MEHMONXONA BIZNESI
Mehmondo„stlik sanoatining tavsifi
Odatda mehmonxona sohasida ish yuritadigan barcha faoliyat turlari yiliga
365 kun 24 soat ochiq bo‗ladi. Biz shuncha vaqt ishlamasakda, boshqa sohadagilardan ko‗proq ishlaymiz. Bu sohadagi ayniqsa yuqoriroq lavozimlar kuniga 10 soatlab ishlashlariga to‗g‗ri keladi. SHunga qaramay so‗nggi paytlarda menejerlik lavozimida ishlash uchun keladigan kadrlar soni kamayib ketmasligi va yangi avlod menejerlarini bu sohaga jalb qilish uchun ularning ish soatlarini haftasiga 50 soatgacha kamaytirishgan. Kechki payt yoki dam olish kunlari ham ish haftasiga kiradi. Bundan ko‗rib turibmizki, boshqalar dam olayotgan paytda biz ishlaymiz.
Mehmondo‗stlik sanoatida ish vaqtlari navbatchilik bo‗yicha taqsimlanadi. Ish faoliyatingizni endi boshlaganingizda qaysi lavozimni egallashingizga qarab aniq bir vaqtda (smenada) ishlashingizga to‗g‗ri kelishi mumkin. Asosan, butun kunlik ish jarayoni 4 smendan iborat bo‗lib, ertalabki smena sizdan soat 6:00 da uyg‗onib soat 7:00 da ishda bo‗lishingizni talab qiladi. O‗rta smena ertalabki 10:00 dan 19:00 gacha. Kechki smen 15:00 dan 23:00 gacha va tungi smena 23:00 da boshlanib tonggi 7:30 gacha davom etishi mumkin. Tekshiruvchi va menejerlar odatda ishlarni ertalabki 8:00 da boshlaydilar. Omad birdan kelavermaydi.
Mehmonxona biznesida biz mijozning talablariga mos xizmat ko‗rsatishga intilamiz. Bu bizga mijozlarning ishonchiga kirish va albatta daromad keltirish uchun muhimdir. Bizning xizmatlarimiz moddiy emas, ya‘ni bizning xizmatlardan foydalanishdan avval mijoz ulardan sinovli foydalanib ko‗rolmaydi yoki pishirilgan go‗shtni tatib ko‗rib keyin ovqatga buyurtma berolmaydi. Bizning xizmatlarimiz mehmonlar egalik qilishlari uchun emas, ularda foydalanishlari uchundir. Faoliyatimizning yana bir qiziq jihati, biz mahsulotimizni ishlab chiqarish uchun mijozning ham ko‗magini olishimiz zarur bo‗ladi. Siz ―General Electric‖ muzlatkich ishlab chiqarayotgan paytda ularning mujozlari muzlatkich yig‗ish jarayonida ishtirok etishlarini tasavvur eta olasizmi? Bu juda g‗alati
eshitilsada, biz buni har kuni, hatto, kuniga bir necha marotabalab qilamiz. Bu mehmoxona biznesi sohasida ishlab chiqarish va iste‘mol qilish jarayonlari ajralmas ekanliklarini ko‗rsatadi. Har bir mijoz o‗zining talablarini qo‗ygani sababli bizning ish har bir mehmonga alohida yondashuvni talab qiladi.
Bu sanoatning yana bir ajralib turuvchi tomoni mahsulotning qolib ketishidadir. Masalan, mehmonxonada 1400 ta sotuv uchun mo‗ljallangan xona mavjud, lekin faqatgina 1200 tasi sotilib qolgan 200 tasi shundayligicha qolib ketadi. Bu sotilmagan xonalar bilan biz hech narsa qilolmaymiz. Biz doim bir kechada 200 tacha xona va uning sotuvdan foydasini yo‗qotamiz. Mehmonxona biznesida biz investisiyalarni qoplash va mehmonxona egalari, aksiyadorlarga foydasi bilan chiqarish uchun ish yuritamiz. Bugungi kunda tikilgan mablag‗dan olinadigan foyda kelishiladi va odatda u alohida vaziyatlarga bog‗liq bo‗ladi. Iqtisodiy pasayish bo‗lganda yoki undan ham yomoni inqirozli paytlarda ahvol og‗ir bo‗ladi. Bunda hammaning fikri faqatgina ishlatgandan ko‗ra ko‗proq pul kelishini kutishda bo‗ladi.
Bilimingizni sinab ko‗ring:
Mehmondo‗stlik sanoatidagi 4 ta smenani sanang va izohlang.
Mehmondo‗silik biznesi va boshqa biznes sektorlaridagi muhim ikki farqni ajrating va tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |