Mumtoz asarlar tilini o’rganishda innovatsion metodlardan foydalanish
(Komyob devoni misolida)
MUNDARIJA
KIRISH
I Bob. Komyob devoni va uning ilmiy, ma’naviy, ma’rifiy ahamiyati
Komyob asarlarining o’rganilish tarixi
Komyob devonining ilmiy, ma’naviy, ma’rifiy xususiyatlari.
I bob bo’yicha xulosa
II Bob. Komyob devonida qo’llangaan omonim va sinonim so’zlarni o’qitishda innovatsion metodlardan foydalanish.
2.1 Devondagi omonim so’zlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish.
2.2 Devondagi sinonim so’zlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish.
II bob bo’yicha xulosa
III Bob. Komyob devonida qo’llangan omonim va sinonim so’zlarning bugungi o’zbek tiliga munosabati.
3.1 Asardagi omonim so’zlarning hozirgi o’zbek tili nuqtai nazaridan tahlili.
3.2 Asardagi sinonim so’zlarning bugungi o’zbek tili nuqtai nazaridan tahlili.
III bob bo’yicha xulosa.
UMUMIY XULOSA
FOYDALAANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlaboq tariximizning buyuk siymolaridan bizgacha asrlar osha yetib kelgan nodir qo’lyozma asarlar, osori-atiqalarni bugungi avlodga asl mazmunini saqlagan holda yetkazish, ularni ilmiy asosda tadqiq etish davlat siyosati darajasiga chiqarildi. Chunonchi, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi na’munalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”.1
Shuni alohida e’tirof etish joizki, o’zbek millati qadimdan o’zining yozuviga va adabiy tiliga ega bo’lgan sanoqli xalqlardan biri hisoblanadi. Ming yillik yozuv tarixiga ega millat vakillari tomonidan bitilgan qo’lyozmalar nafaqat turkiy diyorda, balki qator xorijiy davlatlar kutubxonalarida, xususiy fondlarda saqlanmoqda. Ular ardoqlanib, chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Biroq, afsuski, bular yetarli darajada emas. Hali qilinishi lozim bo’lgan tadqiqotlar talaygina. Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday fikrlarni bayon etadilar: “O’zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to’liq o’rganilmagan, ular olimlar va o’z o’quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlar bugungi davr o’rtaga qo’yayotgan juda ko’p dolzarb muammolarga javob toppish mumkin… Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo’la turib, ularni har tomonlama o’qish-o’rganish, haqimiz, avvalo, unib-o’sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo’yicha yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”.2
Komyob devonini nashrga tayyorlagan, “Komyob hayoti va ijodiy merosi manbalari tadqiqi” monografiyasini e’lon qilgan ustoz Jamoliddin Jo’rayev bu borada shunday yozadi: “XIX asr va XX yuz yillik boshlari Xorazm adabiy muhitining Munis, Ogahiy, Bayoniy, Avaz O’tar singari namoyondalari ijodinitadqiq etish yuzasidan adabiyotshunoslikda muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da, ular bilan zamondosh Asad, Oqil, Sa’diy, Komyob, Murodiy, Sultoniy, Farrux, Sodiq kabi xon oilasidan yetishib chiqqan ijodkorlar asarlarining qo’lyozmalari hanuzgacha o’rganilmagan”.3
O’zbek mumtoz adabiyoti na’munalari asrlar osha bizgacha turli ko’rinishlarda saqlanib yetib keldi. Ularda xalqimizning tarixi, adabiy va falsafiy qarashlari saqlanganligi biz uchun muhim sanaladi. Shu ma’noda, yurtdoshimiz Sayyid Homid to’ra ibn Sayyid Muhammadxon to’ra Komyob va uning devonini o’rganish, devon tarkibi hamda tuzilishiga baho berish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun biz ushbu mavzuni tadqiqot obyekti qilib oldik. Devondagi sinonim va omonim so’zlarni o’rganish, ularni hozirgi o’zbek tili nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda taalabalarga dars jarayonida interfaol metodlar asosida bilimlarni yetkazish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |