Dixotomik shoxlanishda poya ma`lum bir miqdorda o`sgach, uchki qismi ikkiga bo`linadi, keyinroq poyaning uchi yana ikki bo`linib ketadi va hokazo. Bunday shoxlanish lishayniklar, plau toifalar hamda qirqquloqtoifalarda uchraydi. Dixotomik shoxlanish juda ham qadimgi shoxlanish bo`lganligi uchun gulli o`simliklarda uchramaydi.
Monopodial shoxlanishda poyaning uchki kurtagi o`simlik nobud bo`lguncha o`sishni davom ettiravyeradi. Uning yon kurtaklardan yon novdalar ham hosil bo`lib turadi. SHuning uchun ham daraxtlarning asosiy poyasi o`sib yo`G’onlashadi va yiriklashib ketadi. QaraG’ay, tiloG’och, mirzatyerak kabi daraxtlarning katta bo`lishligi shundan deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |