Eshoni Majzub rahmatullohi alayh, mehribon Robbimiz bizlarning ruhlarimizni yaratib almisoqda ahdlashgan paytida “Alastu birobbikum?” ya’ni sizlarni Robbilaringiz emasmanmu? degonida bizlarni ruhlarimiz “Kolu balo” deganin eslab, o’shal jon qulog’i birla eshitilgan ovozni kayfi ruhlarini to’la mast etib yana o’shal ovozni eshitishlik xumori tutayotganin yodga olmoqdalar.
Ey Piyrim, oshiqlar qalbini halok etguvchi sabablardan bo’lmish dunyo va oxirat g’amini ketkazguvchi ishq mayidan kosani bir to’ldirib taqdim eting, ya’ni bir suhbat qilib bering shoyad suhbatingiz ta’sirida barcha g’amlar yo’q bo’lib ketsa.
Totur durdi sharbatini piyri dayr,
Quruq quvlama bizni bekor etib,
Tarb ayla ey mutribi dilfireb,
Muhabbat qilidin necha tor etib,
Ey xonaqohidagi Piyrim, ishq-muhabbat sharbatini tagida qolgan quyqundi durdasidan bo’lsa ham tolitib baxramand eting, bizlarni bekor, quruq qaytarib yubormay nasibador eting. Ey sozanda, muhabbat qilidan, ya’ni rishtasidan bir nechasini tor etib, dillarni ishq-muhabbat bilan zavqlantiruvchi ko’yingni cholgin.
Riyochilar sunmomishlar qadah,
Borishmaymiz onlarga biz or etib,
Vafo mash’aliga kuyub yonamiz,
Qabotlang bizi do’stlar yor etib.
Ishq-muhabbat qadahini insonlar kursin deb riyo uchun sufiylik etguvchilarga tutqazishmas, bizlar ham bunday fe’ldagi kishilardan or silib ular bilan borish-kelish etmaymiz, Vafodorlar mash’alida bizlar ham kuyub yonamiz, ey do’stu-yoronlar, uz saflaringizga bizlarni ham birodar etib sushing.
Xusho uqbo sori yuborsa mani,
Ki sar to sadam shavqi diydor etib,
Zixi raxmating sori kuz tikmisham,
Ki maxrum etma umidvor etib,
Qandayin yaxshi bulur erdiki, oxirat safarimga boshdan-oyoq shavqi-zavqim Alloh taoloning diydori jamolini ko’zlagan holda ketsam. Ey mehribon Robbimiz, Seni rahmatingga ko’z tiktirib diydori jamolingga yetishga umidvor etib suygan ham Uzingsan, endi albatta, Uzing umidvor etib yana meni mahrum etib suymagin.
Bu olamdin utmoqni bilguchiga,
Ki utqunuzini sabukbor etib,
Ber, ey dayri piyri payo-pay sadax,
Fanoga darsi sabaq takror etib,
Ber, ey sharbati sofni vajxiga,
Garov jubbavu kafshu dastor etib.
Bu foniy dunyodan o’tmoqligini bilguvchi kishiga, dunyo taassurotlaridan uzini yengil silib o’tmoqligi lozim bo’ladi. Ey Piyrim, paydar-pay, suxbat qilib fano darsi sabog’ini takror etib bersangiz. Ey suxbatdan bahramand bo’lishni xohlaguvchi, bundayin fanoga yuz tutkazadurg’on suxbat uchun garovga salla, chupon, kafshingni berib bo’lsa ham shundayin suhbatni topgin.
G’ofuro, Raxiymo Javodul karim,
Karam-la mani yutsimi bor etib,
Agarchi bu Majzub xatokesh es,
Kechur, tutma yo Rab gunahkor etib.
Ey gunohlarni kechirguvchi, bandalariga o’ta mehribon va saxovat sohibi bo’lmish karamli Robbimiz, o’z karaming bila men erisha olmagan, yuqo- rida o’tgan ulug’ do’stlaringga ko’rsatgan iltifotlaringdek nasibalarga yetgazgin. Ey Parvardigoro, bu Majzub agarchi xatosi ko’p bo’lsada gunohkor etib tutmasdan gunohlarini kechirib yuborgin.
NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM NA’TLARI
Zi bog’i fitrat guliy ast maqsud,
Guliy digar bud tufayli ushud,
Az-u samarxo zuxur omad,
Yakiy az onki maqomi Maxmud.
Yaratish bog’idan bir guldir maqsud, ya’ni Allox, taoloni butun borliqni yaratishdan maqsadi o’zining Xabibi Muhammad alayhis salom tufaylila- ridan erdi. O’zga gullar u gul sababli bo’ldi, ya’ni o’zga payg’ambarlar esa bizlarni payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom tufayli yaratildilar.Un- dan samarlar xosili undi: payg’ambarimiz alayhis salom sababli yana qanchadan-qancha ulug’ ne’matlar zuxurga keldi, Ulardan biri esa maqomi Mahmuddi
Vazid az on ku sharorai shavq,
Bi hift jonxo shudand hama shavq,
Tu mubdii shavq Xolitsi zavq,
Mushavviqonro raqon ba maqsud.
O’sha yuldan shavq-u zavq uchqunlari esib, bu oshufta jonlar, ya’ni devona bo’lgan oshiqlar hammalari shavqlanishdi, Sen, ey shavq-zavqni paydo qilguvchi Yaratuvchi Robbi Parvardigorimiz ahli shavqlarga maqsadlarini nasib etgin.
Zi tuxmi mexrash bikosht Rabbim,
Ba mazra’i qalbi tolibonash,
Nasimi fayzash vazid az on su,
Ba voya omad nixoli maqsud.
Robbi Parvardigorimiz, toliblarning qalb ekinzoriga o’zining mehri urug’ini sepdi. Ul tomondan fayzli nasimi shabbodani esdirgani sabab, maqsad nihollari voyaga yetdi.
Muzzammillash xonad Muddaqsirash guft,
Bashir U kard Nazir U qoxt,
Gunox koron umidvoron,
Ki chun tufaylash nakardaand bud.
Robbi Parvardigorimiz paygambarimiz alayhis salomni “Ya ayyuxal Muzzammil”, ya’ni:“Ey, o’ranib yotuvchi” - deb chaqirdi, “Ya ayyuxal Muddassir”, ya’ni:“Ey, burkanib yotuvchi” - deb nido qildi, ya’ni nido chog’ida nomlarini Muzzammil va Muddassir deb chaqirdi. U Robbi Parvardigorimiz payg’ambarimiz alayhis salomni Bashiyr, ya’ni ummatlariga bashoratchi qildi va hamda Naziyr ogoxlantiruvchi etdi.Gunoxkorlar payg’ambarimiz alayhis salomni vasiyla qilib umidvor bo’lganlari uchun, U kishi tufayli gunoh qilishmaganday bo’ldi.
Imomi ummat rafitqi gorash,
Ba adl yakto rikobdorash,
Shaxiy xayokesh nisobdorash,
Shaxiy kariymon mutsiymi dar bud.
G’ordagi hamroxlari, ummatning imomi,Eshoni Rasulimiz Alayhis salomni vafodor do’stlari bulmish Xazrati Abu Bakr Siddiq, Adolatda yagona rikobdor Xazrati Umar, Xayoli shoh bo’lmish niqobdor Xazrati Usmon raziyalloxu taolo anxumolar va Karam axlining shohi Xazrati Aliy raziyalloxu taolo anxu payg’ambarimizning eshiklarida doim turguvchi bo’ldilar.
Zi gardi sayrash samo kuloxon,
Va nozaninoni xush nigoxon,
Ba surmasoyi ba tutiyoyi,
Ba surmasoyi ba tutiyoyi.
Samo kuloxlari atrofida sayr qildi, va yana shu bilan birga nozanin-u chiroyli qaraguvchilar, ko’zlariga tutiyo surtib o’sma qo’yganlar ham. Noza- nin ko’ziga yana bundan ortiq naf qayda bor?!
Zi mexriboniy Raximu Raxmon,
Durud farmud ba axli iymon,
Salomu salavot janobiuro,
Ba payravonash biguftu farmud.
Mehribonligidan Rahimu Rahmon bo’lgan Parvardigorimiz ahli iymonga,ergashuvchilariga ul janobi payg’ambarimiz alayhis salomga durudu-salavotu salomlar aytishga farmon berib buyurdi.
Zi mexriboniy, ba mexmoniy,
Bixonad mavlo, ba favsi ashyo,
Kunuzi asror ba ruxi pokash,
Namuda onchi namudai bud.
Robbi Parvardigorimiz, paygambarimiz alayhis salomni Mehribonchilikdan me’roj kechasida barcha ashyolar ustiga, mehmondorchilikka chaqirdi. Mavloyimiz Alloh taolo o’zining sir-asrorlar xazinasidan qanchaki ko’rsatishni iroda etgan bo’lsa, ruhi poklariga ko'rsatdi.
Azon riyoz murod arsil
Ravoyixi xush ba mazrai dil,
Ki joni Majzub abir hardad,
Payo payash kun masoz maqdud.
Ey Robbi Parvardigorimiz, u murod gulshanidagi chiroyli hidlardan bizlarni dil ekinzorimizga ham yuborib turgin.
Do'stlaringiz bilan baham: |