Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………3
I-Bob. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari…………………………….5
1.1. Mendel qonunlari…………………………………………………….5
1.2. Mendel irsiyat qonunlarining sitologik asoslari……………………..7
II-bob. Diduragay chatishtirish. (Mendelning uchinchi qonuni)…………..11
2.1. G. Mendelning irsiyat qonunlari yaratilishidagi davr va G.Mendelning ish uslubi……………………………………………………………..…11
2.2. Diduragay chatishtirish…………………………………………….14
2.3. Bir belgi bo'yicha to'liq, Ikkinchi belgi bo'yicha to'liqsiz dominantlik holatdagi irsiylanish…………………………………………………….17
2.4. Diduragaylarda ajralishning statistik xarakteri…………………….20
Xulosa…………………………………………………………………………26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………28
Kirish
Irsiyat deganda tirik organizmlarning o‘z belgi va xususi- yatlarini kelgusi avlodlarga berish xossasi tushuniladi. Irsiyat tufayli turga xos belgi, xususiyatlarning nisbatan turg‘unligi avlodlarda saqlanadi.
O‘zgarvchanlik bu – tirik organizmlarning tashqi va ichki omillar ta’sirida o‘zgargan belgi-xususiyatlarni hosil qilishidir.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi hodisa bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi.
Tirik organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanligi bir qancha metodlar yordamida o‘rganiladi.
Belgi va xossalarning avloddan avlodga berilishi duragaylash, irsiyat va o‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari bo‘lmish xromosomalarni sitogenetik, nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasini molekulyar genetik, noyob genlar va xromosomalarni bir organizmdan boshqa organizmga ko‘chirish genetik injeneriya metodi yordamida o‘rganiladi.
Mavzuning dolzarbligi: Mendel qonunlari - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini oʻzaro chatishtirgan. Olingan duragay avlodlarda ota-ona oʻsimligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon qilishini oʻrgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan. Mendel organizmlarda ular belgilarining irsiylanishini taʼmin etuvchi maxsus irsiy omillar (genlar) mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda boʻladi. Har qaysi irsiy omil dominant yoki retsessiv allel holatda boʻlishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgilarining irsiylanishi va rivojlanishini taʼmin etadi. Mendel qonunlari Mendel kashf etgan uchta qonunni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |