Sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish Reja: Raqamli transformatsiya



Download 21,11 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi21,11 Kb.
#370705
Bog'liq
Sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish Jumanazarov Haytali


Sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish
Reja:


  1. Raqamli transformatsiya.

  2. Xalqaro valuta jamg‘armasi.

  3. Xulosa.


Raqamli texnologiyalar sharofati bilan insoniyat to‘rtinchi sanoat inqilobi davriga qadam qo‘ydi. Sun'iy intellekt, jihozlar interneti, 5G va bio-muhandislik odamlarning kundalik hayotiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Bu global makroiqtisodiy tendensiyalarning shakllanishiga olib kelmoqda va yangi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar jamiyatning barqaror rivojlanishining bir qismi va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi omilga aylanib bormoqda. Ko‘rib turibmizki, aqlli shaharlarning yaratilishi va sanoatning raqamli transformatsiyasi iste'molchilar tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratadi, ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishga hissa qo‘shadi.

COVID-19 jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi: jismoniy shaxslar, uy xo‘jaliklari va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan raqamli ilovalar jamiyatning deyarli barcha jabhalariga, xususan muloqot, xarid qilish, ish, ta'lim va ko‘ngilochar sohalariga chuqur kirib bordi. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar pandemiyaga qarshi kurashishda va o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta'minlashda megapolislarga yordam berdi. Raqamli xizmatlar yuqori tezlikdagi internetga (5G va optika) ulangan holda tibbiy yordam ko‘rsatish, masofadan turib tibbiy maslahatlar berish, hukumatlar va kompaniyalarni ish faoliyatiga yangicha formatda qaytarish va shu kabi bir qator ssenariylarni qo‘llab-quvvatlash bilan “yangi odatiy hol”ga aylandi. Bu hukumatlar va tashkilotlarning sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar tuzish zarurligini anglab yetishlariga olib keldi.

Xalqaro valuta jamg‘armasining so‘nggi prognoziga ko‘ra, tez orada jahon iqtisodiyoti pandemiyadan keyin tiklana boshlaydi. Global YaIM 2021 yilda 6% ga o‘sishi, mintaqalardagi o‘sish esa: Osiyoda 8,6%, AQShda 6,4%, Lotin Amerikasi va Karib havzasida 4,6%, Yevropa mamlakatlarida 4,4% va Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 3,7% ni tashkil etishi kutilmoqda.

Iqtisodchilar iqtisodiyotni tiklashning turli modellarini, jumladan, V, U va K shaklidagi modellarni ilgari surdilar. Agar pandemiya samarali nazorat qilinsa, jahon iqtisodiyoti jadvalda V-shaklini yaratgan holda keskin pasayishdan tezda tiklanishi mumkin. Boshqa rivojlanish ssenariysida tushish uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin, bu esa retsessiyaga olib keladi va undan so‘ng iqtisodiyot tezda qayta tiklanadi. Shunga o‘xshash qayta tiklanish mutaxassislar tomonidan «U» harfi shaklida taqdim etilgan.

Shu bilan birga, ba'zi iqtisodchilar, eng yomon vaziyatda, «K» shakli paydo bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilishadi, bunda iqtisodiyotning holati turli mintaqalarda bir-biridan keskin farq qiladi. Barcha mamlakatlar pandemiyaga qarshi samarali kurash olib borishi hamda normal iste'mol va ishlab chiqarishni iloji boricha tezroq tiklashi kerak. Bu jahon iqtisodiyotiga «K» shaklidagi modeldan qochish va sog‘lom iqtisodiy o‘sishni ta'minlash imkonini beradi.

Raqamlashtirish mamlakatlarga BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) tezroq erishishiga yordam beradi. Bu maqsadlar qashshoqlikni yo‘q qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, salomatlikni mustahkamlash va butun dunyoda ijtimoiy farovonlik va taraqqiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, suv tanqisligi va ifloslanishi kabi ekologik muammolarning dolzarbligi yildan yilga ortib bormoqda. Ijtimoiy muammolar ham keskinlashmoqda – odamlarni kambag‘allik, iqtisodiy tengsizlik va huquqlarining cheklanishi tashvishga solmoqda. Insoniyat ta'lim olish imkoniyatlari, oziq-ovqat, energiya va shu kabilarning yetarliligi haqida ko‘proq qayg‘urmoqda. Butun dunyo bo‘ylab pandemiyaning tez tarqalishi bilan sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamdan foydalanish muammolarining dolzarbligi oshib bormoqda.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtiradi. Samarali va qulay AKT infratuzilmasi va xizmatlari mamlakatlarga raqamli transformatsiyani amalga oshirishga va iqtisodiyotining umumiy raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. AKT ta'lim, sog‘liqni saqlash, biznes va boshqarish kabi sohalarda yangi, yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar uchun mustahkam asosni ta'minlaydi. AKT qashshoqlik va ochlik bilan kurashishga, sog‘liqni yaxshilashga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, iqlim o‘zgarishini yumshatishga, energiya samaradorligini oshirishga hamda shahar va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlashga yordam berishi mumkin.

Raqamli sanoatlashtirish bugungi kunga kelib davlatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylandi. 2019 yilda sanoatni raqamlashtirish jahon raqamli iqtisodiyotining 84,3 foizini va jahon yalpi ichki mahsulotining 35 foizini tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoatni raqamlashtirish raqamli iqtisodiyotning 86,3 foizini tashkil qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ulush 78,6 foizni tashkil etdi. Rivojlangan davlatlar aloqa va dasturiy ta'minot sohasidagi eng kuchli vakillar bo‘lib, ular elektron tijorat va ilg‘or ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni eng birinchilardan bo‘lib boshlab bergan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Raqamli industrializatsiya tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi toifalarga ajratilishi mumkin. Faoliyat turiga ko‘ra biz ularni qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratishimiz mumkin. Dunyoda, xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya boshqa ikki sektorga qaraganda tezroq sur'atlarda ro‘y bermoqda (quyidagi rasmga qarang).

Bu, asosan, har bir sektorning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya ishlab chiqarishga qaraganda osonroq amalga oshiriladi, chunki xizmat ko‘rsatish sohasida doimiy xarajatlar kamroq, tranzaksiya xarajatlari esa yuqori. Qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiyani amalga oshirishda to‘siqlar ko‘proq bo‘ladi, chunki bu sohadagi ishlab chiqarish katta darajada atrof-muhit va tabiiy omillarning ta'siriga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlarda ko‘pincha raqamlashtirish va o‘sish ko‘rsatkichlari har uchala sektorda ham deyarli bir xil muvozanatda ortib boradi. Ular odatda yangiliklarni birinchilardan bo‘lib joriy etish borasida ustunlikka ega bo‘ladilar va ularda sanoatni raqamlashtirish uchun mustahkam asos bor. Bu mamlakatlarda tarmoqlarning ko‘pchiligi raqamli texnologiyalardan foydalanadi, ularning aloqa tarmoqlariga ulanish foizlari borgan sari ortib bormoqda va ular aqlli texnologiyalar bilan nisbatan ko‘proq ta'minlangan.

IDC prognozlariga ko‘ra, 2022 yilga borib jahon yalpi ichki mahsulotining 65 foizi raqamlashtiriladi. 2020 yildan 2023 yilgacha raqamli transformatsiyaga kiritiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar 6,8 trln dollarni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda korxonalarning raqamli transformatsiyaning 1.0 modelidan 2.0 modeliga o‘tishi kuzatilmoqda.

Bulutli hisoblash, katta ma'lumotlar, mobillik va ijtimoiy tarmoq texnologiyalari 2007 yildan buyon katta qiziqish uyg‘otmoqda va korxonalar bu axborot texnologiyalaridan vaqti-vaqti bilan innovatsiyalar kiritish uchun foydalanmoqdalar. Bu davr 1.0 raqamli transformatsiya davri bo‘ldi.

Endilikda biz raqamli transformatsiya yirik innovatsiyalarni amalga oshirishga yordam berish bilan korxonalar uchun juda katta qiymatliklar yaratadi deb hisoblaymiz. Endi korxonalarga ularning innovatsiyalarini sezilarli darajada rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan sun'iy intellekt, IoT (Internet of things) va blokcheyn kabi yangi texnologiyalar kerak. Bu esa 2.0 raqamli transformatsiya davri bo‘ladi.

IDC kompaniyasi korxonalarda 2.0 raqamli transformatsiyaga erishish uchun to‘qqizta yo‘nalishda to‘g‘ri sharoitlar yaratilishi kerakligini aniqladi. Bu yo‘nalishlar raqamli infratuzilmaning kelajagi, ishonch, intellekt, mijozlar va iste'molchilar, ishlar, operatsiyalar, o‘zaro aloqalar, raqamli innovatsiyalar va sanoat tarmoqlari bilan bog‘liq.

Raqamli transformatsiya – bu besh bosqichdan iborat, uzoq davom etadigan jarayon: pilot, mahalliy kengayish, replikatsiya, operatsiyalarni boshqarish, optimallashtirish va innovatsiya. Raqamli transformatsiyani boshlagan barcha korxonalarning 70 foizdan ortig‘i hozirda “mahalliy kengayish” va “replikatsiya” bosqichida, faqat 3,9 foiz korxonalargina “optimallashtirish va innovatsiya” bosqichiga yetdi. Yirik korxonalarda to‘liq raqamlashtirishga erishish uchun kamida 10 yil kerak bo‘ladi.

Transformatsiya jarayonlarida bir nechta muhim bosqichlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, xususan:

  1. Raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirish beshta sohadagi o‘zgarishlarni talab qildi:

  2. Xabardorlik: biz qanday ishlayotganimiz ikkita omil bilan belgilanadi: biznes va texnologiya. Biz biznes ehtiyojlariga e'tibor qaratishimiz, bu ehtiyojlarni real vaqt rejimida his etishimiz va ularga mos ravishda mijozlarimiz va foydalanuvchilarimiz uchun qiymat yaratish maqsadida tezkor ravishda kerakli choralarni qabul qilishimiz kerak.

  3. Madaniyat: platformalar yaratish va resurslardan birgalikda foydalanish raqamli transformatsiyaga olib boruvchi asosiy yo‘ldir, shu sababli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun madaniyatni o‘zgarishlarga moslashtirish juda muhim.

  4. Tashkilot: integratsiyalashgan jamoalar yagona raqamli platforma asosida raqamlashtirish dasturlarini joriy etish uchun biznes va IT bo‘limi xodimlarini o‘zida birlashtirishi kerak.

  5. Metodologiya: raqamlashtirish yo‘lida mustahkam poydevor qo‘yish uchun raqamli obektlar, jarayonlar va qoidalarga o‘tish hamda foydalanish variantlarini, yechimlarni boyitish va muqobillashtirishda davom etish zarur.

  6. Model: biznes, operatsion va boshqaruv modellarini raqamlashtirish maqsadlariga moslashtirish kerak.

2. Biz o‘zimizning raqamli transformatsiya strategiyamizni ilgari surish va tarmoqqa to‘liq ulangan, aqlli Huawei'ni yaratish ustida ish olib borayotib, uchta asosiy yo‘nalishga e'tibor qaratamiz. Bu boradagi muvaffaqiyatlar mijozlarni yanada mamnun qiladi, kompaniyaning esa samaradorligi va unumdorligini oshiradi.

  • Foydalanuvchilarga e'tibor qaratish va o‘z tajribasini olti turdagi foydalanuvchilarga uzatish: mijozlar, iste'molchilar, hamkorlar, ishlab chiquvchilar, yetkazib beruvchilar va xodimlar.

  • Biznesga e'tibor qaratish – biz 200 dan ortiq turli xil ssenariylarda murakkab biznes arxitekturasini qo‘llab-quvvatlay oladigan (biznes guruhlari, funksional yunitlar va departamentlararo o‘zaro aloqalarni qamrab oluvchi) ilovalar va uskunalar ishlab chiqish orqali biznes va IT bo‘limlarini birlashtirishga yordam beramiz.

Biz ichki raqamli platformani yaratish uchun Intelligent Twins arxitekturasidan foydalanmoqdamiz. Huawei bulutli xizmatlari innovatsion dasturiy va apparat mahsulotlariga asoslangan ushbu platformaning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Platforma korxona va tashkilotlarning umumiy imkoniyatlarini kengaytirish va turli xil ssenariylarda resurslardan moslashuvchan foydalanish va ularni almashish orqali raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

3. Raqamli transformatsiyaning barcha dasturlari ayni bir maqsadga ega bo‘lishi kerak: yaxshi tajriba, yuqori samaradorlik va biznes o‘sishi uchun yangi modellarni taqdim etish orqali korxonalarning asosiy biznesining muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlash.Foydalanuvchilar tajribasi nuqtayi nazaridan, Huawei kompaniyasining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aqlli xizmatlari ajoyib natijalarga erishdi. Bizning tizim har daqiqada 4000 tagacha mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini qayta ishlay oladi va har oy 6 milliondan ortiq foydalanuvchi so‘rovlariga javob bera oladi. 92,8 foiz so‘rovlar robotlar tomonidan qayta ishlanadi.Huawei, shuningdek, shartnomalarni ham aqlli boshqara oladi. Tizimlar bir daqiqada shartnoma tuzishning muqobil loyihasini tuzishga, dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari uchun 90 dan ortiq turdagi shartnoma bandlarini tahlil qilishga va 50 000 dan ortiq tijorat xavflari to‘g‘risida aqlli eslatmalar taqdim etishga yordam beradi. Bu sanoatni raqamlashtirishning foydalanish va keng miqyosda tatbiq etish mumkin bo‘lgan amaliy namunalaridan biridir.



Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi.

Raqamli texnologiyalar sharofati bilan insoniyat to‘rtinchi sanoat inqilobi davriga qadam qo‘ydi. Sun'iy intellekt, jihozlar interneti, 5G va bio-muhandislik odamlarning kundalik hayotiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Bu global makroiqtisodiy tendensiyalarning shakllanishiga olib kelmoqda va yangi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar jamiyatning barqaror rivojlanishining bir qismi va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi omilga aylanib bormoqda. Ko‘rib turibmizki, aqlli shaharlarning yaratilishi va sanoatning raqamli transformatsiyasi iste'molchilar tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratadi, ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishga hissa qo‘shadi.



Xulosa qilib aytganda, texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyot ijtimoiy barqarorlikni samarali oshirishi va iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik toza muhit uchun yangi qadriyatlarni yaratishi mumkin. Kelgusi maqolalarda biz qanday yo‘nalishlar, elementlar va amaliy namunalar raqamli iqtisodiyotning kuchayishiga yordam berishini ko‘rib chiqamiz.
Download 21,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish