Hamd angakim yus nimani bor etib,
Kudratini buyla namudor etib.
Chaxor suga xusn sumoshin tera,
Ishq elini anga haridor etib.
Butun olamni yo’qlikdan bor etib, o’z qudrati komilasini shu yo’l bilan ko’rsatib suygan zot- Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz. U zot chor-atrofga husni matosini terib, oshiq ellarini anga haridor etib suygan buyuk qudrat sohibidir.
Mexr ipisini eshib bir-bira,
Har birini birga giriftor etib.
Ravza havosida solib zuxd eli,
Shavq elini tolibi diydor etib.
Yaratgan Ulug’ Parvardigorimiz, o’z yaratganlarini bir-biriga mehri ipini eshib, har birini qalbini bir-biriga giriftor qilib band etib suygandur.
Misol uchun aytadurg’on bo’lsak, zoxidlarni zuxdu-taqvosini jannat orzusini qiladurg’on etib suygan bo’lsa, Oshiqlarning esa diydori jamolini talabida etib suygandur.
Sayr etadur bog’i vafo zavqmand,
Ya’ni tamoshoyi bu gulzor etib.
Kimki esa shifta ul jamol,
Tortti ani olimi asror etib.
Qaysi bir kishiki, Alloh taoloning diydori jamoliga shaydo bo’lsa, endi uni sir-asrorlarni biluvchi etib, sadoqat bog’ining gulzorlarin sayri tamoshosida ma’naviy lazzatlar oluvchi etib suyur.
Dayr eliga ul qabulu ul asir,
Joni kiromiysini iysor etib,
O’zligiga mashg’ul esa yulda yus,
Kirgon o’zin xukmi gunahkor etib
Ana o’shal kishiki, xonaqoh pirlarining nazarlarini topib asir bo’lsagina, ana shunda o’z aziz jonini ham ayamay baxshiyda eta olur. Lekin o’zligini, ya’ni manmanligini yo’qota olmagan bo’lsa, hali endi ul kishi tariqat yo’lida ermas ekan, tariqat yo’liga kirgan birodarlar esa doimo o’zlarini gunohkor va ojiz hisoblaydilar.
Soqiy mango sharbati sofiy uzot,
Do’stni deyu barchani bekor etib,
Mug’lar eshigidin mani quvlama,
Ayla karam, ko’rma ravo zor etib,
Soliki Majzubilari yodida,
Zikrin o’qur dilni xabardor etib.
Ey go’zal xulq sohibi bo’lmish Piyrim, menga ham qalblarni musaffo etguvchi sharbatdan uzating, ya’ni bir go’zal suhbat taqdim etingki, sizning suhbatingiz sababi ila qalbimdan barcha narsalarni chiqarib, faqat Alloh taoloning o’zini deydurg’on bo’layin. Ey mehribon Robbimiz, meni o’z lutfu karaming bilan Piyronlar eshiklaridan quvub uzoqlashtirib yubormagin, chunki Sen doimo soliki Majzublarni yodidadursan, dillarini xabardor etib hamisha Seni zikringni aytadurlar.
"Alastu" hamrini kayfi sarshor etib,
Solib mastlik, so’ngra xummor etib,
G’ami dunyaviy uqbo chu muhlik base,
Yuq et, soqiy mo’l kosa iysor etib.
Do'stlaringiz bilan baham: |