Mumtoz sharq filologiyasi


II BOB.O’RTA OSIYODA ISLOMNING MADANIYAT,MA’RIFAT VA ILM-FAN RIVOJLANISHIGA BOG’LIQLIGI



Download 77,3 Kb.
bet7/11
Sana08.09.2021
Hajmi77,3 Kb.
#168124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2.Xikmatullayev.Z
, Nazоrat va muhоkama uchun savоllar 6, Doniyor, aaaaa, 2.Xikmatullayev.Z
II BOB.O’RTA OSIYODA ISLOMNING MADANIYAT,MA’RIFAT VA ILM-FAN RIVOJLANISHIGA BOG’LIQLIGI .

2.1 O’rta Osiyoda uygonish davri.Ma’mun akademiyasi faoliyati.Buyuk mutafakkirlarning jahon ilm faniga qo’shgan hisallari


Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq" falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.4

IX-XII va XIV - XV asrlarda ruy bergan Buyuk SHark Uygonish davri shunday mutafakkirlarni yaratdiki, ularning kilgan ishlari, ilm – ma’rifat sohasida yaratgan kashfiyotlari xanuz butun insoniyat tamonidan tan olinib kelinmoqda. Arab – musulmon mutafakkirlari deganda aynan arab millatiga xos millat vakilini tushunmaslik kerak. Islom ta‟limoti yoyilgan barcha xududlarda ilm axli shakllaggan arab madaniyati ta‟siri ostidausha davr ruhiga ko’ra, asosan arab va forsiy tillarda ijod etishgan. Arab – fors tillarida ijod etgan mutafakkirlarning katta qismi Urta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda yashab o’tganlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xoj Xosib, Muxammad al- Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Axmad Fargoniy, Abduraxmon Jomiy , Alisher Navoiy va Ulugbek kabi unlabmutafakkirlarning nomini keltirish mumkin. Arab –musulmon mutafakkirlari uz fa’oliyati davomida islom mafkurasidan oziqlangan holda dunyoviy ilm sir–asrorlarini o’rgandi, rivojlantirdilar.Arab–musulmon mutafakkirlari islom mafkurasi targ’ibotchisi sifatida o’z asarlarida,hayotiy faoliyatlari davomida ezgu amallarni bajardilar.Jumladan, Abu Nasr Farobiy o’z ilmiy izlanishlari orkali Aflotunning qonunlar, davlat va jamiyatga oid

qarashlarini izohlab berdi va musulmon dunyosini jahon siyosiy tafakkuri

g’oyalari bilan tanishtirishga erishdi.U o’z ta’limotida baxtga erishish maqsadida

o’zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan fazilatli shaxar va shu baxtga

erishish maksadida birlashgan fazilatli jamoa g’oyasini ilgari surdi.

Uning utopistik qarashlari reaksion ruhoniylar tamonidan qattiq qoralanadi. Uni dinsiz, xudosizlikda ayblashdi . sungrok uning asarlari yondirildi. Ammo uning ilgor ratsionalistik va gumanistik goyalari Ibn Sino,Ibn Rushd, Nizomiy, Umar Xayyom, Maymonid, Rodjer Bekon, Spinoza kabi allomalarning siyosiy dunyokarashiga katta ta‟sir kursatdi. Farobiy asarlariYaqin Sharqda ayniqsa chuqur urganildi. Yevropaliklar unga Alfarobus degan nom berdi. Uning asarlari jahonning kuplab tillariga tarjima qilindi.

Jahon ilm axli oldida mutafakkir Ibn Sinoning xizmatlari katta. Uning ijtimoiy – siyosiy goyalari asosini inson tashki etadi.U insonni ijtimoiy jonzot,deb ta‟riflaydi. Uning fikricha, jamiyatning barkarorligi shu jamiyat a’zolari uchun bir xil mazmunga ega bulgan konun va adolatli xukukning mavjudligiga bog’liqdir. Jamiyatning barcha a‟zolari uzlari va jamiyat uchun zarur ijtimoiy foydali fa’oliyat bilan band bo’lsa ,shu jamiyatda taraqqiyot yuz beradi.

Jamiyatdagi ijtimoiy adolatning ustunligi odamlar o’rtasida kelajakka ishonchni

uyg’otadi. Barcha kishilarning shox va sultonga aylanishi yoki xammaning

qashshoqlardan iborat bulishi norealdir. Bunday vaziyat tabiiy va ijtimoiy qonun –

qoidalarga tubdan ziddir.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar xayoti

fa’oliyati bilan tanish bo’lmagan kishi bulmasa kerak. Millatning dovrugini olam

uzra tanitgan bu ikki alloma uz xayotlari davomida fakat adabiyot bustoni Bilan

shugullanibgina qolmay, o’zlari yashab turgan hudud ijtimoiy – siyosiy hayotida xam faol qatnashgan insonlardir. Sulton Husayn Bayqaro poytaxt Hirotni egallab, xuroson mamlakatining podshosi bulgach, dastlabki paytlarda aholi urtasida keng joriy bo’lgan ahli sunna val jamoat yo’nalishi o’rniga namozga hutbalarda o’n ikki imomning nomlarini qo’shib ukitishga mayl bildirganda ulug’ amir Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiy xazratlari uni bu yo’ldan qaytardilar,an’anaviy diniy yo’ldan toyish dindorlar o’rtasida husumat va parokandalik keltirib chiqarishini uqtirdilar. Sulton Husayn Boyqaro bu maylidan tez voz kechadi va turli kungilsizliklarning oldi olinadi. Uning kariyib 40 yil Xuroson mamlakatida muttasil xukumronlik qilishi va odilona siyosat yuritishida Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiylardek ulug’ allomalarning o’rni kattadir.

Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiy o’rtasidagi abadiy do’stlik ikki xalqo’rtasidagi dustlik va hamkorlikning na’munasi edi.Bu hokimlarning o’zboshimchaligi va pazilliklarini qoralaydi, yurtni obod, xalq turmushiniyaxshilash xakida uylashdi. Buyuk allomalar ilgari surgan tinchlik,

insonparvarlik . bunyodkorlik g’oyalari O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston,Arab mamlakatlari, Eron, Kavkaz va Idil bo’ylariga, hatto Yevropaga ham yetib bordi. Ulug mutafakkir Abduraxmon jomiyni Yevropa Xindiston, Arab mamlakatlari, Eron, Kavkaz va Idil bo’ylariga, xatto Yevropaga ham yetib bordi.

Ulug’ mutafakkir Abdurahmon Jomiyni Yevropa yozuvchisi Gyote uzidan ustun qo’yarkan, «fors – klassik poeziyasining porloq yulduzi » deb ataganligi ham bejiz emas edi.

Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Hos Xojib, Alisher Navoiy va boshka bir kator

sharq mutafakkirlari o’z asarlarida zulm va adolat, ma’rifat va jaholat g’oyalarini

chuqur tahlil etdilar. Ular davlatni adolatli va adolatsiz davlatga bo’ladilar.

Ularning fikricha, adolatsiz davlatda xokimiyat uzboshimchalik va zuravonlikka

asoslanadi, uni ilmdan uzok, joxil xukumdorlar boshkaradi. Bunday davlatlar

xalkni talash Bilan shugullanadi. Tajovuzkor urushlar olib borib, uzga xalklarni

xam asoratga soladilar. Bunday davlatda ilm – fan, tarakkiyot jaxolat sari yuz

tutadi. Komusiy mutafakkirlar fikriga kura, zuravonlikka, johillikka asoslangan

xokimiyat abadiy emas, kachondir adolatparvar kishilar faoliyati bilan o’zurnini adolatli davlatga bushatib beradi.

Bayt ul-hikma”. IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat Islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o‘rni va ahamiyati oshib, uni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish kuchaydi. Arab tili va yozuvini yaxshi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat

markazi edi. IX asrda bu shaharda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan edi. “Bayt ul-hikma”da katta kutubxona, Bag‘dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar

tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanardilar. Al-Xorazmiy,Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy,al-Abbos Javhariy va Yahyobin Abu Mansur kabi Movarounnahrva xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr ilm-u faniga katta hissa qo‘shadilar.5


Download 77,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash