2.3. Bir belgi bo'yicha to'liq, Ikkinchi belgi bo'yicha to'liqsiz dominantlik holatdagi irsiy'anish
Bu tipdagi irsiylanishga g'o'za belgilarining irsiylanishidan misol keltiramiz. Genetik tahlil uchun g'o'za genetik kolleksiyasining L-73 va L-IZ deb atalgan ikkita izogen liniyalari olindi. Ular ikki jurt belgilari bilan o'zaro keskin farqlanadilar. L-73 liniya o'simliklarining hosil shoxlari cheklanmagan shoxlanishii (hosil shoxi bir nechta bo'g'imlardan iborat), barg plastinkasining shakli panjasimon qirqilgan. L-12 liniyasining hosil shoxlari cheklangan (hosil shox bitta bo'g'imdan iborat), barg plastinkasining shakli esa odatdagidek panjasimon bo'linma barg. Hosil shoxlarining tiplari to'liq, barg plastinkalari shakli esa to'liqsiz dominantlik qiladi. L-73 liniya shoxlanish tipi bo'yicha dominant gomozigotali (SS), L-12 liniya esa — retsegsiv gomozigotali (ss). Barg plastinkasining shakli bo'yicha L-73 liniya dominant gomozigotali (ÖIÖI), L-12 liniya retsessiv gomozigotali (0101) (ilova — 7-rasm). Har ikki juft belgi bo'yicha ota-ona liniyafarining genotiplari quyidagicha: L-73 liniya - SSÖlÖl:L-12 liniya — ssolol. Bu tiniyalarni o'zaro chatishtirishdan olingan FI duragaylarning genotipi SsÖlol. Fenotipi esa cheklanmagan shoxlanishli, panjasimon bo'lingan barg. FI o'simiiklarini o'z-o'ziga chatishtirilib olingan F2 duragay o'simliklarida har ikki belgi bo'yicha quyidagicha ajralish kuzatilgan,
Sxema tah!ili shuni ko'rsatadiki, F o'simliklarida xuddi no'xatdagi kabi genotipik sinflar soni 9 ta. Fenotipik sinflar soni esa 4 ta emas, balki 6 ta bo'igan. Ularning miqdoriy nisbati 3:6:3:1:2:1. Agar F2 dagi fenotipik ajralishini har ikki juft belgi bo'yicha ayrim-ayrim tahlil qilinsa, u hołda F da hosil shoxlarining tiplari bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati 12 ta cheklanmagan hosil shoxi: 4 ta cheklangan hosil shoxi (3:1)', barg plastinkasining shakli bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati 4 ta panjasimon qirqilgan barg : 8 ta panjasimon bo'lingan barg : 4 ta panjasimon bo'linma barg (1:2:1) nisbatda bo'lgan.
2.3. Har ikki jut belgi bo'yicha to'liqsiz dominantlik holatda irsiylanish
Bu tipdagi irsiylanishga doir g'o'za genetik kolleksiyasining ikkita gomozigotali izogen liniyasini o'zaro chatishtirishdan olingan duragaylarning tahlilini keltiramiz.
Ona organizm sifatida barg plastinkasi panjasimon qirqilgan (ÖIÖI) va o'simlik rangi antotsian (RpRp) bo'lgan L-3 liniyasi, ota organłzm sifatida esa barg plastinkasi panjasimon bo'linma (0101) va o'simlik rangi yashil (rprp) bo'lgan L-16 liniyasi olindi. L-3 liniya har ikkala belgi bo'yicha dominant gomozigotali (ÖAŘpŘp), L-16 liniya esa retsessiv gomozigotali bo'lgan (ilova — 8-rasm).
Bu liniyalarni o'zaro chatishtirib olingan FI duragaylari barg plastinkasining shakli bo'yicha oraliq — panjasimon bo'lingan barg shakliga, o'simlik rangi bo'yicha ham oraliq rangga ega bo'lganlar. Binobarin, ularda har ikkala juft belgi bo'yicha to'iiqsiz dominantlik hodisasi kuzatiladi.
FI o'simliklarining genotipi — Ö101kprp FI o'simliklarini o'z-o'ziga chatishtirish natijasida olingan F2 duragaylarida har ikkala belgi bo'yicha quyidagicha ajralish kuzatilgan.
2.3.1-jadvali
Genotipik sinflar
|
Fenotipik sinflar
|
|
|
Genotip
|
Takrorlanish som
|
Fenotip
|
Nisbat
|
|
ÖAŘpŘp
|
|
barg plastinkasi panjasimon qirqilgan, rangi antotsian
|
|
2
|
|
2
|
barg plastinkasi panjasimon qirqilgan, rangi oraliq
|
2
|
3
|
ÖlÖłrprp
|
|
barg plastinkasi panjasimon qirqilgan, rangi yashil
|
|
4
|
Ö,01ŘpŘp
|
2
|
barg plastinkasi panjasimon bo' lingan, rangi antotsian
|
2
|
5
|
ÖARprp
|
4
|
barg plastinkasi panjasimon bo'lingan, rangi oraliq
|
4
|
6
|
Öpłrprp
|
2
|
barg plastinkasi panjasimon bo'lingan, rangi yashil
|
2
|
7
|
|
|
barg plastinkasi panjasimon ho 'linma, rangi antotsian
|
|
8
|
otorRprp
|
2
|
barg plastinkasi panjasimon bo i linma, rangi oraliq
|
2
|
9
|
010jrprp
|
|
barg plastinkasi panjasimon bo'linma, rangi yashil
|
|
Sxema tahliliga ko'ra, F2 dagi genotipik va fenotipik sinflarning soni bir xi), ya'ni 9 ta, ularning miqdoriy nisbatlari ham bir xil 1:2:1:2:4:2:1:2:1 ga teng, chunki F: dagi dominant gomozigotali o'simliklar o'zining fenotipi bilan geterozigotali o'simliklardan ajralib turadi.
Agar F2 dagi fenotipik ajralishni har ikki juft belgi bo'yicha ayrimayrim tahlil etilsa, u hołda F2 da barg plastinkasining shakli bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati 4 ta panjasimon qirqilgan: 8 ta panjasimon bo'lingan: 4 ta panjasimon bo'linma (10:1); o'simlik rangi bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati 4 ta antotsian rangli: 8 ta oraliq rangli: 4 ta yashil rangli (1:2:1) nisbatda bo'lganligini ko'ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |