Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari. Reja: Kirish



Download 223,93 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2022
Hajmi223,93 Kb.
#678292
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari.


Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari.
Reja:
Kirish

  1. Milliy hisoblar tizimi to’g’risida tushuncha

  2. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblash uslubiyati va o’zaro bog’liqligi

  3. Yalpi ichki mahsulot – milliy hisoblar tizimining markaziy ko’rsatkichi

  4. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Jahonda globallashuv tendensiyalarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hamda tovar va xizmatlar diversifikatsiyasining kengayishi yalpi ichki mahsulot (YAIM)ni hisoblash usullarini takomillashtirishni ham taqozo qilmoqda. Chunki hozirgi kunda jahon mamlakatlari hisobchilik tizimidagi eng katta muammo - bu YAIM hajmi hamda uning oʻsish surʼatlarini aniq va toʻliq hisoblash masalasidir. Ushbu sohada dunyo hamjamiyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. Masalan, milliy hisoblar tizimi (MHT)ning bir nechta xalqaro andozalari, YAIMni hisoblash boʻyicha qator koʻrsatma va tavsiyalar shular jumlasidandir. Biroq, shu kunga qadar YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini aniq hamda toʻliq hisoblash masalalari dolzarb muammoligicha qolmoqda. Shuning uchun hozirgi kunda MHT asosida YAIMni hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha qator xalqaro tashkilotlar tomonidan turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jahonda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, hususan, YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar davom etmoqda, jumladan, YAIMning tarkibiy qismlari, harakat shakllari va ularning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillarni tahlil qilish hamda shu asosda prognoz koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, YAIM tarkibidagi investitsion sarflar hamda yashirin iqtisodiyot ulushini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish va shu kabi qator masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Shunday boʻlsada, globallashuv jarayonlari va iqtisodiy taraqqiyotning jadallashuvi, ishlab chiqarish diversifikatsiyalashuvining kuchayishi YAIMni hisoblash usullarini yanada takomillashtirish masalasini iqtisodiyotning eng asosiy muammolaridan biriga aylantirmoqda.
Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga integratsiyalashuvi, modernizatsiya va diversifikatsiyalashuv jarayonlari hamda iqtisodiy taraqqiyotning jadallashishida “...statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin”.1 Hozirgi kunda “...statistik amaliyotda maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, tahlil qilishning shakl va usullari xalqaro andozalar hamda zamonaviy talablarga toʻliq javob bermaydi.2 Shuning uchun ham Oʻzbekiston Respublikasining kelajakda mamlakatni yanada rivojlantirishga moʻljallangan strategic vazifalarida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020-yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etish” va “...yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” vazifalarining belgilab qoʻyilishi respublikada milliy hisoblar tizimi asosida YAIMni hisoblash usullarini yanada takomillashtirishni hozirgi kunda zudlik bilan hal qilinishi zarur boʻlgan asosiy muammolardan biriga aylantirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi va PF-4707-son 2015-yil 4-martdagi “2015–2019-yillar uchun ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta tuzilishi, zamonaviylashishi va diversifikatsiyasini taʼminlash boʻyicha choratadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonlari, PQ-2692-son 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, PQ-3165-son 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-son 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining 9-son 2016-yil 29-iyundagi “Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash boʻyicha uslubiy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Qarorlari hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Dunyoda YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha qator, jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: YAIMni ishlab chiqarish usuli boʻyicha hisoblashda qoʻshilgan qiymatning tarkibiy qismlari, ayniqsa, amortizatsiya ajratmalarini aniq va toʻliq hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish; YAIM tarkibida uy xoʻjaliklarida yaratilayotgan tovar va xizmatlar hajmini toʻliq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish; milliy hisoblar tizimining asosiy schyotlari (ishlab chiqarish, daromadlar shakllanishi va taqsimlanishi, kapital bilan operatsiyalar) tarkibini takomillashtirish; hufyona iqtisodiy faoliyat natijalarini YAIM tarkibiga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish.


Download 223,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish