Mehnat muhofazasi va ekologiya



Download 0,64 Mb.
bet5/6
Sana11.03.2020
Hajmi0,64 Mb.
#42159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MHFX


LABORATORIYA-6

HAVO QUVURLARIDA HARAKATLANAYOTGAN

HAVONING MIQDORINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Havo quvuridagi harakatlanayotgan havoning miqdorini aniqlashni o‘rganish.

Umumiy ma’lumotlar

Agar ko‘ndalang kesim yuzasi doira shaklida bo‘lgan havo o‘tkazgichda, havo V m/s tezlik bilan harakatlansa, uning o‘tish miqdorini quyidagi formula orqali topish mumkin.

Q=F•V, m3/s

Agar havo quvurini ko‘ndalang kesim yuzasi - to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lsa, unda uning yuzasi ikki qo‘shni tomonlarining ko‘paytmasiga teng. agarda havo quvurining ko‘ndalang kesimi doira bo‘lsa quyidagi formuladan topiladi:



bunda: d - havo quvurining diametri.

SHunday qilib, ko‘ndalang kesim yuzasi doira shakliga ega bo‘lgan havo quvurlaridan o‘tayotgan havoning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:

F=0,785d2V, m3/s

Bu erda havoning tezligi V ni o‘lchash usuli bilan aniqlaymiz. Bu usulning qiyinchiligi shundaki havo quvurida havoning tezligini bevosita asbob yordamida o‘lchab bo‘lmasligini hisobga olib, uni havoning dinamik bosimi Rdin orqali topiladi.

Ma’lumki, Bernulli qonuniga asosan havo quvuridagi harakatlanayotgan gazning to‘liq bosimi, statik bosim bilan dinamik bosimning yig‘indisiga teng.

Rt=Rst+Rdin

ya’nibundan Rdin= Rt- Rst

Quvur ichida harakatlanayotgan havoning tezligi dinamik bosimga bog‘langandir.

bunda; g - erkin tushish tezlanishi, g=9,81 m/sek2

r - harakatlanayotgan havoning zichligi. Injenerlik hisoblarda havoning zichligi r=1,23 kg/m3 qabul qilish mumkin, bunlay holla /15/ formulani quyidagicha yozish mumkin:

Bu formula havo quvurida harakatlanayotgan havoning harorati 15 dan 25oC gacha bo‘lganda aniq natija beradi.



Endi dinamik bosimni o‘lchashni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun har xil tuzilishga ega bo‘lgan pnevmometrik naychalar ishlatiladi. 9-rasmda Prantlya (a) va LIOT (b) tuzilishdagi naychalar ko‘rsatilgan. Pnevmometrik naychalar ikki kanaldan iborat. Ulardan "T" harfi bilan belgilangani havo oqimiga qarshi ochiq va to‘liq bosimni o‘lchaydi. Naycha oxirida rezinkali ichak kiygiziladigan qismiga "+" belgisi qo‘yilgan. Boshqa "C" harfli kanal havo oqimiga perpendikulyar yo‘nalishda ochiq Prantlya naychasida bu halqani teshik «K» xarfi bilan belgilangan.

.

LIOT naychasida esa bu to‘rtta teshik "O" harfi bilan belgilangan. Bu naycha havo oqimining statik bosimiii o‘lchaydi va rezinkali shlang kiygiziladigan joyga "-" belgisi qo‘yilgan.



Havo oqimining bosimini ko‘pincha suv yoki simob ustuni balandligi bilan o‘lchanadi. Bunda MKGCC kgk/m2, /mm suv ustuni/ o‘lchov birligi sistemasini o‘z ichiga olgan tenglamalardan foydalanish qulay.

Havo oqiminimg bosimi 2 dan 160 kgk/m2 gacha oraliqda bo‘lganda SAGI yoki MMN mikromanometrlari orqali va 160 kgk/m2 dan katta bo‘lganda "U" shaklidagi manometr orqali, pnevmometrik naychalar yordamida aniqlanadi. Agar mikromanometrning bir tomonini pnevmometrik trubkaning /-/ minus tomoni bilan tutashtirilsa (11b-Rasm) bunda havo oqimini statik bosimi Rst o‘lchanadi. Xuddi shuningdek to‘liq bosim ham ventilyatorning dam beruvchi tomonida musbat, havo so‘riluvchi tomonida esa manfiy bo‘ladi.

Agar mikromanometrni yoki U shaklidagi manometrni pnevmometrik naychanining ikkala tomoniga /+/ va /-/ (11-Rasm) ulansa, unda u havo oqimining bosimi tezligini Rdin ko‘rsatadi. (13-formulaga qarang).

Havo quvurining o‘rtasida tezlik kattaroq, devorlariga yaqinlashgan sari esa kamayib boradi. Dinamik bosim ham shu xilda o‘zgaradi.

Asbob yordamida o‘lchangan dinamik bosim qiymatlarining /Rdin/ o‘rtacha qiymatini aniqlab va undan foydalanib havoning o‘rtacha tezligini topamiz.

Buning uchun ko‘ndalang kesimi aylana shaklida bo‘lgan havo quvurlarini ko‘ndalang kesimini xayolan yuzalari teng bo‘lgan halqalarga bo‘lib chiqamiz va ularning aylana markazidan baravar uzoqlikda yotgan to‘rtta nuqtalarida dinamik bosimni o‘lchaymiz. Halqalar soni havo quvurlarining diametriga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan:

Havo quvurining diametri, mm 100, 200, 200-400, 400-600


Halqalar soni 2, 3, 4, 5,

Halqalar sonini ixtiyoriy olmasdan, yuqoridagicha olinganda, topilgan o‘rtacha tezlik qiymati haqiqatga yaqinroq bo‘ladi.

Havo quvuri yuzasini 3 halqaga bo‘linishini 12-rasmda ko‘rsatilgan, har
bir o‘lchanadigan nuqtaning havo quvuri devoridan uzoqligini 4-jadvaldan
aniqlash mumkin.

O‘lchash paytida bu masofalarni pnevmometrik naychaning tashqi devoriga belgilab qo‘yiladi.








Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish