Mavzu:Xalqaro transchegaraviy suv resuruslaridan foydalanish va muhofaza qilish
Reja
1. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati
2. Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi.
3. Oqava suvlarni tozalash usullari.
4. Suv resurslarini muhofaza qilishning chora-tadbirlari.
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati
Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
– Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv taqchilligi yuzaga keladi Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda. Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda ishlatilishiga mos keladi. Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik. Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida 4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda. – Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish, nafaqat qishloq xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Daryoda yozgi oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi ekotizimning izdan chiqishiga, chunonchi, daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarini yo‘qolib ketishiga ham olib kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008 yillarning vegetatsiya mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yirik GES va suv omborlarini qurish bilan bog‘liq masalalar Transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta nozik bo‘lgan ekologik vaziyatni va suv ta’minotidagi muvozanatni buzib, ekologik inqirozni, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi Prezidentimizning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan nutqi ko‘pchiligimizning yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning SayanoShushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir vaziyatlar bunga yaqqol misoldir. Qo‘shni davlatlar manfaatlariga xizmat qilishiga qaratilgan transchegaraviy suv resurs - larining tabiiy oqimi va rejimini o‘zgartirishga doir xatti-harakatlar nafaqat xalqaro suv huquqlarining me’yorlariga zid, balki insonlarga va tabiatga nisbatan bo‘lgan umum insoniy tamoyillarga ham qarama-qarshidir. Shu o‘rinda qator savollar tug‘iladi: nimaga asoslanib transchegaraviy dar yolarning tabiiy gidrologik rejimi o‘zgartiriladi? Sun’iy ravishda hosil qilingan suv tan qisligi hamda aholi punktlari, ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo hamjamiyati tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlar bu savollarga javob berishi mumkin. 2007 yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyalarga a’zo bo‘lgan. Ushbu hujjatlarda barcha davlatlarning manfaatlari birdek hisobga olingan bo‘lib, uning asosiy ta moyil laridan biri, bu transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi sobga olgan holda, xalq aro huquq me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi, transchegaraviy daryolarda yirik inshootlar qurilishi, albatta xal qaro xolis ekologik va texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga oshirilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |