki qismida bo`ladi. Tuganak ham ildizpoya singari zaxira oziq moddalar to`playdi, u tuproq ostida joylashganligi uchun kam shikastlanadi va vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Kartoshka tugunagida kraxmal, tapinambur tugunagida inulin moddasi to`planadi.
Karamning kol’rabi turida zaxira oziq moddalar poya qismida to`planadi. Kol’rabi karami tashqi ko`rinishidan turp ildizmevasiga o`xshab ketadi, lekin tuganakda kurtakning bo`lishi bilan farq qiladi. U yer usti tuganakdir.
Bo`G’im oraliG’i qisqargan novda. Bunday novdalarni piyoz, karam va ildizmevali o`simliklarda uchratish mumkin.
Piyozbosh yer osti shakli o`zgargan, bo`G’im oraliG’i qisqargan novda bo`lib, bu novdada mutlaqo xlorofill donachalari bo`lmagan qalin, o`zida oziq moddalar to`plovchi, rangsiz va qobiqsimon shakldagi barglar joylashgan. Qobiqsimon barg o`zida zaxira oziq moddalar to`plab, ularning o`rtasida joylashgan kurtakni noqulay sharoitdan saqlaydi. yerta ko`klamda shu oziq modda hisobiga kurtak unib, haqiqiy novdaga aylanadi, novdada gul, guldan uruG’ paydo bo`ladi. Boshkaram esa gigant kurtakka o`xshab ketadi. Uning bo`G’im oraliG’i qisqargan novdasida yirik yaxshi taraqqiy etgan barglar zich joylashadi, o`zida oziq moddalarni to`playdi. Boshkaram ustidan o`rab turuvchi barglari xlorofill donachalariga boy bo`lib, ichkarida joylashgan barglarda esa xlorofill donachalari birmuncha kam bo`ladi. Bu barglar ham o`zida zaxira oziq moddalarni to`playdi ham novdaning o`sish nuqtasini noqulay sharoitdan asraydi.
Piyozboshtuganak. Piyozbosh bilan tuganak orasida oraliq shakli bo`lib, tashqi ko`rinishidan piyozboshga o`xshab ketadi lekin zaxira oziq moddalar uning bargida emas, novdasida to`planadi. SHuning uchun ham uning novdasi kengayib, piyozbosh shaklini oladi. Bunday piyozbosh tuganakni gladiolus, za`far kabi o`simliklarda uchratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |