15-rasm. Poyaning o`sish xillari: a – tik o`suvchi poya, b – ilashib o`suvchi poya, v – chirma-shib o`suvchi poya, g – yer baG’irlab o`suvchi poya, d – ko`tarilib o`suvchi poya
L
16-расм. Поянинг кўндаланг кесимига кўра хиллари:
А – тўрт qиррали поя, Б – уч qиррали поя, В – кўп qиррали поя,
Д – юмалоq поя.
ianalar asosan tropik o`rmonlarda o`sadigan o`simliklar hisoblanadi. Hindiston palmasi, «Ratanga» ana shunday o`simliklardan bo`lib, poyasining yo`G’onligi 2-4 sm, bo`yi 300 metrgacha boradi. Markaziy Osiyoda uchraydigan pechakdoshlar, xmellar tipik o`tsimon lianalar bo`lsa, tok, ilon o`tlar esa daraxtsimon lianalardir.
Poyalarning ko`ndalang kesimiga ko`ra shakli o`simliklar turiga qarab har xil: ularning yumaloq, tsilindrsimon (arpa, buG’doy, qamish), uch qirrali (hiloldoshlar oilasiga mansub qiyoq, salomalaykum), to`rt qirrali (yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi yalpiz, rayhon) shuningdek, qoqidoshlar oilasidan sil’fiya o`simligida va ko`p qirrali poya qovoq, tarvuz, sachratqi, kaktus kabi o`simlik turlarida uchraydi (26-rasm).
Tabiatning tashqi muhitlariga moslashgan gulli o`simliklarning poyasi uzun-qisqa bo`ladi. Bahorda o`sadigan ayrim o`tlar poyasining uzunligi atigi bir necha sm ga boradi. Tabiatda bahaybat daraxtlar ham uchraydi. Dunyoda eng baland daraxt Avstraliya evkalipti, uning balandligi 155 metrgacha boradi.
Poyalarining yo`G’onligi ham xilma-xil bazi bir o`simliklarning poyasi yo`G’on bo`lib, diametri bir necha metrga etsa, bazilariniki bir necha millimetrni tashkil qiladi. Masalan, pechak poyasining yo`G’oningi 1-3 millimetr, Afrika baobob daraxti tanasining diametri esa 10-12 metrga teng keladi.
O`simliklarning yashovchanligiga ekologik sharoitning ta`siri juda katta. Olimlarning tajribasiga ko`ra, Meksika agava o`simligini Qrimga yoki Qora dengiz bo`yiga ekilgandan so`ng 100 yil o`rniga 23-26 yil yashagan. Apshyeron yarim orolida esa undan ham oz 12-15 yil turgan.
Adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, drakon va Afrika baobob daraxti eng ko`p yasharkan. Afrika baobob daraxti 5150 yil, drakon esa 6000 yil yashaganligi aniqlangan.
Poyalarining shakli va yashovchanligiga qarab, barcha gulli o`simliklar: daraxt, buta, chala buta, o`t o`simliklariga bo`linadi.
Daraxt o`simliklar - asosan ko`p yillik, yirik, yaxshi rivojlangan poyaga ega bo`lgan va kuchli ravishda ikkilamchi tartibda yo`G’onlashgan tanali o`simlikdir.
Buta o`simliklar asosan ko`p yillik bo`lib, bir necha poyasi bo`lishi bilan farq qiladi. O`simlikning yer ustki qismi ildiz bo`G’zidan boshlab shoxlaydi. Poyasi ikkilamchi tartibda yo`G’onlashib, bo`yi 4-5 metrdan oshmaydi. Markaziy Osiyoda o`sadigan zirk, jinG’il, jiyda, bodom, anor kabi o`simliklar shular jumlasidandir.
CHala buta o`simliklari poyalarining pastki qismi yoG’ochlanib, usti po`kak bilan qoplanadi. Poyaning shu qismini qishda sovuq urmaydi, qolgan uchki, ya`ni novdalari yoG’ochlanmay tashqi tomondan epidyermis bilan o`ralgan qismini esa sovuq urib ketadi. yerta ko`klamdan boshlab poyaning sovuq urmagan qismidan yangi kurtak ko`kara boshlaydi. Bunga cho`l shuvoG’i, izen’, astragal, shuningdek, sho`raklar misol bo`ladi.
O`t o`simliklar yashovchanligiga qarab uch guruhga bo`linadi: bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik o`t o`simliklar. Bir yillik o`t o`simliklar (arpa, buG’doy, kungaboqar, ziG’ir) yil davomida uruG’dan unib vegetativ organlarini rivojlantirib, gullab meva hosil qiladi va nobud bo`ladi.
Ikki yillik o`t o`simliklar ikki yil yashaydi. Ular birinchi yili yer usti ham yer osti vegetativ organlarini hosil qiladi. Bu organlarda yil bo`yi organik moddalar to`planadi. Ana shundan o`simliklar birinchi yili ildizmeva, piyozbosh, bo`G’im oraliG’i qisqargan novda chiqaradi. Ikkinchi yili esa normal rivojlangan novdani hosil qilib gullaydi, uruG’ hosil qiladi va nobud bo`ladi. Bunday o`simliklarga sholG’om, turp, lavlagi, sabzi, piyoz va karam misol bo`la oladi. Bu o`simliklar madaniy holda ikki yillik bo`lib, yovvoyilashgan turlari ko`p yil yashaydi.
Ko`p yillik o`tlarning hayoti bir necha o`n yillar davom etadi, lekin yer usti organlarida gul hosil qilib, uruG’ etishtirgandan so`ng nobud bo`ladi, yer ostida esa uzoq yashovchan vegetativ organlari qoladi. Bu organlaridan har yili qaytadan ko`karib chiqavyeradi. Ana shunday o`simliklarga qoqi, yo`nG’ichqa, yalpiz, qulupnay, binafsha, G’umay, lola kabi o`simliklar kiradi. ToG’li zonalarda o`sadigan taG’saG’iz yuz yilgacha umr ko`rishi aniqlangan. Ko`p yillik o`tlar ichida qisqa muddatli vegetatsion davrga ega bo`lgan o`simliklar ham uchraydi. Ularning yer ostida ildizpoyasi, tuganagi, piyozboshchasi bo`lib, bunday o`simliklarni efimiroid deb ataladi. efimiroidlarga lola (tulipa), boychechak (gagia), za`far (crocus), rang (carex), savrinjon (colchicum) kabi o`simliklar kiradi.
Vegetativ davri qisqa bo`lgan bir yillik o`t o`simliklar efimyerlar deb ataladi. Ularning o`sishiga qulay sharoit bo`lganda o`sib, gullab, uruG’ etishtirib, nobud bo`ladi. Bunga uchma o`t (cyeratocephalus), chitir (euclidium), malkolmiya (malcolmia), shotara (Fumaria) va boshqalar kiradi. O`simliklarning uruG’ holatda tinch saqlanishiga anabioz deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |