2
KIRISh
Reja:
1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni.
2.
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixining ob`ekti.
3.
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari
4.
XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari.
Adabiyot tarixi Vatan tarixining ajralmas qismi bo`lib,
ahamiyati jihatidan
Fuqarolik tarixi, Davlatchilik tarixi, Madaniyat tarixi kabi tariximizning boshqa
jabhalaridan kam emas. Adabiyot tarixi ma`naviy meros va milliy qadriyatlar
majmuasi bo`lgani uchun ham u nafaqat o`tmish adabiyotini o`rganish va
tushunishda, balki bugungi adabiy an`analarning mohiyatini anglashda, ildiz va
manbalarini aniqlashda ham benazirdir. Tabiiyki,
bugungi adabiyotning
shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan adabiy meros kelajakka ham asqotishi, buyuk
davlatchilikning ma`naviy poydevori bo`lib xizmat qiladi. Hujjatlardan
anglashilgan tarix qariyb uch ming yillikni o`z ichiga olgan ekan, adabiyot tarixi
undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi.
Dastlabki yozma yodgorlik sifatida tan olingan «Avesto»dan tortib to
Istiqlol davri adabiyotiga qadar davom etgan adabiy-ma`naviy davr o`ziga xos
tarix sifatida jahon adabiyotining
ham uzviy qismi ekani, jahon ma`naviyati
xazinaini minglab daho san`atkorlar hisobiga boyitgani barchaga oydin haqiqat.
Ana shu muhtasham tarixning har bir davrida yaratilgan an`ana va o`ziga
xosliklarini tushunish uchun adabiyotimiz tarixini davrlashtirish muammolariga
e`tibor qaratish lozim.
O`zbek adabiyoti tarixini, shuningdek, umumturk adabiyoti tarixini
davrlashtirishga intilish XX asrning boshlaridan boshlangan. Ushbu yo`nalishda
dastlabki tasnifni turk olimi Mahmat Fuod Ko`prulu 1926 yili yozgan «Turk
adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum:
1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha)
2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti).
3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar)
Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da,
«g`arb ta`siri» ostidagi adabiyot deyilganda olim, asosan, usmonli adabiyotini
nazarda tutgan. Chunki taxminan XUP asrdan usmonli adabiyoti g`arb,xususan,
frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb
ta`siri» X1X asrning P yarmidagi Rusiya ishg`oli bilan bog`liq holda kechgan.
Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul
qilib bo`lmaydi.
20-yillarda tarixchi olim Bo`lot Soliev, adabiyotshunos
Fitrat va Otajon
Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri
talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas:
1.
Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha)
3
2.
Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha)
3.
Savdo sarmoyasi davri adabiyoti («Qutadg`u bilig»dan «Boburnoma»ga
qadar yaratilgan adabiy asarlar)
4.
O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti (XU1-X1X asrlar
adabiyoti)
5.
Jadid adabiyoti (XX asr boshlari)
Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida
o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha
tarixiy davrlashtirish tamoyillarini o`zida aks ettirgan bo`lsa ham, asosan, adabiy
asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat
talqinida «16 asrdan so`ngra o`zbek adabiyoti» alohida adabiy davr sifatida
o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida
aks ettiradi.
20-yillarda Ozarbayjonda chiqqan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida esa, Ismoil
Hikmat ayrim daho iste`dodlar zakovati bilan bog`liq holda davrlashtirish
tamoyillarini ishlab chiqishni ma`qul ko`rgan. Bu qarashlardan
chuqur xabardor
bo`lgan olim Vadud Mahmud «Navoiygacha turk adabiyoti» maqolasida o`zbek
adabiyoti tarixini yuqoridagicha, «Navoiygacha, Navoiy davri va Navoiydan
keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va
davrlashtirish tamoyillari, asosan, adabiy asarlar va ijodkorlar siymosi nuqtai
nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan.
Davrlashtirish masalalariga sho`rolar davrida bir necha marta murojaat
qilingan bo`lsa-da, ma`lumki, bunday davrlashtirish tamoyillari asosan,
ijtimoiy
tazyiq ostida kechgan edi.
Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha
davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik:
1.
Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha)
2.
Ilk turk-islom davlarlari davri adabiyoti (1X-XP asrlar)
3.
Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi)
4.
Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr)
5.
O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi)
6.
Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari)
7.
Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar)
8.
Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin)
Bizga tavsiya etilgan qator manbalarda, ayniqsa, sho`rola davri adabiyoti
manbalarida «O`rta Osiyoda uch xonlik davri» deb nomlangan atama anglatilgan
davr adabiyoti muammolarini o`zida to`la aks ettira olmaydi. Chunki, Markaziy
Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning
o`rtalariga kelib to`la ravishda shakllangan. Shunday .kan, bu nomlanish tavsiya
etilayotgan davrning qariyb 150 yillik tarixini o`z qamroviga atama jihatilan
ololmay qoladi.
Ikkinchidan, tariximizda sifat jihatidan mutlaq o`ziga xos davr
bo`lgan «Temuriylar davri adabiyoti» ham sho`rolar davrida alohida bosqich
sifatida o`rganilmagan edi. Adabiyot tarixidagi mana shu davrning adabiy
manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida
4
xususiyat sifatida qarash lozim. 20-yillar manbalarida bu davrni «o`zbekxonlar»
davri deb atashgan. Biroq birgina «O`zbekxonlar davri» deb nomlash ham undan
keyinroq o`lkada yaratilgan ko`plab adabiyo yodgorliklarni, xususan. Xiva va
Qo`qon xonligi yodgorliklarini inkor qilishga olib keladi.
Mana shulardan kelib
chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz
topib, Shayboniyxon mamlakat tarixiga chiqqan ekan, bu voqealar so`zsiz badiiy
adabiyotga o`z ta`sirini ko`rsatgani uchun ham yangi adabiy davrni mavhumroq
qilib, XU1, ayrim manbalarda esa, XUP asrdan boshlab emas, balki mana shu
O`zbekxonlar davrida yaratilgan adabiy yodgorlikning
tabiatidan kelib chiqqan
holda belgilash lozim. XU1 asr boshlarida Xiva va XUSh asr o`rtalarida Qo`qon
xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning
tarkibidan kelib chiqqan yangi xonliklar mustaqil davlat sifatida shakllana
boshladilar. Shunday ekan, «O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti» deb
nomlash bizningcha, tarix haqiqatiga ham, bu davrda yaratilgan adabiy manbalar
tabiatiga ham mos keladi.