Muhammad ali Ijodida bolalar adabiyotining o‘rni



Download 125,67 Kb.
Sana14.02.2021
Hajmi125,67 Kb.
#58698
Bog'liq
Muhammad Ali

Muhammad ali Ijodida bolalar adabiyotining o‘rni

Bolalar uchun ijod qiladigan qalamkash ularning

  • Bolalar uchun ijod qiladigan qalamkash ularning
  • dunyoqarashlarini, pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi
  • bilishi kerak. Boshqacha ibora bilan aytganda, bolalar mavzusini
  • yoritish, bolalar uchun asar yozish ijodkordan katta mas’uli-
  • yatni talab qiladi. Bunday xususiyatlar Muhammad Alida bor.
  • Adib o‘zining tarixiy mavzuga bag‘ishlangan „Boqiy dunyo“
  • (she’riy roman), „Ulug‘ saltanat“, „Sarbadorlar“, „Abadiy
  • sog‘inchlar“ nomli romanlarida bolalarning yorqin obrazlarini
  • chizib berdi.

Biz unda Muhammad Sulton, Xalil Sulton,

Mirzo Ulug‘bek singari shahzodalarning bolalik davrlari

tasvirlangan sahifalarni ko‘ramiz. „Boqiy dunyo“ she’riy

romanida esa qahramon yigit Farhodning bolaligi tasvirlari,

ayniqsa, uning ismi ma’nosining yangicha talqinda berilishi juda

qiziqarli va ibratlidir.

„Bo‘taloq“ she’rida bo‘talog‘iga boqib quvongan, atrofida parvona bo‘lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga, ayniqsa,bo‘taloqning lo‘k-lo‘k etib chopishi, unga „cho‘k-cho‘k!“ deyish juda yoqadi, uning o‘zi ham birga chopishga tayyor.Bo‘taloq ham bolaning mehrini sezadi. She’rda „lo‘k-lo‘k,cho‘k-cho‘k“ so‘zlarining takrorlanishi she’rga ajoyib ruh

bag‘ishlagan. She’r juda jozibali va hayotiy chiqqan:

Bo‘talog‘im yayraydi,

Yantoq bersam, chaynaydi.

Yam-yashil o‘tloqlarda

Lo‘k-lo‘k chopib o‘ynaydi.

Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k,

Lo‘killama, cho‘k-cho‘k!

Bo‘talog‘im to‘ysin deb

Barra o‘tlar tutaman.

Agarda qasd qilsam-chi,

Undan o‘zib ketaman!

Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k,

Lo‘killama, cho‘k-cho‘k!


Muhammad Ali o‘z she’rlariga ko‘p hollarda tabiat man-

  • Muhammad Ali o‘z she’rlariga ko‘p hollarda tabiat man-
  • zaralarini, hayvonot olamini, o‘t-o‘lanlarni mavzu qilib oladi.
  • Bu esa she’rlarga tabiiylik baxsh etadi. „Shudring“, „Zub-
  • turum“, „Kungaboqar“, „Qo‘zichoq“ kabi she’rlar ana
  • shundaylar sirasiga kiradi. Bu she’rlarda dastavval onasining
  • gapiga kirmay, kasal bo‘lib qolgan, keyin peshanasiga zub-
  • turum bargini qo‘ygandan so‘ng sog‘aygan bola, shudringga cho‘milgan bog‘, o‘tloqda „olamda ne gaplar bor“ligidan
  • bexabar sakrab yurgan begunoh qo‘zichoq tasvirlanadi.

Shoirning ko‘p she’rlari kichik bolalarga bag‘ishlab yozil-

ganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunga misol

qilib „Vagonlar“, „Maktabimiz hovlisi“, „Yigirma to‘qqiz

do‘stimiz“ kabi she’rlarni aytib o‘tish mumkin. „Shudring“

she’riga e’tibor bering:

Bog‘imizga bir qarang,

Gul ochildi rang-barang.

Òongda shudring tushibdi,

Gulga chiroy qo‘shibdi.

Bog‘dan nari poliz bor,

Unda qovun-tarvuz bor.

Qovunlar katta-katta,

Yozda keling, albatta!

Onalarni ulug‘lovchi „Onamlarning bayrami“ she’ri bay-

ram munosabati bilan xonadonda yuz bergan quvonchli

kayfiyat haqida. Bolaning nazarida butun tabiat aziz onajonini

qutlug‘ ayyom bilan qutlashga shaylangan. Qushlar hovlini

to‘ldirib uchib yurishibdi, ariqlarning labida ham o‘t-o‘lanlar

ko‘karib chiqibdi, oppoq bodom esa, gullarga ko‘milgan shoxini

ko‘z-ko‘zlab, darchadan onajonisi xonasiga „qo‘l“ cho‘zib

turibdi... Bayramga bolaning ham sovg‘asi bor: u o‘nta „5“ olib

qo‘ygan!


Muhammad Alining xalq afsonalari asosida yaratgan

„Ninachi haqida ertak“, „Uch oltin g‘isht“, „Sirli qushlar“

nomli asarlari ham diqqatga sazovordir. „Ninachi haqida ertak“

xalqimiz orasida qadimdan mashhur bo‘lgan „Kim zo‘r“ degan

afsonani eslatadi. Asar qahramoni — Ninachi. Qish kirib

qolganini sezmagan uysiz-joysiz Ninachi qayga borishini

bilmay, „xazon cho‘pni hassa qilgancha“ yo‘lda ketardi. Muz

ustidan o‘tayotib, oyog‘i toyib ketadi va quyrug‘ini sindirib

qo‘yadi. U bu falokatdan qattiq ozor chekadi va Muzga, sen

zo‘r ekansan, deydi. Muz esa, men zo‘r emasman, agar

zo‘r bo‘lsam, Quyosh eritib yuborarmidi, Quyosh zo‘r, deydi.

Ninachi so‘ng Quyoshga, uni berkitolgan Bulutga, uning

bag‘rini teshib o‘tgan Yomg‘irga, keyin yomg‘ir iðiga osilib

yerga tushib, uni shimib olgan Yerga, yerni teshib chiqqan

Maysaga, uni bosib keta olgan Otga va nihoyat uni minib olgan

Odamga keladi... Shoir adolat qidirib yurgan Ninachi

sarguzashtini juda jonli va qiziqarli tasvirlaydi, o‘qiganda tabiat

manzaralari o‘quvchi ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tadi.

„Uch oltin g‘isht“ afsonasini shoir o‘z otasidan eshitgan.

Voqea juda qiziq va ibratli. Uch aka-uka — Òo‘ng‘ich, O‘rtancha, Kenja uzoq safarga chiqishib uchta oltin g‘isht topib oladilar. Har biriga bittadan g‘isht to‘g‘ri keladi. Biroq nafs tuzog‘iga tushgan Òo‘ng‘ich bilan O‘rtancha fitna uyushtirib,Kenjani o‘ldirmoqchi bo‘ladilar va uni ovqat olib kelishga yuboradilar. Kenja ovqat olib kelib dasturxonga qo‘yayotganda,boshiga g‘isht bilan urib o‘ldiradilar. Keyin xursand bo‘lib,ovqat yeyishga tutinadilar. Va shu zahotiyoq til tortmay o‘ladilar, chunki Kenja uchta g‘ishtning hammasini o‘ziga olmoqchi bo‘lib, akalari ovqatiga pinhona zahar qo‘shgan edi... Shoir bu afsonasida inoqlik, hamjihatlikni ulug‘laydi, ochko‘zlik,nafsga berilishni qoralaydi.

O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori

Muhammad Alining bolalarga atab yozgan she’r va afsonalari

yosh kitobxonni ezgulik va yaxshilikka chorlaydi, ularni chin

inson qilib tarbiyalashda, Vatanga sadoqatli bo‘lishda xolisona



xizmat qiladi.
Download 125,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish